I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/37
Sana28.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1303872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Detallarni ish qobiliyatini

Joriy tamirlash. Mashina, agregat, uzelning ishlash qobiliyatini ta’minlash 
yoki tiklash uchun hamda ularning ayrim qismlarini almashtirish (tiklash) maqsadida 
joriy ta’mirlasho’tkaziladi. Oldini olish xarakteridagi joriy ta’mirlashasosan berilgan 
rusumdagi mashinalar uchun belgilangan texnik xizmat ko’rsatishning muayyan turi 
bilan birga bajariladi. Ishlamay qolish oqibatlari esa bu nuqson paydo bo’lganidan va 
sabablari aniqlanganidan keyin bartaraf etiladi. Joriy ta’mirlashuning murakkabligiga 
qarab mashinadan foydalaniladigan joyning o’zida ham, maxsus texnik xizmat 
ko’rsatish ustaxonalari va punklarida ham amalga oshirilishi mumkin. 
Joriy ta’mirlash qilishda asosan agregat usulidan foydalaniladi. Bu usulda 
mashina ayrim qismlarining nuqsonlari ularni yangilari yoki ta’mirlashlab 
qo’yilganlari bilan almashtirish orqali bartaraf etiladi. Bunda agar mashinaning 
qolgan asosiy agregatlari ancha katta resurs zaxirasiga ega bo’lsagina uning ishdan 
chiqqan agregatlari yangilari yoki kapital ta’mirlanganlari bilan almashtiriladi.
Kapital tamirlash. Kapital ta’mirlash deganda mashinaning istalgan 
qismlarini, shu jumladan, bazi qismlarini almashtirish yoki tiklash yo’li bilan 
buyumning resursini to’lik yoki shunga yaqin darajada tiklash hamda sozligini tiklash 
uchun butun mashinani (yoki agregati, uzelini) ta’mirlash tushuniladi. Mashinani
agregat yoki boshqa tarkibiy qismni kapital ta’mirlash shunga ko’ra farq qilinadi. 
Kapital ta’mirlash qilishda quyidagi ishlar bajariladi: mashina, uning agregatlari va 
uzellari detallarga ajratiladi. Nuqsonli detallar ta’mirlash qilinadi yoki almashtiriladi, 
mashina yig’iladi, rostlanadi, asta-sekin ishga solinadi, bo’yaladi, sinaladi.
Ishonchlilik 
— mashinaning berilgan vazifalarni belgilangan ish 
ko’rsatkichlari qiymatlarini saqlagan holda texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash va 
tashish tartibotlari (rejimlari) shartlariga mos kelgan holda bajarish xususiyati. 
Ishonchlilik kompleks xususiyat bo’lib, ob’ektning vazifasiga va undan foydalanish 
sharoitiga qarab buzilmasdan ishlash, chidamlilik, ta’mirlash qilishga yaroqlilik va 
saqlovchanlikni alohida-alohida yoki birgalikda o’z ichiga olishi mumkin. 
Ishonchlilikka oid atamalar GOST — 27, 002—83 da belgilangan.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling