I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Detallarni ish qobiliyatini
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4- MAVZU TRANSPORT VOSITA DETALLARINI YUVISH VA TOZALASH.. Reja
- Tayanch iboralar: sirtdan yuvish, iflosliklarning turlari, texnologik kirlar, makrotozalash, miqrotozalash, faol tozalash, qaynatib tozalash.
CHekli yeyilish - Ich yoki chekli tirkish - CH deb shunday yeyilish yoki
tirkishga aytiladiki, bunda detal yoki tutashma oxirgi xolatga keladi. Mashinaning texnik yoki iktisodiy ko’rsatkichlari keskin yomonlashuvining oldini olish uchun detal yoki tutashmadan bundan keyin foydalanmaslik kerak. Avtomobil detallarining oxirgi xolati xamda yig’ish birliklari quyidagilar bilan ifodalanadi: 1.Mashinaning birinchi yoki navbatdagi ta’mirlashga bo’lgan talabi bilan; 2.Mashinani xisobdan chiqarishning maqsadga muvofiqligi bilan; 3.Mashina tuzilishining ma’naviy eskirishi bilan. SHunga qura mashinaning yoki yig’ish birligining chidamliligi, resursi va xizmat muddati quyidagi turlarga bo’linadi: - ta’mirlashgacha, ya’ni foydalanila boshlangandan to birinchi ta’mirlashagacha bo’lgan chidamlilik; 12 - ta’mirlashlararo, ya’ni avvalgi ta’mirlashdan to navbatdagi ta’mirlashagcha bo’lgan chidamlilik; - to’liq, ya’ni foydalanila boshlangandan to xisobdan chikargungacha bo’lgan chidamlilik. Nazorat uchun savollar 1. Detallarni turlanishi chegaraviy holatini ma’nosi nima? 2. Chekli yeyilish nima? 3. Avtomobil detallarining oxirgi xolati xamda yigish birliklari nima bilan ifodalanadi? 4- MAVZU TRANSPORT VOSITA DETALLARINI YUVISH VA TOZALASH.. Reja: 1. Mashinalarni ta’mirlashda yuvish va tozalashning axamiyati. 2. Sirtdan yuvish jarayoni. 3. Kirlarning turlari. 4. Tozalashlar turlari. 5. Tozalashlar usullari va uskunalari. Tayanch iboralar: sirtdan yuvish, iflosliklarning turlari, texnologik kirlar, makrotozalash, miqrotozalash, faol tozalash, qaynatib tozalash. Ta’mirlanadigan ob’ektlarni tozalash – ishlatiladigan mashinalar va uskunalarning texnik xolatini boshkarishda muxim tadbir bo’lib xisoblanadi. Mashina qismlari va agregatlari chala tozalangan yoki kir bo’lsa, ish muddati 25…30%ga kamayadi. Sirtdan yuvish. Avtomashinalar va ularning agregatlari ta’mirlash fondi maydonchasida sirtdan yuvish joyiga keltiriladi. Tashqi yuvish joylari avtomobilni siljitadigan konveyerli yuvish uskunasi bilan jixozlanadi. Uskunada ikkita – yuvish va quriritish xonalari bor. Uskuna soatiga 10 ta avtomobilni yuvish imkoniyatiga ega. Mashinalar va ular agregatlarining sirtini yuvishda Labomid – 101 va Labomid – 102 yuvish vositasidan foydalanadi. Yuvish vositalarining vazniy kontsentratsiyasi: 1m 3 suvga 10kg yuvish vositasi solinadi. Eritma harorati 65…70 gradus. Sirtni yuvishda agregatlar karteridagi moy to’kiladi va suv bug’i bilan eritib butunlay ketkaziladi. Eski buyoqlar SP-6, AFT-1, SD yoki SP kabi yuvish vositalari xamda №646, 647, 648, 651 va R – 10 eritgichlar yordamida ketkaziladi. Yuvuvchilar detal sirtiga purkab yoki kirchutka bilan yotkiziladi. SHundan keyin yuvgichning naviga karab 5…20 min.vaqt o’tkandan so’ng eski bo’yoqlar qirgichlar bilan olib tashlanadi, tozalangan sirt uayt – spirt yoki erituvchi modda eritmasiga xo’llangan latta bilan artib tashlanadi. Avtomobillarni tozalashga sarflanadigan mehnat asosiy ta’mirlashga sarflanadigan barcha mehnatning taxminan 5%ni tashkil etadi. Masalan, dvigatel silindrlar blokini va ularning kallaklarini qurumdan, o’tirib qolgan tuzlardan chala tozalash dvigatel 13 quvvatini 5…8%ga kamaytiradi, yonilgi sarfini 10…20%ga oshiradi, yig’ma qismlarning ta’mirlararo ishlash muddatini 30%gacha kamaytiradi. Avtomobillar va ularning detallari yuvilmaganda ta’mirlashdagi ish unumi 15…20%gacha kamayadi. Dvigatelning sovitish tizimida suyo’likka aralashgan loy, qum, zang va organik modallar loyka cho’kindilar xosil kiladi. CHang, kirindi, jilvirlar, ishkalash pastalarining qoldiqlari, quyindilar texnologik kirlar deb yuritiladi. Detallar sirtini tozalash ular sirtidagi kirlarni turli usullar bilan ketkazishidan iborat. Mashina chang, kir va loylardan tozalanadi, so’ngra maxsus yuvish maydonchasiga keltiriladi, yuviladi, siqilgan havo bilan puflab quritiladi. SHundan keyin mashina ko’zdan kechiriladi va uning texnik holati aniqlanadi. Mashina qismlari va detallarni tozalash va yuvish texnologik jarayonida oqava suvlarni neytrallash va zaxarli modallar yopishgan qattiq chiqindilardan qayta foydalanishni ko’zda tutish lozim. Buning uchun yuvish mashinalaridan ishlatilgan eritmalar qabul qudug’iga to’planadi. Bu quduqda oqava suvlar kimyoviy reagentlar: xlorli oxak, oxak suvi bilan yog’sizlantiriladi. Oqava suv qabul qilish qudug’ida 2 kun saklangandan so’ng metall bak - neytralizatorlarga olinadi. Oqava suvlardan qolgan kimyoviy elementlar quyosh nuri va neytralovchi vositalar ta’sirida yumshaydi. Oqava suvlar bak- neytralizatorlarda 5 kun mobaynida saqlanadi, so’ngra bug’latish maydoniga okiziladi. Bu maydonchada suv tabiy yo’l bilan bug’lanadi Ta’mirlash korxonalarida traktorlarning tozalash texnologik jarayoni rasmda qursatilgan. Bunday kirlar uch guruxga bo’linadi: cho’kindilar, cho’kindi tuzlar va qurumlar. Kirlarning turi. Traktorlarda, kishlok xujalik mashinalari va avtomobillardagi kirlar yo’lda sachragan loy, yopishgan usimlik qoldiqlari, zaxarli kimyoviy moddalar qoldig’i, moy-kir cho’kindilari, lak-bo’yoqlar, zang maxsullari, cho’kindi tuzlar, moylar, uglerodli cho’kindilar, qurumlar va boshqa turlarga bo’linadi. Sirtlarning turiga qarab moslanishi rasmda ko’rsatilgan kirlar fizik – mexanika xossalari va paydo bo’lish sharoitlariga qarab ish vaqtida paydo bo’ladigan ekspluatatsion va texnologik kirlarga bo’linadi. 4.1-rasm. Avtomobillarning ifloslanishi. 14 Ekspluatatsion kirlar, uz navbatida, tashiladigan ashyolar koldigi, yo’l- tuprokdan utgan kirlar: yonilgi-moylar va eskirgan moylar koldigi: smolali cho’kindilar, lak qoldiqlari, qurum, cho’kindi tuzlar, zang maxsulotlari, eski buyoqlar, zichlovchi mastika, pasta va kistirmalarning qoldiqlariga bo’linadi. Texnologik kirlar – detalni quyishda ishlatilgan tuprok qoldiqlari, kuyindilar, ishqalash va yetiltirishda ishlatilgan pastalar, chang, kirindi va moy yo’llarida qolgan qattiq jilvir zarrachalar yoki detallar sirtiga yopishgan jilvirlardan iborat. Jilvir zarrachalar ayniqsa, alyuminiydan ishlangan detallarda uchraydi. Bunday kirlar chala tozalansa, detal ishqalab moslash davrida tez yeyiladi, shuningdek sirtlarda tirnalgan joylar paydo bo’ladi. Detal sirtida texnologik jarayonlarni bajarishga, ya’ni yarokli-yaroksizga ajratish, tiklash va yig’ishga xalakit bermaydigan miqdorda kir qolgan bo’lsa, bunday sirt toza deyiladi. Odatda qoldiq kirlar miqdori bilan farqlanadigan uch daraja tozalash: makrotozalash, mikrotozalash va faol tozalash bo’ladi. Makrotozalash – detalning asosiy sirtidagi, yarokli-yaroksizga ajratish va mexanik ishlov berishga xalakit beradigan kirlarni ketkazish jarayonidir. Bunday detal sirti uzining g’adur-budurlik darajasigacha tozalanadi. Mikrotozalash – sirtning mikronotekisliklardagi kirni ketkazish. Mikrotozalash detallarga so’nggi ishlov berish va yig’ishdan oldingi muxim axamiyatga ega, chunki birikmaning ish muddati erishilgan tozalik darajasiga bog’lik bo’ladi. Faol tozalash – detal sirtini faol holatiga kelgunga qadar kislota bilan dorilashdan iborat. Detallarni tiklashda tozalashning bu turi mustaqil axamiyatga ega emas, balki detalni tiklovchi qoplamani galvanik usulda qoplash oldindan bajariladigan tayyorgarchilik ishidir. Detallar, agregatlar va mashinalarni tozalash usullari. Ta’mirlash korxonalari- da tozalashning asosan oqimli, titratib, pnevmatik, ultratovush, kimyoviy-termik va elektr kimyoviy usullari qo’llaniladi. Detallarni qaynatish. Detallar joyidan ko’zg’atilmaydigan tog’aralarda ishqorli eritma yoki sintetik yuvish vositalarini AM – 15, ML – 52 va boshqa, 80 – 90 gradus darajagacha isitilib yuviladi. Suyuklik purkab, oqimli tozalash. Sintetik yuvish vositalarining kirga fizik – kimyoviy ta’siri suyuklikni katta bosim bilan purkaganda yanada kuchayadi. Bu usulda tozalangan mashinalarni ikki toifaga bo’lish mumkin: monitorli va oqimli mashinalar. Monitorli mashinalarga shlang bilan suv purkaydigan tozalagichlar va monitorli yuqori bosimli yuvish uskunalari kiradi. Agregatlarni, qismlarni va texnologik kir qoldiqlardan tozalashda purkab tozalash mashinalaridan foydalaniladi. Konveyerli purkab tozalash mashinalari bir – ikki va uch xonali bo’lishi mumkin. Uch xonali yuvish mashinalarining birinchi xonasida detallar eritma bilan yuviladi, ikkinchi xonasida su bilan chayqab olinadi, uchunchi xonasida esa 100gradusgacha qizdirilgan havo bilan ko’rtiladi. Botirib tozalash. Murakkab shaklli detallarining va ichki tashqi sirtlarini tozalashda ularni botirib tozalash usulidan foydalaniladi. Bu usulning salbiy tomoni shundaki, yuvuvchi eritmalardan foydalangan sari ularning iflosligi oshib boradi va kir cho’kindilaridan chiqarib tashlash qiyin. Shuning uchun botirib yuvish usullari vositalarini tozalovchilarni suyuklik ichida suyuklik purkab, tozalashni jadallashtirish 15 qurulmalari bilan jixozlanadi. Suyuklik ichida suyuklik purkalganda detallar xam botirib, xam suyuklik purkab tozalanadi. Labomid – 203 va MS – 8 sintetik yuvish vositalarining eritmalarida botirib va purkab tozalash usullari birgalikda qullanilganda sirtlar sifatli tozalanadi, mehnat unumdorligi oshadi va energiya sarfi kamayadi. Detallarni tozalashda ishlatiladigan uskuna. Yuvish ishlarida olti xil yuvish- tozalash mashinalaridan monitorli, purkaydigan, botirma, aralash, maxsus mashinalar, avtomatlashtirilgan tozalash yo’llaridan foydalaniladi. Ishlab chiqarish dasturi unchalik katta bo’lmagan ta’mirlash korxonalarida yuvish togaralari ishlatiladi. Bu xolda tozalash jarayoni tog’aradagi suyuklikning haroratini va eritmaning kontsentratsiyasini oshirish yo’li bilan jadallashtiriladi. Kattaroq avtota’mirlash korxonalarida detallar isitgich tog’aralarda yuviladi. Bunday istgichli tog’aralarda detallarni tozalash jarayoni tebranma yoki titranma platformalarni qo’llanib detallar platformalarning kassetalariga joylanadi, shuningdek yuvish eritmasini qo’shimcha ravishda aylantirib jadallashtiriladi. Tog’oradagi eritma maxsus parraklar bilan aralashtiriladi, detallar siljitiladi, shuningdek ultratovush tebranishlar xosil qiladigan maxsus nurlangich o’rnatiladi. Rotorli yuvish mashinalarida konteynerga joylangan detallar tog’orada yaxshi siljiydi. Tog’aradagi eritma issiklik almashtirgich bilan isitiladi. Tog’ara tubiga cho’kkan kirlar vintli konveyer yordamida kir to’plagichga chiqariladi. Aralash yuvish mashinalarida detallar aralash usulda yuviladi, bu esa tozalash samaradoligini oshiradi. Maxsus yuvish mashinalaridan yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullar bilan sifatli tozalash mumkin balmagan detallarining sirtlarini tozalashda foydalaniladi. Masalan, shatunlar, silindrlar bloki, tirsakli vallardagi moy yo’llarini fakat maxsus yuvish mashinalari yordamidagina tulik tozalash mumkin. Nazorat uchun savollar 1. Mashinalarni ta’mirlashda yuvish va tozalashning axamiyati qanday? 2. Sirtdan yuvish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 3. Tozalash turlarini sanab bering 4. Tozalash uskunalarini ishlash jarayonini tushuntirib bering? Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling