10 – rasm
Ma’lum vaqtdan keyin suyuqlikning A kesimi A1 holatiga, B kesimi esa B1 holatiga o’tadi.
Suyuqlik ustunlarining ko’chishida tashqi kuchlar bajargan ishni hisoblaymiz. Bu ish ikki qismdan iborat: og’irlik kuchi bajargan A1 ish bosim kuchi bajargan A2 ish.
A1=mg(h1-h2) (5)
A2=V(P1-P2) (6)
Bajarilgan umumiy ish quyidagiga teng:
A=A1+A2=mg(h1 - h2)+V(P1 – P2) (7)
Ikkinchi tomondan tashqi kuchlar bajargan ish nayning birinchi va ikkinchi qismlaridagi kinetik energiyaning o’zgarishiga teng:
(8)
(7 va (8) dan m=V ekanligini e’tiborga olib, quyidagini yozamiz.
(9)
bundan
(10)
yoki
Bu tenglamani 1738 yil Shvetsiya olimi Bernulli chiqargan. Bu yerda P – static bosim, ρgh – gidravlik bosim, - dinamik bosim.
Demak ideal suyuqlikning statsionar oqimida static, dinamik va gidravlik bosimlar yig’indisi oqim nayining har qanday kesimida o’zgarmasdir.
Agar oqim nayi gorizontal bo’lsa, Bernulli tenglamasi quyidagicha yoziladi
Umuman suyuqlik oqimi laminar yoki turbulent turlarga bo’linadi.
II qism, Molekulyar fizika va termodinamika.
Do'stlaringiz bilan baham: |