Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati” fanidan materiallar 1-mavzu: “Mutolaa madaniyati” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Download 0.75 Mb.
bet11/30
Sana28.12.2022
Hajmi0.75 Mb.
#1023200
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
“Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati”fanidan materiallar

Internet ma’lumotlari:
www.ziyonet.uz
www.thinsancom.uz
www.uforum.uz
www.literature.uz
4-маvzu: Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, A.Navoiy asarlarida notiqlik san'atiga munosabat (2 s.)


REJA:
1.Forobiy falsafiy qarashlari.
2. Beruniy, Ibn Sino asarlarida va’z va voiz haqida.
3. Kaykovus va A.Navoiyning ifodali nutq hamda notiqlik haqidagi fikrlari.
4.Badiiy asarni o`qish, qabul qilish va estetik o`zlashtirishning nazariy kriteriyalari.
Tayanch tushunchalar. Mutolaa san'atining mohiyati, Sharq madaniy tafakkuri, Sharq va G`arbda mutolaa va voizlik,Sharq madaniy tafakkurida mutolaa va voizlik, Sharqlik qoizlarining mutolaaga oid qarashlari.


Mutolaa vа nоtiqlik sаn’аti bir-biri bilаn chаmbаrchаs bоg`liq, hаr ikkаlаsi hаm kishilаr nutqiy fаоliyatining nаmunаli bo`lishini tаqоzо qilаdi. Аmmо nоtiqlik sаn’аti аlоhidа mаhоrаt vа qоbiliyat tаlаb qilаdi. Chunki hаr qаndаy mаdаniy nutq egаsi mоhir nоtiq bo`lаvеrmаydi. Shungа ko`rа hаr ikkаlаsining hаm o`zigа xоs tаrixi mаvjuddir.
Sаn’аtning eng qаdimiy turlаridаn biri nоtiqlikdir. Tinglоvchilаrgа birоr nаrsа-hоdisаni tushuntirish, isbоt etish yoki ulаrning hissiyotigа, tushunchаsigа tа’sir qilish niyatidа so`zlаngаn nutq nоtiqlik fаоliyatigа kirаdi. Bu hоdisаni sаn’аt dаrаjаsigа ko`tаrаоlgаn hаr bir shаxs nоtiqdir.
Til bоyligidаn mоhirlik bilаn fоylаnаоlish, o`shа bоylikni nutqning g`оyaviy mаzmunigа mоslаb qo`llаy bilish nutq mаdаniyatidir.
Nutq mаdаniyati hаm uslubiyat ilmi hаm o`zining uzоq o`tmishigа egа. Ulаr tа’limоt sifаtidа qаdimgi Rim vаАfinаdа shаkllаngаn. Gаp shundаki, qаdimgi dаvlаt аrbоblаrining оbro`-e’tibоrli yuqоri lаvоzimlаrgа ko`tаrilishi ulаrning nоtiqlik mаhоrаtigа hаm bоg`liq bo`lgаn. Nоtiqlik sаn’аti sаrkаrdаlik mаhоrаti bilаn bаrаvаr dаrаjаdа ulug`lаngаn. Bu ikki sаn’аtni mukаmmаl egаllаgаn аrbоblаrginа yuqоri lаvоzimlаrgа sаylаngаn. Hоzirgi shаrоit hаm shuni tаqоzо etmоqdа. Grеk nоtig`i Dеmоsfеn vа Rim nоtig`i TSitsеrоnlаrning hаyoti bungа misоldir. Ulаr kishilik jаmiyatidа ritоrikа vа nоtiqlik sаn’аtining o`zigа xоs mаktаbini yarаtgаnlаr. Jumlаdаn, TSitsеrоn fikrichа, nоtiq quyidаgi xislаtlаrgа egа bo`lmоg`i lоzim:
1. Nоtiqning o`zi judа dаdil vааmin bo`lishi kеrаk.
2. Nutq to`lа isbоtlаnishi lоzim.
3. Nutqdаgi hаmmа nаrsа muhim hisоblаnishi kеrаk
4. Nutq mаtеriаlini sidqidil to`plаsh vа idrоk etishi kеrаk
5.Mаtеriаlni jоylаshtirаоlishi, tushunishgаоsоn bo`lishini tа’minlаshi lоzim.
Shаrqdа nоtiqlik sаn’аti vоizlik dеb yuritilgаn. SHungа ko`rа nutq–vа’z, nоtiq–vоiz dеb yuritilgаn. “Qоmusi Usmоniy” lug`аtidа shаrhlаnishichа“Vа’z kishilаrning qаlbini yumshаtаdigаn pаnd-nаsihаtdir”.
Nоtiqlik sаn’аti judа ko`p tаrixiy dаvrlаrni bоshidаn kеchirdi vа shubhаsizki, bu dаvrdа o`sdi, o`zgаrdi.
Ma'lumki, IX-XV asrlarda Markaziy Osiyo xalqlari jahon madaniyati taraqqiyotining yuksak cho`qqisiga ko`tarildi. Bu davrda Movarounnahr zaminidan jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Burhoniddin Marg`inoniy, Xorazmiy, Ahmad Farg`oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Mahmud Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Husayn Voiz Koshifiy singari buyuk siymolar yetishib chiqdi. Ular dunyo tamaddunida o`z ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy merosi bilan alohida o`rin egallaydilar. Shu bois bu davr SharqdaUyg`onish davri hisoblanadi. Bu yillarda madaniyat, san'at, ilm-fan rivojlanishi barobarida, madaniyat targ`ibotchilari, ulkan so`z san'atkorlari - voizlar ham yetishib chiqdi.Shаrq nоtiqlik sаn’аti hаm o`zigа xоs xususiyatlаrgа egа. Mаvlоnо Fаhriddin аli Sаfiyning “Lаtоyifut-tаvоyif” nоmli аsаridа Sultоn Bоyqаrоning mаvlоnо Irshоd nоmli so`z ustаsi bo`lgаnligi, uning zo`r nоtiq ekаnligi qаyd qilingаn. Xuddi shuningdеk, qоzi O`shiy mаshhur o`zbеk nоtiqlаridаn biri bo`lgаn. U “Miftоhun-nаjjоh“ (“So`zning kаliti”) dеgаn nоtiqlik mаhоrаtigа bаg`ishlаngаn risоlа hаm yozgаn.
O`zbеk nutqi mаdаniyati vа nоtiqlik tаrixi ulkаn bir xаzinаdirki, uni tаdqiq etish, o`rgаnish hоzirgi kundа hаm o`z аhаmiyatini yo`qоtgаn emаs.
Nutq mаdаniyati vа nоtiqlikkа e’tibоr kun sаyin оrtib bоrmоqdа. Jumlаdаn, mаktаblаrdа, o`rtаumumtа’lim, o`rtа mаxsus tа’lim vаоliy o`quv yurtlаridа nutq o`stirish, nutq mаdаniyati kurslаri аlоhidа fаn sifаtidа o`qitilmоqdа. Sаvоdxоnlik, tilgа, nutqqа e’tibоr yanаdа kuchаytirilmоqdа. Shu sоhа bo`yichа ilmiy nаzаriy аnjumаnlаr Tоshkеnt, Sаmаrqаnd, Tеrmiz, Nаvоiy shаhаrlаridа bo`lib o`tdi. Nutq mаdаniyati vа nоtiqlik sаn’аtigа bаg`ishlаngаn аlоhidа dаrslik, o`quv qo`llаnmаlаri, оmmаbоp risоlаlаrning ko`p nusxаdа chоp etilishi bu sоhаning rivоjlаnishigа munоsib ulush bo`lib qo`shildi.
O`zbеkistоndа el tаniydigаn nоtiqlаr еtishib chiqdi. Qоdir Mаxsumоv, Tuyg`unоy Yunusxo`jаyеvа, Muhsin Аlimоv, Jo`rа Yo`ldоshеv, Lаziz Qаyumоv, Erkin Yusupоv vа bоshqаlаrning nutqlаri o`zining mаzmundоrligi vа tа’sirchаnligi bilаn аjrаlib turаdi.
Umumаn оlgаndа, vоizlik (nоtiqlik) elimizning qоn-qоnigа singib kеtgаn sаn’аtdir. Bu bоrаdа ilmiy-аmаliy izlаnishlаrni to`xtоvsiz dаvоm ettirish dаvr tаlаbidir.
O`rta Osiyoda hozirgi O`zbekiston hududida notiqlik, ya’ni voizlikning vujudga kelishi va rivojlanishining tarixiy ildizlari juda qadimiydir. Ma’lumki, qadimiy Sharqda, taxminan IX asrgacha voizlik vazifasini shoh, xalifa, sulton, qirol va harbiy sarkardalar bajarganlar. Ular asosan, juma kunlari, hayit, navro`z va boshqa bayram marosimlarida jamoani to`plab, davlat siyosati, tuzumi, fuqarolarning majburiyat va burchlari, jumladan, bahodirlik, itoatkorlik, qonunlarga rioya qilish, boshqa qo`shni mamlakatlardagi vaziyat, dushmanlarning kirdikorlari, mudofaa, o`z ichki, tashqi siyosatlari va boshqalar haqida va’z aytganlar.
O`rta Osiyoda ilk Uyg`onish davrining mashhur mutafakkiri va voizlaridan bo`lgan Abu Nasr Forobiy (870-950) va’z aytganda to`g`ri so`zlash, to`g`ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go`zal nutq matnini tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning roliga nazariy va amaliy jihatdan katta e’tibor beradi. Forobiy voizlik talablari haqida gapirib: «Voizning so`zlari aniq bo`lsin, fikrini va aytmoqchi bo`lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin», - deydi. Нотиқлик санъати ҳам равнақ топди. 
Абу Наср Форобий Абу Наср Форобий 873 йилда ҳозирги Чимкент вилоятининг Фороб қишлоғида туғилиб, 950 йилда Дамашқда вафот этган. Унинг тўлиқ исми Абу Наср Муҳаммад ибн Муҳаммад Ўзлуғ Тархон ал-Форобийдир. 
Sharq Uyg`onish davrining buyuk vakili Abu Nasr Forobiy ijtimoiy va tabiiy fanlar sohasida qomusiy bilim sohibi bo`lib, 160 dan ortiq asar yaratgan. U poliglot sifatida 70 dan ortiq tilni mukammal egallagan. Jumladan, yunon tilida yunon falsafasiga oid sharhlar yozganligi uchun dunyo miqyosida nomi keng tarqalgan. Shu bois Sharqda “Al-Muallim as-Soniy» (Arestoteldan keyingi, ikkinchi muallim) ya'ni, “Sharq Arastusi» nomi bilan ulug`langan.
Qomusiy alloma tilshunoslik, she'riyat, musiqa, falsafa, poetika, xattotlik hamda notiqliq san'atiga doir mukammal asarlar yozgan. “Xattotlik haqida kitob» (“Kitob fissan'at al-kitobat“), “Lug`atlar haqidagi kitob“ (“Kitob fil-lug`at“), «Ritorika haqida kitob (“Kitob fil- xitoba”) kabi asarlar shular jumlasidandir.
Aql masalasi chuqur talqin qilingan Forobiyning “Aql ma'nolari haqida” risolasida aql, bir tomondan, ruhiy jarayon; ikkinchi tomondan, tashqi ta'sir, ta'lim-tarbiya natijasi ekanligi ta'riflanadi. Insonga xos bo`lgan tug`ma xususiyat va ruhiy kuch bilan bog`liq narsa, alloma fikricha, aqldir. Insonga xos tug`ma instinkt tushunish, fahmlash, muhokama qilish va fikrlash quvvati bolada kamolot sari rivojlanib, takomillashib boradi.
Forobiyning mantiqqa doir asarlarida aql masalasi muhim rol o`ynaydi. U aqlga ta'rif berish bilan birga inson faoliyatida aqlning roli xususida keng to`xtaladi. Forobiyning yozishicha, mantiq san'ati kishiga shunday qonunlar haqida ma'lumot beradiki, bu qonunlar vositasida aql chiniqadi, inson sog`lom fikrlashga o`rganadi – haq va to`g`rilik qaysi tomonda ekanini anglaydi, turli xatolarga yo`l qo`yishdan saqlanadi . Forobiy fanlar mazmunini mantiq tashkil etishini alohida ta'kidlaydi. Jumladan, mantiq ilmi va grammatika o`rtasidagi bog`liqlik haqida: “Mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo`ldan olib borish uchun aqlni to`g`rilab turadi”,-deb yozadi.
Forobiy mashhur asarlaridan biri “Fozil odamlar shahri”da mashhur shaxslarning o`n ikki muhim sifatini sanab o`tadi. Shulardan beshinchi sifati notiqlik mahorati bo`lib, bu haqda “Notiqning so`zlari aniq bo`lsin, fikrini va aytmoqchi bo`lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin”,-deb alohida to`xtaladi.
Forobiy asarlarida so`z san'ati, notiqlik mahorati haqida ahamiyatli qaydlar ko`plab uchraydi. Chunki Forobiyning o`zi mashhur notiq bo`lgan. Bu kasbni benihoya qadrlagan. Manbalarda Forobiy shirinso`z, hozirjavob, mushkul masalalarni ham bir zumda hal qila oladigan donishmand notiq bo`lganligi qayd etilgan.Forobiyning ko`p tillarni biluvchi poliglot olimligi haqida qayd qilingan edi. Bu haqda aniq dalillar bilan bir qatorda rivoyatlar ham mavjud… Kunlarning birida Forobiy Damashq hokimi huzuridagi olimlar majlisiga tashrif buyuradi. Hokim Sayfuddavla Forobiyni o`tirishga taklif qiladi. Shunda hozirjavob alloma:” O`zimning martabamga qarab o`tiraymi yoki Sizning martabangizga qarab o`tiraymi”,- deya savol bilan murojaat qiladi. “O`zingning martabangga qarab o`tir”,-javob qaytaradi hokim. So`ngra Forobiy hokim taxti yoniga borib o`tiradi. Bu hol hokimga ma'qul kelmay, “Bu turk odobsizlik qildi, axloqsizligi uchun ketayotganida uni jazolanglar”,- degan mazmunda soqchisiga shipshitadi. Ko`pchilikka noma'lum bo`lgan bu sirli qarashni sezgan Forobiy: ”Men hech bir gunoh ish qilganim yo`q-ku, nima uchun meni jazolaysiz?-deb so`raydi. Olimning zukkoligidan hayratlangan hokim, bu tilni hech kim bilmas edi, sen qaerdan o`rgangansan?- degan murojaatiga Forobiy: “Men ko`p tillarni o`rganganman”,- deb javob qaytaradi. Yoniga o`tirgan shaxs buyuk alloma, “Ikkinchi muallim” nomi
bilan dong taratgan Forobiyligini sezib qolgan hokim undan uzr so`raydi va hurmatini joyiga qo`yadi.
Abu Rayhon Beruniyning ta’kidlashicha, inson nutqi o`z tuzilishi, materialiga ko`ra rostni ham, yolg`onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko`plab bahs-munozaralarga sabab bo`ladi. Inson bu bahs-munozaralar jarayonida rostni yolg`ondan ajratadigan «mezon»ni yaratadi. Inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talab bilan yuzaga kelgan mantiq fanining qiyosi rostni yolg`ondan ajratish vositasi bo`lib qoldi. Inson nutqida shubhali o`rinlar sezilsa, ma’lum «mezon» yordamida ular tuzatiladi. Shu bois Beruniy yaxshi nutq matnini tuzish va mazmunli nutq so`zlash uchun grammatika, aruz va mantiq ilmini chuqur bilish lozimligini uqtiradi.
Buyuk tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino Sharq uyg`onish davrida muhim o`rin egallaydi.
Dunyo ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan Abu Ali ibn Sino qomusiy bilim sohibi. Ilm-fan, madaniyat tarixida nomi zarrin harflar bilan bitilgan. Sharqda tabiblik sohasida dong taratgan Ibn Sino g`arbda “Avitsenna “ nomi bilan mashhur bo`ladi.
Abu Ali ibn Sino buyuk tabib, matematik, faylasuf va shoir sifatida 280 dan ortiq qimmatbaho asarlar yozib qoldirgan. Tilshunoslik, poeziya nazariyasi, musiqashunoslik ba boshqa sohalar bilan ham mashg`ul bo`lgan. “Arab tili grammatikasi”, “She'r to`g`risidagi kitob”, “Musiqa haqida risola” kabi asarlar shular jumlasidandir. Ibn Sinoning ta'lim-tarbiya, axloq va nutq madaniyati haqidagi qarashlari notiqlik san'ati tarixi bilan bevosita bog`liqdir. Bu borada
Ibn Sino nutq jarayonida quyidagilarga qat'iy amal qilishni uqtiradi:
- nutqda ohang muhim rol' o`ynaydi. Shu bois ohangga e'tibor berish lozim;
- notiq birinchi navbatda tinglovchilar saviyasini, dunyoqarashini e'tiborga olishi kerak;
- ortiq nasihatgo`ylik nutqqa putur yetkazadi, o`rtoqlik tarzida olib borilgan suhbat kuchli taassurot qoldiradi;
- barchaga yoqimli, muloyim, ohangdor nutq maqsadga muvofiqdir;
- o`rinli dashnom hayotiy misollar bilan qiyoslab berilsa, ijobiy samara berishi tabiiydir;
- nutq jarayonida e'tiqod masalasida bir necha dalillarga tayanilsa, nafaqat tinglovchiga ta'sir qilishi mumkin, balki o`zi haqida o`ylashga, haqiqatni izlashga harakat qiladi;
- tinglovchi nutqni e'tibor bilan eshitayotganda, nutq oxirigacha mantiqan izchil davom
ettirilishi maqsadga muvofiqdir, aks holda mavzuni almashtirishga to`g`ri keladi.
Ibn Sino fikricha, notiq o`z nutqiga nihoyatda e'tibor berishi lozim. Kamchilik, nuqsonlarni ko`ra bilishi kerak. «Agar biror kamchilik e'tibordan chetda qolsa, butun mehnat zoe ketadi va istalgan natijaga olib kelmaydi».
Nutqda notiq tomonidan chetlab o`tilgan nuqsonlar, salbiy natijalarga olib kelishi ham mumkin. Bunday kamchiliklarni Ibn Sino «Sirti tuzalgan, lekin ichidan yiringlab ketgan yara»ga qiyoslaydi. Bu nuqsonlar «vaqti bilan yiringlab, o`zining yaramas va be'mani qiyofasini ko`rsatadi», - deb alohida ta'kidlaydi. Bunday kamchiliklar ko`proq hukmron doira vakillarida uchrashi tabiiy edi. Shu bois Ibn Sino bu boradagi fikrlarni ko`proq o`shalar nutqiga tegishliligini ta'kidlaydi. «Odamlar hukmdorlardan qo`rqishlari tufayli ba'zan ularning kamchiliklarini bilsalar ham yuziga haqiqatni ayta olmaydilar. Amaldorlar o`z nutqlaridagi kamchiliklarni har doim ham seza olmaydilar, ba'zan esa sezsalar ham lavozim, mansabdan foydalangan holda o`zlarini boshqalardan ustun qo`yadilar. Buning natijasida ularning xulqlari buzila boshlaydi, bu hol davlat ishiga ham salbiy ta'sir etadi», - deb yozadi.
Bundan tashqari, Abu Ali ibn Sino o`zining nazmiy asalarida ham notiqlik, nafosat, so`zga chechanlikning; kishi tafakkuri, aql-idrokining oynasi til tufayli ekanligini ta'kidlaydi:
Inson notiqligi, saodat tildan,
Nazokat tildandir, nafosat tildan.
Hayot saboqlari ko`rsatur shuni,
Do`zax tildan erur va jannat tildan. (Ibn Sino. Farosat ilmi haqida).
Abu Ali ibn Sino voizlikning amaliy va nazariy masalalarini quyidagicha talqin etadi:

  • nutq qo`pol ohangda bo`lmasligi kerak;

  • tinglovchilarning ilm darajasini hisobga olish zarur;

  • va’zxonlikka ko`p berilmaslik kerak;

  • nutqni muloyim ohangda olib borish kerak;

  • agar (nutqingda) biror kishini tanqid qilmoqchi bo`lsang, boshqalarning kamchiliklari bilan qiyoslab tanqid qil;

  • agar haqiqatni aytmoqchi bo`lisang, faqat bir faktga tayanma, balki ko`p masalalar bilan isbotla, shu narsa haqida o`ylashga va haqiqatni izlashga ishontir;

  • agar tinglovchilar sening nutqingni e’tibor bilan quloq solib tinglayotgan bo`lsa, nutqingni davom ettir va hech nimani sir saqlama, lekin tinglovchilarning e’tiborsizligini sezsang, gapni boshqa mavzuga burganing ma’qul.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling