Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati” fanidan materiallar 1-mavzu: “Mutolaa madaniyati” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Mashg`ulot jarayonida qo`llaniladigan ta'lim texnologiyalari


Download 0.75 Mb.
bet27/30
Sana28.12.2022
Hajmi0.75 Mb.
#1023200
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
“Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati”fanidan materiallar

Mashg`ulot jarayonida qo`llaniladigan ta'lim texnologiyalari:
1. Yozma ish metodi.
2. Illyustratsiya metodi.


Savol va topshiriqlar.
1. Epik tur haqida ma'lumot bering.
2. Epik tur tabiati haqida gapiring.
3. Ijodkorning badiiy kontseptsiyasi deganda nimani tushunasiz?
4. Qanday epik asarlarni mutolaa qilgansiz?
5. Epik asarlarda marom, ohang, urg`u, talaffuz va ifoda uyg`unligi to`g`risida mulohaza
yuriting. Misollar keltiring.
6. Muallif nutqi haqida tushuncha bering
7. Personajlar nutqi tushuncha bering.
8. Hikoyachi nutqi tushuncha bering.


12-мавзу. Dramatik asarlarni ifodali o`qish (4 s.)
REJA:
1.Dramatik tur. Drama, tragediya, komediya.
2. Replika, remarka. Replikaning ifodali o`qilishi. Remarkaning ifodali o`qilishi.
3. Monolog va diologning ifodali o`qilishi.
IPT – sharhlovchi ma’ruza.
IAT vositasi – grafik organayzer, slayd.


Tayanch tushunchalar: Dramatik tur, dramatik tur tabiati, mutolaa san'ati, dramatik asarda ritm va ohang, monolog, muallif ovozi, badiiy g`oya, dialog, marom va sahna ijrosi.
Zamon bilan hamnafas bo`lishda, xalqimizning ma’naviy talablarini qondirishda dramaturgiya zimmasiga, uning so`z va sahna san’atlari bilan aloqador xosiyalariga muvofiq, alohida g`oyaviy- estetik vazifalar yuklangan. Ma’lumki, adabiyot va san’atning gullab yashnashi jamiyatning ma’naviy barkamolligi, muhit soglomligiga bog`liq, Ma’naviy sog`lom muhitni yaratishda adabiyot va san’atning roli beqiyosdir. Ijodkor hayot haqiqatini qanchalik to`g`ri anglay olsa, muammolar mohiyatini to`g`ri ochib bersa, uning asarlari xalqqa shunchalik ma’naviy naf keltiradi. Bu borada dramaturgiya ham alohida rol o`ynaydi. O`zbek dramaturgiyasida O`.Umarbekov, SH.Boshbekov, M.Boboyev, A.Ibrohimovning asarlari alohida urin tutadi. Ularning dramalarida sovet tuzumidagi o`zbek voqeligining muayyan tomonlari dramatik yo`sinda badiiy talqin qilingan.
O`lmas Umarbekovning dramalarida kommunistik mafkura hukmron davrda ham istiqlol ma’naviyati, axloqqa xizmat etuvchi muhim va asosiy sifatlar o`z ifodasini topgan. Dramaturg an’anaviy otalar va bolalar munosabatlari, o`zaro axloqii qarashlari zaminida istiqlol davri uchun uta zarur ma’naviy-axloqiy sifatlarini saqlash, asrab-avaylash yo`lida qat’iy o`zita xos yo`l tutganligi ham kuzatiladi. Xususan «Sud», «Kuzning birinchi kuni» kabi dramalari xarakterlidir. «Kuzning birinchi kuni» nomli pesasi shu jihatdan alohida ajrab turadi. Asarda uch oila boshiga tushgan fojianing sabab va mohiyati uch xil anglash, uch xil bahrlash tarzida umumlashtiriladi. Masalan professor Tohir To`laganovning o`g`li Ramz oilada erka o`sgan. Farhod esa otasiz, onasi Qumri opa voyaga yetkazgan yolg`iz farzand. Sobir bo`lsa uzoq yillar ichki ishlar sohasida samarali va halol mehnat qilgan va nafaqaga chiqqan SHokir Sultonovning kamtorona oilasi farzandi. Taqdir ularni institutda uchrashtirgan, Ular orasida Ramzning qo`li baland, qayerga cho`zsa yetadi. Sobir va Farhod ham uning ta’siriga tushib qolgan. Kunlardan birida fojia sodir bo`ladi. Ramz otgan miltiq o`qi ko`chadan ketayetgan odamning umriga zavol bo`ladk. Xuddi shu fojia uch oilaning bir - biridan ayrib turuvchi ma’naviy ahloqiy qarashlarini muhokama qilishga, dramatik talqinga va umumlashtirishga asos beradi. Pirovardi fojianing zamini ochilib, professor To`laganovning o`gli Ramz o`z gunohini bo`yniga olib: «Endi qilmayman, dada, - deganida ota o`g`liga qarata: «Dard bo`ladi. Yaramaslar. Itdan tarqaganlar. Xuliganlar. Banditlar. - deb haqorat qiladi. SHunda Ramzning onasi Barchin opa «endi qilmaydi, dadasi, rahm qiling» deb iltimos qiladi. Gazablangan ota jahl ustida oilada gazak olib kelgan ma’naviy-axloqiy nopoklikning sir-asrorini ochib tashlaydi.
To`laganov: «Rahm qilingmish? SHu nonko`r, shu tekinxo`rga-ya. Odam bo`lmadi u, dardisar bo`ldi. Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor... yo`q men bunga mutlaqo qushilmayman. Aksincha, bolali uy mozor. Sen mani ajalimdan besh kun burun mozorga tiqasan, yaramas. Ammo bilib qo`y. Men endi himoya qilmayman. SHuncha yordam qilgandim, himoya qilganim yetar, institutga kirolmading, shogirdimga rahmat.seni qabul qilishdi.. yiqilding, yana iltimos qildim, baholaringni tuzatib berishdi. Restoranda to`palon hilib, militsiyaga tushding. Bir yilga kesishmoqchi edi, olib qoldim. Mast bo`lib xushyorxonaga tushding. Yana olib kelib qo`yishdi. Endi o`n yilga kesishsa ham roziman. mani, otangking qadrini qamoqxonada bil zndi».
«Qiyomat qarz» dramasining bosh qahramoni Sulaymon ota. Uning psixologik holati ishonarli tasvirlab berilgan. CHunki muallif psixologik holatga kirishi uchun zarur bo`lgan muhitni yarata olgan.
Sulaymon ota halol, mehnatsevar, birovning haqidan qo`rqadigan, to`gri so`z nuroniy chol. Yolg`iz farzandidan ajrab qolgan ota, qishloqqa vrachlik qilish uchun kelgan No`monjon ismli yigitni o`z farzandi singari mehr qo`yib frontga jo`natadi, u ketayotib otaga ikkita qo`y olib beradi. Yillar o`tib qo`ylarning soni t5?rt yuztaga yetadi. Urush tugasa ham asrandi o`gildan darak bo`lmaydi, To`rt yuzta qo`yni «Qiyomat qarz»ni o`z egasiga topshirish Sulaymon otaning tinchini, oromini oladi, Psixologik tasvirning birksnchi bosqichi ruhiy vaziyat yaratildi. SHundan so`ng, bosh qahramon qator ruhiy -kechinmalarni boshidan kechiradi. Qo`ylarning egasiga topshirysh hissi, Zebining vasiyatini ado etish mas’uliyati dramada ruhiy tasvirni yuzaga kelishiga asos bo`ladi. «Zebi xola: No`monjonga atab oldim buniyam, Sulaymon ota», - Obbo , san-ey. YAxshi-yaxshi. -Zebo xola - siz bo`lsangiz, kimmiz unga deysiz. Urushdan keyin kelaman degan, sizlar bilan turaman degan. Kelmasa. . . kelmasa. . . Sizni kimga tashlab ketaman? Huvillagan hovlida bir o`zingiz.»
Muallif inson qalbidagi e’zozlanishi zarur bo`lgan qirralarni topgan. Sulaymon ota uchun Zebidan, uning vasiyatidan: ko`ra azizroq narsa bo`lmagan, xuddi SHU holatni dramada ishonarli ochib berilgan, Bu holatni hech bir tomoshabin befarq tomosha qilmaydi., o`zining huzur-halovatidan kechib, Sulaymon ota No`’monjonni qidirishga tushib ketadi.
Uzoq yo`l yurib, ham jismon, ham ruhan charchagan ota, No`’monni ko`rib butun charchoqlarini esidan chiqarib yubordi. Butun jismi bilan, quvonchu tashvishlari bilan unga talpindi. Biroq u otaning quvonchini, xursandchiligini cheksiz hayajonini sezishni, tushunishni xohlamaydi.
-Nazarov, xo`sh? keling? - Sulaymon ota. - Xo`shing nimasi? Meni tanidingmi? - Nazarov , Kimsiz? yo`q tanimadim. ~ Sulaymon ota: -Barakalla. O`zimam tanimaysan deb o`ylovdim. Men seni tanidim».
Sulaymon otaning xatti-harakatlarini erinibgina, mensimay kuzatib turgan Nazarov, otani tanimaslikka harakat qiladi, uni bag`riga bosib, o`zini tiyelmay yig`layotgan bosh qahramonga «o`zingizni bosing» deb buyruq beradi. O`zini yig`idan to`xtatolmagan ota «Qanday bosay, o`g`lim?! O`ttiz yil kutdim seni, Yo`lingda ko`zlarim to`rt bo`ldi. Ko`rmay o`lib ketamanmi qo`rquvdim, Zebi xolangga o`xshab. - Zebi xola kim? -Sulaymo* ota: - Ko`zing aytib turibdi, qo`rqib ketding. Qo`rqma. Qari bo`lsat^. ham, hali birovga tashvishim tushgani yo`q. Esingdami, urushge ketayotganingda menga ikkita qo`y tashlab ketuvding. Nazarov: - Qo`y?. Sulaymon ota; -Ha. Ikkita hisori qo`y. Nazarov: -E, bo`ldi, bo`ddi. Esimga tushdi. Xo`sh?. Sulaymon ota: - SHu qo`ylar to`rt yuztaga yetdi. Nazarov: - To`rt yuzta?».
Qo`ylarning daragini eshitgan No`’monjon endi butunlay o`zgaradi, «Obbo otaxon-ey. . . Obbo siz-ey! Qo`ylar hech xayolimga kelgani yo`q. Lekin ana boraman, mana boraman bilan vaqt o`tib ketarkan, shuncha yil o`tib ketibdi. Lekin baribir borardim. Sizni bir ko`rib kelardim.»
Qo`ylarning to`rt yuztaga yetganligini eshitgan No`monjon otaga soxta iltifot qilishiga utadi. No`’monjon: - Ota! To`xtang!. Sulaymon ota: - Men senga ota emasman, O`sha o`ttiz yil oldin mening oldimdan urushga ketgan yigitga otaman. Bu dunyoda ham, u dunyoda ham. Senga emas».
O`ttiz yil bolam deb, qalbining eng tubida asrab kelgan, uning xayollari bilan, uning iztiroblari bilan ko`milib yashagan Sulaymon uchun bir lahzada hammasidan judo bo`lib qolish oson ish emas edi.
Ma’lumki, dramada qahramonning o`ziga xosligini belgilashda remarka muhim va asosiy omil hisoblanadi. Bu borada SH, Boshbekov asarlari yaqqol misol bo`la oladi. Uning «Temir xotin» nomli jiddiy komediyasining bosh qahramoni Qo`chqorning xarakter sifatida shaklanishida remarka katta rol o`ynaydi, Qo`chqorning yashash sharoitining qanday ekanligi, u haqidagi dastlabki xarakteristika drama boshida berilgan remarkada beriladi: «Qishloqdagi oddiy kamtarona hovli. To`grida bir necha ustunli peshayvon, o`ngda pastgina peshayvon ko`cha eshik, oldiroqda yog`och karovat. Sahnadagi har bir jihoz, har bir buyumda nimadir yetishmaydi. Eshik deraza romlari yarmi bo`yalgan, qolganining rangi o`chib ketgan, yog`och karovatning bitta og`i yo`q. O`rniga g`isht terib qo`yilgan, ko`rpa yostiqlarga yamoq tushgan, piyolalarning labi o`chgan yoki chegaralangan, choynakning jumragiga tunika kiygizilgan va hakoza».
Keltirilgan remarkadan bosh qahramonning yashash sharoiti, uy jihozlarining ko`rimsizligi, tunu kun mehnat qilsa ham yaxshi yashamaganligining guvohi bo`lamiz.
Holat tasviri remrkasida bosh qahramon faoliyatidagi holat tasvirlanadi. Bu remarkani bosh qahramon obrazining shakllanishida ahamiyati katta bo`ladi. Quchqorning dastlabki harakatlari, ya’ni tomashabinga yaqinlashish jarayonidagi uning kayfiyati muallifning dastlabki remarkasida amalga oshiriladi. Avvaliga Alomatning gaplariga mensimay qarayotgan Qo`chqor, endi o`zini boshqarolmay qoladi, Ta’sirlanib ketadi. Alomatning: «Qalbingizning unutilib ketgan, o`zingiz ham bilmaydigan, alla qaysi burchaklarida miltillagan ushoqqina norozilikdan qo`rqasiz», - deb aytgan gapi Quchqorni cho`chitib yuboradi. CHunki u temirdan bunday gaplar chiqishini sira kugmagan edi. Alomatning bu gaplarida Qo`chqorning armoni-fojeasi yotadi. qor endi chidolmaydi, sira-sira toqat qilolmaydi, Alomatning keyingi gaplarini hayajon bilan kutib turgan Qo`chqor qalbidan sizib chiqayetgan ko`z yoshlarini yashirishga urinadi. Muallif aynan shu vaziyatni «ko`zlarida yosh o`ynab» remarkasi bilan tasvirlaydi. «Ko`zlarida yosh o`ynab» remarkasida bosh qahramonning ichki iztirobi, alami, erkak kishining ayel oldidagi yerga urilayotgan g`ururi ifodalangan. Qo`chqorning ruhiy kechinmalari muallif tomonidan berilgan remarkada o`ta ta’sirli ifodalangan. Dramatizmni kuchaytirish uchun muallif rkmarkasi katta ahamiyatga ega. «Baralla yig`lagancha oyok, ostidagi yashiqlarni zarb bilan tepib, yesh bolaga o`xshab engashib yig`laydi. Alomatning yelkasidagi qizil adikrosxemani oldida- Qo`shni hovli tomon otib yubordi».
Qo`chqorning fojiasi avvalo umrini behuda o`tkazgani, tunu kun mehnat k;ilib biror kun ro`shnolik ko`rmaganidadir. Muallif ushbu komediyani tom ma’nodagi tragik komediya deyishga hav^l.i. CHunki Qo`chqorning butun _ orzu va umidlari Alomatning gaplaridan so`ng chilparchin bo`ldi- U O`3 hayotini ma’nisiz ekanligini his qildi. Bu nafaqat Qo`chqorning, balki minglab «Qo`chqorlar»ning ham fojiasidir.
Navbatdagi qo`yilgan mikrosxema Qo`chqorning fig`onini ko`kka chiqardi. Chunki uning to`g`risida turgan robot ayol bosh qahramonning na ko`z yeshi, na alam, na qayg`usi bilan ishi bor!» Alomat (kuylab) «Yana o`ynaйлиk, Yana kuylaylik, iqbolimiz porloq ekan davron suraylik. Iqbolimiz porloq ekan, davron suraylik! (To`xtovsiz aytaveradi). Alomat aytgan qushiqning mazmunidagi «Iqbolimiz norloq ekan» jumlasida Qo`chqorning baxtsizligi, «davron suraylik» jumlasida esa mujassamlashgan. Shuning uchun Qo`chqorni na nasihat, na maqtov, na yig`i tinchlantiradi. U ham qaysar boladek hech narsaga ko`nmaydi.
70-80 yillar o`zbek dramaturgiyasida yaratilgan hator asarlar o`zbek xalqini mustaqillikka ma’naviy jihatdan tayyorlashda xizmat qildi va ulardagi qator qahramonlar kitobxonlar teatr sahnasida hamon yashab kelmoqda.
Mustaqillikdan keyingi yillarda dramaturgiyamizda yanigicha qarashlar va milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi asarlar yaratildi. Xususan, «Chimildiq», «Kuyov» singari komediyalarda ?zbekona ruh kuchli. «Chimildiq» drammasida asosan o`zbek udumlari va urf-odatlari haqida bayon etiladi. Asar xalqimiz ruhiga mosligi tufayli ham kitobxonlar tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Qisqa vaqt ichida bu dramma asosida badiiy film ham ishlandi.
Xulosa qilib aytganda, qahramonlar ruhiyati, ijodkorning badiiy konsepsiyasi va asarning g`oyaviy-badiiy mohiyatini to`g`ri tushunish sahna ijrosining mukammal darajasiga xizmat qiladi.
Dramatik asar mutolaasi, Abdurauf Fitrat dramalari, “Abulfayzxon” dramasi, tragediya janri, dramatik nutq, emotsional pafos, personajlar ovozining o`ziga xosligi.
Fitratga qadar o`zbek adabiyotida qator dramatik asarlar yozilgan. Dramaturgiyamiz tarixida ular o`ziga yarasha o`rin tutadi. Biroq, jahon adabiyotidagi mezonlar talabiga javob bera oladigan milliy ruh va milliy g`oya bilan sug`orilgan, teran qahramonlar aks etgan bu turdagi yetuk asarlarning muallifi sifatida Fitrat o`zbek dramaturgiyasining asoschisi hisoblanadi.
Abdurauf Fitrat elni, yurtni ozod va obod ko`rish dardini dramaturgiyada ham to`kib soldi. O`tgan asrning 20-yillari boshida yozgan “Chin sevish” dramasiga Hindiston hayotidagi voqealarni asos qilib oldi. Chunki, Turkiston hayoti misolida bosqinchilarga qarshi kurash g`oyasini ilgari surishning iloji yo`q edi.
Asar ko`proq ma’naviy-ishqiy yo`nalish asosiga qurildi. Lekin, unda ijtimoiy dard yetarlicha ko`rsatilmadi deb topdi, shekilli, muallif ko`p o`tmay shu yo`nalish kuchaytirilgan boshqa bir asar yozishga kirishdi. Natijada, avvalgi asardagi bosh g`oya va qahramonlar saqlab qolinib, milliy istiqlol ruhi kuchaytirilgan deyarli yangi drama – “Hind ixtilochilari” dramasi paydo bo`ldi. Asar markaziga vatanni bosqinchiliklardan ozod qilishni hayotning bosh mazmuni deb bilgan Rahimbaxsh va sevgilisi Dilnavoz obrazlari qo`yildi.
Abdusubbuh, Badrinad, Fayziahmat va Mahmudxon – Rahimbaxshining hammaslaklari. Kelishmovchilarni, diniy, irqiy, g`oyaviy, sinfiy va boshqa ixtiloflarni bir chekkaga yig`ishtirib qo`yib, birlashish va Ona tuproqni bosqinchilardan ozod etib, Hindistonni mustaqil kerak, degan g`oya asarning asosini tashkil etadi.
Fitrat shu tariqa, o`z armonini Hindiston tasviri orqali ilgari surdi, yurtdoshlarini shu tarzda kurashga chorladi.
“Arslon” nomli besh pardali pyesasida (1925) Buxoro amirligidagi dehqonlarning og`ir hahoti va qismatini tasvirladi.
Arslon – dramaning bosh qahramoni. U to`yga yig`ib yurgan pulini sarflab, bir bechora kambag`al yigitning xonavayron bo`lishdan saqlab qoladi. To`lg`inoyni cheksiz sevishiga qaramay, endi to`y qilishning imkoni yo`q.
Fursatdan foydalanfan 50 yoshli sudxo`r Mansurboy 18 yoshli To`g`inoyga og`iz soladi. Qiz sevgisida qat’iy, lekin Arslonga yetishishga u ham chorasiz.
Drama shu muhabbat iztiroblarini va adolat uchun kurash jarayonlarini ko`rsatadi. Sinfiylik nazariyasiga qat’iy amal qilish, boylarni butkul qoralab, kambag`allarni nuqul ulug`lash talab qilingan bir sharoitda Fitrat bu mafkuraviy ko`rsatmalarga amal qilmadi. Realist san’atkor sifatida o`z e’tiqodiga sodiq qoldi.
Ziddiyatlarni sinflar aro emas, shaxslar aro bo`ladigan hayotiy qarama-qarshilik sifatida ko`rsatdi. Bek, Yasovulboshi, Darg`a singari amaldorlardagi xislatlar ham sinfiy mansubiyat sifatida emas, hayotdagi jonli odamlar tabiati tarzida talqin qilindi.
Qahramonlarning jonli, hayotiy, tarixiy haqiqatga mos tarzda realistik aks ettirish, ayniqsa, “Abulfayzxon” dramasida yorqin namoyon bo`ldi.
“Abulfayzxon” nainki Fitrat ijodi, balki umuman, o`zbek dramaturgiyasidagi shoh asarlardan biridir.
Tragediya badiiy jihatdan teran. U obrazlar tizimidagi puxtalik, kompozitsion qurilishdagi uyg`unlik, badiiy tildagi jozibasi bilan ajralib turadi. Qahramon fikri va harakatidagi emotsionallik, g`oyaning asardagi obrazlilik zamirida sizib chiqishi, shakl va mazmundagi muxtasar tutum xarakterlar pafosi bilan to`yingan holda ajib bir badiiy yaxlitlik kasb etadi. Asarning yetakchi g`oyaviy-badiiy maqsadi zo`ravonlik, o`zgalarni qullarcha itoatda tutish, taxt va mansab dunyosi barcha razilliklar manbaidir degan muammoni yoritishga qaratilgan.
Dramada Buxorodagi Ashtarxoniylar sulolasining oxirgi namoyandasi Abulfayzxon hokimoyatining tanazzuli va mang`itlar sulolasining hokimiyatga kelishi aks ettirildi.
Abulfayzxon taxtni egallagach, eng yaqin kishilaridan ham shubhalana boshladi, ko`pini hibsga olib, birin-ketin qatl etdi. O`tmishdagi bu tarixiy haqiqatni ko`rsatish orqali muallif zamonaviy dardlarni ko`tarib chiqdi. Uning asar asosida joylashgan asl niyati yashirin zulm va zo`ravonlik asosiga qurilgan, bu yo`lda istibdodning hech qanday manfurligidan qaytmaydigan tuzumni fosh etish edi. Bir jihatdan, tarixning qora va og`ir bir davri yorqin ko`rsatib berildi. Ikkinchi bir jihatdan, taxtning yangi egalari bilan birga, o`z yurtiga sotqinlik qilgan, yangi a’yonlar bilan og`iz-burun o`pishgan yerli amaldorlar ko`magida boshqarilayotgan yangi tuzum va yangi jamiyatning kirdikorlari ham ochib tashlandi. Xayol tilidan asar nihoyasida taxtga nisbatan aytilgan: “Eng qop-qora saodat-sensan” deyilgan fikr Rahimbiy timsolidagi xonga nisbatangina emas, ayni vaqtda, asar yozilgan davr jamiyatining arkoni davlatiga ham ishoradir. Xususan, xayol tilidagi: “tinchlik saqlamoq bohonasi bilan millionlarcha inson ko`masini chuqurdan-chuqur yumalatmog`ingning zamoni hanuzgacha bitmadimi?” deyilgan fikrga Fitrat o`z zamonasiga nisbatan o`zining qarashlarini ochiq-oydin ham aytib yuboradi. Bundan tashqari, bu fikr hatto, bizning XXI asr uchun ham o`ziga yarasha qimmatli emasmi?
Tragediyaning obrazlar tizimidagi badiiy mantiq va o`zaro bog`lanish kuchli. Abulfayzxon – asarning bosh qahramoni. Uning kuchi aqlida emas, podsholigida, xolos. Podsholigi xayolidan ko`tarilganda o`ziga ishonmay qo`yish, shundan. Abulfayzxon, aslida, nomard, qo`rqoq, vahimachi odam. O`ziga ishonmagani bois hammadan hayiqaveradi.
Uning atrofidagilar ham o`ziga yarasha. Yanada to`g`rirog`i, ishni va gapni unga yoqadigan yo`sinda tutadiganlar. Katta amaldor Ulfatning “podsholik qon bilan sug`oriladigan og`ochdir” deyishi, o`zininggina gapi emas. Bu xonga juda ma’qul gapdir. Qozikalon Nizom, to`qsabo Davlat, xonning otalig`i Hakimbiylar ham shu yo`nalishdagi kishilardir.
Bu qahramonlarning mohiyati bir yo`nalishda. Lekin, muallif ularni har birini, xuddi hayotdagidek, o`ziga xos bo`lgan fe’l-atvor bilan ko`rsatadi.
Ulfat va Davlat shu qadar ustamonki, aksar o`rinlarda xon ularning etagidan chiqolmay qoladi. Otaliq Hakimboy esa, ayyor, pixini yorganlardan. Nodirshoh bo`lsa, uzoqni ko`zlab ish tutadigan tadbirkor. Dushmanini tashqaridan emas, avval ichdan, qatoridagilarni qo`lga olib, munofiq va xiyonatchilardan foydalanib, mahv etish yo`lini tutadiganlar xilidan.
Bulardan farqli o`laroq, Farhod otaliq mard, to`g`ri so`z, e’tiqodidan qaytmaydigan kishi. U og`ir vaziyatlarda, nainkig`ururini saqlab qola biladi, balki kerak bo`lsa, xonning ko`ziga tik boqib haqiqatni ayta oladi ham. Fitrat bu qahramonlar orqali o`zining realist san’atkorligini ko`rsatadi. Xonga to`g`ri gapirib kim baraka topibdiki, Farhod otaliq topsa. Bu qahramon ham haqgo`ylik uchun munosib jazosini oladi. Besh daqiqadayoq uning boshini laganga solib, xon oldiga keltirib qo`yadilar. Holbuki, Farhod otaliq xonni, uning o`z tili bilan aytganda, “bir ota kabi asragan” zot edi.
Asar janr tabiatiga ko`ra tarixiy tragediyadir.uning asosini Ulfat, Davlat, qozi Nizom singari badiiy to`qima obrazlardan tashqari, Nodirshox, xonning inog`i Hakimbiy, Ibrohimbiy otaliq, tarixchi Mirvafolar singari tarixiy shaxslar obrazlari tashkil etadi.
Tragediyaning bosh qahramoni – Buxoro xoni Abulfayzxon ham tarixiy shaxsdir.
Asarning so`nggi – beshinchi pardasi yakunida Siyovush timsolidagi Xayol obraziga duch kelamiz. Muallif bu ramziy obrazni asarga zo`ravonlik va shafqatsizlikdan iborat g`ayri-insoniylikning alal-oqibati fojiadir, degan falsafiy ma’noga urg`u berish uchun kiritadi.
Buyuk ingliz dramaturgi Vilyam Shekspir tajribalarining ta’siri sifatida o`zbek dramaturgiyasida Fitrat asaridan boshlangan ruh timsolidagi obraz yaratish Shayxzodaning “Mirzo Ulug`bek”, Adulla Oripovning “Sohibqiron” kabi asarlarida davom ettirildi.
Xayol obrazi munosabati bilan umuman, “Abulfayzxon”da kompozitsion uyg`unlikning muhim o`rin tutishini ta’kidlash kerak.
Kompozitsiya bu, muallif bosh maqsadi va g`oyasinig uzviy ravishda ochilishini ta’minlash maqsadida asardagi ayrim qismlar voqealar obrazlarning joylashtirish tartibidagi uyg`unlikdir. San’atkor u yoki bu fikrni, muayyan bir falsafani, harakatdagi qahramonni asarning asosiy g`oyasini yechish uchun shunday bir tizimda, tartibda, bog`lanishda joylashtiradi-ki, ular ayni shu joyda ham, alohida-alohida ham o`zlarni va birlashib, muallifning asl niyatini yorqin tarzda yuzaga chiqara olsinlar. Kichik tafsilotlardan tortib, ko`zga ko`rinmas me’yorgacha kompozitsiya tartibotida muhim vazifani bajaradilar.
Demak, kompozitsion qurilishdagi mahorat asarning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan eng muhim vositalaridan biri bo`lganidek, undagi noizchillik badiiy mantiqning buzilishiga olib keladi va asar hujayradagi joziba ta’sirini barbod qiladi.
E’tibor bersangiz, “Abulfayzxon”ning birinchi pardasi Qozi Nozim, Ulfat, Mirvafolarning shohmot surayotgan holati bilan ochiladi. Bu manzara boshdanoq asar yo`nalishi, g`oyasi, qahramonlari, yozuvchi maqsadi haqida darak beruvchi yog`dudir. Uni asar o`rtasiga yoxud oxiriga qo`yish mumkin emas. Uning joyi xuddi shu yerda. Bu manzara shohmot ustidagilarning faqat taxta emas, Abulfayzxon saroyi hamda qismatining asosiy o`yinchilari ekaniga ishoradir. Xonning uyi tarzida ko`rsatilgan bu manzara, ayni vaqtda, hali sahnada paydo bo`lmagan Abulfayzxonning o`ziga tashlangan bir savoldir: U shohmot taxtasi yanglig` hayot maydonida, xonlik sarhadlarida oqilona va to`g`ri ot sura oladimi, yo`qmi?
Yoki asar nihoyasida sahnaga kirib kelgan hayol obraziga nazar tashlaylik. Dramaturg uni birinchi, ikkinchi yoki uchinchi pardalarda ko`rsatgani yo`q. Nima uchun? Shuning uchunki, zimmaga yuklangan badiiy vazifa hayolning dastlabki pardalarda emas, so`nggi pardalarda va buning ustiga, bu pardaning shu oxirgi sahnasida namoyon bo`lishini taqozo etadi. Tragediya g`oyasining cho`qqisi ham xuddi shu – Xayol obrazining falsafiy mushohadalari zimmasiga qo`yiladi. Inson “Esini bir joyga to`plab” o`z erki, o`z huquqining qadriga o`zi yetmog`i lozim. Aks holda zo`ravonlikning, zulmning kushandasi bo`lib qolaveradi.
“Abulfayzxon” dramasida Fitrat ezgulik, insof, adolat va shaxs erkini ulug`ladi. Bu qadriyatlarni hokimiyat uchun turli-tuman, yolg`on-yashiq va chirkin vositalarga keskin qarama-qarshi qo`ydi.
Avvalambor, Abulfayzxonning o`zi Buxoro taxtini razil yo`llar bilan egallagan. Maqsadiga erishish uchun akasi Ubaydullaxonning joniga qasd qilgan. “Al-qasos ul minal haq” deganlardek, o`zi ham saroy fisq-u fujurlarning qurboni bo`ladi: raqiblari tomonidan xoyinlarcha o`ldiriladi. Dramaturg saltanat tanazzuli sababini Abulfayzxon tabiatini tahlil qilish orqali ko`rsatadi. Xon butun mamlakatni, barcha amaldorlarni qo`rquv, titroq, dahshat ustida tutib turdi. Chaqimchilik, tuhmat, fisq-u fujur, odamlarni gij-gijlashni yurtni boshqarish tizimida yetakchi qoidalar deb bildi. Mamlakatda o`zaro ishonchsizlik, hadik avjiga chiqdi. Natijada, johillik zamirida qurilgan, zo`rovonlik siyosatiga kuyingan saltanat uning egasi yanglig` inqirozga yuz tutdi. Lekin, yurtda ezgulik, insof adolatning qadr-qimmatini tushunadigan, ularning hayotdagi o`rni va bahosini ezozlaydigan kishilar yo`q emas edi. Asardagi ana shunday obrazlardan biri Ibrohimbiy otaliqdir.
Rahimbiy. Abdumo`min to`rani xon ko`targanimdan xabaringiz yo`qmi ?
Ibrohimbiy. Abdumo`min to`ra o`n besh yashar bir bola. Uni xon ko`tardingiz nima, ko`tarmadingiz nima ?
Rahimbiy. Siz bo`lg`anda nima qilar edingiz?
Ibrohimbiy. Men bo`lganda, Abulfayzxonni tushurg`ach, qurultoy chaqirar edim. Yangi xon bilan uning otalig`ini el boshliqlarining kengashlari bilan belgilar edi.
Ibrohimbiy adolatparvar qahramon. U qo`rqmasdan, hatto, xonga qarshi kurash yo`liga o`tgan. “Elga yomonlik qilgan xon” ekani, yurtni talagani, hukumat ishlariga qaramagani mustaqil fikrga ega bo`lmagani uchun Abulfayzxon bilan ziddiyatlarga kirishgan. U yurt egasini qyrultoy yo`li bilan saylash lozim, degan ilg`or dunyoqarash egasidir.
Futrat Ibrohimbiy qiyofasidagi bu to`xtamga behuda urg`u berayotgani yo`q. Drama yozilayotgan 1924-yilda go`yo xalq xohish-irodasi bilan amalga oshirayotgandek, aslida esa, zo`rma-zo`rakilik bilan jumhuriyatni bo`lish jarayoni kechmoqda edi. Jumhuriyatga olis markazning o`z odami majburan tayinlashini ham turgan gap edi. Yurt egasi qurultoy bilan, xalq ma’qul ko`rganlar safidan saylanmog`i kerak, deb qahramonni so`zlatgan Fitrat dramaga elning shu zamondagi orzularini ham singdirib yuborgan edi.
“Abulfayzxon” dramasi orqali muallif o`zbek adabiyotida ilk bor inson va tarix, shaxs va jamiyat munosabatlarining badiiy yo`sinda gavdalantirish va bu masalalardagi badiiy ideyani ham etish yo`llarini izladi. Qay daraja jamiyat farzandi bo`lmasin, ijtimoiymunosabat unda qay yo`sinda o`z muhrini qoldirmasin, shaxs, Fitrat talqinicha, end avvalo alohida individdir. Shaxs kamolotida tarbiya va jamiyat ta’siri muhim bo`lgani bilan shaxs tabiatida irsiyat va shundan kelib chiquvchi o`ziga xoslikning o`rni kuchlidir. Shuning uchun shaxs, Futrat talqinida, tarixning harakatga keltira oluvchi kuch, jamiyatga faol ta’sir ko`rsatuvchi siymo sifatida ko`rsatiladi.
Tragediyada gavdalantirgan Abulfayzxon ana shunday shaxs, biroq afsuski, tarixda salbiy iz qoldirgan shaxsdir. Lekin dramaturg qahramonini salbiy deb, faqat qora ranglar bilan chatlamaydi. U tarixan hayotda qanday bo`lsa, shunday gavdalantiradi. Badiiylik qonuniyatlari bilan xarakterini teranroq va tiniqroq biladi, xolos.
Fitrat jamiyat, muhim va sharoitning shaxsga ko`rsatuvchi ta’sirini badiiy gavdalantirrishni ham unutgani yo`q.
Xonnig xo`jasaroyi Ulfat, Qozi kalon Nizom, Davlat to`qsabo, Rahimbiy va Hakimbiy otaliqlarining Abdulfayzxon tegirmoniga suv quyib, uni jaholat va razolatga sudrashdagi faolliklari haqida yuqorida gapirildi. Bu xuddi o`sha muhitning, sharoitinig, tarixiy vaziyatning shaxsga o`tkazuvchi ta’siri va shu tarixiy jarayonning badiiy talqinlaridir. Ubaydullaxon, Abdulfayzxon, Abdumo`minxonlarning xiyonatkorona o`ldirilishida ham tarixiy sharoitlarning inson taqdiriga ko`rsatgan ta’siri yotadi. Asar so`nggiga yaqin Abdulfayzxon o`z razilliklaridan pushaymon, nadomat chekkan holda beriladi. Bu bilan muallif tarix va shaxs aro munosabatlarning vovaylo qo`ynida inson hech qachon faqat razillik timsoli bilan qololmaydi, inson o`zini-o`zi anglash fursatini topmog`i kerak, degandek bo`ladi. Asar tragediya janrida bo`lgani uchun unda fojealar ko`p. Lekin hayot faqat fojealardan iborat emas.
Dramaturg hayot burlarini, nurli qahramonlarni hamda shaxs va jamiyat, inson va tarixning o`zaro munosabatlarini shu qahramonlar talqiniga singdiradi.
Shaxs va jamiyat aro munosabat masalasidek o`z idealini dramaturg, ayniqsa, Ibrohimbiy obrazida aks ettirdi.
“Abulfayzxon” XVII asr Buxoro hayotidan olib yozilgan, tarixiy haqiqat asosiga qurilgan birinchi tarixiy tragediyadir. Unda ilk bor o`zbek dramaturgiyasi da shekspirona teran tragik obrazlar yaratildi. U shu janrda jahon miqiyosida olinganshoh asarlar qatoridan munosib o`rin ola biladi.
Uning ahamiyati o`zbek xalqi tarixidagi muhim hodisa va tarixiy shaxslar qismati haqqoniy aks ettirilishidagina emas. Zo`ravonlik va shafqatsizlik mohiyati, zulm va istibdod asosiga qurilgan hokimiyatning barbod bo`lishi, ezgulikning zavoli, uvoli va kamolidagi mangu muammolarning go`zal badiiy talqinida namoyon bo`luvchi fazilatlar bu asarni zamon va makonga bo`ysunmas ravishda e’tiborli va qimmatli qiladi. Yuksak mahorat bilan yozilgan drama muallifning san’atkor, millatparvar, vatanparvar sifatidagi siymosini uyg`unlashtiradi.
Asar yoshlarni istiqlol ruhida tarbiyalashda, mustaqilligimizning qadriga yetishda muhim ahamiyatga ega.
Fitrat XX asr o`zbek adabiyoti taraqqiyotida alohida o`zrin tutadi. U milliy uyg`onish adabiyotining jarchisi va asoschilaridan biri, jadidchilik harakatining ulkan arbobidir. U yangi zamon she’riyatida barmoq vaznini mustahkamladi, erk va istiqlol g`oyalarini kuyladi. Vatan ozodligi, yurt istiqboliga bag`ishlangan maqollari bilan o`zbek publitsistikasining tamal toshini qo`ydi. Hali hikoyachilik janr sifatida yetarlicha to`liq shakllanib ulgurmagan bir davrda “qiyomat” singari asari bilan bu janrning qaror topishiga katta hissa qo`shdi. Dramalari bilan o`zbek adabiyotiga ko`plab yangi qahramonlar kirib keldi. Ular qatag`on davrining badiiy solnomalari sifatida adabiyotdan mustahkam o`rin egalladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling