Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati” fanidan materiallar 1-mavzu: “Mutolaa madaniyati” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja
Download 0.75 Mb.
|
“Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati”fanidan materiallar
Fonеtik akustika. Biror jismning boshqa bir jism ta'sirida tеbranishi va bu tеbranishning quloqqa eshitilishi tovushning akustik (eshitilish) tomonidir. Jismning tеbranishi havoni to’lqinlantiradi, natijada tovush hosil bo’ladi. Nutq to-vushlari oliy asab tizimi signali tufayli tovush paychalarining tеbranishidan nutq a'zolarida hosil bo’ladigan shovqindan iboratdir.
Akustik jihatdan tovushning balandligi, kuchi, tеmbri va cho’ziqligi farqlanadi. Tovushning balandligi tеbranishning miqdoriga bog’liq: tеbranish qancha ko’p bo’lsa, tovush ham shunchalik baland bo’ladi va aksincha, tеbranish oz bo’lsa, tovush ham past bo’ladi. Tеbrangich qancha kichik bo’lsa, u shuncha tеz tеbranadi, binobarin, tovush ingichka chiqadi. Urg’u ifodali o’qishning asosiy vositalaridan biri bo’lib, u ta’kidlash, ayricha diqqat uchun zarurdir.Urg’u yordamida so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish ma’noni chuqurroq anglash mumkin. Ilmiy adabiyotlar ma’lumotiga ko`ra urg`u so’z urg’usi, gap urg’usi, dinamik urg’u, psixologik urg’u kabi turlarga bo’linadi. So’z urg’usi ma’no farqlashdek muhim ahamiyatga ega: “qo’shma” fe’l bo’lsa, birinchi bo’g’inni, sifat bo’lsa, ikkinchi bo’g’inni cho’zibroq aytish lozim. Akademik, bo’g’lama, bog’lar,etik, atlas, gulsiz,tugma singari so’zlar fikrimizni dalillaydi. Mantiqiy urg’u ifodali o’qish uchun muhim, negaki matnda yashiringan bo’lib, uni aniqlash kitobxonning aql-idrokiga ham bog’liq. U qaysi so’zni alohida ta’kidlashni istasa, o’sha so’zhi alohida ajratib aytadi. Ayni damda, kitobxon mantiqiy urg’uni izlayotganda badiiy asardagi uyushib kelgan va ma’noni kuchaytirish uchun qo’llangan takroriy so’zlarga, ergash gaplardagi bir manzarani tasvirlovchi bir xil bo’laklarga hamda ayrim gaplardagi ta’kidlovchi so’zlarga alohida e’tibor berishi zarur. Odatda mantiqiy, ya’ni gap urg’usidan keyin qisqa pauza qilinadi: Mening yuragimdan boshqa do’stim yo’q, Yaqin yo’lolmagay g’anim yo malik. Vale, bilib qo’ying – hech kim, hech qachon Menga pand bermagan yuragimchalik. Aytaylik, yuqoridagi to’rt satr doirasida “yuragimchalik” so’zini alohida ajratib aytish mumkin. Bunda shoir yuragidan astoydil og’ringani ta’kidlangan. Boshqa bir ijrochi “hech kim, hech qachon” so’zlarini alohida urg’u bilan aytishi mumkin. Bunday holatda esa eng ko’p pand bergan yuragi ekanligi ta’kid qilinmaydi. Ayni choqda har bir satr uchun alohida bir so’zga mantiqiy urg’u qo’yish mumkin. Birinchi satrda “boshqa”, keyingi satrda “yo’lolmagay”, uchinchi satrda “hech kim, hech qachon” so’zlarini,oxirgi satrda “pand” so’zini alohida urg’u bilan aytish mumkin. Muhimi, mantiqiy urg’u duch kelgan so’zga qo’yilmaydi. Urg’u asarning mazmunli, jozibali chiqishiga yordam berishi lozim. Pauza (gr. pausus-tugash, to’xtash so’zidan) – nutq davomida tin olish, bir nafas to’xtab o’tish. Badiiy asarlarni o’qish jarayonida pauzaning o’rni muhim. Pauzaning ko’rinishi uch xil: 1. Grammatik pauza. 2. Mantiqiy pauza. 3. Psixologik pauza. Badiiy asarlar tarkibida mavjud tinish belgilariga asoslanib qilingan to’xtalish grammatik pauza deyiladi. Odatda so’roq, undov, nuqta, vergulga qilingan to’xtalish grammatik pauza asosini tashqill qiladi. Shoshilib kelganda allaqayerdan, Qaygadir yo’l boshlab ketadi mani. Esiga tushganga o’xshaydi birdan Chorasiz umrimning tugab qolgani. Nimadir izlayman Yo’q bisotimdan, Yana boramanmi Xudoga yig’lab? Onajon! Onajon!!! Nahot, ortimda- Chirigan xazonlar qolar shivirlab?! So’z guruhlarini bir-biridan ajratib, matn ma’nosini aniq va to’liq ifodalashga xizmat qiluvchi pauza mantiqiy pauza deyiladi. Mantiqiy pauza so’zlar orasiga vertikal chiziq tortish bilan belgilanadi: Qoshi yosinmu deyin, // ko’zi qarosinmu deyin, Ko’nglima har birining // dard-u balosinmu deyin?! Yoki: Endi Sizga // gap navbati, // o’rtoq so’roq, Ana chiqdi // so’roq belgi // misli o’roq. Psihologik pauza – muallifning, asar qahramonining matnda yashiringan ruhiy holatini ifodalagan kuchli his-hayajon. Ruhiy pauza ifodali o’qish jarayonida asar ifodasining jonli, jozibali, ta’sirchan chiqishini ta’minlaydi. “Intonatsiya” lotincha so’z bo’lib, “qattiq talaffuz qilish” degan ma’noni anglatadi. Ovozning ko’tarilib tushishi, jumla yoki satrlarning tez yoxud sekin o’qilishi kabilar o’z me’yorida bo’lsa, ohang tinglovchini o’ziga jalb qiladi. Intonatsiya asar mazmunini, muallif maqsadini, qahramon kayfiyatini, his-tuyg’usini tinglovchiga yetkazib beruvchi muhim vositadir. “Temp” lotincha so’z bo’lib, “sur’at”, tezlik”, “daraja”, “vaqt” degani. “Ritm” esa grekcha so’z bo’lib, “takt”, “ohangdosh” ma’nolarini anglatadi. She’riy nutqdagi muayyan bo’laklarning biror teng vaqt ichida izchil va bir o’lchovda takrorlanishiga ritm deyiladi. Badiiy adabiyotda temp va ritm asarning g’oyaviy-badiiy mohiyatini ochishga xizmat qiladi, o’quvchi zavqini oshiradi. Tovush (tilshunoslikda), nutk, tovushi — kishining murakkab artiku- lyatsion faoliyat natijasi g`isoblangan, muayyan akustik (eshitilish) va pertseptiv (idrok etilish) xususiyatlari bilan ajralib turadigan eng kichik nutq birligi. Talaffuz usuliga muvofiq holda T.ning akustikasi, artikulyatsiyasi va pertseptsiyasi haqida fikr yuritiladi. Har bir nutq tovushi artikulyatsion jihatdan talaffuz a'zolarining murakkab harakati natijasida paydo bo`ladi. Akustik jihatdan esa, har qanday boshqa tovush singari, havo muhiti orqali tarqaladigan tebranma harakat sifatida ta'riflanishi mumkin. Nutq tovushlari- ni hosil qiluvchi vosita (tebrantiruvchi kuch) o`pkadan nafas yo`li orqali chiqib, avval bo`g`izga va undan og`iz bo`shlig`iga, ba'zan burun bo`shlig`iga o`tadigan havo oqimidir. Ovoz (un), asosan, bo`g`izda hosil bo`ladi. Unda ko`ndalang joylash- gan elastik, yupqa tovush (un) paychalari mavjud bo`lib, so`zlash paytida o`pkadan chiqayotgan havoning kuchi bilan titraydi va ovoz hosil qiladi. Unlilar, so- norlar va jarangli undoshlardagi ovoz ana shuning natijasidir. Bo`g`iz orqali o`tgan havo oqimi til, tanglay, tish yoki ikki labning to`sqinligiga duch kelib, shovqin paydo qiladi, natkjada jarangsiz undoshlar hosil bo`ladi. T.lar so`z va grammatik ko`rsatkichlarni shakllantirish hamda ularni bir- biridan farqlash, ajratish uchun xizmat qiladi. Bunday xususiyatli T.lar fonema deb yuritiladi, biroq barcha T. ham fonema bo`la olmaydi. T. (fonema)lar bir necha jihatdan tasnif qilinadi. Ovoz va shovqinning ishtirok etish darajasiga ko`ra, ular avvalo 2 ga bo`linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar (q. Fonema, Undosh tovushlar, Unli tovushlar). Ifodali o`qishda notiqning ovozi bilan birga uning tashqi qiyofasi, yuz ifodasi, qo`l va bosh harakati, ko`z qarashlari ham muhim ahamiyat kasb etishini she'riy va nasriy asarlarni o`qish orqali tushuntirish. Qayg`uli yoki musibatli lavhalarini o`qiyotganda ijrochi yuzida g`am-alam ifodasi, ovozida chuqur iztirob ohanglari, xursandlik tasvirlangan o`rinlarni yuzda shodlik ifodasi, ovozda ishonch va qat'iyat ohanglari bilan o`qish mantiqan to`g`ri bo`ladi. Har qanday badiiy asarni ifodali o`qishga kirishgan ijrochida birozgina bo`lsa ham aktyorlik mahorati bo`lishi zarur. Zero, asarda ishtirok etuvchilarning xarakter xususiyatlari, ichki kechinmalarini og`zaki ijroda aks ettirish uchun asarning umumiy ruhini his qilish bilan bir qatorda qahramonlar holatiga kirish ham talab etiladi. Образнинг моҳитини очиш, бадиий-психологик далиллашда сўз, жумла, товушнинг вазифаси алоҳида аҳамиятга эга.ёзувчи Абдулла Қаҳҳор асарларида бунга жуда кўплаб мисоллар топилади. Abdulla Qahhor (1907 yil 17 sentabr Qо‘qon – 1968 yil 25 may, Moskva, Toshkentdagi Chig`atoy qabristoniga dafn etilgan). Sо‘nggi yillar mobaynida til madaniyati masalasi kо‘plab muhokama, munozaralarga sabab bо‘ldi va umumiy tilshunosligimizda о‘rganilish muhim muammo bо‘lgan. Soha tarzida shakllanadi va rivojlanib bormoqda. Til madaniyati yuzasidan bir muncha aniq ishlarga amalga oshiriladi, ilmiy maqolalar yuzaga keladi. Shuncha qaramay, hanuz bu muammo asoslari yetarlicha ochilmay qolmoqda. Bu –til madaniyati masalasining keng kо‘lami, о‘z mohiyatiga kо‘ra ham ancha murakkab hodisa ekanligidan dalolat beradi. Til madaniyati tо‘g`risida tortishuvlar mohiyatiga kirib borsak shu narsa ma’lum bо‘ladiki, u ilgari ham hozirgi darajada bо‘lmasada, boshqa shakllarda namoyon bо‘lgan. Dastlab “til odobi”, “adabiy til uchun kurash” yoki “о‘zbek adabiy tili tarkibini takomillashtirish uchun kurash” holida kо‘rilgan. Biz ushbu о‘rinda, yuqoridagi fikr asosida, sо‘z ustasi adib Abdulla Qahhorning tilga, nutq madaniyatiga munosabati haqida fikr yuritamiz. Abdulla Qahhor о‘zbek tili madaniyati uchun kurashchi, tilga estetika va etika nuqtai nazaridan qarovchi til jonkuyarlaridandir, u “fikrni anglatish yoki biror narsani tasavvur qildirish uchun kishining boshini qotirmaydigan ochiq, ravon va sodda til kerak,” – deb yozadi. U tilimizda ba’zi notо‘g`ri kо‘rinishlarni, siyqa va tuban nutqni, nuqul noyob sо‘zlar yig`indisi – “topishmoq nutq”ni, qо‘yingchi, tilda xalq ommasi uchun tushunarsiz har qanday kо‘rinishni qattiq tanqid qiladiyu A.Qaxxorning til madaniyatiga, umuman tilga munosabati masalasi taxminan quyidagi uch yо‘nalishda kо‘rinadi. Birinchidan, maqola va suhbatlarida, ayrim qaydlarida til haqidagi fikrlari bо‘lib, bular yozuvchining turli yillardagi faoliyati natijasidir. Ikkinchidan, о‘z asarlari orqali til madaniyati masalasini ommalashtiradi. Bu adibning ayrim asarlarida aniq kо‘rinib turadi. Uchinchi yо‘nalish – yozuvchi asarlaridagi badiiy tilidir. Abdulla Qahhorning tilga munosabati 1929 yilda e’lon qilingan “Hozirgi satiramiz ustida”, “Kulgichilik bahslari” kabi maqolalarida kо‘rinadi. Bu maqollarda, adib sо‘zga befarq muomalada bо‘lishni tanqid ostiga oladi. A.Qahhorning tilning mustaqil adabiy til bо‘lib shakllanishi uchun, birinchi navbatda, xalq tiliga asoslanish lozimligini chuqur his qiladi. Shuning uchun ham tilimizning xalq hayotiga bog`liq fazilatlariga ayniqsa jiddiy-e’tibor qilgan. Yozuvchi A.P.Chexov haqida yozgan “Ustod” (1960) maqolasida nutqqa qisqalik, sо‘zni isrof qilmasdik haqida gapirib, kо‘p sо‘z yolg`onning yuzini pardozlash uchun kerak, deydi. Yozuvchi, kо‘proq, ijodkorlarning tilni mukammal bilishlari va til madaniyatiga rioya qilishlari xususida qayg`uradi. 1946 yil Yozuvchilar uyushmasida sо‘zlagan nutqi matnida shunday gaplarni uchratami: “Bu qandoq gapki, yozuvchi, bolalarning ikkinchi muallimi bо‘lgan yozuvchi chalasavod, jumla tuzolmaydi. Yozuvchi bо‘la turi b о‘zbek sо‘zlarining ma’nosini bilmaydi, sо‘zni о‘z о‘rnida ishlatmaydi. Dunyoda qalb harorati bilan jon kirgazilmagan nutq – о‘lik nutqdan sovuqroq narsa bormikan!” Bu yozuvchining tilga ahloqiy-estetik munosabatining yorqin namunasidir. Hikmatli sо‘z yang`lig` bu sо‘zlar bilan yozuvchi haqiqatni, tilga xalq munosabatlarini aytsa, keyinroq, bu “sovuq nutq” sabablarini izohlaydi. Mashg`ulot jarayonida qo`llaniladigan ta'lim texnologiyalari: 1. Klaster grafik organayzeri. 2. Toifaplash jadvali grafik organayzeri. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling