I s a k o V a m u a z z a m t u L k I n o V n a s a L o m a t L i k I j t I m o I y p s I x o L o g I y a s I
F a o l i y a t t u r i : M e n k i m m a n ? m a s h q i
Download 463.75 Kb. Pdf ko'rish
|
ISAKOVA MUAZZAM TULKINOVNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyat bayoni
F a o l i y a t t u r i : M e n k i m m a n ? m a s h q i .
Faoliyat maqsadi: Ishtirokchilar o’zlarini ijobiy tasavvur qilishni o’rganadilar va atrofdagilarga ijobiy tavsif berish ko’nikmasini rivojlantiradilar, shuningdek, mashq texnologiyasini amalda qo’llash to’g’risida o’ylab ko’radilar Faoliyat bayoni Trener har bir ishtirokchiga 1tadan A-4 qog’ozi tarqatadi va “Men kimman?” mashqi yuzasidan instruktsiya beradi: Qo’lingizdagi qog’ozni gorizontal holda tutib, uni teng 3 qismga buklang. Endi qog’ozingizni qayta yoying va yuqori qismidan 1 enlik joy qoldirib, uzun to’g’ri chiziq chizing(Namunaga qarang). 1- va 3-ustunlarining bo’sh katagiga “Men kimman?” savolini yozing. Sizda 5 daqiqa davomida shu savolga javoblaringizni savol ostidagi ustunga yozasiz. Unutmang: javoblar faqat 1ta ijobiy so’zdan iborat bo’lishi va “KIM?” savoliga javob berishi kerak! Masalan: Farzand, ota/ona, o’qituvchi, o’zbek va h. Trener vazifani bajarish uchun 5 daqiqa vaqt ajratilganini aytgach, ishtirokchilar topshiriqni bajarishga kirishadilar. Trener topshiriqning 1-qismi uchun ajratilgan vaqt tugaganini e’lon qiladi va ishtirokchilarga topshiriqning 2-qismini tushuntirib beradi: Endi 2-ustunning katagiga “Men qandayman?” savolini yozing. Sizda 5 daqiqa davomida shu savolga javoblaringizni savol ostidagi ustunga yozasiz. Unutmang: javoblar faqat 1ta ijobiy so’zdan iborat bo’lishi va “QANDAY?/QANAQA?” savoliga javob berishi kerak! Masalan: Quvnoq, kechirimli, kamtar va h. Trener vazifani bajarish uchun 5 daqiqa vaqt ajratilganini aytgach, ishtirokchilar topshiriqni bajarishga kirishadilar. Trener topshiriqning 2-qismi uchun ajratilgan vaqt tugaganini e’lon qiladi va ishtirokchilarga topshiriqning qolgan qismini tushuntirib beradi: Endi qo’lingizda turgan qog’ozingizni qayta buklab, yozgan ma’lumotlaringizni yashiring va faqat 3-ustunni ochiq qoldiring. Trener ishtirokchilardan o’zlari uchun tanish bo’lgan ishtirokchilardan birini tanlab olishni so’raydi. Juftliklar bir-birlari bilan qog’ozlarini almashtiradilar va o’z o’rinlariga qaytib borib o’tiradilar. Shundan keyin trener mashqning 3-qismi uchun instruktsiya beradi: O’rtog’ingiz bergan qog’ozni ochish mumkin emas. Uning ochiq turgan 3-ustunida “Men kimman?” savolini o’qing. Sizda 5 daqiqa davomida o’rtog’ingizning shu savoliga javoblaringizni savol ostidagi ustunga yozasiz. Savolga javob yozish vaqtida qog’ozning buklangan qismlarini ochish mumkin emas. Unutmang: javoblar faqat 1ta ijobiy so’zdan iborat bo’lishi va “KIM?” savoliga javob berishi kerak! Trener vazifani bajarish uchun 5 daqiqa vaqt ajratilganini aytgach, ishtirokchilar topshiriqni bajarishga kirishadilar. Trener topshiriqning 3-qismi uchun ajratilgan vaqt tugaganini e’lon qiladi va ishtirokchilardan qog’ozlarni o’z egalariga qaytarishni so’raydi. Shundan keyin trener topshiriqning 4-qismi yuzasidan instruktsiya beradi: O’rtog’ingiz siz to’g’ringizda yozgan so’zlarni o’qib chiqing. Keyin 1- va 3-ustunlarda yozilgan so’zlarni solishtirib chiqing. Agar bu ustunlarda o’xshash so’zlar uchrasa, ularning tagiga chizib, sonini aniqlang. Shundan so’ng trener ishtirokchilarga murojaat etadi: *Kimning qog’ozida o’xshash so’zlar uchradi, ularning soni nechta? Trener imkon qadar barcha ishtirokchilardan bu savolga javob olishga harakat qilishi kerak. Agar ishtirokchilardan kimdir o’z ihtiyori bilan so’zlarni o’qib berishni hohlasa, trener ularga ruhsat berishi tavsiya etiladi. SHundan keyin trener quyidagi savollar asosida munozara tashkil etadi: *Mashq sizga yoqdimi? Nima uchun? *Qaysi savolga javob yozish oson bo’ldi? Bu vaqtda nimani his etdingiz? *Siz avval ham bu savollarni o’zingizga berganmisiz? Nima uchun? *O’rtog’ingiz to’g’risida yozganda nimalarni o’yladingiz? *Sizningcha, nima uchun 1- va 3-ustunda yozilgan so’zlar o’rtasida o’xshashlik kam bo’ldi? *Mashq texnologiyasini sizning faningizda qaysi mavzuni o’rganish vaqtida qo’llash samarali bo’ladi, deb o’ylaysiz? Izoh. Trener A-4 qog’ozini qanday qilib 3 qismga teng bo’lishni o’zi amalda ko’rsatib berishi tavsiya etiladi. Ishtirokchilar o’zlari uchun tanishlarini qidirib topganlarida hech kim yolg’iz qolmasligi kerak. Trener butun mashq vaqtida faqat ijobiy mazmundagi so’zlarni yozishni eslatib turishi tavsiya etiladi. NAMUNA Men kimman? Men qandayman? Men kimman? Download 463.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling