I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy qarag‘ay
Nazariy tushuncha: Qarag‘aysimonlar ajdodi, Korda-
itkabilar va Qarag'aykabilar ajdodchasini o‘z ichiga oladi. Ulardan Kordaitkabilar faqat qazilma holda uchraydigan o'simliklar hisoblanadi. Qarag'aykabilar ajdodchasi ochiq urug“li o'simliklar orasida tur soni jihatidan ko'pchilikni tashkil etadi. Ularning hozirgi davrda 7 ta oilasi, 55 ta turkumi va 560 ta turi mavjud. Bu turlar bir nechta qabilalarga bolib o'rganiladi. Shulardan Qarag'aynamolar qabilasi faqat Qarag'ay- doshlar oilasidan tashkil topgan. Bu oila 10 ta turkumni, 250 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ulardan birining tuzilishi va ko'payishi amaliyot darslarida o'rganib chiqishga tavsiya etiladi. 44 Oddiy qarag‘ay Bu o'simlik (11-rasm) daraxt bo'lib, bo'yi 40 m ga yetib boradi. Tanasi monopodial ravishda shoxlanadi. Shoxlari uzun va qisqa novdalarga ega. Qisqa novdalar bir juft yoki ikkita ninasimon barg chiqaradi. Barglari uchinchi yiliga borib to'kiladi. Oddiy qarag'ay bir uyli, ayrim jinsli o'simlik. U ko'payish uchun otalik va onalik qubbalarini hosil qiladi. Otalik qubbalar to'planib, boshoqsimon qalin «to'pgullar»ga aylanadi. Ular bahor- da o'sib chiqqan uzun novdalar asosida paydo bo'ladi. To'pgullar bir-biriga zich taqalgan, ayrim qubbalardan tashkil topgan. Har qaysi qubbaning o'rtasida bitta o'q bo'lib, unga mikrosporofillar yoki otaliklar birikkan bo'ladi. Mikrosporofil shaklan tangacliaga o'xshagan va pardasimon tashqi uchi yuqoriga qayrilgan. Tanga- chaning pastki tomonida ikkita mikrosporangiy mavjud. Mikrosporangiy ichida mikrosporalar yoki changlar yetiladi. Har bir mikrospora ikki qavat: tashqi (ckzina) va ichki (intina) po'st bilan o'ralgan. Tashqi po'stning ikki yon tomonida havo bilan tolgan ikkita pufak hosil boladi. Bu moslamalar mikrosporalarni osongina olib keladi. Mikrosporalar mikrosporangiy ichida una boshlaydi. Har bir mikrospora o'z qobig'iga oga. Qobiq ichida dastlab ikkita protallial hujayra hosil bo'ladi. Lekin ular tez orada yo'qolib ketadi. Ma'lum vaqt o'tgach yana ikkita yangi anteridial va vegetativ hujayralar vujudga keladi. Shu vaqtda mikrosprongiy dcvori yoriladi va mikrosporalar shamol yordamida onalik qubbalariga kelib tushadi. Onalik qubbalari bahorda o'sib chiqqan yosh, uzun novdalar uchlarida bitta yoki ikkitadan hosil bo'ladi. Bularda ham xuddi otalik qubbalaridek o'rtasidan o'q o'tadi, bu o'qqa tangachalar birikkan. Tangachalar ikki xil: biri kichkina yoki qoplovchi tangacha bo'lib, to'g'ridan-to'g'ri o'qda turadi. Qoplovchi tangacha qo'ltig'ida, cheti yo'g'on tortgan bir oz etdor ikkinchi yirik yoki urug' beruvchi tangacha rivojlanadi. Urug' 45 beruvchi tangachaning ustki yuza tomonida, asosiga yaqin joyida ikkita urug'kurtak paydo bo‘lib, ular birgalikda makrosporofillarni tashkil etadi. Urug'kurtak shaklan o'zgargan makrosporangiylardir. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling