I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar


Magnoliyatoifa yoki gull! o'sim liklar bo'lim i -


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/71
Sana03.11.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1742779
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71
Bog'liq
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar

Magnoliyatoifa yoki gull! o'sim liklar bo'lim i -  
Magnoliophyta, Anthophyta
Bu b o lim o'sim liklari g'oyat muraklcab tuzilishi
takomillashganligi, nihoyatda xilma-xilligi, turlarining 
behad ko'pligi (250 mingdan ortiq), tabiat va inson 
hayotida tutgan o'rni bilan o'simliklarning boshqa 
guruhlaridan keskin farq qiladi.
Bularning urug'i, oldingi bolim - ochiq uruglilarniki 
singari, mikrosporachi barg betida himoyasiz ochiq 
holda bolmay, balki qirralari qo'shilib o'sgan, o'zgar- 
gan, mikrosporachi bargda, ya'ni onalikda hosil 
boladi. Onalik yangi organ, faqat yopiq urug'lilar 
uchun xos bolganligidan bular onaliklilar (Gynoeciatae) 
deb ham nomlanadi. Onalik 3 qismdan iborat bolib
uning kengaygan ostki qismi tuguncha, changlarni 
tutishga moslashgan yoyiq yuqori qismi tumshuqcha, 
tuguncha bilan tumshuqchani birlashtirib turgan 
o'rta qismi ustuncha deb ataladi. Tuguncha ichida 
urug'kurtak 
(mikrosporangiy) boladi. Urugkurtak 
otalangandan (uruglangandan) so'ng urug'ga, tugun­
cha devorchasi esa mevaga aylanadi. Meva urug'ni 
yaxshi himoya qila oladigan, uni tarqatadigan va shu 
bolim vakillari uchun xos bolgan yangi organdir.
49


Urug‘ meva ichida joylashib, yaxshi himoya qilingan- 
ligidan bular yopiq urug‘lilar nomini olgan. Bu bolim 
vakillarining muhim belgilaridan biri ularning chin guli 
bo'lishdir. Shu sababdan ham ular ko'pincha gulli 
o'simliklar deb ataladi. Gulli o'simliklarning yana 
bir muhim o ‘ziga xos belgilaridan biri ulardagi qo‘sh 
urug'lanish hodisasidir. Qo‘sh uruglanish (otalanish) 
jarayoni natijasida 2 ta zigota hosil bo'lib, ulardan biri 
taraqqiy etib, murtakka
ikkinchi esa murtakni 
oziqlantiruvchi duragay to'qima - endospermga aylana- 
di. Gulli o'simliklarning har xil yashash sharoitida 
o'sishga moslanib, keng tarqalib (Arktikadan tropik 
mintaqalarga) hozirgi geologik davrning hukmron 
o'simligi bo'lib qolish sabablaridan biri, murtagining 
duragay to'qimadan tashkil topgan endosperm bilan 
oziqlanishidir.
Gulli o'simliklar bo'limi ikki va bir pallalilar ajdodiga 
bolinadi.
Ikki pallalilar ajdodiga mansub o'simliklar kelib 
chiqishiga ko‘ra qadimgi bo'lib, ular orasida daraxt, 
buta va o't o'simliklar uchraydi. Hozirgi vaqtda bu 
sinfga 190000 tur o'simlik kirib, ular 10000 turkum, 
429 ta oilani tashkil etadi.
Ikki pallali o'simliklar ajdodining o'ziga xos xarakter- 
li belgilari quyidagilardan iborat:
1. Murtagi ikkita palladan iborat.
2. Urug'i endospermli yoki endospermsiz.
3. Murtagida boshlang'ich ildiz o'simlik hayotining to 
oxirigacha saqlanib o'q ildiz hosil qiladi.
4. O'tkazuvchi nay tolalar to'plami ochiq tipda bo'lib, 
ular halqa shaklida joylashgan. Shu bilan birgalikda, 
ularda poyaning ikkilamchi tartibda qalinlashishiga 
imkon beradigan kambiy qatlami mavjud.
5. Bularning ko'pchiligida gulqo'rg'on 5 a'zoli.
6. Bu sinfda daraxtsimon vakillari bir pallalilarga 
nisbatan ko'p uchraydi.
50



Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling