Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati” fanidan materiallar 1-mavzu: “Mutolaa madaniyati” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja
Download 0.75 Mb.
|
“Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati”fanidan materiallar
Mahmud Qoshg`ariy «Devonu lug`otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» asarlarida ham nutq odobi borasida qadimiy turkiy xalqlar, jumladan, o`zbeklar amal qilgan asosiy qonun-qoidalar, rasm-rusmlar haqidagi fikrlar yozilgan.
O`zbek xalqi o`tmish davrlardan yetib kelgan, nihoyatda boy adabiy, madaniy – ma'naviy, lisoniy merosning sohibidir. Ushbu ko`p qirrali merosning tarkibiy qismini o`tmish ajdodlarimiz yaratgan va o`zlari izchil amal qilib kelgan nutq odobi va madaniyatiga oid fikrlar, qoidalar majmui bo`lgan lisoniy, ilmiy – axloqiy ta'limot tashkil qiladi. Ushbu ta'limotning negizi va mohiyati, ilmiy tamoyillari, an'ana va talablari ulug` mutafakkirlar Kaykovus, Mahmud Koshg`ariy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy va boshqalarning asarlarida bayon qilingan. Ovoz va uning hosil bo`lish manbalari. To`g`ri nafas olish hayot uchun naqadar zarur bo`lsa, ovoz ham kishilarning bir-birlari bilan bo`ladigan muomalasida katta ahamiyatga egadir.Xo`sh, ovoz qanday hosil bo`ladi? Ovoz oliy asab tizimi signallarining mahsulidir. Oliy asab tizimi biror narsaga tikilish uchun ko`zlarga, biror narsani olish uchun qo`llarga, oldinga qadam tashlash uchun oyoqlarga buyruq (signal) bergani kabi ovoz chiqarish, nutq tovushlari yoki so`zlarni talaffuz etish, ovozni jaranglatish yoki xirillatish, past yo baland gapirish uchun ham muayyan a'zolarga signal beradi. Bu a'zolar esa, oliy asab tizimining buyruqlarini bajaradi. Ana shunday buyruqlarni bajarishda, ovozning muhim a'zolari bo`lgan halqasimon, piramidasimon va qalqonsimon tog`aylar hamda ovoz paychalari asosiy rol` o`ynaydi. Hiqildoqning ichki devori ovoz yorug`ini hosil qiladi. Ularning cheti esa ovoz boylamlarini tashkil etadi. Gorizontal holatda yotgan ovoz boylamlari asosan elastik to`qimalardan (paylardan) tuzilgan. Ular oldingi tomonda qalqonsimon tog`ay bilan birlashib turadi, orqada esa bir-birlaridan uzoqlashadi. Ana shu uzoqlashgan paytda ular o`rtasida burchak hosil bo`ladi,buni ovoz yorug`i deyiladi. Ovoz yorug`i uchburchak shaklidadir.Tog`aylarni bir – biriga yaqinlashtirib va uzoqlashtirib harakatga keltirib turuvchi kuch qalqonsimon va halqasimon bir juft muskuldir. Boylamalar tortilishi, qisqarishi yoki tebranishi mumkin. Ular tinch turganda esa deyarli harakatsiz bo`ladi, ular orasidagi tovush yorug`i kichik bo`lib nafas olinayotganda ovozsiz o`tib turadi. Dastlabki paydo bo`lgan tovush zaif va deyarli tembrsiz bo`ladi Ovoz tembr va kuchga ega bo`lishi uchun qo`shimcha sharoitlar talab qilinadi. Bunda halqum, burun – halqum va og`iz bo`shlig`i rezonatorlik, ya'ni qaytarg`ichlik vazifasini bajaradi. Ular tovushga ma'lum tus beradi. Bunday tuslanishning siri ovozning fizik xossasi, ya'ni uning qattiq jismlarga duch kelgach urilib, qaytib rango – rang rezonans kasb etish tabiati bilan bog`liq . Qaerda qaytarg`ichlar ko`p bo`lsa, o`sha yerda ovoz kuchli jarangdor va ko`rkam bo`ladi. Demak, ovoz mashiqlarida eng avval ana shuqonunichtni nazarda tutish kerak. Tembr hosil qilishda hiqildoqdan chiqayotgan tovushning yo`nalish darajasi katta ahamiyatga ega. Agar tovush faqat burundan chiqsa xunuk, yoqimsiz, po`ng`illagan tembr hosil bo`ladi. Tovush faqat qattiq tanglaydan chiqsa, rangsiz, “oq tovush”, Ya'ni shang`i tovush hosil bo`ladi. Tovush yumshoq tanglaydan chiqib, qattiq tanglayga tegib o`tsa, jarangdor, yoqimli tovush hosil bo`ladi. Tovushning so`nggi xossasi esa uning balandligiga, ovoz boylamlariningekngayishi va tortilishi darajasiga hamda ularning tebranish holati (tezligi yoki sekinligi) ga bog`liq . Boylamlar qancha ko`p tarang qilib tortilsa, ovoz shuncha baland, jarangdor; u qancha bo`sh bo`lsa, ovoz shuncha past va do`rillagan bo`ladi. Demak, tovushning asosiy xossalari, uning kuchi, tembri va baland-pastligi ovoz boylamlarining o`zigagina bo0liq bo`lib qolmasdan, eng avval oliy asab tizimi signallariga, qolaversa, tovush apparatiga taalluqlidir. Tovush apparati esa, ta'kidlanganidek, oliy asab faoliyatining umumiy qonuniyatiga asosan harakat qiladi. Bolalarning tovush apparati kattalarga nisbatan ancha nozikdir. Ayniqsa, bog`chada, maktabda tarbiyachi va o`qituvchilar bolalarning bo`lar-bo`lmasga baqirishlariga hamda birorta badiiy asardan olingan parchani kuchlari boricha baqirib-chaqirib o`qishlariga yo`l qo`ymasliklari kerak. Agar biror badiiy parcha noto`g`ri diapazon va balandlikda baqirib, kuchanib o`qilsa, u holda ovoz muskullarining o`ziga xos bo`lmagan holatda ishlashga sabab bo`ladi. Ovozni normal holga keltirish bir-ikki mashq qilish bilan emas, balki ovoz mashqlarini muntazam o`tkazish bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ovoz mashqlariga uzoq muddatli va tizimli ish jarayoni deb qarash kerak. Yuqoridagilardan tashqari, nutqning jozibali, aniq va ravon bo`lishida ayrim tovushlarning talaffuzi, nutq tempi ham katta rol` o`ynaydi. Ifodali o`qish jarayonida nafas, ovoz va nutq a'zolari faol ishtirok etadi. Ifodali o`qish kishi nutq faoliyatining maxsus e'tibor beriladigan jabhasi bo`lganligi uchun u kundalik maishiy nutqdan sezilarli farq qiladi. Shunga ko`ra, ifodali o`qishda nutq a'zolarining ishtiroki ham kundalik, maishiy nutq jarayonidagiga qaraganda anchagina faol bo`ladi. Nutq a'zolarini faollashtirishga ko`maklashuvchi mashqlar majmuasiga esa nutq vositalari deyiladi. Nutq vositalariga oid mashqlar usuli juda keng ko`lamli bo`lib, ularning umumiy majmuasi mustaqil bir qo`llanmani tashkil etishi mumkin. Shuning uchun bu yerda, nutq vositalari haqida umumiy tushuncha va ayrim mashqlarni tavsiya etish bilangina cheklanamiz. Ifodali o`qishning muhim vositalaridan biri nafasdir. U kishi organozimi (turli a'zolari) uchun ham asosiy ozuqa hisoblanadi. Shuning bilan birga, nutq so`zlash jarayoni, ayniqsa, ifodali o`qish san'ati nafas negizi (bazasi) bilan uzviy aloqadordir. Nafas olinganda havo burun bo`shlig`idan kekirdakka boradi va (bronx) nafas yo`li orqali o`pkaga o`tadi. O`rkaga o`tgan havo qovurg`a muskullarini kengaytiradi, natijada qovurg`alar qorin bo`shlig`idan birmuncha uzoqlashib ikki yonga kengayadi. Aniqrog`i, ko`krak qafasi har tomonga kengayadi. Shu bilan bir vaqtda qorin bo`shlig`ini ko`krak bo`shlig`ida ajratuvchi diafragma o`pkaning havoga to`lib kengayishi hisobiga pastga bosiladi.Nafasning bu xususiyatlari, ayniqsa, ongli ravishda mashq qilayotgan paytda yaqqol sezilib turadi. To`g`ri nafas olish inson hayoti uchun ham, ifodali o`qish uchun ham katta ahamiyatga ega. Agar noto`g`ri nafas olinsa-o`rinsiz pauzalar qilinsa, o`qilayotgan matn mantiqan buziladi. Matndagi muallif maqsadi tinglovchiga to`g`ri yetib bormaydi, fikr tushunarsiz bo`lib qoladi. Shuning uchun oliy va o`rta maktablarning o`qituvchilari o`zlarining va o`quvchilarning nafas organlari muskullarini chiniqtirib borishlari lozim. Bu borada amalga oshiriladigan chora va tadbirlar insonni sog`lom va baquvvat qiladi, tovush va nutqning aniq, ravon, burro va jarangdor bo`lishini ta'minlaydi. Diktsiya. Diktsiya lotincha distio so`zidan olingan bo`lib, so`zlarni aniq, burro talaffuz qilish degan ma'noni anglatadi. Badiiy asarni ifodali o`qishda nafas va ovoz kabi diktsiyaning ham o`ziga xos o`rni bor. Badiy asar o`qishda, mazmunini qayta hikoya qilishda va umuman, og`zaki nutqda diktsiyaning qonun-qoidalariga rioya qilinsa, nutqning emotsional ta'siri yana ham oshadi. Diktsiya orfoepiya bilan ham bog`liqdir. Orfoepiya qoidalari esa, nutqning tabiiy, aniq, ravon hammaga tushinarli bo`lishini talab qiladi. Maktablarda, pedagogik institutlarning filologiya fakul'tetlarida bu masalaga katta e'tibor berish zarur, albatta. Maktablarda o`quvchilarni ifodali o`qishga o`rgatishdan oldin har bir darsda unli va undosh tovushlarning, har bir ssho`ning, har bir jumlaning lug`aviy –frazeologik ma'nosini tushuntirib, so`ngra shu so`zning talaffuzini o`rgatish mafsadga muvofiqdir. Fonetik akustika. Birror jismning boshqa bir jism ta'sirida tebranishi va bu tebranishning, quloqqa eshitilishi tovushning akustik (eshitilish) tomonidir. Jismning tebranishi havoni to`lqinlantiradi, natijada tovush hosil bo`ladi. Nutq tovushlari oliy asab tizimi signali tufayli tovush paychalarining tebranishidan nutq a'zolarida hosil bo`ladigan shovqindan iboratdir. Akustik jihatdan tovushning balandligi, uchi, tebri va cho`ziqligi farqlanadi. Tovushning balandligi tebranishning miqdoriga bog`liq: tebranish qancha ko`p bo`lsa, tovush ham shunchalik baland bo`ladi va aksincha, tebranish oz bo`lsa, tovush ham past bo`ladi. Tebrangach qancha kichik bo`lsa, u shuncha tez tebranadi, binobarin, tovush ingichka chiqadi. Nutq tovushlarining kuchi tebranishning shiddatiga bog`liqdir. Tovushning kuchi o`pkada chiqayotgan havo oqimining nutq organlariga qanday zarb bilan urilishiga qarab har xil bo`ladi. Nutq tovushning tembri, (sifati) asosiy ton bilan yordamchi tonlarning (oberton, rezonotor tonlari) va shovqinning qo`shilishida hosil bo`ladi. Tovushlarning tembri rezonatorlik vazifasini bajaruvchi og`iz bo`shlig`i va burun bo`shlig`ining tuzilishi o`ziga xos bo`ladi. Bundan tashqari, tovush paychalarining uzunligi ham turlicha va og`iz bo`shlig`ida, ba'zan bo`g`izda hosil bo`ladigan shovqin ham g`ar xildir. Tovushning cho`ziqlik darajasi tebranish davom etgan vaqt bilan o`lchanadi. Nutq tovushlarining hosil bo`lishida ishtirok etuvchi a'zolar nutq a'zolari, ularning jami esa nutq majmui deyiladi. Nutq majmuigaquyidagilar kiradi: ostki va ustki lab, tishlar, til, tanglay, kichik til, bo`g`iz usti, burun bo`shlig`i, xalqum (tomoq), bo`g`iz (xiqildoq), traxeya (kekirdak, nafas yo`li), bronx va boshqalar. Nutq majmuasi uch qismga ajraladi. Birinchisi bo`g`izdan pastki qism bo`lib, unga ikki o`pka, ikki bronx va traxeya kiradi. Ular o`zidan tovush chiqara olmaydi, balki yuqoridagi nutq majmuiga havoni yo`naltiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi, havo o`pkadan bronxlar orqali o`tib, tomoqdagi nafas yo`lidan nutq tovushlarini hosil qiladigan vaziyatda tashqariga chiqib ketadi. O`pkadan chiqqan nafasni tovush hosil qilish holatiga keltirishda ko`krak qafasini qorin bo`shlig`idan ajratib turadigan parda (diafragma) muskullarining xizmati katta. Ammo nutq tovushlari nutq majmuining quyi qismida yuzaga keladi. Bu bosqich tovush chiqarish uchun bir vosita vazifasini bajaradi. Ikkinchisi bo`g`iz bo`shlig`i bo`lib, unga, asosan, xalqasimon tog`ay, ikki piramidasimon tog`ay va xalqumsimon tog`aylar joylashgan. Xalqasimon va qalqonsimon tog`aylar tovush paychalarining harakatlariniboshqarib turadi.tovush paychalarining harakatlarini boshqarib turadi. Tovush paychalari oralig`ining torayishi va oliy asab tizimining signali orqali tovush paychalari titrashi, tebranishi natijasida tovush yuzaga keladi. Tovush paychalarining yuqorigi qismi yopiq , pastki cho`michsimon tog`aylarga bog`langan quyi qismi ozgina ochiq turgan bir holatda paydo bo`lib tovush shivirlashib so`zlashayotgan paytdagi tovush signali tuyuladi. Ammo, bu tog`aylar orlig`i berkilib, tovush paychalarining yuqoriga qismi bir muncha ochiq bo`lsa paychalar titrashi bilan tovush paydo bo`ladi. Umuman, nutq joylashgan tovush paychalarinomi bilan yuritiladigan elastik muskullar va muskullarni harakatga keltiruvchi tog`aylar nutq tovushlarini hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Nutq apparatining uchinchi qismiga bo`g`iz va tomoq , og`iz va burun bo`shliqlari, til va tanglay, lab va tish, hiqildoq kabilar kiradi. Bular turli tovushlarni vujudga keltirish bilan birga, shovqin, tovush va ovozni kuchaytirish, qo`shimcha ranglar hosil qilish kabi xususiyatlarga ega. Ta'kidlanganidek tomoq, shuningdek , og`iz va burun bo`shliqlari tovushni kuchaytirib beruvchi rezonatorlik vazifasini bajaradi. Og`iz bo`shlig`i yuqori tomondan qattiq va yumshoq tanglay, pasdan og`iz diafragmasi (jag` bilan til osti o`rtasida joylashgan muskul) yon tomondan lunjlar bilan chegaralanib turadi. Og`iz bo`shlig`ining pastida til va uning negizi , turib, tilning orqa, o`rta va old qismlari, pastki qator tishlari, so`ngra ostki lab joylashgan. Og`iz bo`shlig`ining yuqorisida kichik til, yumshoq tanglay, tanglay va uning old qismi, yuqori qator tishlar va ustki lab joylashgan. Agar yumshoq tanglay yuqori tortilib, kichik til orqaga surilsa hamda tomoqa taqalsa, burun bo`shlig`iga o`tkaziladigan havo yo`li to`siladi va nafasning ohiz bo`shlig`idan o`tishi natijasida og`iz tovushlar paydo bo`ladi. Yumshoq tanglay pastga tushirilib, kichik til oldinga surilsa, og`iz bo`shlig`idan o`tadigan havo yo`li to`siladi, Nafas burun bo`shlig`idan o`tadigan havo yo`li to`siladi, nafas burun bo`shlig`idan o`tadi va burun tovuo`lari xosil bo`ladi. Burun bo`shlig`i burun teshiklar orqali havo kiradigan keng bo`shliqdir. Uning pastki, yuqoriga va ikki yon devori bor. Burun bo`shlig`ining suyak devorini burun to`sig`ining, yon devorining va burun qanotlarining tog`aylari to`ldirib turadi. Burun bo`shlig`i nutq tovushlarini hosil qilishda hajm va shakl jihatidan o`zgarmaydi. Ammo og`iz bo`shlig`i kichik til, yumshoq tanglay, til, lab singari faol, harakatchan organlarning uzluksiz ta'siri natijasida o`zining shakl va hajmini o`zgartirib turadi. Jag`ning pastga tushib va ko`tarilib turishi natijasida pastki lab tez harakatga keladi hamda ustki labga tegib p, b, m kabi undosh tovushlarni paydo qiladi. Til nutq a'zolari ichida eng serharakatlaridan biri hisoblanadi. Tilning ustki qismi nutq tovushlarining paydo bo`lish o`rniga ko`ra uchga bo`linadi: til orqa, til o`rta va til oldi. Tovush hosil qilish paytida tilning har bir qismi turlicha me'yorda bo`ladi. Masalan, til uchining yuqori qator tishlarga taqalishi bilan yumshoq t, d, n, l, s undoshlari hosil bo`ladi. Tilning oldingi qismi yuqoriga, qattiq tanglay tomon ko`tarilishi va havo yo`lining torayishi natijasida esa sh, j undoshlari vujudga keladi. Tilning o`rta qismi qattiq tanglay o`rtasi tomon ko`tarilganda y, tilning sayoz orqa tomoni qattiq tanglayning orqaroq qismiga to`qnashganda k, g, tilning chuqur orqa tomoni yumshoq tanglay bilan to`qnashganda q va o`sha joydan havo siqilib o`tganda x, tilning titrashi natijasida g`, bo`g`izdan siqilib o`tgan nafas tildan sirg`alib chiqqanda h tovushlari paydo bo`ladi. Ko`pgina lingvistik adabiyotlarda urg`u, asosan, ikki tipga ajratib ko`rsatiladi. So`z urg`usi va mantiqiy urg`u. Professor Hasanboy Jamolxonovning “O`zbek tilining nazariy fonetikasi” kitobida urg`u haqidagi fikr-qarashlari. 1) So`z urg`usi; 2) Sintagma urg`usi; 3) Ayiruv (ta'kidlov) urg`usi. I. So`z urg`usi tushgan bo`g`indagi unli shu so`zning boshqa bo`g`inlaridagi unli tovushlarga qaraganda kuchliroq va cho`ziqroq talaffuz etiladi. O`zbek tilida so`z urg`usi, asosan, so`zning oxirgi bo`g`iniga tushadi. So`zlarga qo`shimchalar qo`shilishi bilan urg`u ham so`z oxiriga qarab ko`chadi: Pauza. Pauza (pausis) yunoncha so`z bo`lib, to`xtash, tinish degan ma'noni bildiradi. Demak, nutq davomidagi to`xtamlar pauza deyiladi. Pauza ifodali o`qishda eng muhim vosita bo`lib, u nutqning yorqin va ta'sirchan chiqishini ta'minlaydi. Zero, to`xtovsiz, nafas olmay uzluksiz qilinadigan nutq qo`pol va nazokatsiz bo`lib tuyuladi, chunki insonning eshitish qobiliyatida me'yor tuyg`usi mavjuddir. Har bir narsa yoki hodisada me'yor bo`lganidek, nutqning ham o`z me'yori va maromi mavjud. Nutq jarayonida so`zlarning ketma-ket oqimi davomida ma'lum bir bo`laklardan keyin to`xtab tin olish, nutqning bir me'yorda bo`lishiga, ravon va yo?imli kechishiga xizmat qiladi. Pauza turlari: Grammatik pauza, mantiqiy pauza, psixologik pauza. Intonatsiya haqida ma'lumot. Ifodali o`qishda intonatsiyaning ahamiyati. Intonatsiyani yuzaga keltiruvchi asosiy vositalar. Temp va ritm. She'riy va nasriy asarlarda temp va ritmning o`rni. Temp va ritmni belgilashda badiiy asarning janriy va g`oyaviy xususiyatlari. Mustaqil ravishda nutq o'stirish bilan shug'illanishda nutqning ifodali, hayajonli va tog'ri bo'lishiga birdaniga erishib bo'lmaydi. Dastlab kishi so'zlagan vaqtida o'zining nafas va ovozidan foydalana olishi, shuningdek, tovushini to'g'ri va aniq talaffuz etish malakalarini tekshirib ko'rishi kerak. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling