I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja


Ta’mirlash qilishlararo xizmat muddati yoki ta’mirlash qilishlararo


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/37
Sana28.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1303872
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
Detallarni ish qobiliyatini

Ta’mirlash qilishlararo xizmat muddati yoki ta’mirlash qilishlararo 
resurs — ta’mirlashlangan mashinaning texnik xujjatlarda izohlangan oxirgi holat 
yuzaga kelgunga qadar bajaradigan ishi. Oxirgi holat yuzaga kelganda mashinalar 
ta’mirlashlanadi yoki agregatlari almashtiriladi.
Detal nomi va rusumi bir xil bo’lgan ashyodan yig’ish ishlarini bajarmasdan 
tayyorlangan buyumdir. Lemex, tirsakli val, porshen barmog’i, porshen xalqasi, bolt, 
gayka va shu kabilar detallarga misol bo’la oladi.
Yig’ish birligi — yig’ish jarayonida tarkibiy qismlari o’zaro biriktirilgan 
buyum. Yig’ish birliklariga dvigatel, uzatmalar qutisi va boshqalar misol bo’la oladi. 
Ishonchlilikning tushunchalari, ta’riflari va asosiy ko’rsatkichlarini bilish uni 
baholash uchun ob’ektiv mezonlarni tanlash imkonini beradi.
Buyum (mashina yoki uning detali) ning oxirgi (chekli) holati bundan keyin 
undan foydalanish mumkin emasligi yoki samaradorligining pasayishi yoxud 
xavfsizlik talablariga ko’ra belgilanadi va texnik xujjatlarda izohlanadi (GOST 
13377— 67).
Nazorat uchun savollar 
1 Ishonchlilik nima? 
2. Ta’mirlashga yaroqlilik nima? 
3. Ishlamay qolgunga qadar bajargan ishi 
4.Nosozlik nima? 
5. Resurs nima? 
3-MAVZU TRANSPORT VOSITA DETALLARINI TIKLASH TIZIMI VA 
VOSITALARI
Reja: 
 
1. Detallarni turlanishi chegaraviy holati, ularni tiklash nazariyasi va
ta`mirlash strategiyasi.
2. Detallarni tiklashning tashkiliy shakllari.
3. Detallarni tiklashning iqtisodiy samaradorligi va chet - el tajribalari. 
Tayanch iboralar: detalning chetli holati, ta’mirlash, joriy ta’mirlash, 
mukammal tamirlash, chekli yeyilish, chidamlilik, deformatsiyalanish, 
yeyilish, sinish, korroziyalanish 
Buyum, mashina yoki uning detalining oxirgi chekli holati bundan keyin 
undan foydalanish mumkin emasligi yoki samaradorligining pasayishi yoxud 
xavfsizlik talablariga qura belgilanadi va texnik xujjatlarda izoxlanadi.



Ko’plab ilmiy ishlarda detallar mashinalarning oxirgi holati mezonlarini ilmiy 
aniklashga harakat qilingan. Bu ishlar ishlamay qolishlarni va konstruktiv 
muloxozalarni muxandisona oddiy taxlil qilishga xamda murakkab texnik – 
iqtisodiy ishlanmalarga asoslangan.
Detallar o’lchamlarining va geometrik shaklning o’zgarishi mexanizmdagi ana 
shu detallarning ishlashiga har xil ta’sir ko’rsatadi. Masalan, agar detal 
mashinaning ish organi bo’lsa, bu o’zgarishlar mashinaning ish sifati, ishlash 
sifati va hokazolarni pasayishi, shuningdek, ishkalanuvchi detallarning jadal 
yeyilishiga olib keladi. SHu bilan birga mashinaning mahsulot birligini ishlab 
chiqarishga sarflaydigan quvvati, ashyolarni sarflashi va shu kabi ish 
ko’rsatkichlari xam uzgarishi mumkin. Odatda oxirgi xolat ishlamay qolishdan 
iborat bo’lib, ularning ro’y berishi u yoki bu mexanizm yoki agregatning 
resurslari tugaganligini bildiradi. Kamida shunday ikki xolat mavjudki, bu 
holatlarga ko’ra mezonlarni birmuncha umumlashgan tarzda berish mumkin.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling