I s a k o V a m u a z z a m t u L k I n o V n a s a L o m a t L i k I j t I m o I y p s I x o L o g I y a s I


Download 463.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana15.11.2023
Hajmi463.75 Kb.
#1775486
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
ISAKOVA MUAZZAM TULKINOVNA

Tavsiya 
1. Zararli odatlardan voz kechish. Chekish va ichish sog‘liq uchun xavfli, 
ulardan butunlay bosh tortish inson umrining uzayishiga yordam beradi. 
Ushbu zararli odatlarga sarflangan pullarni jamg‘arsangiz keksalikda 
sayohatga chiqishga nima etsin. 
2. Ortiqcha vazn bilan kurashish. Hatto ozgina ortiqcha vazn ham keksalikda 
ko‘pgina muammolarga sabab bo‘ladi. Ular nafaqat harakatlanishning, balki 
salomatlikning umumiy holatiga ham yomon ta’sir etadi. Yig‘ilgan yog‘ 
moddalari qon aylanishiga, qon bosimi oshishiga, diabet kasalligi paydo 
bo‘lishiga olib keladi. 
3. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish. Harakatchanlik – sog‘lom va uzoq umr 
ko‘rishning eng muhim omillaridan biri. Jismoniy mashqlar tana tuzilishini 
mustahkamlaydi va ruhiyatni tetiklashtiradi. Qanday sport turini tanlash 
unchalik muhim emas. Bular ertalab yugurish, gilamda mashq bajarish yoki 
bilyard o‘yini ham bo‘lishi mumkin. Eng muhimi faol harakatdan 
to‘xtamaslik. Kun bo‘yi uyda cho‘zilib yotmaslik. Hayot – bu harakat. 
Harakatsizlik tufayli inson quvonch his qilish tuyg‘usini yo‘qotadi. 


4. Aqliy faollik uzoq umr ko‘rishda jismoniy faollikdan kam bo‘lmasligi kerak. 
Aqliy mehnatga ishtiyoqi bor odam keksalikda ham teran fikrlay oladi va 
xotirasi tiniq bo‘ladi. Tashqi olamga qiziqish bilan boqadi. Teledasturlarni 
o‘qishdan nariga o‘tmaydiganlar boshqalarga qaraganda qarilikdagi aqli 
zaiflikka erta mubtalo bo‘ladilar. Aqliy sog‘lom bo‘lmagan uzoq umr 
kishiga zavq bag‘ishlamaydi. 
5. Inson miyasini o‘rganish instituti mutaxassislari ijodiy faoliyat salomatlik 
uchun juda foydali deb hisoblashadi. Ijodkorlik miyani doimo 
stimullashtiradi, avtomatik ta’sirlar bilan siquvga olmaydi, har safar yangi 
vazifalar yuklaydi. Natijada keksalikda ijodkorlik jismoniy tarbiya kabi 
salomatlik uchun zarur ehtiyojga aylanadi, deydi olimlar.
6. Kulgu umrni uzaytiradi. Xalq tilida aytilgan bu ibora ustida olimlar statistik 
tadqiqotlar olib borishdi va shuni aniqlashdi. Kulgi ortiqcha vazndan xalos 
bo‘lishga yordam beradi, yurak qon-tomir kasalliklarini davolaydi va qon 
aylanishini yaxshilaydi. 
7. His-tuyg‘ularni erkin namoyon etish salomatlikka foyda, deb takidlashadi 
psixologlar. Baqirish ustida olib borilgan izlanishlar g‘aroyib natijalar berdi. 
Bu ayollarda stressni engishga va umumiy holat yaxshilanishiga yordam 
bersa, erkaklarga baqirish man etiladi: yurak qon-tomir kasalligi xavfini 
oshiradi. 
8. Mutaxassislar fikricha antioksidantlar butun organizmning qarish jarayonini 
sekinlashtirar ekan. Bular o‘ziga xos moddalar bo‘lib, organik birikmalar 
oksidlanishining oldini oladi va to‘qimalarni mustahkamlaydi. Ular ko‘pgina 
meva va sabzavotlarda: sabzi, karam, shaftoli, o‘rik, qulupnay, anor, ko‘k 
choy, shuningdek, baliqda mavjud. 
9. Yong‘oqni muntazam iste’mol qilish inson umrini o‘rtacha 7 yilga uzaytirar 
ekan. Bunday kutilmagan mulohazaga kaliforniyalik olimlar to‘xtalishdi. 
Yong‘oq tarkibida o‘ziga xos moddalar bo‘lib, ular yurak va qon tomirlarni 
xolesterinning zararli ta’siridan himoya qilar ekan. Haftada 5 dona yong‘oq 
iste’mol qilish kutilgan natijalarni beradi. 


10. Olma mevasini iste’mol qilish esa hayot davomiyligini oshiradi. Angliyalik 
mutaxassislar ushbu mavzuga oid katta hajmdagi tadqiqotlarni olib bordi. 
To‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy mashqlar barobarida har kuni 1 dona olma 
eyish inson umrini o‘rtacha 3 yilga uzaytiradi. 
11. Yig‘lay olish va ko‘z yosh to‘kish salomatlik uchun zarur. Lakrimologiya 
(ko‘z yoshlar haqidagi fan) mutaxassisi Uilyam Frey shunday deb 
takidlaydi. U bolaligida ko‘z yoshlarini tiygan odamlar kelajakda ko‘p 
kasallanadilar va erta vafot etadilar, degan xulosaga kelgan. Ayniqsa 
«haqiqiy erkak» bo‘lib tarbiyalanishi kerakligi uqtirilgan o‘g‘il bolalarga bu 
gap taalluqli deb hisoblaydi. O‘smirlik davridayoq ularda kolit, gastrit va 
oshqozon yarasi kasalliklari kuzatilgan. 
Uzoq umr ko‘rishni istasangiz chekish va ichishni tashlang, ortiqcha vazndan 
xalos bo‘ling, jismoniy tabiya bilan shug‘ullaning, aqliy faolikka intiling, kuling, 
meva va sabzavotlar iste’mol qilishga ayniqsa yong‘oq, olmaga alohida e’tibor 
bering va nihoyat ko‘z yosh to‘kish ham zarar qilmaydi. Bizning hozirgi eng 
muhim burchimiz yashab turgan umrimizni qisqartirib qo‘ymaslik. Buning uchun 
mashhur olim, akademik I. P. Pavlovning yana quyidagi o‘gitlariga amal qilish 
foydadan holi bo‘lmaydi: “Inson 100 yil hatto undan ham ko‘p yashashi mumkin. 
Lekin biz o‘zimizning tiyiqsizligimiz, pala-partishligimiz, o‘z organizmimizga 
nisbatan shafqatsizligimiz tufayli bu muddatni ko‘p yillarga qisqartirib boramiz” 
Insonning uzoq umr ko’rib, farovon hayot kechirishi ko’pgina ob’ektiv va 
sub’ektiv omillarga bog’liq. Fikrimizcha, sub’ektiv faktorlarni asosiy deb baholash 
mumkin, chunki sub’ekt ya’ni inson har qanday ob’ektiv holatni bartaraf etishga 
harakat qiladi. 

Download 463.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling