Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati” fanidan materiallar 1-mavzu: “Mutolaa madaniyati” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Download 0.75 Mb.
bet29/30
Sana28.12.2022
Hajmi0.75 Mb.
#1023200
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
“Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati”fanidan materiallar

Shaftoli
Yoshlikdan tarvaqaylabroq o'sgan Shaftoli sal voyaga yetgandan keyin o'zini ko'tara olmaydigan bo'lib qoldi. Unga tirgovuch qoyishga to'g'ri keldi. Shaftoli yana taltayib ketib, tirgovuchning ustiga o'zini tashladi-oldi. Bir kun tirgovuch "qirs" etib sindi-yu, shaftoli o'zini yerda ko'rdi.
Ikki daryo
– Nega sen sekin oqasan-u, lekin, kenja ukang Jilg'a esa shovullagani-shovullagan? – deb so'rashibdi daryodan.
Hali u sayoz-da, – deb javob qilibdi Daryo.
Baqaterak
Sayxonlikda o'sgan Baqaterakni shamol ag'darib ketdi.
– Taravaqaylab shox yozgandan ko'ra, chuqurroq ildiz otsang bolmaydimi, – deyishdi inga.
Mohiyat
– Qiziq, ikkalamiz ham bir xilmiz-u, lekin nega seni aziz qilishadi-a? – dedi Shisha billurga.
– Gap ko'rinishda emas-da, – dedi Billur.
Nasriy asarlarni ifodali o'qish katta mahorat talab qiladi, dedik. Chunki, adabiy asarning badiiy xususiyatlari, unda oldinga surilgan fikrlar, yozuvchi dunyoqarashi kabi muhim masalalarni aniqlashda ifodali o'qish katta ahamiyatga ega.
Nasriy asarlarni ifodali o'qishni hammaga yaqin va tanish boshlangich sinf o'quvchilari uchun tushunishi va o'zlashtirishi oson bo'lgan xalq og'zaki ijodiga mansub ertakdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Sher'iy masal bilan nasriy masallarning ifodali o'qilishi orasidagi farqni amaliy mashg'ulotlar davrida o'rganib borish o'quvchining fikrlash doirasining kengayib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.
She’riy hikoyada sujet, ya’ni voqealar sistemasi va uning rivoji xarakterlidir. She’riy hikoyani bir necha kishi rolga bo`lib ifodali o`qiydi:
– Ahmoq ekan manavi chol,
Ahmoq haddan ziyoda.
O`zi ulov minib olgan,
O`g`li esa piyoda.
G`alati bir hisni tuyib
Shartta pastga tushdi chol.
– Kelaqolgin, o`g`lim,– dedi,
Eshakka sen minaqol!
Endi o`g`il to`qimda-yu,
Ota yayov ketardi.
Endi ular boshqa qishloq
Ko`chasidan o`tardi.



A.Oripov qalamiga mansub “Sharq hikoyasi” ertagi juda ifodaga boy, ohangi ravon asar. Uni o`qish bolalarga olam-olam zavq bag`ishlaydi. Ifodali o`qish orqali bolalar odamlar orasida hamma holatni muhokama qiladigan, ayb axtaradigan toifalar ko`pligini anglatadi. Bolalar ifodali o`qish tufayli bir salbiy odatni anglab, uni takrorlamaslikka intiladilar. Ertakning 4-sinf “O`qish kitobi”ga kirgani o`rinli.
Lirik she’r biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida insonda tug`ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg`ular orqali turmushni aks ettiradi. Lirik she’rning xususiyati kishining his-tuyg`uga to`la hayajonli nutqini ta’sirliroq ifodalashdir. Bunda ohangdorlik va musiqiylikni vujudga keltiradi.
She’rni o`qish darslarida asosiy ish turi ifodali o`qish hisoblanadi. O`quvchi she’rning asosiy g`oyaviy mazmunini tushunsagina, uni ifodali o`qiy oladi. Shuning uchun she’rni tahlil qilib, uning mazmunini o`quvchilarga tushuntirish lozim. Bolalar vazn bilan birga turoqning ifodali o`qishdagi o`rni beqiyosligini bilishi zarur. Barmoq vaznidagi she’rlar uchun faqat hijolar soni tengligi emas, balki tiroqlar tengligi ham muhim. Agar turoq buzilsa, she’rning ifodali o`qilishi buziladi.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling