Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati” fanidan materiallar 1-mavzu: “Mutolaa madaniyati” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja
Download 0.75 Mb.
|
“Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati”fanidan materiallar
Tayanch tushunchalar. Lirik asar, lirik asar tabiati, mumtoz she'riyat, juzv, sabab, vatad, fosila, hijo, bahr, rukn, ramal, hazaj, rajaz, lafziy san'at, ma'naviy san'at, qofiya, poetik sitntaksis, she'riy asar mutolaasi.mutolaa san'ati, ifodali o`qish san'ati, marom va ohang, o`qish va uqish san'ati, emotsionallik va badiiy o`qish san'ati.
Lirik asarlarni ifodali o`qish jarayonida uning vazni, qofiyasi, turoq yoki ruknlarga bo`linishi, qanday bandga egaligi, qaysi janrga mansubligi ham ahamiyatlidir. Savol: O`zbek she’riyati qaysi vaznlar asosida ish ko`radi? “Dеvоnu lug’оtit turk” оrqаli yеtib kеlgаn shе’riy pаrchаlаr folklorga tegishli va ular shuni ko’rsаtаdiki, аdаbiyotimizdа birinchi bo’lib bаrmоq vazni vujudgа kеlgаn. Bu vazn xalqimiz ruhiyatiga yaqin, suyumli. Ayni damda, boshlang`ich sinf “Alifbe”, “O`qish kitobi” darsliklarida asosan barmoq vaznidagi she’rlar berilgan. Shu boisdan dastlab barmoq vaznidagi she’rlarning ifodali o`qilishi haqida fikr yuritsak. Barmoq vaznidagi sherlarni ifodali o`qishda quyidagilarga She’r vazni, ohangi hijolar soniga ham bog`liqligini o`z vaqtida dono xalqimiz chuqur anglagan. Shu sababdan dostonlarda zavqli voqealarni 7 hijoli, urush voqealarini 8 hijoli, qahramonning sokin holatini 11 hijoli she’r bilan ifodalagan. Alifbe va o`qish kitobidagi she’rlar ohangga e’tibor qilib, asosan, soddadan murakkabga qarab borish tamoyiliga tayanib keltirilgan. Bunday hol “Yengil adabiyot”, “O`qish kitobi” darsliklaridayoq mavjud edi. “Alifbe”da 19 ta she’r bo`lib, barchasi barmoq vaznida yozilgan, ular 4-7 hijoli she’rlar. Bunday vazn o`ynoqi ohangga egaligi uchun 6-7 yoshli bolaning ko`nglini yayratadi. Ular nafaqat vazni, balki mazmuniga ko`ra ham to`g`ri tanlangan. Ayniqsa, Erkin Vohidovning “Qarag`ay”, “Terak”, “O`rik”, “Uzum” kabi she’rlari hazil-mutoibaga moyil, ohangi ravon: Bo`yin cho`zib Qarag`ay Yon-atrofga Qaragay. Der u: Barcha daraxtdan Baland akang Qarag`ay.2 Bu she’rni o`qishda ovozni tovlash, muallif va lirik qahramon ovozini, ifodasini alohida-alohida berish lozim. Ayniqsa, o`quvchiga o`qitilganda ham rollarga bo`lib o`qitilsa, ifodali o`qishning dastlabki mashqlari yuzaga keladi. 1-sinf o`quvchilari uchun keyingi darslik o`qish kitobi hisoblanadi. Unda 29 ta she’r berilgan. Qizig`i shundaki, aksariyati murakkab barmoq vaznida yozilgan. Barmoq vaznidagi she’rning barcha misralari hijolar soniga ko`ra tenglik hosil qilsa, sodda vazn; hijolar tengligi ikki xil bo`lsa, murakkab vazn deyiladi. E’tibor qiling: Yigitlar maktubin bitganda qondan, 11 Kelinlar firoqdan chekkanda yohu. 11 Uning ham panohi qaytmadi jangdan, 11 O`n to`qqiz yoshida beva qoldi u 11 Endi murakkab vaznli she’rni tinglang: Necha kunki yo`q oromim, 8 Kelolmayman hushimga. 7 Kechalari onajonim 8 Kirib chiqar tushimga3 7 Toq misralar bilan juft misralar o`zaro bir bo`g`inga farq qilgani uchun ifodali o`qilishida jiddiy farq yoq. Ammo farq bilinadigan holatlar uchraydi: Alisherga alla aytib uxlatgan 11 Sen – ona! 3 Og`ushida Bobur kamolga yetgan 11 Sen – ona! 3 Boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun bunday she’rlar qiyinchilik tug`diradi, ammo 3-4-sinfda shunday she’rlardan namuna berilsa, foydadan xoli bo`lmaydi. Aytaylik, 3-sinf “O`qish kitobi”da Yusuf Shomansurning “Kuz” she’ri berilgan. 4 misrali bandning uch misrasi bir xil ohang bilan, 4-satri boshqacha ohang bilan aytiladi, shu sabab har band boshida ifodali o`qish ohangi o`zgaradi, ayni damda, 1-bandning 4-misrasi Turnalar tilidan aytilgan xayr-u xo`sh bo`lganligi uchun boshqacha ohang bilan, 2-bandning 4-misrasi lirik qahramonga muallif e’tirofi bo`lganligi uchun boshqacha ohang bilan aytiladi: Bizda yashab, qolmay armoni, Uchub o`tar turna karvoni, Yer-u ko`kni qoplab suroni: Xush qol, kuz!.. Suvlar oqar sokin va tiniq, Baliqlarning sharpasi aniq Eshitilar, oqshom suvga chiq, Go`zal kuz!4 Shu o`rinda yana bir holatga diqqat qiling, 2-bandning 2-misrasi 3-misraning boshida tugamoqda. Bu ifodali o`qish holatini qiyinlashtiradi, sal noo`rin ifoda bercangiz, mazmunga zarar yetishi mumkin, 2-misradan so`ng vergulga xos – yarim to`xtalsak, baliqlarning sharpasi borligi rost, oqshom suvga chiqsang, eshitilar, degan ma’no chiqadi, 2-misradan keyin to`xtalmay, 3-misraning 1-vergulidan so`ng to`xtalsak, baliqlarning sharpasi eshitilar, buning uchun oqshom suvga chiq tarzida ma’noga ega bo`ladiki, bu ma’no nozikligini daf`atan anglash mushkul. Bunday holda 2-3-misraning orasidagi pauzani qisqa qilish lozim, odatda bunday qisqa pauza turoqlar orasida uchraydi. Pauza haqida to`xtalsak. Pauza ikki xil: Mantiqiy pauza. Unga erkin vazn bilan bog`liq holda to`xtalsak, ma`qulroq. Ritmik pauza. Odatda, faqat she’riy nutqda uchraydi, u uch ritmik bo`lak uchun muhim: Demak fikr turoq yoki ruknning ifodali o`qishdagi o`rniga kelib taqaldi, bu o`rinda ikki vazn: barmoq va aruz vazni haqida to`xtalamiz. Barmoq vaznidagi she’rlar uchun faqat hijolar soni tengligi emas, balki tiroqlar tengligi ham muhim. Agar turoq buzilsa, she’r ifodasi buziladi. Misollar asosida ko`rsak. Turoqlar teng degani bir xil ohangga ega degani: Yurtim, senga she’r bitdim bugun, Vodiylarni yayov kezganda. Qiyosingni topmadim aslo. Bir ajib his bor edi manda. Nimani sezdingiz? Ikki she’rni qo`shdik. Nega qo`shib o`qiy oldik? Chunki vazni bir xil, 9 hijoli. O`qish kitobidan olingan misolga diqqat qiling: Sevinch to`lib dilimizga, Bahor keldi elimizga.5 O`zimizni oldik tanib, Yashaymiz shu yurt deb yonib.6 Ohangi bir xilmi yoki har xilmi, nimani sezdingiz? Hech narsani sezmadingiz, sababi ikki kishining she’ridan olingan bo`lsa ham hijolar soni va turog`i bir xil. Endi aruz vaznidagi shu holatga e’tibor qiling: Ko`rgali husnungni zor-u, mubtalo bo`ldim sango, He balolig` kun edikim, osh(i)no bo`ldim sango. Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, o`zbegim, Senga tengdosh Pomir-u, oqsoch Tiyonshon, o`zbegim. G`am bila jonimg`a yetdim, g`amg`usore ko`rmadim, Hajr ila dilxasta bo`ldim, dilsitone topmadim. Foilotun / foilotun / foilotun / foilun. Nimani sezdingiz? Uch she`rni qo`shdik. Sababi, vazni, ayni damda, rukni bir xil. Endi quloq soling: Namangandan ketar bo`lsam, meni yo`qlar kishim bormu, G`ariblik shahrida o`lsam, meni yo`qlar kishim bormu, Ko`rgali husnungni zor-u, mubtalo bo`ldim sango, He balolig` kun edikim, osh(i)no bo`ldim sango. Ohangi tubdan farq qildi, sababi, vazni ham, turoqlari ham boshqa-boshqa, biri mafoiylun, biri foilotun ruknida yozilgan. Biz aytgan ayrim fonetik hodisalarga e’tibor qilsak. Ko`rgali husnungni zor-u, mubtalo bo`ldim sango, He balolig` kun edikim, osh(i)no bo`ldim sango. Agar “senga’ deb o`qilsa, vazn buziladi, ifodali o`qish orqali farqini bilish mumkin. Baytning ikkinchi misrasida “oshno” so`zida vazn talabi bilan bir hijo orttiriladi, bo`lmasa vazn buziladi, demakki, ifodali o`qish buziladi. Ko`rgali husnungni zor-u, mubtalo bo`ldim sango, He balolig` kun edikim, oshno bo`ldim sango. Ko`rgali husnungni zor-u, mubtalo bo`ldim sango, He balolig` kun edikim, osh(i)no bo`ldim sango. Ko`rinib turibdiki, aruz vaznidagi she`rlarni ifodali o`qiganda hijolarning ham soni, ham sifati bir xil bo`lishi lozim. Adabiyotshunoslarning aksariyati hijolar soni tengligu shartligini unutadi. Ayni damda, ruknlar bir xil bo`lishi, vasl, istehlof kabi fonetik hodisalar ham aruzdagi asarning to`g`ri o`qilishi uchun muhimdir, uning nazariy asoslarini oldingi semestrda bilgandingiz, bugun ifodali o`qilishini tingladingiz. She’r shunday ifodaki, mazmun shaklga, shakl mazmunga ta’sir qiladi. E’tibor qiling: Mayna kuylar, Yayra o`ynar. Yayra yayrab O`yna, kul. Kunda bayram, Tantana. Ona yurtim, Omon bo`l. Bu she’rni o`qishda ohang nomutanosibligi seziladi. Nega?! Dastlabki ikki misra o`zaro qofiyadosh, keyingi ikki misra oxirgi ikki misraga qofiyadosh, oradagi ikki misra qofiyasiz ochiq qolmoqda, oqibat she’rning o`qilishida ohang buzilishi seziladi. O`sha ikki misrani olib tashlab o`qisak, ohang biroz joyiga keladi Shunda ham ohangdoshlik to`liq joyiga kelmaydi, sababi, qofiyalanish dastlab ikkilik, so`ng to`rtlik hosil qilgan: a-a; b-v-g-b. Shu o`rinda adabiyotshunosligimizdagi bir muammoga to`xtalsak: qofiyalanish harf yordamida belgilansa, alifbo tartibiga amal qilinadi. Lotin yozuvi asosidagi alifboga o`tganimizga ko`p bo`lgan esa-da, hali-hanuz krill yozuvi asosidagi alifboga tayanmoqdamiz. Demak dabiyotshunosligimizda bu kabi mummolar mo`l, ularni sizlarning orangizdan chiqadigan olimlar hal qilishi mumkin. Lirik asarning to`gri va risoladagiday ifodali o`qilishi vazn, turoq, qofiya bilan birgalikda band tuzilishiga ham bog`liq, bu juda oddiy: har banddan so`ng ritmik pauza qilasiz, bu pauza turoqdan, misradan so`ng keladigan to`xtalishdan ko`ra davomli pauzadir. Demak, musallasda uch misradan, murabba’da 4 misradan, muxammasda 5 misradan so`ng to`xtalish lozim. Quloq osing: Uch kunlik yomg`ir, To`xtadi bazo`r, Bulutlar ko`chdi. Kech kirgan chog`da Tol shoxlariga Shu’lalar tushdi. Havoning yuzi – Zaharli ko`zi Muloyimlashdi.7 Ayni damda, banddan keyingi pauza bilan lirik asar oxiridagi pauza farqlidir, ya’ni asar tugagani bilinib turadi. Erkin vazndagi asarni ifodali o`qish boshqa vazndagi lirik asarlardan tafovutlidir. Aruz vaznidagi asarlar boshlang`ich sinf darsliklarida kam uchragan bo`lsa, erkin vazndagi she’rlar yo`q hisobi. Bu bolalarga atalgan erkin vazndagi she’rning o`zi kamligi bilan belgilanadi. Erkin vazndagi she’rni ifodali o`qish jarayonida boshqa vaznlardagi kabi aniq qonun-qoidalar kam. Lirik qahramonning kayfiyatiga, voqelikning borishuga qarab pauza qilinadi. Kecha / kerak bolding, // Bolalik chog`im! /// Senga qo`l uzatdim, / Yo`q, / Yetolmadim. // Oshkora g`irromlik qildi / O`rtog`im, – // Men: / bor, / o`ynamayman, // Deb ketolmadim… /// 8 Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling