I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja


Gaz alangasida payvandlash va suyuqlantirib qoplash texnologiyasining


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/37
Sana28.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1303872
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
Detallarni ish qobiliyatini

Gaz alangasida payvandlash va suyuqlantirib qoplash texnologiyasining 
xususiyatlari. Gaz alangasida payvandlash texnologiyasining elektr yoy bilan 
payvandlash texnolgiyasidan asosiy farqi-bunda metallning bir tekisda va asta 
qizishidir. Gaz alangasida payvandlash asosan uchma-uch biriktirib payvandlashda va 
ba`zan suyuqlantirib qoplash ishlarida qo’llaniladi. Gaz alangasida burchaklik, tavr 
va ustma-ust birikmalarni payvandlash, payvandlash vaqtida katta deformatsiyalar 
sodir bo’lishi sababli juda kam qo’llaniladi. Gaz alangasida payvandlashda qirralarini 
qo’shilma simsiz qayrib uchma-uch payvandlash juda qulay usuldir. 4 mm dan yupqa 
bo’lgan metallni qirralarini qiyalatmay payvandlash mumkin. Qalanligi 5...15 mm 
bo’lgan metallarni qirralarini V-simon chok uchun 70-90
0
umumiy burchak ostida 
qiyalatib payvandlash, 15 mm dan qalin metallni esa X-simon chok uchun ikkala 
tomondan xuddi yuqoridagidek burchak ostida qiyalatib payvandlash lozim. 


32 
Ko’p markadagi po’latlarni payvandlash va suyuqlantirib qoplash normal 
alangada bajariladi. Suyuqlantirib qoplangan chok 850...900
0
S temperaturada qizigan 
holatda (och qizil rangda) bolg’alanadi va so’ngra normallashtiriladi, ya`ni 900
0

gacha qizdiriladi hamda havoda sovitiladi. Ximiyaviy tarkibi jihatidan 
payvandlanadigan po’latga yaqin bo’lgan sim qo’shimcha material sifatida ishlatiladi. 
Kam uglevodli po’latlar Sv-08A va Sv-08GA simi bilan payvandlanadi. Ko’p 
uglevodli va legirlangan po’latlarni payvandlash, shuningdek, mustahkamligi yuqori 
bo’lgan suyuqlantirib qoplash chokini hosil qilish uchun Sv-08G2S, Sv-18XGSA va 
boshqa simlar ishlatiladi hamda flyuslardan foydalaniladi. Qizdirilgan bura, kremniy 
hamda borat kislotalar va boshqa moddalardan flyuslaro sifatida foydalaniladi. 
Detallar payvandlash oldidan 250-300
0
S temperaturagacha qizdiriladi. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling