I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja
MAVZU TRANSPORT VOSITA DETALLARNING TEXNIK HOLATINI
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Detallarni ish qobiliyatini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar: chekli yeyilish, oxirgi holat, to’liq resurs, texnologik usul,texnik iqtisodiy usul.
5 MAVZU TRANSPORT VOSITA DETALLARNING TEXNIK HOLATINI ANIQLASH Reja: 1. Mashinadagi elementlarning oxirgi xolati. 2. Chekli yeyilish. 3. Detallarni yaroqsizga chiqarish o’lchamlarini aniqlashning usullari. 4. Chekli yeyilishni aniqlash usullari. Tayanch iboralar: chekli yeyilish, oxirgi holat, to’liq resurs, texnologik usul,texnik iqtisodiy usul. 16 Mashina yoki undagi elementlarning oxirgi xolati deb shunday xolatga aytiladiki, bunda xavfsizlikning bartaraf etib bo’lmaydigan darajada bo’lishi yoki belgilangan parametrlarning bartaraf etib bo’lmaydigan darajada o’zgarishi, yoxud ish samaradorligi ruxsat etilganidan xam kamayib ketishi tufayli, mashina yoki detaldan bundan keyin foydalanish to’xtatiladi. Oxirgi xolat mashinaning chidamliligini cheklaydi. Chekli yeyilish yoki tirqish deb shunday yeyilish yoki tirqishga aytiladiki, bunda detal yoki tutashmaning oxirgi xolati boshlanadi va falokat yuz bermasligi xamda mashinaning texnik yoki iqtisodiy tavsiflari keskin yomonlashmasligi uchun bundan keyin undan foydalanish to’xtalishi yoki texnik qarov o’tkazilishi zarur. Ishlatish va ta’mirlash jarayonida detallarni rostlash yoki yaroqsizga chiqarish uchun ularning chekli darajada yeyilgan – yeyilmaganligini aniqlash kerak. Ishlatila boshlangandan to oxirgi xolatga kelgunga qadar bajaradigan ishi detal yoki tutashmaning to’liq resursi deb ataladi. Ruxsat etilgan yeyilish yoki tirkish deb shunday yeyilish yoki tirkishga aytiladiki, bunda detal yoki tutashmaning qoldik resursi butun mashinaning yoki yig’ish birligining ta’mirlararo resursiga teng bo’ladi. Chekli va ruxsat etilgan yeyilishlar xamda tirkishlarning qiymatlari va mashina elementlarining texnik xolatini ko’rsatuvchi boshqa belgilarning kattaligi detal xamda tutashmalarni nuqsonli – nuqsonsizlarga chiqarishga doir texnik shartlarda keltiriladi. Ma’lumki transport vositalarini shesternya tishlarining yeyilishi ortishi bilan ularning foydali ish koeffisenti yomonlashadi. SHu sababli chekli yeyilish qiymatlarini aniqlash xam nazariy, xam amaliy axamiyatga ega. Buning ustiga, ishlab chiqarish sharoitida shesternya yaroksizga chiqarish uchun xech qanday texnik shart – sharoit bo’lmaydi. Quyidagi detallarni yaroksizga chiqarish o’lchamlarini aniqlashning ushbu usullari taklif etiladi: 1. Texnologik usul – bunda yaroqsizga chiqarish o’lchamlari ish sifatiga, detallarning mutaxkamlik zaxirasi koeffitsienti, mexanizm yoki mashinaning f.i.k va boshqa ko’rsatkichlarga qarab aniqlanadi. 2. Texnik – iqtisodiy usul – bunda amortizatsiyaga va ishlatishga sarflangan xarajatlar taqqoslanadi. 3.Aralash, kombinatsion usul – bunda yaroqsizga chiqarish o’lchamlari xajmini amaliy kuzatish, ish ko’rsatkichlarining o’zgarishi jadvali, iqtisodiy samaraga doir egri chiziq ma’lumotlari bo’yicha taqqoslash orqali aniqlandi. Yuqorida bayon etilganlardan ko’rnadiki, xozirgi vaqtda mashinalar detallari yeyilishining chekli qiymatini aniqlashning quyidagi to’rt usuli mavjud: 1.Statistik; 2.Texnik; 3.Texnologik; 4.Iqtisodiy. Statistik usulni qo’llashning asosiy shartlaridan biri shundaki, avvalo o’lchashlar yetarli miqdorda o’tkazilishi va eng ko’p uchraydigan ish sharoitlari mumkin qadar xisobga olinib borilishi zarur. Bu usuldan faqat tekshiruv usuli sifatidagina foydalanish mumkin. 17 Texnik usul texnik mezondan foydalanib chekli kattaliklarni topishning umumiy usuli bo’lib, fizik xodisalarning rivojlanish qonunlaridan kelib chiqadi. Unda abtsissalar o’qi bo’ylab juftlikning ishlagan vaqti, ordinatalar o’qi bo’ylab esa yeyilish yoki tirqishning qiymati qo’yilgan. Bu chiziq yaqqol ifodalangan uchta qismdan tashkil topgan. Egri chiziqni 1 qismi tutashmaning siyqalanish darajasini ifodalaydi. To’gri chiziqli eng uzun 2 qismli tutashmaning me’yorida ishlash davriga tug’ri keladi. Bu davr davomida tutashma tabiiy yeyiladi. Yeyilish sur’ati yoki tezligi ushbu davrning asosiy tavsifi xisoblanadi,egri chiziqning 3 qismi esa tutashmaning ruxsat etilganidan ortiq yeyilishi oqibatida yemirilishi davriga mos keladi. Detal yoki uzel ishining uchinchi davrida yeyilish yoki tirkishning son qiymatlarini aniklash texnik usulning asosiy vazifasidir Texnologik usuldan asosan uzel yeyilishi yoki me’yordagi rostlashlar buzilishi bilan uzgaradigan mashinaning ish sifatini belgilangan chegaralarda aniklashda foydalaniladi. Masalan, qultivatorlarning kirquvchi kirrasi yeyilganda begona utlarni kirkish sifati agrotexnika talablariga mos kelmasligi mumkin. SHu sabali bunday xolda yeyilishning chekli qiymatlarini mashina bajaradigan ish sifatining ruxsat etilgan chekli chetlashishlari buyicha topish mumkin. Iktisodiy usulda mashina ishining iktisodiy ko’rsatkichlari chekli yeyilishga asos qilib olingan. Sifatni belgilangan chegarada saklab kolgan maxsulot birligini ishlab chiqarishga eng kam xarajat qilish mashina ish organi yoki uzeli eng makbo’l xizmat muddatining, ta’mirlashlararo davrning iktisodiy mezoni bo’lib xisoblanadi. Ish sifatini belgilangan chegaralarda saklab kolgan xolda mashinaning eng yuqori unum bilan ishlashi mezonining ikkinchi ta’rifidir. Detallarning chekli yeyilganini aniklashning birnechta usullari bor. Ulardan birinchisi, eng ko’p tarqalgani yeyilishning klassik egri chizig’ini taxlil qilishga asoslangan. Bu usul siqkalanish o’tganidan so’ng detallar ma’lum vaqtgacha bir tekis yeyilishiga va grafikdagi egri chiziq tarmog’i qandaydir o’zgarmas ko’tarilish burchagiga ega bo’lishiga asoslangan. Ammo xamma detallar uchun xam bu usuldan foydalanish mumkin emas, chunki yeyilishning egri chizigi barcha detallar uchun xam uzgarmas ko’rnishga ega emas. Bundan tashqari, mazkur usulda ishning sifati e’tiborga olinmaydi. Detallarning xizmat muddatini aniqlashning ikkinchi usuli quyidagi qonunga asoslangan: agar detal mavsumda to’liq ishlay olmasa, yeyilish grafigidan qat’iy nazar detal almashtiriladi. Bu usulni bitta detal butun agregatning uzoq vaqt bekor turib qolishiga olib keladigan xollar uchungina tavsiya etish mumkin. Transport vositalari detallarining xizmat muddatini anilashniqng uchinchi usuli, yeyilganda ularning ishlash qobiliyatini o’zgarishiga asoslangan, ya’ni agar mashina detali ish jarayonida zarur agrotexnika talablarini bajarmay qo’ysa u almashtiriladi. Bu ko’p xollarda eng tug’ri yo’l bo’ladi, chunki u zarur miqdordagi ishning bajarilishini ta’minlaydi. Transport vositalarini detallari chekli yeyilganini aniqlashning to’rtinchi usuli shunga asoslanganki, detallarni barvaqt almashtirish xam, kech almashtirish xam qilinadigan sarf xarajatlarini oshiradi. Mazkur usul foydalanishning tejamkorligini xisobga oladi va detal narxi bilan foydalanish xarajatlari narxining mosligi asosida 18 xal etadi. Bu usulda bajariladigan asosiy ishning sifati mutlaqo e’tiborga olinmaydi, bu esa uning kamchiligidir. Nazorat uchun savollar 1. Mashinadagi elementlarning oxirgi xolati deb nimaga aytiladi? 2. CHekli yeyilish yoki tirkish deb nimaga aytiladi? 3. Yaroqsizga chiqarish o’lchamlarini aniqlash usullari? Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling