Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati” fanidan materiallar 1-mavzu: “Mutolaa madaniyati” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Download 0.75 Mb.
bet12/30
Sana28.12.2022
Hajmi0.75 Mb.
#1023200
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
“Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati”fanidan materiallar

Alisher Navoiy qoldirgan bebaho fikrlar alohida o`rin egallaydi. Nutq madaniyati va notiqlik san'ati asoslarini yosh avlodga o`rgatish, o`qitish, ularda komil inson nutqi malakasi va namunasini shakllantirish haqida gap borar ekan, o`tmish ajdodlarimiz bu masalada qoldirgan qimmatli lisoniy merosni chetlab o`tish mumkin emas. Ushbu fikr nutq madaniyati va notiqlik muammolarini ilmiy tadqiq qilish uchun ham tegishlidir. Alisher Navoiy til, nutq, tildan foydalanish, nutqning kommunikativ sifati masalalariga katta e'tibor qilgan. Uning bu masalaga oid qarashlari o`sha davrda amal qilingan nutq madaniyati va odobining negizidan iborat bo`lib, shoirning badiiy, lisoniy, tarixiy, diniy asarlari sahifalarida o`z ifodasini topgan. Ushbu qarashlarni bir joyga jamlab o`rganish ulug` shoir va olimning nutq madaniyati va odobiga oid ta'limotining mazmun va mohiyatini aniqlashga imkon beradi.
Shoir asarlarida uchraydigan fasohat, fasohatli so`z so`z – gap, nutq so`zlarining ma'nosi hozirgi davrda nutq madaniyati deb yuritilayotgan ifodaga to`g`ri keladi. Navoiyning talqin qilishicha, fasohatli nutq – bu mazmundor, til qoidalariga amal qilib so`zlangan, chiroyli, yoqimli nutqdir. Navoiy mana shunday nutqdan talab qilinuvchi barcha talab va mazmunlarni birma-bir ko`rsatgan.
Shoir nutqni ikkiga bo`ladi: ijobiy fazilatli foydali nutq va salbiy xususiyatlarga ega zararli nutq. Navoiy keltirilgan nutq ko`rinishlarini ikki tomonlama: lisoniy talablar va omillar nutqtai nazaridan va nolisoniy talablar va omillar nuqtai nazaridan baholaydi.
Navoiy tilni insonda yaxshi fazilatlarni tarbiyalashning muhim quroli deb bilgan. Mana shu g`oyani u o`z shaxsiy fikr va talqinlari badiiy obrazlari vositasida hamda ba'zi shaxslar nutqiga baho berish orqali ifodalagan.
Alisher Navoiy ijobiy fazilatli, fasohatli nutqning mezonlari, me'yorlari haqida fikr yuritar ekan, eng avvalo, til, so`z haqida, undan mohirona foydalanish usullari haqida o`z fikrlarini bayon qiladi. Shoirning so`z, uning ma'nolari, unda mujassam bo`lgan tushunchalar, so`zning kuchi, muqaddasligi haqidagi fikrlari uning nutq madaniyati yuzasidan bildirgan mulohazalari negizini tashkil qiladi.
Alisher Navoiy fasohatli nutqning lisoniy talablari haqida gap yuritar ekan, nutqning mazmundorligi, maqsadga muvofiqligi, qisqa va lo`ndaligi, tilning lisoniy me'yorlari, nutqda til qonun-qoidalariga amal qilinishi, aniqligi, ifoda vositalariga boyligi, qo`pol vositalardan xoli bo`lishligi, vaziyatbopligi, xushohangligi va boshqalar haqida fikr yuritgan.
Navoiyning fasohatli nutqni yuzaga keltiruvchi omillar haqidagi mulohazalari, asosan, nutqiy odob bilan bog`liqdir. Bular nutqning to`g`riligi, rostligi, so`zlovchining samimiy va dilkashligi, nutqning aniq va ravshanligi, nutqning yoqimliligi, shirinligi, nutqning ta'sirchanligi, nutqning ravonligi, nutqning tushunarliligi, nutqning chiroyliligi (go`zalligi), nutqning foydali, jonbaxshligi, nutqning odob doirasida bo`lishi, nutqning sofligi, pokligi, e'tiborga, diqqatga loyiq bo`lishligi va boshqalardir.
Alisher Navoiyning nutq madaniyatiga va odobiga oid qarashlari tizimi uchta ilmiy – lisoniy yo`nalishda bayon qilingan: nutq odobi yo`nalishi, nutq madaniyati yo`nalishi, notiqlik san'ati yo`nalishi. Ushbu yo`nalishlar bo`yicha Navoiy o`z qimmatli mulohazalarini bildirgan.
Alisher Navoiy nutq oldiga qo`yiladigan talab va mezonlarni belgilashda lisoniy, badiiy,
Yetik g`oyaviy, estetik hamda diniy aqidalar nuqtai nazarlaridan yondashgan. Bunday yondashuv nutq madaniyati va odobining asosiy tamoyillarini batafsil, har tomonlama belgilashga imkon bergan.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiykishi fazilatlaridan biri hisoblanmish nutq
madaniyatiga katta e’tibor bergan. U nutqning g`alizligi tilga zarar yetkazishini, aksincha, yaxshi, chiroyli nutq tilning boyishiga xizmat qilishini ta’kidlaydi. Shoir nutqning tilga bevosita ta’sir qiluvchi vosita ekanligini shunday ifodalaydi: «Til muncha sharaf bilan nutqning olatidur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo`lsa, tilning ofatidir».
Alisher Navoiy nutqning aniq va to`g`ri, ta’sirli va jozibali bo`lishini targ`ib qiladi.
Bunday nutqqa erishish uchun so`z ma’nosiga alohida e’tibor berish lozim. Alisher Navoiy «Mahbub-ul qulub» asarida voizlikka xos fazilat va xususiyatlarga alohida to`xtalib, u
xalqni o`z nutqiga qarata oladigan, o`z ortidan ergashtira oladigan donishmand kishi bo`lishi kerakki, qalbida ma’naviy, ruhiy bo`shliq bo`lgan har qanday odam esa bunday voizning suhbatidan olam-olam ma’naviy zavq olib, ko`ngli ko`tarilsin, deydi.
Alisher Navoiy asarlarida nutq odobining talablari quyidagicha sanaladi:
• Tilni, so`zni qadrlash, uni hurmat qilish.
• Yaxshi so`zlay olish (nutq) san’atdir, noyob hunardir.
• Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning nutqidir.
• Kishining nutq uning aqliy kamolotidan darak beradi.
• So`zlaganda dil va tilni bir tutish zarur.
• So`zlaganda o`ylab, tushunib gapirish kerak.
• Xushmuomala, shirinso`z bo`lish.
• Chin, to`g`ri so`zlash, nutqda halol bo`lish.
• Ezgu so`zli bo`lish lozim.
• Tildan tuhmat uchun foydalanmaslik kerak.
• Ko`p so`z, ezma vaysaqi bo`lmaslik.
• So`zlaganda sharoitni, suhbatdoshinni hisobga olish, beo`rin so`z aytmaslik.
• Suhbat sirlarini saqlash, bo`shog`iz bo`lmaslik.
Gapirganda qaytariqlardan qochish kerak, chunki ular fikrning ta’sirini susaytiradi.
Alisher Navoiyning muxlisi, shogirdi va do`sti bo`lgan mashhur voizlardan Husayn Voiz Koshifiy asosan ilmiy, siyosiy, ahloqiy, tashviq va targ`ib ruhida va’zlar aytgan. Voiz
Koshifiy Husayn Boyqaro Xurosonga podshohlik qilgan yillarida davlatning bosh voizi hisoblangan. Husayn Voiz va’zlarining ta’sirchanligi, xalqchilligi, jozibadorligi haqida ma’lumotlar bor.
O`rta Osiyo notiqligining o`ziga xos xususiyatlari shundan iborat ediki, u eng avval o`sha davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilar edi. Bu davrda notiqlik san’ati ustalarining
nadimlar, qissago`ylar, masalgo`ylar, badihago`ylar, qiroatxonlar, muammogo`ylar, voizlar,
maddohlar qasidaxonlar deb yuritilishi ham anash shundan dalolat beradi.
Shoirning “Xamsa” asarida har bir dostonning an'anaviy muqaddima boblarida so`zning ta'rifi, to`g`ri so`zlash, so`zning ilohiyligi unga e'tiborli munosabatda bo`lish masallari yoritilgan.
Asarning ayni shu qislarini o`qish va tahlil etish, yod olish kitobxonning so`zga bo`lgan hurmati, e'tibori va nutq madaniyati qobiliyatini yanada o`stirish keraktiligi to`g`risidagi xulosalari qat'iylashadi.
O'tmish metodikasida o'zbek badiiy so'z ijrochiligi san'atiga xos bo'lgan ifodali o'qish san'atiga ham katta e'tibor berilishi natijasida navoiyxonlik, bedilxonlik, fuzuliyxonlik, mashrabxonlik bilan birga latifago’ylik, hikoyago’ylik, qissago’ylik, ertakchilik, kulgili hikoyago'ylikning taraqqiyoti bilan san'atning juda qadimiy va boy tarixiy ma'lum an'anaga ega ekanligini anglatadi.
Pedagogika tarixida ifodali o'qish, xususan, she'rxonlik san'atiga bolalar yoshligidan jalb etiladi, chunki ifodali o'qish san'ati bolalarning faqat badiiy didini shakllantiribgina qolmay, ularning ma'naviy chiniqishida, xotirasi taraqiyotida ham yetakchi o'rin egallaydi.
O'zbek pedagogikasi tajribalari ifodali o'qishni boshlang'ich sinflardan mashq qilishni va uni keyinchalik asta-sekin takomillashtirib borishini taqozo etadi.
So'z san'atining sultoni Alisher Navoiyning o'zi bolalik vaqtidayoq qirq ming bayt, ya'ni 80 ming misrani yoddan bilgan va ulardan estetik zavq olgan. Ifodali o'qish tarixi esa A.Navoiy kabi quvvai hofizasi kuchli bo'lgan donishmand kisliilarni biladi.
Bizga ma'lumki, adabiy asar ifodali o'qish san'atining materialidir. Me'mor quradi, haykaltarosh taroshlaydi, san'atkor ijro etadi. Ifodali o'qish san'ati ham ijrochilik xarakteriga egadir. Masalan:
Bisotimni bog’da bir halol
Kapalakka almashaman men.
Hayotimni ko’kdagi zilol
Kamalakka almashaman men.
Yog’dularga cho`milgan shahar
Betonlari biqinni chaqar.
Uyim qasr bo’lsa ham agar
Guvalakka almashaman men.
Ushbu she'r ifodali o'qilganda, albatta, o'quvchilar yo'l qo`yadigan kamchiliklar aytib o'tiladi. Masalan: bir qator o'qish, urg'u berib o'qish, tinish belgilariga rioya qilish, bo'g`inlarga urg`u berib o'qish kabilar.
Ifodali o'quvchini ham, she'rxonni ham ijrochi deyiladi. Demak, o'quvchi ijrochi deganda ifodali o'qish va badiiy so'z ijrochiligi san'atini o'zlashtirishga kirishgan o'quvchi nazarda tutiladi.
Ifodali o'qish boshlang'ich sinfda turli she'riy, prozaik, dialogik nutqlarni to'g'ri o'qish, ularning mazmuniga mos ohang, pauzalarni to'g'ri belgilash orqali amalga oshiriladi. Ularni nutqida ishlatishga harakat qiladi. O'quvchini o'rab turgan ijtimoiy muhit ham uning so'z boyligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Bu o'qish o'qituvchi oldiga quyidagi talablarni qo`yadi:
a) o'qituvchining o'zi ifodali o`qishni puxta egallagan bo`lishi lozim;
b) o'quvchilarga ko'proq yod oldirishi zarur;
d) o'qish uchun chinakam badjiy va mazmunan boy asarlardan parchalar tanlash kerak.
Ifodali o'qish xalq san'atidir. Chunki adabiyot dastavval xalq og'zaki ijodi sifatida paydo bo`lganidek, uning ijrosi ham ana shu keng mehnatkash omma ijodi sifatida shakllangan. Mehnat jarayonida, ona allasida, ota duosida ham, to'y-tantanalarda ham o'z o'rniga va mavqesiga ega ekanligi tabiiy holdir.
Maktab yoshidagi bolalar esa badiiy adabiyot namunalarini o'qish bilan, deklamatsiya qilish bilan ongli o'qish, ifodali o'dish san'atini egallay boshlaydilar. Asarni ifodali o'qish ham o'quvchilarni yuksak badiiy didli, estetik tarbiyali qilib, milliy qadriyatlarni singdirish ruhida tarbiyalab beradi. Ifodali o'qish o'quvchilarning ongi va hissiyotiga katta ta'sir etadi. Hissiyotga ta'sir etgan narsa esa kishi xotirasida bir umrga saqlanadi. Masalan, 3-sinfning "Oqish kitobi"dan Q.Muhammadiyning "Kitobimni qancha sevsam oz bo'lur" she'ridan olingan parchaga e`tibor qiling:
Kitobimni qancha sevsam oz bo'lur,
Kitob desam ko'nglim bahor, yoz bo'lur
Kitobimni desam agar ko'klam-yoz.
Ko'klam, yozning umri axir undan oz.
Tezda chaman yaprog'i so'lar, qurir,
Kitob chaman bo'stonim so'nmas bo'lur.
She'rning boshidagi 4 qator yuqori tempda oqiladi. 5 va 6-satrlarida esa temp asta-sekin pasayib boradi. Shunday o'qilganda she'r o'quvchining hissiyotiga kuchli ta'sir etadi.
Boshlang'ich sinfda ifodali o'qishni yaxshi tashkil qilish zarurligini o'qituvchi yaxshi biladi. Agar o'qituvchi ifodali o'qisa, asarning g'oyaviy mazmuni, uning badiiy qimmati, fikr va obrazlarining boyligi ochilgan bo'ladi, o'quvchilar esa badiiy asarni chuqur tushunishga odatlanadilar. Yaxshi qiroatxon asarni eng yaxshi tekshiruvchi hisoblanadi.
Ifodali o'qish jarayonida nafas, ovoz va nutq organlari faol ishtirok etadi. Ifodali o'qish kishining nutq faoliyatining maxsus e'tibor berilgan ko'rinishi bolganligi uchun u kundalik nutqdan sezilarli farq qiladi. Shunga ko'ra, ifodali o'qishda nutq a'zolarining ishtiroki ham kundalik nutq jarayonidagiga qaraganda anchagina faol boladi. Nutq a'zolarini faollashtirishga ko'maklashuvchi mashqlar majmuasiga esa nutq texnikasi deyiladi. Onglilik va ifodalilik o'qishning asosiy sifati bo'lib, bular bir-biri bilan uzviy bog`lanadi. Ma'lumki, boshlang'ich maktab qiroatxon, deklamatorlar tayyorlamaydi. Maktabning vazifasi o'quvchilarning ifodali o'qish malakasini shakllantirish, o'rganilayotgan asarning g'oyaviy mazmunini va emotsionalligini o'quvchilarga o'rgatishdan iboratdir. Ifodali o'qishning asosiy vazifasi asar mazmunini tovush va ohang orqali o'quvchilarga ko'rgazmali qilib ko'rsatishdir.
Ifodali o'qishning asosiy prinsipi o'qiladigan matnning g'oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir. O'qituvchi matnning mazmunini bayon qilishda o'z nutqi ustida qancha ko'p ishlasa, uning nutqi shuncha ma'noli, o'tkir va tushunarli bo'lib boradi. Ifodali o'qishni mashq qilib borish o'quvchining nutqini boyitadi va o'qituvchining nutqi bolalar nutqining tarkib topishi uchun asosiy omillardan biri bo'lib qoladi. Bunda nutq texnikasiga e'tibor berilishi lozim. Chunki ifodali o'qish jonli nutq bilan uzviy ravishda bog'lanadi. Binobarin, o'qituvchi va o'quvchilar og'zaki nutq malakalarini nafas olish va diksiyaga doir maxsus topshiriqlar orqali mustahkamlab boradilar.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling