I s a k o V a m u a z z a m t u L k I n o V n a s a L o m a t L i k I j t I m o I y p s I x o L o g I y a s I


Erta qarimaslik uchun nima qilish kerak?


Download 463.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/21
Sana15.11.2023
Hajmi463.75 Kb.
#1775486
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
ISAKOVA MUAZZAM TULKINOVNA

Erta qarimaslik uchun nima qilish kerak? 
1. Kamroq yeyish va koʻproq harakatlanish kerak. Koʻpchilikka maʼlum Yaponiya 
davlati uzoq umr koʻruvchi insonlar bilan dong taratgan. Bu yerda insonlarning 
oʻrtacha umri 83,91 yoshni tashkil qiladi. Shunga yaqin koʻrsatkichlar 


Skandinaviya mamlakatlari va Fransiyaga ham tegishli. Bu mamlakatlarning 
barida ovqatlanish ratsioni oʻziga xos: Yaponiya va Skandinaviyada koʻp 
miqdorda dengiz mahsulotlari isteʼmol qilinadi, Fransiyada esa ovqatni oz-oz 
miqdorda va shoshilmasdan yeyishga odatlanishgan. Yaponiyada semiz insonlar 
soni bor yoʻgʻi 3% ni tashkil etadi. Skandinaviyada 70% aholi sport bilan 
shugʻullanadi. Uzoq yashovchilarni soʻrab surishtirishganda, ular yengil 
ovqatlanishganini, koʻp ishlashganini taʼkidlashadi. 
2. Oʻqishni davom ettirish kerak. Insoniyat tugʻilgandan boshlab dunyoni 
oʻrganishga kirishadi, oʻzi uchun yangiliklarni ixtiro qiladi. Oʻttiz yoshlarga kelib 
esa koʻpchilik insonlarda hayot uchun nima kerak boʻlsa, barcha narsani oʻrganib 
olganday hissiyot tugʻiladi. Mutahassislikka ega boʻlgach, oʻqish-izlanish ikkinchi 
planga oʻtadi. Shundan boshlab qarish boshlanadi “Inson izlanishdan toʻxtasa — 
qarish 
bosqichiga 
oʻtgan 
boʻladi” 
deb 
yozadi 
A.A. 
Zinovyev. 
3. Hayotdan zavqlanish kerak. Karl May 1860 yillarda Kavkaz tomonlarda sayohat 
qilib, bu yerda uzoq umr koʻruvchilar koʻpchilikni tashkil etishiga eʼtibor 
qaratgan. Koʻplab tanish-bilish, qarindosh-urugʻchilik, qoʻni-qoʻshnichilik, bir-
birini qoʻllab quvvatlash, iliq munosabatlar — bularning bari qoʻrquvni yoʻqotadi 
hamda yolgʻizlik, tushkunlik, gʻamginlik va depressiv kayfiyatni oldini oladi. 
Bundan chiqdi eng asosiysi — psixologik komfort va hayotdan zavqlanish 
hisoblanadi. Eng koʻp chekuvchi mamlakat sanalsada iliq oilaviy munosabatlar 
italiyaliklarga ham uzoq umr koʻrishga yordam beradi. Bu yerda insonlar oʻrtacha 
77 yoshgacha yashaydi. Kubaliklardagi hayotga boʻlgan ishtiyoq, optimizm va 
hayotdan zavqlanish. Bu mamlakat aholisini ham uzoq umr koʻruvchiar qatoriga 
qoʻshish mumkin.(76 yosh). Soʻnggi soʻz oʻrnida, biologik yoshni aniqlash 
metodikasini ishlab chiqqan professor Lyudmila Belozerova soʻzlarini keltiramiz: 
“Moddiy farovonlik yoshlikni choʻzish va hayotga boʻlgan munosabatlarda muhim 
rol oʻynaydi. Sekin qariydigan insonlar odatda koʻp harakatlanishadi, ishtiyoq 
bilan mehnat qilishadi, toʻgʻri kelgan narsani oz-ozdan yeyishadi, hayotga 
nisbatan optimistik ruxda boʻlishadi, atrofdagilarga doʻstona munosabatda 
boʻlishadi” 


E.Erikson konsepsiyasida qarilik ilgarigi hayot yolining tugashi sifatida talqin 
etiladi. 
9
Qarilik – yosh ulg‘aya borishi bilan organizmda ro‘y beradigan qonuniy 
o‘zgarishlarning yakuniy bosqichidir. Qarish biologik parchalanuvchi jarayon 
bo‘lib, bunda organizmning moslashish qobiliyati cheklana borib, turli patologik 
o‘zgarishlar rivojlanadi va o‘lim muqarrarligi tezlashadi. Ko‘p hujayrali murakkab 
organizmlar umri davomida nafaqat anatomik, balki funksional jihatdan ham 
ma’lum bir o‘zgarishlarni boshidan kechiradi. Bu o‘zgarishlar yoshi o‘tgan sari 
ularning tashqi ko‘rinishi yoki ularning «nabitus» ida ham namoyon bo‘ladi. 
Qarilikda yuz terisi quruq, burishgan, serajin, ilvillagan, rangsiz tus oladi, 
yupqalashganligi natijasida teri ostidagi tomirlar bo‘rtib ko‘rinib turadi. Bosh 
qismida soch tolalari oqargan, siyraklashgan, ko‘z lari nursiz, og‘iz bo‘shlig‘ida 
tishlar yetishmaydi, umurtqa pog‘onasi bukchaygan, harakatlari sustlashgan, 
qiyinlashgan, mana shular qarilikka xos bo‘lgan ayrim belgilardir. Ko‘rish va 
eshitish qarilikda pasayadi. Qari odamning eti tez-tez junjikadi, bo‘yi va vazni 
ham kamayadi. Erkak kishi 50–85 yoshlar o‘rtasida kamida 3 sm. ga, ayollar esa 4 
sm. ga pasayadi. Me’yorda erkaklarda tana vazni 40 yoshda, ayollarda esa 50 
yoshda maksimal holatida bo‘ladi. Yoshi ulg‘aygan odam organizmining barcha 
fiziologiya tizimida asta-sekin o‘zgarishlar rivojlanadi va ularning pasaygan 
imkoniyatlarga moslashuvi yuz beradi. Organizmda chuqur anatomik va 
funksional o‘zgarishlar qarilik invo lyusion jarayoni tushunchasini anglatadi va bu 
jarayon uzoq vaqt davom etadi. Anatomik o‘zgarishlar qarilik atrofiyasi 
kurinishida, skelerozga moyillik holatida xarakterlanadi. Bu holat moddalar 
almashinuvining bosh qacha bo‘lib qolishiga, shuningdek, jinsiy bezlar 
funktsiyasining susayishiga hamda endokrin muvozanatining buzilishiga, ya’ni 
yangilanish va yemirilish muvozanatining buzilishiga olib keladi. Qarilikda ro‘y 
beradigan anoreksiya – ishtahaning pasayib ketishi holati bunga yorqin misoldir. 
Bu holat to‘qimalarning yashash uchun zarur bo‘lgan energiya manbai, ozuqa 
moddalariga bo‘lgan talabining pasayib ketishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Demensiya — keksalik boshlanishi bilan bog‘liq shaxs o‘zgarishlari, amneziya, 
9
Э.Эриксон. Детство и общество. C. 69- 70 


bilish nuqsonlarini o‘z ichiga olgan buzilishlarning bir butun kompleksidir. Senil 
demensiya — inson tafakkurining adekvatligida namoyon boladigan miyaning 
organik kasalligidir.
10
Qon aylanish sistemasida – ateroskleroz holati vazomotor o‘zgarishlarga 
sababchi bo‘ladi. Bular odamning boshi va yuziga qon quyilib kelishi bilan 
ifodalanadi, arterial bosim ko‘pincha ko‘tariladi. Yurakda miokardioskleroz qayd 
etiladi, bu esa yurak faoliyatini susaytiradi, qon aylanish sistemasining 
yetishmovchiligaga, 
organlarning 
ozuqa 
moddalariga 
va 
kislorodga 
to‘yinmasligiga va ma’lum bir klinik simptomlarning kelib chiqishiga sababchi 
bo‘ladi. Bular bosh aylanishida, xotiraning pasayishida, uyqu ning buzilishida, 
oyoq-qo‘llarning kuchsizl anishi, qaltirashida va boshqa belgilarda namoyon 
bo‘ladi. Qarilik har bir organizmda individual rivojlanadi. Insonning yoshini 
kalendar, ya’ni xronologik tarzda o‘rganish mumkin. Ko‘pincha, qarish jarayoni 
insonning yoshiga mos kelmaydi. Masalan, 60 yoshli odam organizmida 70 
yoshga kirgan odam organizmiga xos bo‘lgan struktur o‘zgarishlar, funktsiyalar 
buzilishi kuzatilishi mumkin. Demak, fiziologik qarish bilan bir qatorda, erta 
qarish jarayoni ham mavjud ekan. Insonning kalendar yoshi biologik yoshidan 
qancha katta bo‘lsa, qarish jarayoni shuncha sekin kechadi, umri uzayadi. Hozirgi 
tibbiyotning vazifasi erta qarishning oldini olish va unga qarshi kurashdan iborat. 
Insonning turmush tarzi, ijtimoiy muhit qarishga ta’sir etadigan omillardir. 
XX asr oxirlariga kelib insonning o‘rtacha umri 70-80 yoshga tenglashgan 
bo‘lsa-da, 100 yoshdan ko‘p umr ko‘rayotganlar ham oz emas. Jumladan, Eronning 
Kelyusa qishlog‘ilik Said Ali ismli kishi 195 yil yashagan. U hatto umrining 
so‘nggi yillarida ham ko‘zoynaksiz bemalol ko‘ra olgan. Ozarboyjonning janubi-
sharqida joylashgan, dengiz sathidan 2000 metr balandlikdagi tog‘li qishloq 
fuqarosi Sherali Muslimov 168 yil umr ko‘rgan. Tog‘ning tabiiy toza havosi va 
tiniq, sof buloq suvi, sut mahsulotlari, kichkinagina tomorqasida yetishtirgan 
meva-sabzavotlar asosiy ozuqasi bo‘lgan bu qariya to umrining so‘nggi 
kunlarigacha ketmon chopishni, mollar uchun o‘t o‘rishni kanda qilmagan. 
10
Rivojlanish psixologiyasi va pedogogik psixologiya. T-2018. 446-bet 


Farzandlari, nevara-chevaralari, evaralari ko‘pligidan hammasining ismini ham 
bilmasdi. Sherali Muslimov vafot etganida uning kenja qizi 30 yoshda edi. 
Amerikalik mashhur fizioterapevt Pol Bregg turli mamlakatlarda bo‘lib, 
sog‘lom turmush tarzi asoslarini o‘rganar ekan, Turkiyada 154 yoshli Zora Agxa 
bilan uchrashadi. Bu kishi yoshligida Istambuldagi yirik temiryo‘l vokzalida yuk 
tashuvchi bo‘lib ishlagan. " 154 yoshida ham ko‘rish, eshitish qobiliyati va 
jismoniy kuchi yosh yigitlarning havasini keltiradigan darajada edi. Uning bor-
yo‘g‘i ikkita tishi tushgan, qolganlari esa sadafdek oppoqligi meni hayratga soldi", 
deb yozgan edi Pol Bregg. Xo‘sh, Zora Agxaning uzoq umr ko‘rish siri nimada 
edi? Ma’lum bo‘lishicha, uning taomnomasi juda oddiy bo‘lgan. Ovqatga umuman 
hayvonot yog‘larini ishlatmagan, haftasiga 2 donadan ortiq tuxum iste’mol 
qilmagan. Ovqat va salatlar tayyorlashda faqat maxsar yog‘idan foydalangan. 
Shuningdek, u hech qachon rafinadlangan va sun’iy yo‘l bilan tayyorlangan 
mahsulotlarni ovqatga ishlatmagan. Umrida bir tishlam ham oq non, shakar va 
qand iste’mol qilmagan, bir ho‘plam ham spirtli ichimlik ichmagan. Muntazam 
ravishda quyoshda quritilgan qora non, yog‘siz go‘sht va ko‘p miqdorda meva-
sabzavotlar yegan. Eng sevimli taomi esa xurmo bo‘lgan, kuniga uch-to‘rt dona 
xurmo iste’mol qilgan. Chanqog‘ini qondirish uchun toza suv hamda yalpiz 
damlamasi ichgan. 
Janubiy Amerikaning Ekvador davlatida – And tog‘lari bag‘ridagi 
qishloqlarda ham 100 yoshdan oshib ketgan qariyalar ko‘p. Angliyalik tibbiyot 
professori ularning uzoq umr ko‘rish sirini aniqlash uchun shu yerda ikki yil 
yashadi. Ko‘rgan va eshitganlari asosida professor uzoq umr ko‘rish dasturini 
yaratdi. Unga ko‘ra: 
- muntazam jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish; 
- har kuni ma’lum vaqt bog‘ va tomorqada ishlash; 
- imkon qadar ko‘proq piyoda yurish. Jumladan, keksayganda ham kuniga 
kamida ikki chaqirim masofani piyoda bosib o‘tishga harakat qilish; 
- spirtli ichimliklar ichmaslik, tamaki mahsulotlari chekmaslik; 


- asabiylashmaslik, muammo va mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish, stressli 
holatlarga tushib qolmaslikka intilish

qayta 
ishlangan, 
xususan, 
qaynatilgan, 
qovurilgan, 
tuzlangan, 
konservalangan taomlarni iloji boricha kamroq iste’mol qilish; 
- ko‘proq yangi uzilgan va tabiiy meva-sabzavotlar, ko‘katlar yeyish; 
- taomnomada go‘sht mahsulotlari imkon qadar kam bo‘lishiga erishish; 
- tana talab qilganicha uxlash; 
- sevimli mashg‘ulotga ega bo‘lish; 
- tund, qo‘rs va qo‘pol kishilar bilan muloqotda bo‘lmaslik; 
- hech qachon qarilikni bo‘yinga olmaslik. 
Yaponiyada esa uzoq umr ko‘rishning sababini insonlarning tabiat bilan 
hamohanglikda yashashga intilishi, ko‘p miqdorda yangi ovlangan yoki 
muzlatilgan baliq hamda dengiz mahsulotlari iste’mol qilishiga bog‘lashadi. 

Download 463.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling