I s a k o V a m u a z z a m t u L k I n o V n a s a L o m a t L i k I j t I m o I y p s I x o L o g I y a s I


Download 463.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana15.11.2023
Hajmi463.75 Kb.
#1775486
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
ISAKOVA MUAZZAM TULKINOVNA

Adabiyotlar ro’yxati: 
1. Johnston, M. (1994). Sog'liqni saqlash psixologiyasining zamonaviy 
tendentsiyalari. Psixolog, 7 yosh, 114-118. 
2. Ogden, J. (2012). Sog'liqni saqlash psixologiyasi: darslik (5- nashr). 
Maidenhead, Buyuk Britaniya: Ochiq Universitet matbuoti. 
3. Rogers, R. W. (1983). Profilaktik sog'liq psixologiyasi: ijtimoiy va klinik 
psixologiyaning interfeysi. Ijtimoiy va klinik psixologiya jurnali, 1(2), 120- 
127. doi:10.1521 / jscp.1983.1.2.120 
4. "Devid F. Marks, Maykl Myurrey va Emee Vida Estacio (2018) Sog'liqni 
saqlash psixologiyasi. Nazariya-tadqiqot-amaliyot (5-tahr.) Sage ". 2018-11-16. 
5. Everly, G. S., Jr. (1986). Mehnat salomatligi psixologiyasiga kirish. P. A. 
Keller va L. G. Ritt (nashrlar) da, Klinik amaliyotdagi yangiliklar: Manba kitob, 
Vol. 5 (331-338-betlar). Sarasota, FL: Professional Resurs Birjasi. 
6. Raymond, J. S., Vud, D. W. va Patrik, W. K. (1990). Ish va sog'liq bo'yicha 
psixologiya doktorlik mashg'ulotlari. Amerikalik psixolog, 45 yosh, 1159– 1161. 
doi: 10.1037 / 0003-066X.45.10.1159 
7. Tez, JC (1999). Kasbiy sog'liqni saqlash psixologiyasi: tarixiy ildizlar va 
kelajak yo'nalishlari, Sog'liqni saqlash psixologiyasi, 18, 82-88. doi: 10.1037 // 
0278-6133.18.1.82 
8. Schonfeld, I. S. (2018), mehnat salomatligi psixologiyasi. D. D. Dannda 
(Ed.), Psixologiyada Oksford bibliografiyalari. Nyu-York: Oksford universiteti 
matbuoti.[1] 
MAVZU: YOQIMLI KEKSAYISH VA UZOQ UMR KO’RISH 
PSIXOLOGIYASI 
Reja: 
1. Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha. 
2. Biologik keksayish. 


3. Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi. 
4. Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari. 
5. Uzoq umr ko‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari 
6. Tavfsiyalar 
7. Xulosa 
8. Foydalanilgan adabiyotlar 
Uzoq umr ko’rish haqidagi ta’limot fanda gerontologiya deb nomlanadi. Bu 
ta’limotda bergan ma’lumotlariga ko’ra, uzoq umr ko’rish ko’p jihatdan 
odamlarning o’ziga va turmush tarziga bog’liqdir. Bu fikrni isboti sifatida yunon 
faylasufi Demokritning quyidagi so’zlarini keltirish mumkin: “ Odamlar o’z toat -
ibodatlarida Ollohdan tansihatlik tilaydilar. Biroq Olloh tansihatlik kalitini 
tug’lishdanoq ularning o’z qo’llariga tutquzib qo’yganidan bexabardirlar .” 
3
«Gerontologiya» insonning qarish jarayonini o‘rganadigan fan bo‘lib, yunoncha 
geros – qari va logos – bilim degan ma’noni anglatadi. «Gerontologiya» ning 
asosiy maqsadi insonning faol va to‘laqonli hayotini uzaytirish yo‘llarini izlab 
topishdir. Keksa yoshdagi bemorlarga xizmat qilish aksariyat tibbiyot 
xodimlarining kundalik vazifasi, chunki tibbiy xizmatga muhtoj barcha 
bemorlarning 25–30 foizi keksa yoshdagi bemorlardir. Jahondagi barcha 
mamlakatlarda demografik ko‘rsatkichlar qariyalar hisobiga oshib bormoqda. Bu 
esa «Gerontologiya» va «Geri-atriya» sohasidagi bilimlar doirasini kengaytirishni 
taqozo etadi. «Gerontologiya» fani quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: qarish 
biologiyasi, 
geriatriya, 
gerogigiyena, 
gerontopsixologiya, 
gerodermiya, 
gerodietetika, geroekologiya. 
Keksalik – umrning qonuniy tarzda yuz beradigan yakunlovchi davridir. 
Biroq muddatidan oldin qarish hodisasi ham hayotda bor haqiqatdir. Barvaqt 
qarish boshdan kechirilgan kasalliklar yoki tashqi muhitning zararli omillari 
ta’sirida yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlarning bir muncha erta rivojlanishi bilan 
xarakterlanadi. Olimlarning fikricha, inson salomatligining 51,6% sog’lom 
3
Journal of Advanced Research and Stability ISSN: 2181-2608. 2022. 25-bet 


turmush tarziga, 20,5 % irsiyatga, 19,3 % tashqi ekologik muxitga, 8,6% sog’liqni 
saqlash tizimiga bog’liq ekan.
4
Fiziologik qarish aqliy va jismoniy sog‘lomlikni, ma’lum darajadagi ish 
qobiliyatini, dilkashlikni, tevarak atrofdagi hodisalarga qiziqishni saqlab qolish 
bilan belgilanadi. Tashqi muhit ta’siri va organizmning ichki omillari qarish 
jarayonining tezlashuviga, organizmning erta qarishiga olib keladi, bu jarayon 
organizmning o‘sish va rivojlanishi to‘xtaganidan keyin boshlanadi. 
«Gerontologiya» tibbiy biologiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u molekula va 
hujayralardan tortib butun organizmning qarish sabablarini o‘rganadi. Qarish – 
qarilik, ya’ni yosh ulg‘aya borishi bilan organizmda paydo bo‘ladigan 
o‘zgarishlarning qonuniy tarzda ro‘y berish jarayonidir. Umuman olganda, 
bugungi kunda qarilik muammolarini har tomonlama o‘rganadigan turli fan 
sohalari paydo bo‘ldi va ular jadal rivojlanmoqda. Xususan, dunyo aholisi 
sonining qariyalar hisobiga oshishi «Geriatriya» fanining rivojlanishini yanada 
tezlashtiradi. «Geriatriya» keksa, yoshi ulug‘ kishilarda kasallikning kechishi 
xususiyatlarini o‘rganadigan fan bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga tobora 
chuqurroq kirib bormoqda. «Gerogigiyena» esa keksaygan va katta yoshdagi 
kishilar gigiyenasini o‘rganmoqda. «Gerontopsixologiya» – keksalar ruhiy holati 
va fe’l-atvorini; «Gerodietetika» – keksaygan kishilar ovqatlanishi va uning 
xususiyatlarini; «Gerodermiya» – keksaygan kishilar teri qoplami xususiyatlarini 
o‘rganuvchi bo‘lim. «Geroekologiya» – qarish jarayoniga ekologik omillarning 
ta’sir etishini o‘rganuvchi fan. Insoniyatni doimo bir muammo o‘ylantirgani-
o‘ylantirgan: qanday qilib uzoq umr ko‘rish mumkin? Hatto bundan ikki ming yil 
muqaddam buyuk Lukretsiy o‘z asarlarida, jumladan, “Tabiat haqida” nomli 
kitobida bu masala yuzasidan mulohazalar bildirgan. Xo‘sh, odam uzoq yashay 
olmasligiga nima sabab? Qarish-qartayishning boisi ne? Avvalo, shuni aytish 
kerakki, hayot hamma narsani o‘z izmiga soladi. Insonning keksayishi ham 
ma’lum qonuniyatga asoslangan. Qolaversa, olimlarning ta’kidlashlaricha, qarilik 
qator kasalliklarning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Yoshi bir joyga borib qolganlar 
4
Karimova V.M. “Oila psixologiyasi” Darslik. T.: 2008. 79-bet. 


ko‘proq ateroskleroz, rak, qandli diabet, arterial gipertoniya, yurak ishemiyasi 
xastaliklaridan vafot etadilar. Bu kasalliklarning paydo bo‘lish mexanizmini 
tushunish uchun esa, qarish va yosh potologiyasi (a’zolardagi kasalliklar, yosh 
ortib borishi bilan organizm hayot faoliyatida bo‘ladigan o‘zgarishlar) o‘rtasidagi 
aloqani aniqlash lozim. Bunda bir necha ko‘rinishlar ham bo‘lishi ehtimoldan holi 
emas. Tibbiyotning otasi Gippokratning ta’kidlashicha, uzoq umr ko‘rishga 
jismonan mashq qilish, toza havoda aylanishning o‘rni bo‘lakcha. U qarilik 70 
yoshda boshlanadi, deb hisoblaydi. Pifagor esa qarish inson hayotining oxirgi 20 
yilini — 60 dan 80 yoshgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi, deb ta’kidlagan. 
Boshqalar yosh ketishini ehtimollik jarayoniga yo‘yib, u organizmga ko‘pdan-
ko‘p ichki va tashqi omillarning ta’sir etishidan, deydilar. Menimcha, genetik 
o‘zgarish qarish emas, balki organizmning buzilishi bilan bog‘liq moddalar 
almashinuvi jarayonidir. Hayot ana shu qonuniyatga asoslanadi. U har qaysi 
organizmda turlicha kechishi mumkin. Masalan, sichqon 2 yil, fil 100 yil yashashi 
aniqlangan. Bundan bitta xulosa chiqadi: qarish qachon boshlanadi, degan gapga 
o‘rin qolmaydi. U jinsiy xujayralar urug‘lanishi bilan birga rivojlanadi. Gap 
shundaki, tabiatda ba’zi mavjudotlar 300 yil, hatto ming yilgacha yashashi 
mumkin. Ammo... nega inson emas? Uzoq yashash sirini kashf etish hozirgi 
davrning muhim muammolaridandir. Bu yo‘nalishda anchagina ibratli ishlar 
amalga oshirilyapti. Salomatlikka ham alohida urg’u berilyapti. Salomatlik - bu 
nafaqat sog-‘salomat yurish degani, balki uzoq umr kurish garovi xamdir. 
Tug’ilish, o’sib ulg’ayish, voyaga yetib shaxsiy va umuminsoniy manfaatlar 
yo’lida faoliyat ko’rsatish, qarish-qartayish va o’lim - bular inson xayot yo’lining 
qonuniy bekatlaridir. Bu xayot uchun kurash - salomatlik uchun kurash ekanligini 
anglashni taqozo etadi.
5
Olimlarimizning tinimsiz izlanishlari tufayli kasalliklar, 
ayniqsa, yuqumli xastaliklarga qarshi kurashishning samarali usullari ishlab 
chiqildi. Kishilarning yashash sharoiti o‘zgardi, ijtimoiy ahvoli yaxshilandi. 
Ammo, shunisi ajablanarliki, bir necha ming yillardan buyon insonning umr 
ko‘rish imkoniyati biologik jihatdan oshgan emas. Tadqiqotchilarimiz hozir bu 
5
Karimova V.M. “Oila psixologiyasi” Darslik. T.: 2008 78-bet


yoshni 90 atrofida deb hisoblamoqdalar. Aslida-chi? Axir dunyoda bundan ham 
uzoq umr ko‘ruvchilar bor-ku! “Yoshini yashab, oshini oshaganlar” haqida 
gapirganda shuni aytish kerakki, ular juda ozchilik bo‘lib, 115-120 yoshgacha umr 
ko‘rishgan. Kavkazda bu ko‘rsatkich biroz yuqori bo‘lishi mumkin. Sharq 
xalqlarida igna bilan davolash keng taraqqiy etganligi hammaga ma’lum. Ular 
ichida uzoq umr ko‘rish nuqtasi degan tushuncha ayniqsa shuhrat qozongan. Bu 
haqda qator afsona, rivoyatlar mavjud. Ulardan birida aytilishicha, Kunchiqar 
mamlakatning podshosi eng keksa kishini saroyga taklif etibdi. 242 yoshli Matle 
degan keksa inson tashrif buyuribdi. 
— Qanday qilib siz bunday tabarruk yoshga kirdingiz? — deya so‘rashibdi undan. 
— Buning hech qanday siri yo‘q, — deb javob beribdi qariya, — Men har to‘rt 
kunda jismimdagi uzoq yashash nuqtasini kuydirib turaman. 
So‘ngra Matle yig‘ilganlarga o‘sha nuqtani ko‘rsatibdi. Bu, ehtimol, 
afsonadir, ammo olimlar hozir uzoq umr ko‘rish nuqtasini qo‘zg‘ash organizmni 
mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga, insonning uzoqroq umr ko‘rishiga 
imkoniyat tug‘dirishiga ishonch hosil qilmoqdalar. Bunda ikki yo‘l mavjud. 
Avvalo, organizm kasallik rivojlanishiga qarshi kurasha olishi lozim. Bu shuning 
uchun ham muhimki, qarish pirovard natijada xastalik paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Bordi-yu, biz faqatgina rak va yurak, qon-tomir kasalliklarini tugatgan 
taqdirimizda ham inson umrini 10-11 yil uzaytirishga erishgan bo‘lardik. 
Qolaversa, menimcha, qarish jarayonini susaytiradigan qandaydir malham yaratish 
zarur. Zero, bu borada dunyoda necha ming yildan buyon harakat qilinadi. 
Ammo... ming afsus, hozircha natija yo‘q... Ovqatlanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish 
ham uzoq umr ko‘rishning birlamchi omillaridan hisoblanadi. Jismonan chiniqish, 
sport bilan shug‘ullanish bu jihatdan yanada samarali natijalar berishi mumkin. 
Bundan tashqari, olimlar hozirgi paytda uzoq yashashning yangi forma va usullari 
ustida tadqiqotlar o‘tkazmoqdalar. Masalan, enterosorbtsiya yo‘li bilan oshqozon-
ichakdagi soklar va qonni zaharli moddalardan tozalash bo‘yicha boshlangan 
tajriba, geninjeneriya shunday xayrli harakatlardandir. Hozir gerontologiya — 
qarish haqidagi fan oldida juda katta muammolar turibdi. Ularni hal etish insoniyat 


kelajagida muhim o‘rin tutishi shubhasiz. O‘shanda balki yosh o‘tgan sayin 
kishining intelektual kuchi va ijodiy ish bilan shug‘ullanishi kamayib boradi, 
degan gaplarga hojat qolmas. Binobarin, o‘tmishda, “buyuk qariyalar” bu fikrni 
inkor etadigan darajada ishlashgan: Gyote, Pikasso, Stravinskiy, Rubenshteyn 80 
yoshlarida eng bebaho asarlarini yaratishgan. I. P. Pavlov shu yoshda ilmiy ishlar 
yozgan...
Volter bejiz aytmagan: “Qarilik — nodon uchun qish bo‘lsa, olimga ayni 
o‘rim-yig‘im davridir”.
6
Xullas, uzoq yashash siri hozircha muammoligicha qolmoqda. Biroq 
olimlarimizning izlanishlari mazkur sohada anchagina yutuqlarga erishish 
mumkinligidan dalolat beradi. Bizning hozirgi eng muhim burchimiz yashab 
turgan umrimizni qisqartirib qo‘ymaslik. Buning uchun mashhur olim, akademik I. 
P. Pavlovning yana quyidagi o‘gitlariga amal qilish foydadan holi bo‘lmaydi: 
“Inson 100 yil hatto undan ham ko‘p yashashi mumkin. Lekin biz o‘zimizning 
tiyiqsizligimiz, pala-partishligimiz, o‘z organizmimizga nisbatan shafqatsizligimiz 
tufayli bu muddatni ko‘p yillarga qisqartirib boramiz”. 
Psixogerontologiya fanida 
gerontologiya, 
involyusiya, 
geriatriya, 
gerogigiena, geteroxronlik kabi ilmiy tushunchalar mavjud. Gerontologiya — 
grekcha so‘z bo‘lib, keksayishning, keksalikning kelib chiqishi demakdir. 
Geriatriya so‘zi keksaygan inson shaxsini davolashni bildiradi. Involyusiya 
tushunchasi evolyusiyaning teskarisi bo‘lib, o‘sishdan orqaga qaytishni ifodalaydi.
Gerogigiena — keksaygan odamning salomatligini saqlash va mustahkamlash 
sohasidir. Gerogigiena keksa odamlarda asab, ruhiy kasalliklarning oldini olish 
uchun xizmat qiladi. Geteroxronlik bir xil Yoshdagi odamlarda ruhiy 
jarayonlarning turlicha (har xil vaqt va muddatda) namoyon bo‘lishidir. 
Psixogerontologiya fanida gerontogenezning evolyusion omillari qatoriga 
I.V.Davidovskiy nasliy, ekologik, biologik, ijtimoiy alomatlarni kiritadi. 
6
https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/qiziqarli-malumotlar/uzoq-umr-ko-rish-siri 
“Hurriyat” 
gazetasidan olingan (2008). 


D.Bromley insonning qidirish sikli uchta bosqichdan iborat bo‘lishini ta’kidlaydi: 
1) "ishdan, xizmatdan uzoqlashish" (iste’fo) — 66-70 Yosh; 2) keksalik (70 va 
undan katta Yosh), 3) munkillagan keksalik (hasta keksalik va o‘lim) — 
maksimum 110 Yosh. SHu bilan birga (keksayishning qonuniyatlari ham kashf 
qilingan, ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin).
1) geteroxronlik (har xil vaqtlilik) qonuni;
2) o‘ziga xoslik qonuni; 
3) xilma-xillik qonuni. 
I.V.Davidovskiy "Keksayish nima?" nomli asarida ta’kidlaganidek, inson 
50—60 Yoshga to‘lganda yoki undan oshgan chog‘ida yetuklikning kechikkan 
davriga kirib keladi. Shu Yoshdagi odamlarning o‘limini XVIII asrdagi 
tengdoshlari bilan taqqoslansa, ularning yashash va mehnat qilish imkoniyati 75 
Yoshgacha uzayishi mumkin. Chunki hozirgi kunda nafaqani belgilash haqiqiy 
biologik qarish yoshidan 15—20 yil ilgarilab ketgan. Bu hol aqliy mehnat bilan 
shug‘ullangan ziyoli odamlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. I.V.Davidovskiyning 
fikricha, uzoq umr ko‘ruvchilar asosan ozish, faol, harakatchan odamlar bo‘lib, 
havodan erkin nafas olishni juda yoqtiradilar, organizm faoliyatiga daxldor tinka 
quritar kasalliklardan holi bo‘ladilar. Tadqiqotchi P.P.Lazerev 1928- yilda umr 
o‘tishi bilan ko‘ruv apparati markaziy etnologiyasining xiralashuvini aytgan edi. 
Keyinchalik, 1967- yilda amerikalik psixolog Gregori bu fikrni tajribadan o‘tkazdi 
va inson keksayishi bilan retseptor apparatining optik funksiyasi zaiflashadi, 
ko‘ruv sezgasi va idrokini xiralashtiradi. Ko‘zning rangni sezishi Yoshi ulg‘ayishi 
bilan o‘zgarib boradi, hatto, rangni ajratish qobiliyati sezilarli darajada pasayadi. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, rang ajratish, spektr nurlarining yoyilishi Ibn 
Sino tomonidan tushuntirib berilgan, fan olamida esa bu kashfiyot Gel’mgolsga 
qiyos beriladi. Ko‘rishning pasayishi geteroxron xususiyat kasb etib, spektrning 
qisqa va to‘kis qismida (ko‘k va qizil rangda) aniqroq aks etadi. Psixogerontologik 
nuqtai nazardan sezish vaqtini rad qilgan E.N.Sokolov, E.I.Boyko, A.R.Luriya 
sezish vaqti Yosh davrining informatsion stimul funksiyasidan boshqa narsa emas, 
deya xulosa chiqaradilar. Ular sezish vaqgining egri chiziqli ko‘rsatkichlarini 


sxema tarzida ishlab chiqib, keksalik davriga xos ikkita xususiyatni chuqur tahlil 
qildilar. Xuddi shunga o‘xshash ma’lumotlar D.Birron, D.Botvinnik tajribalarida 
ham olingan. Psixogerontologiyada keksa erkak va ayollarning psixologik 
xususiyatlarini o‘rganishda ko‘proq test (sinov) dan foydalaniladi. Testlar o‘z 
maqsadi, mohiyati hamda tizimiga binoan bir nechta ko‘rinishga ega: 
1) maqsadga yo‘naltirilgan, bilim hajmini aniqlovchi standart testlar — 
imtihon — sinov varaqasi;
2) insonning aql-zakovatini o‘lchashga moslashtirilgan aql testlari;
3) inson shaxsining fazilatlarini tekshirishga mo‘ljallangan testlar; 
4) inson iste’dodi, iqtidori hamda qobiliyatining darajasini aniqlashga 
qaratilgan testlar.
Keksayish davrida odamlar psixologiyasini o‘rganish testlar yordamida 
amalga oshirilishi sinaluvchilarda irodaviy kuch-quvvat sarflash, aqliy zo‘riqish, 
asabiy tanglik holatlarini kamaytirish uchun xizmat qiladi, tajribada vaqtdan 
tejamli foydalanish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga testlar kishilarda (rang-
barangligi uchun) qiziqish, tabiiy mayl, shug‘ullanish his-tuyg‘usini uyg‘otadi. 
Keksalar psixologiyasini tadqiq qilishga oid tajribalarda psixogerontologiyaning 
ayrim usullaridan keng foydalanilmoqda. Nafaqa yoshiga to‘lgan kishilarning 


ishni davom ettirish islash va ulardan foydalanish ehtiyoji tibbiyot va ruhiyat ilmi 
oldiga bir qancha talablar qo‘yadi. Bu talablar M.D.Aleksandrova va uning 
shogirdlari ta’kiddaganidek, 60 yoshdan oshgan odamlarning somatik jihatliligi 
ularning ishlab chiqarishda qatnashishiga qanchalik imkon berishini, insonning 
ruhiy salomatligi ishlashda qay darajada yordamlashishini, sog‘lom keksa 
odamning psixofiziologik funksiyalari, psixik jarayonlari, shaxsiy xususiyat- lari 
va kasb-korlik uchun zarur talablarga mos kelish-kelmasligini aniqlashdan 
iboratdir. Shularning so‘nggi qismini tadqiq qilish bevosita psixologlarning 
zimmasida bo‘lib, Yosh ulg‘ayib borishiga qarab fiziologik funksiyalarning 
o‘zgarishi psixometriya ma’lumotlariga tayanib muayyan usulda o‘rganilishi 
lozim. Bu usulda bir qancha elat, jamoa hududning xuddi shu yoshdagi aholisi 
bilan solishtiriladi. Tadqiqotning bu usuli ayrim ruhiy jarayonlarning yosh 
dinamikasini 
aniqlashga 
xizmat 
qiladi. 
Asab 
sistemasining 
qarishi 
V.D.Mixaylova-Lukasheva, M.M.Aleksandrovskaya kabi olimlarning fiziologak 
va gistologak tadqiqotlarida keksalarning asab sistemasi, bosh miya tuzilishi 
o‘zgarishi o‘rganilgan bo‘lib, bu hol makroskopiya va mikroskopiya ma’lumotlari 
asosida ifodalangan. Makroskopiya ma’lumotlariga ko‘ra: a) keksalik davrida 
miyaning og‘irliga 20-30% egallashadi: b) bir davrning o‘zida miya bilan kalla 
suyagining hajmi o‘rtasida disproporsiya kuchayadi; v) keksayish davrida miya 
burmalari kamayadi va ariqchalari kengayishi kuzatiladi, bular ayniqsa miya 
qobig‘ining peshona qismida yaqqol ko‘rinadi va etuk yoshdagi odamlarga 
qaraganda 3—4 ta yo‘l qisqaradi; g) miyaning zichligi ortadi. Mikroskopiyaning 
natijalariga binoan: 1) nerv hujayra- larining umumiy miqsori kamayadi, bu 
o‘zgarish qobig‘ining III-V zonalarida aniq bilinadi; 2) Purkine hujayralarining 
mikdori keskin kamayadi, hujayralarning yo‘qolishi etuk kyshilart nisbatan 25 % 
ko‘p bo‘ladi; 3) nerv hujayralari ajinlashadi: yadro esa noto‘g‘ri ko‘rinishga ega 
bo‘la boshlaydi; 4) nerv tolalari yo‘g‘on- lashadi; 5) xabar olib boruvchi yo‘lda 
mielin tolalarining miqdori ozayadi.


Rossiya gerontologiyasi asoschilaridan biri I.V.Davidovskiy keksalik 
boshlanishining aniq sanasi mavjud emas, degan flkmi bildirgan.
7
Boshqa 
mashhur gerontolog N.F.Shaxmatov keksayish muammolariga biologik nuqtayi 
nazardan yondashib, psixik keksayishni markaziy nerv sistemasining oliy 
bo‘limlarida yoshga oid destruktiv o‘zgarishlar natijasi sifatida qaraydi.
8
Keksayish yoshga oid muqarrar jarayon bo‘lishiga qarab har kimda har xil 
individual kechadi. 
Bugungi kunda jahonda genetik olimlarning chuqur izlanishlari natijasida, 
qarish jarayoniga ta’sir etuvchi genlar borligi taxmin qilinmoqda. Agar bu taxmin 
tasdiqlansa, «Gerontologiya» fanida keskin o‘zgarishlar yuz berishi va insonning 
hozirgidan ham uzoqroq umr ko‘rishiga erishiladi. Genetikaning rivojlanishi juda 
ko‘p geriatrik kasalliklarning kamayishiga sabab bo‘ladi. 
Umuman, qarilik davrini qanday aniqlash mumkin? 1963-yil Kiyevda 
o‘tkazilgan Butun Dunyo Sog‘liqni Saqlash tashkilotlarining qarilik jarayoni 
haqidagi seminarida qabul qilingani bo‘yicha: 45 yoshdan 59 yoshgacha – o‘rta 
yoshlilar; 60 yoshdan 74 yoshgacha – keksalar; 75 yoshdan 89 yoshgacha-
qariyalar; 90 yosh va undan katta yoshdagilar – uzoq umr ko‘ruvchilar deb 
hisoblanadi.
Insonning uzoq umr ko‘rishi bevosita undagi biologik va psixologik
jarayonlarning kechishiga bog‘liqligi hech kimga sir emas. Masalaning mohiyatini
biologik jihatdan tahlil qiladigan bo‘lsak, keksalik haqida bir qancha
nazariyalar ilgari surilgan. Gerontologlarning fikricha, bu modda
almashinuvining buzilishi, ya’ni organizmning tashqi muhitga moslashish
qobiliyatining susayishidir. Keksalik sabablari va inson umrini uzaytirish
masalalariga oid qarashlar ilk bor Gippokrat, Ibn Sino, Klavdiy Galen
asarlarida uchraydi. XVII asrda ingliz astronomi, Yer sayyorasiga har 76
yilda juda yaqin keladigan Galle kometasi
kashfiyotchisi Edmund Galle
ham bu borada tadqiqotlar olib borgan. Biroq gerontologiya fan 
7
Давидовский И.В. Геронтологиуа. —М .,1966 
8
SHахматов Н.Ф. Психиchеское старение: сchастливое и болезненное,— М., 1996. С.31-36. 


sifatida XX asrning ikkinchi yarmiga kelib shakllana boshladi.
Keyinchalik gerontologiyaning rivojlanishi uning gerontopsixologiya
(umumiy psixologiya vositalari hamda usullaridan foydalanib, keksalar 
ruhiyati va fe’lining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi), geriatriya 
(klinik tibbiyotning keksalarga xos kasalliklarni o‘rganadigan, 
shuningdek, ularning oldini olish va davolash usullarini ishlab
chiqadigan bo‘limi), gerofarmokologiya (dori-darmonlar va ular
tarkibini keksaygan organizm uchun moslashtirish), gerogigiena
(katta yoshli kishilar gigienasi haqidagi ta’limot) kabi bir necha
tarmoqlarga bo‘linishiga olib keldi. Bular orasida geriatriya ayniqsa,
muhim ahamiyatga ega. Mazkur terminni fanga 1990 yilda
amerikalik olim I.Nasher kiritgan. Keksalarda turli kasalliklarning 
paydo bo‘lishi va rivojlanishining oldini olish, qarishga sabab
bo‘ladigan jarayonlarni aniqlash, yasharish choralarini ko‘rish,
keksalarga tibbiy-ijtimoiy yordam xizmatini tashkil etish
geriatriya oldida turgan eng dolzarb muammolardandir. Normal
fiziologik qarish sekin-asta yuz beradi. Bunda a’zolardagi asosiy 
to‘qimalar atrofiyaga uchraydi, ya’ni nobud bo‘ladi. Bu jarayon,
avvalo, miyadan boshlanadi [3]. Undagi 17-22 foiz to‘qimalar qisqarib 
boradi. Keyin esa oshqozon, qizilo‘ngach, o‘n ikki barmoqli ichak,
o‘t qobig‘i,oshqozon osti bezi hamda buyraklardagi 11-30 foiz, bir
o‘zi besh xil funksiyani bajaradigan jigardagi 12-14 foiz
to‘qimalarda atrofiya boshlanadi. Natijada insonlarning funksional
va reaktiv imkoniyatlari pasayadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, odamlar
aslida 100-120 yoshda fiziologik qariy boshlaydi. Biroq bugungi
kunda bu holat deyarli kuzatilmaydi. Yildan-yilga ko‘payib


borayotgan turli kasallik va epidemiyalar, narkomaniya, alkogolizm,
kashandalik, ekologiyaning buzilishi, shuningdek, boshqa ko‘plab 
ijtimoiy faktorlar ta’sirida insonlarda keksalik alomatlari ancha
erta paydo bo‘lmoqda. Hozirgi sharoitda odamda qarilikning
dastlabki belgilari yetuklik davrida, ya’ni 60-65 yoshda yuz bermoqda. 
Ammo tamaki chekadigan va muntazam spirtli ichimlik iste’mol 
qiladiganlarda bu jarayon boshqalarga qaraganda 15-20 yil oldin 
boshlanadi. Bundan tashqari, a’zolardagi to‘qimalarning qanchalik
kech yoki erta atrofiyaga uchrashi irsiyat va odamlarning qaysi sohada 
mehnat qilayotganiga ham bog‘liq.
2007 yilda Jenevada o‘tkazilgan xalqaro gerontologlar
kongressida insonlarning yosh senzi quyidagicha belgilangan: 1-11
yosh bolalik, 11-17 yosh o‘smirlik, 18-52 yosh navqironlik, 55-65
yosh kishilarning ong va tafakkuri yetilgan, cho‘qqiga chiqqan, 65-
75 yosh ulug‘vorlik va nihoyat 75-85 yosh keksalik davri
hisoblanadi. Shuningdek, 90 yoshdan
oshganlar uzoq umr ko‘ruvchilar sirasiga kiradi. So‘nggi paytlarda,
ba’zi manbalarda 110 yoshga yetgan yana bir toifa — juda uzoq
hayot kechiruvchilar ajratib ko‘rsatilmoqda.
Tanamizdagi har bir hujayra o‘z resursiga ega. Shuning
uchun, ular har 24 yilda yangilanib boradi. Mazkur jarayon esa olti
marta takrorlanadi. Bu deyarli 150 yil umrguzaronlik qilishimiz
mumkin deganidir. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi,
erkaklarga nisbatan ayollarning ko‘proq umr ko‘rishini sababi nimada? 
Bu holatni tibbiyot xodimlari va biologlar quyidagicha izohlashadi.
Erkaklarda ateroskleroz (yurak va qon tomirlari sklerozi), yurak va


miyada qon ta’minotining buzilishi nisbatan ertaroq boshlanadi.
Ularning infarkt-miokardga chalinish ehtimoli ayollarga qaraganda
40-49 yoshda 7 baravar, 50-59 yoshda 5 baravar va 60 yoshdan
keyin 2 baravar ortadi. Buni jinsiy gormonlar bilan izohlash
mumkin. Ayollar organizmi faqat estrogenlarni, erkaklar
organizmi esa ko‘proq androgenlarni sintez qiladi. Estrogenlar
o‘z navbatida organizmni turli xastaliklardan himoya qilish
xususiyatiga ega. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, erkaklarga bunday
genlarning ma’lum miqdorini o‘tkazish ulardagi qator 
kasalliklarning yengil o‘tishiga yordam beradi. Shuningdek, turli 
jarohatlar, zararli odatlar erkak salomatligini juda tez yemiradi.
Amerikalik olimlarning kuzatishlaricha, bu mamlakat aholisining 10
foizi spirtli ichimliklar, 10,8 foizi chekish oqibatida kelib chiqadigan
kasalliklar dastidan vafot etar ekan. Hususan, kashandalarda bronxial
astma 6,1 foiz, qizilo‘ngach saratoni 5,4 foiz, yurak qon-tomir
kasalliklari 2,6 foiz ko‘p uchraydi. Yana bir qiziq ma’lumot:
BMTning emografik departamentining tadqiqotlariga ko‘ra bo‘ydoq,
beva va turmushidan ajralgan insonlar oila qurganlarga qaraganda 
kamroq umr ko‘rar ekan. Asab sistemasining qarishi borasidagi 
tadqiqotlarda, jumladan: V.D.Mixaylova, M.M.Aleksandrovskaya kabi 
olimlarning fiziologik va gistologik tadqiqotlarida keksalarning asab
sistemasi o‘rganilgan bo‘lib, bu xol makroskopiya va 
mikroskopiya ma’lumotlari asosida ifodalangan.
Makroskopiya ma’lumotiga ko‘ra:
—keksalik davrida miyaning og‘rligi 20-30 % yengilla shadi;


— bir davrning o‘zida miya bilan kalla suyagining hajmi
o‘rtasida dispropotsiya kuchayadi;
—keksayish davrida miya burmalari kamayadi va ariqchalari
kengayishi kuzatiladi, bular ayniqsa miya qobig‘ining peshona
qismida yaqqol ko‘rinadi va yetuk yoshdagi odamlarga qaraganda 3-4 
ta yo‘l qisqaradi;
—miyaning zichligi ortadi.
Mikroskopiya natijalariga binoan:
—nerv xujayralarining umumiy miqdori kamayadi, bu o‘zgarish miya 
qobig‘ining III, V zonalarida aniq bilinadi;
— Purkine hujayralarining miqdori keskin kamayadi, hujayralarning 
yo‘qolishi 25% kop bo‘ladi;
—nerv hujayralari ajinlashadi: yadro esa noto‘g‘ri ko‘rinishga ega bo‘la 
boshlaydi;
—nerv tolalari yo‘g‘onlashadi;
—habar olib boruvchi yo‘lda mielin tolalarining miqdori ozayadi. [2].
Shuningdek, L.E.Birron,L.Botvinniklarning sensor-persertiv funksiyalarning 
qarishi borasidagi, S.Parkon, U.Mayls, A.Uelfordlarning idrok funksiyalarining
yosh davriga bog‘liq holda pasayishi va sezgi turlaridagi o‘zgarishlar
borasidagi qarashlarida insonning biologik keksayishi haqidagi fikrlar aks etgan.
Masalaning mohiyatiga psixologik jihatlariga yondashadigan bo‘lsak, 
keksalik davrida organizmning biologik zayiflashuvi psixik jarayonlarning
ham o‘zgarishiga olib kelishini aytib o‘tishimiz mumkin. Ruhiy keksayish
alomatlari ayollarda ertaroq paydo bo‘ladi. Erkak va ayollar o‘rtasidagi
farqlar borgan sari yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi. Bu farqlar bilish jarayonlari 
(sezgi,idrok, xotira, tafakkur), axloqqacha (farosatlilik, hushyorlik,
hozirjavoblik, topqirlik), va aql-zakovat (aql, bilim, ijtimoiy tajriba, mahorat, ijo 
diy faoliyat, barqaror malaka) kabi ruhiy holatlarda o‘z aksini topadi.


Biologik qarish psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar va xatti-harakatlarda 
keskin o‘zgarishlarni vujudga keltiradi. Aksariyat sezgi organlari zayiflashadi, asab
sistemasi kuchsizlanadi, ma’lumotlarni qabul qilish va ularni qayta ishlash,
mohiyatni anglash, u yoki bu holatlarga diqqatni to‘plash va unda muayyan
muddat tutib turish qiyinlashadi. Irodaning kuchsizlanishi og‘riq
sezgilariga nisbatan bardoshlilik tuyg‘usini emira boshlaydi. Natijada tashqi
ta’sirni qabul qilishda diqqatni saralash xususiyati o‘z ahamiyatini yo‘qotib 
borishi sababli keksa odam bola tabiat, arazchan, ko‘ngli bo‘sh, hissiyotga 
beriluvchan xarakterli bo‘lib qoladi. Xotiraning zayiflashuvi qariyalarda 
hayolparastlik illatini keltirib chiqaradi, ko‘pincha esda olib qolish, esda saqlash
va esga tushirish o‘rtasida ko‘pgina sabablarga ko‘ra nomutanosiblik tug‘iladi,
natijada unitish jarayoni kuchayadi. Diqqatni muayyan ob’yektga to‘play
olmaslik oqibatida biror faoliyat turi ustida uzoq mashg‘ul bo‘la olmaslik
bujudga keladi. Narsa va jismlarni noto‘g‘ri idrok qilish oqibatida illyuziyalar
ko‘payadi. Monokulyarba bimonokulyar ko‘rishda hilma-xillik yuzaga
keladi. Xarakter xislatlarida chekinish, hadiksirash, ishonchsizlik hislari
yetakchi rol o‘ynay boshlaydi. Shu bilan birgalikda sog‘lom qariyalarda
donishmandlik umrining oxirigacha saqlanishi tajribalarda qayd qilingan[2].
Keksalik davri borasidagi tadqiqotlarda boy tajribalar to‘plangan bo‘lib, 
olimlardan I.Baylesh, D.Zabeklar keksalarda xotira, irdok, mantiqiy tafakkur,
eridutsiya, nutq surati, G.Leman ijodiy faollik, A.R.Luriya xotira,
U.Shayyening kamolotning umumiy modeli, I.B.Davidovskiy va
B.G.Ananevlarning uzoq umr ko‘rishda ekologik omillarning ahamiyati
borasidagi tadqiqotlari hamda bu boradagi qarashlarini alohida ajratib ko‘rsatish 
mumkin[2]. Hozirgi kunda dunyo gerontologlari bu sohaga zamonaviy 
nanotexnologiyalarni tatbiq etishga intilmoqda. Bu esa kelajakda ulkan
samaralar berishi mumkin. Uning ahamiyati shundaki, yangi texnologiya, ya’ni 
davolashning mikrominiatyurizatsiya usuli organizmdagi zararlanishi
mumkin bo‘lgan «hudud»lar va atrofiyaga uchrash ehtimoli yuqori bo‘lgan
to‘qimalarni erta aniqlash hamda ularni bartaraf etish imkonini beradi. Bu esa 


insoniyat genofondida xususan keksalarning ham muayyan o‘rni borligini bildiradi. 
Yuqoridagi fikr va mulohazalarga asoslanib, katta hayot tajribasiga ega 
bo‘lgan keksalarimizni asrab-avaylash, ularga mehr-muruvvat ko‘rsatish,
e’zozlash, jamiyatda o‘zaro hurmat, insof, oqibat, ahillik tuyg‘ulari
yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini ta’kidlash joiz.
 Pasportda koʻrsatilgan yoshdan tashqari har bir inson uchun shaxsiy 
keksayish tempi — biologik yoshi mavjud. Olimlar ayrim insonlarni erta qarishi, 
ayrimlarini esa uzoq vaqtgacha navqiron qolishini allaqachon aniqlab ulgurishgan. 
Qarish tezligiga genetik sabablardan tashqari — stresslar miqdori va uning 
natijasida kelib chiqqan tashqi dunyoga boʻlgan nosogʻlom reaksiyalar taʼsir etadi. 
Erta qarishda emotsional kuyishning barcha belgilari: ipoxondriya, xavotirlilik va 
isteriyaga moyillikni kuzatish mumkin. Boshqacha aytganda, Sizning atrofingizda 
sal narsaga baqirib, oyoqlarini depsintiradigan inson boʻlsa — bilingki bu “erta 
qarigan odam” hisoblanadi. Bunday insonlar esa hozirgi davrda oz emas. 38% 
rossiyaliklarning biologik yoshi pasport yoshiga nisbatan 7-9 yoshga katta. 
Ularning koʻpchiligi vazni ogʻirligi, tez-tez ogʻrishi va zaifligi bilan ajralib turadi. 
Olimlar “erta qarish” sabablarini aniqlashlari davomida, hayot tarzining bevosita 
taʼsiri borligiga eʼtibor qaratishdi. “Yosh qarilar” odatda yetarli maʼlumotga ega 
emasligi, kam pul ishlab topishi, kommunal uylarda yashashi, yomon ovqatlanishi, 
kam harakatlanishi va oʻz ishini koʻra olmasligi bilan ajralib turishi aniqlandi. Erta 
qarishning hayotdan qoniqish darajasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqligi bor. Erta 
qarishning boshqa sabablariga quyidagilar kiradi: 
1.Hayotdan norozilik; 
2.Harakatning kamligi; 
3. Aqliy rivojlanishdan (oʻqishdan) ortda qolishi; 
4.Oʻqish va ilm olishdan toʻxtab qolish. 

Download 463.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling