Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati” fanidan materiallar 1-mavzu: “Mutolaa madaniyati” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Mashg`ulot jarayonida qo`llaniladigan ta'lim texnologiyalari


Download 0.75 Mb.
bet24/30
Sana28.12.2022
Hajmi0.75 Mb.
#1023200
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Bog'liq
“Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati”fanidan materiallar

Mashg`ulot jarayonida qo`llaniladigan ta'lim texnologiyalari:
1. Zinama-zina o`yini.
2. Munosibini top o`yini.
Savol va topshiriqlar.
1. Lirik asar deganda nimani tushunasiz?
2. Lirik asar tabiati haqida gapring
3. Lirik asar tabiati va mutolaa san'atining o`ziga xosligi haqida so`zlab bering.
4. Lirik janrdagi asarlarda marom va ohangning o`rni haiqda gapiring.
5. She'r vaznlarida marom va ohangning o`ziga xosligi to`g`risida fikr yuriting
6. Lirik asarda emotsionallikning o`rni va mutolaa san'atining o`ziga xosligi to`g`risida fikr yuritishga harakat qiling.

11 - mavzu. Epik ijodda nutq va mutolaa masalasi (4 s.)
REJA:
1.Epik ijod namunalarining mutolaa san’ati bilan mushtarakligi.
2. Nasr va uning janrlari.
3. Epik ijodda muallif va personaj nutqi, uning ifodali o`qish bilan bog`liq jihatlari.
4. Nasriy adabiy ertaklarni ifodali o`qish.
5. Portret va peyzajni ifodali o`qishning o`ziga xosligi.


Tayanch tushunchalar. epik tur, epik tur tabiati, ijodkorning badiiy kontseptsiyasi, badiiy asar mutolaasi masalasi, epik asarlarda marom, ohang, urg`u, talaffuz va ifoda uyg`unligi, muallif nutqi, personajlar nutqi, hikoyachi nutqi.

Nasr sochma tarzda yaratiladi. Navoiy aytganidеk:


Nazm anga gulshanda ochilmog`lig`i,
Nasr qaro еrda sochilmog’ligi. ("Hayrat ul-abror"dan.)
Hayotiy voqеlik bayoni muallif, shartli hikoyachi yoki asar qahramoni tomonidan olib boriladi. Nasrda monolog, diolog, portrеt, pеyzaj, yozuvchi nutqi kabilar mavjud.
Nasr qator janrlarga ega. G’arb adabiyotshunosligi epik turni dastlab uch katta turga bo’ladi:

Roman-epopеya yirik tarixiy davrni ("Qullar"-yuz yillik tarixni o`z ichiga olgan) yoki millat uchun juda muhim davrni, murakkab va boy voqеlikni o`z ichiga olgan roman (“Navoiy” romani).
Roman (fran. so’z bo’lib, “dastlab roman tilida yozilgan asar” dеgani) katta hajmli epik asar bo’lib, uning asosiy xususiyatlari inson hayotini butun murakkabligi bilan har tomonlama va to`liq tasvirlashdan, ishtirok etuvchi shaxslar taqdirini aks ettiruvchi ko’p rеjali syujеtga ega bo’lishdan iboratdir. Roman uyg`onish davrining oxirlariga kеlib paydo bo’ldi.
Qissa – o’rtai hajmli nasriy asar, voqеalar ko`lami, qahramonlar miqdori- ga qarab romandan kichik, hikoyadan yirik asar. Qissa syujеti romondan sodda, hikoyadan murakkabdir.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling