Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati” fanidan materiallar 1-mavzu: “Mutolaa madaniyati” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Download 0.75 Mb.
bet7/30
Sana28.12.2022
Hajmi0.75 Mb.
#1023200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
“Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati”fanidan materiallar

Arastu yoki Aristotel (yun.Ἀριστοτέλης; miloddan avvalgi 384/383, Stagira – miloddan avvalgi 322/321, Xalqida) qadimgi yunonfaylasufiAflotun shogirdi va Iskandar Zulqarnayn ustozi bo`lgan.
fizikametafizikanazmteatrmantiqritorikasiyosatetikabiologiya hamda zoologiyaga oid ishlar yozib qoldirgan.
Miloddan avvalgi 367 yilda Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil ko`rdi, 20 yoshida uning ishlarida ishtirok etdi. Miloddan avvalgi 343 yildan e’tiboran Makedoniya podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrga murabbiylik qildi. Miloddan avvalgi 335 yilda Afinaga qaytib, o`zining Likey maktabini tashkil qildi. Aleksandr vafotidan so`ng 323 yilda xudosizlikda ayblanib, Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur bo`ldi va umrining oxirigacha shu erda yashadi.
Arastu qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi, uning ta’limoti ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtai nazardan yoritib berdi. Fan sohalarini tasniflashda falsafiy tizim yaratish bilan Arastu insoniyat tafakkurini rivojlantirishga juda kuchli ta’sir ko`rsatdi. Arastu ijodi o`z zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab oldi. O`zining „ilk falsafa“ ga oid („Metafizika“) asarida Platonning g`oyalar nazariyasini tanqid qildi. „Platon g`oyalari“ moddiy predmetlarning oddiy nusxasi, aynan o`zi ekanini ko`rsatdi. Arastu ayrimlik va umumiylikning o`zaro munosabati masalasini hal etdi. Ayrimlik „biron-bir joy“dagina va „hozir“dagina mavjuddir, uni his bilan idrok etish mumkin. Umumiylik esa har qanday joyda va har vaqtda („hamma yerda“ va „hamma vaqt“) mavjud, u muayyan sharoitda ayrim holda yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok qilinadi. Shuningdek umumiylik – fan predmeti, uni aql vositasida bilib olish mumkin.
Arastu olamdagi hodisalar va predmetlarning sabablarini to`rt guruhga bo`ladi: 1) moddiy sabab yoki materiya; 2) shakliy sabab yoki shakl; 3) yuzaga keltiruvchi sabab; 4) oxirgi sabab yoki maqsad. Garchi Arastu materiyani dastlabki sabablardan biri, deb e’tirof etsa ham, uni faqat passiv asos, imkoniyat xolos, qolgan uch sababni esa – faol sabab, deb hisoblaydi. Masalan, uning fikricha, shaklsiz hech qanday narsaning bo`lishi aslo mumkin emas, shakl – borliq mohiyatidir, shakl – abadiy, o`zgarmas va moddiy sababdan ustunroqdir. Yuzaga keltiruvchi sabab harakat yoxud turg`unlik manbaidir. Harakat, deydi Arastu, biron-bir narsaning imkoniyatdan voqelikka o`tishidir. Harakatning to`rt turi bor, bular: sifatli harakat yoki o`zgarish; miqdoriy harakat yoki ko`payish va kamayish; joyni o`zgartirish yoki makondagi harakat; vujudga kelish va yo`q bo`lishdan iborat. Oxirgi sabab yoki maqsad – harakat, o`zgarish, inson faoliyatining oqibatidir.
Arastu ta’limotiga binoan, xudo – o`z qonunlari bo`yicha rivojlanayotgan barcha shakllar, tabiatdagi jamiki hodisalar va hamma mavjud narsalarning oliy maqsadi, „shakllarning shakli“, maqsadi, olamni harakatga keltiruvchi ilk kuchdir. Arastu nazariyasiga ko`ra, har qanday real mavjud bo`lgan ayrim narsa „materiya“ bilan „shakl“ning birligidan iborat, „shakl“ esa narsaning o`ziga xos „ko`rinishi“dir, unga ham „materiya“, ham „shakl“ deb qarash mumkin. Shu tariqa butun voqe olam „materiya“dan – „shakl“ ga va „shakl“dan – „materiya“ga izchil ravishda o`tish jarayonidan iborat.
Arastu bilish haqidagi ta’limotida „dialektik“ bilish bilan „apodiktik“ bilishni bir-biridan farqlaydi. „Dialektik“ bilish – tajriba samarasi bo`lmish „fikr“ni, „apodiktik“ bilish esa ishonchli bilimni vujudga keltiradi. Ammo Arastu tajribani ishonchli bilimning oliy darajasi, deb hisoblamaydi, uning fikricha, bilimning eng oliy qonun qoidalari bevosita aql vositasidagina idrok etiladi.
Arastu mantiq ilmining asoschisidir. Arastu yaratgan va „analitika“ deb nomlagan mazkur fan tafakkurning tushuncha, muhokama, xulosa kabi asosiy shakllaridan, ayniyat, qarama-qarshilik va uchinchisi istisno qonunlaridan, fikrni isbotlash yoxud rad etish uslublaridan, bir qancha kategoriyalardan iborat. Mantiq „ilk falsafa“ („metafizika“) bilan birgalikda fan sohalarining falsafiy tasnif tizimini tashkil etadi. Biologiya sohasidagi Arastu ilmiy xizmatlaridan biri – o`simlik va hayvonot turlarining biologik jihatdan maqsadga muvofiqligi haqidagi ta’limotidir. O`simliklarning urug`dan o`sib-rivojlanishi, hayvonlardagi instinktlarning maqsadga muvofiq tarzda yuzaga kelishi, a’zolarining o`zaro mutanosib ravishda harakat qilishi – tabiatdagi maqsadga muvofiqlik namunasidir.
Arastu jahon ilm tarixida ilk bor axloq fani – etikaga asos soldi. Uning axloq sohasidagi ma’naviy ideali Xudodir, Xudo eng oliy faylasuf va mutafakkirdir. Arastu aql-zakovatning kuzatish, mushohada qilishdan iborat faoliyatini barcha ne’matlardan ustun qo`yadi, uni ezgulik, rohat va lazzat manbai, deb biladi. Amaliy faoliyat esa hamisha ham aql hukmiga bo`ysunavermaydi, binobarin kundalik ishlarda ham aql, ham hayotiy tajribani ishga solib o`rta yo`lni tanlagan ma’qul.
Arastuning siyosiy qarashlari „inson – ijtimoiy mahluqdir“ degan g`oyaga asoslanadi, ya’ni oila, jamiyat, davlat – inson hayoti va faoliyatining asosiy sohalaridir, bularsiz u yashay olmaydi.
Arastu oilaviy va ijtimoiy tarbiyani davlat tuzumini mustahkamlash vositasi, deb biladi, binobarin maktab faqat davlatniki bo`lishi, unda barcha fuqarolar (qullardan tashqari) avvalo davlat tuzuk tartibotidan saboq beruvchi ilmlarni egallashi shart. Arastu davlat masalasida har qanday arbob qulay siyosiy shart-sharoit vujudga kelishini kutib o`tirmay, mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, yaxshi konstitutsiya asosida kishilarni boshqara bilishi, birinchi galda yosh avlodning jismoniy va aqliy tarbiyasi haqida qayg`urishi lozim, deb hisoblaydi.
Arastu davlatni idora etishning uchta ma’qul va uchta noma’qul shakli mavjud, degan g`oyani olg`a suradi. Yaxshi boshqaruv shakllari amal qilgan davlatda undan g`arazli maqsadlarda foydalanish imkoni istisno etiladi, hokimiyat esa butun jamiyat xizmatida bo`ladiki, bular – monarxiya (yakka podsho hukmronligi), aristokratiya (aslzodalar hukmronligi) va „politiya“ (o`rta tabaqa, mo`’tadil demokratiya hukmronligi)dir. Aksincha, tiraniya (zolimona hukmronlik), sof oligarxiya (qudratli kishilar to`dasining hukmronligi) va oxlokratiya (haddan oshgan olomon hukmronligi) – monarxiya, aristokratiya va „politiya“ shakllarining vaqt o`tishi bilan batamom aynigan, yuz tuban ketgan ko`rinishidir.
Arastuning tarbiya nazariyasi zamirida axloqiy va ruhiy qarashlari yotadi: tarbiyadan maqsad – ruhning oliy jihatlari bo`lmish aql-zakovat va irodani kamol toptirishdir. Tarbiyaning o`zaro chambarchas bog`liq uch jihati – jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya – ruhning uch turiga muvofiq keladi, ya’ni kamolatga erishishning harakatlantiruvchi kuchlari – tabiiy qobiliyat, ko`nikma va aql-idrokdan iborat hamda tarbiya ishi ayni shu kuchlarga asoslanishi zarur. Arastu o`z iqtisodiy ta’limotida qullik – tabiiy bir hodisa va u doimo ishlab chiqarish? negizi bo`lishi lozim, degan nuqtai nazarga suyanadi. U tovar-pul munosabatlarini tadqiq etib, natural xo`jalik bilan tovar ishlab chiqarish? o`rtasidagi tafovutlarni anglab etish darajasiga yaqin keldi. Uningcha, boylik ikki turdan iborat: iste’mol qiymatlari yig`indisi sifatidagi boylik va tovar ayirboshlash qiymatlari sifatidagi boylik. 1-tur boylik (uni Arastu „tabiiy boylik“ deb ataydi) manbai – dehqonchilik va hunarmandchilik bo`lib, kishilarning tub ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. 2-tur boylik esa (uni Arastu „g`ayritabiiy boylik“ deb nomlagan) aksincha, bevosita ehtiyoj buyumlaridan iborat bo`lmay, o`zaro ayirboshlash, muomala negizida vujudga keladi. Boylik 1-turining miqdori inson ehtiyojlari bilan chegaralansa, 2-turining miqdorini esa aslo cheklab-chegaralab bo`lmaydi. Shuningdek Arastu iste’mol qiymati bilan tovar qiymati o`rtasidagi chegarani birinchi bo`lib belgilab berdi, turli xil tovarlari faqat pul vositasida o`zaro qiyoslash mumkin, deb hisobladi.
Arastudan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng mashhurlari:

  • „Politiya“,

  • „G`oyalar haqida“,

  • „Farovonlik haqida“,

  • „Birinchi analitika“,

  • „Ikkinchi analitika“,

  • „Kategoriyalar“,

  • „Fizika“,

  • „Metafizika“,

  • „Jon haqida“,

  • „Nikomax axloqi“,

  • „Yevdem axloqi“,

  • „Axloqi kabir“,

  • „Siyosat“,

  • „Ekonomika“,

  • „Etika“,

  • „Poetika“,

  • „Ritorika“

Arastu barcha zamonlar olimlari ustoz deb bilgan buyuk alloma. Uning qomusiy asarlari, Sharq mutafakkirlari ijodida ham chuqur iz qoldirgan. 7 – 8-asrlardan boshlab ayniqsa Horun ar-Rashid va Ma’mun davrida Arab xalifaligi hududida Arastu asarlari tarjima etilib o`rganildi, ularga o`nlab izoh va sharxlar bitildi. Bu ishda O`rta Osiyoning ulug` olimlari katta rol o`ynadi. Abu Nasr Forobiy Arastuning „Metafizika“, „Jon haqida“, „Etika“, „Kategoriyalar“, „Topika“, „Analitika“ asarlariga ilmiy sharxlar yozib, „Sharq Arastusi“ degan unvonga sazovor bo`ldi. Abu Ali ibn Sino o`z ustozlarining ilg`or g`oyalarini yanada rivojlantirib, Arastu va Forobiydan keyin „Uchinchi muallim“ deb ataldi.
Ibn Sino bilan Beruniy o`rtasida Arastuning „Osmon haqida“ va „Fizika“ asarlari to`g`risidagi munozarasi vatanimizda Arastu merosiga qiziqish benazir bo`lganidan dalolat beradi. Arab faylasufi Ibn Rushd o`z salaflari Hunayn ibn Ishoq, Ishoq ibn Hunayn, Matto ibn Yunus va Yahyo ibn Adiy, al-Kindiy kabi Arastu ijodini targ`ib etib, asarlariga sharhlar yozib, „Buyuk Shorih“ degan nom oldi. O`rta asr Sharqida Arastu ta’limotini davom ettirib, uni Yevropaga tanitib, yetuk ilmiy asarlar yaratgan faylasuflar butun dunyoda „Sharq aristotelchilari“ unvoni bilan mashhurdir.
Rim notiqlik maktabining yana bir buyuk vakili Mark Fabiy Kvintiliandir. U о‘zining «Notiq bilimi haqida» kitobida bilimdonlikni notiqlikning bi-rinchi sharti qilib qо‘yadi. Kvintilian notiqlikka doyr bilimni juda yoshlikdan о‘rgana borish kerak, deydi. Nutqning tinglovchi uchun tushunarli bо‘lishiga katta ahamiyat beradi. U «Sen shunday sо‘zlaginki, seni har bir kishi tushuna olsin»,— degan edi.
Yunon madaniyati, xususan, Afina notiqlik san’ati tanazzulga yuz tutgan bir paytda Italiyada Rim notiqlik san’ati rivojlana boshladi. U antik notiqlikning yana bir muhim tarmog`i edi. Bu notiqlik lotin tilida shakllanganligi tufayli lotin notiqligi deb ham yuritiladi.
Rim imperiyasi ijtimoiy mazmuni jihatidan quldorlik tizimiga asoslangan bo`lib, unda faqat ijtimoiy tuzum taraqqiyoti emas, balki notiqlik san’ati taraqqiyotida ham Yunoniston tarixining, xususan, Afina tarixining ayrim bosqichlarining takrorlanishini ko`ramiz. Chunki Rim madaniyatiga yunon, xususan Attika madaniyati katta ta’sir o`tkazgan edi. Negaki, yunon demokratiyasining ravnaqi eramizdan oldingi V asrga to`g`ri kelsa, Rim imperiyasining rivojlanish davri eramizdan oldingi IV-III asrlarga to`g`ri keladi. Shuning uchun ham ilg`or yunon madaniyati, yunon notiqlik san’atining Rim notiqlik san’atiga ta’sir etishi tabiiy bir hol edi.
Eramizdan oldingi II asrdan boshlab Rim imperiyasining quldorlik siyosati kuchaydi. Bu o`z navbatida qullarning g`azab kosasi to`lishiga sabab bo`ldi va qullar bilan quldorlar orasida keskin kurash davri boshlandi. Ajoyib satirik Lusiliy (eramizdan oldingi 180-102 yillar) asarlarida bu kurash yorqin aks ettirilgan. Siyosiy-ijtimoiy sharoitda so`z san’ati yana kuchga kirdi va davlat arboblari shu qudratli qurol – notiqlik san’ati vositasi bilan kurash olib bordilar. Rim imperiyasida Katon, aka-uka Grakxlar, Mark Antoniy, Sitseronkabi yirik notiqlar yetishib chiqdi.
Yirik davlat arbobi va notiqlardan biri Katon qadimgi olimlarning hisobiga ko`ra 150 taga yaqin nutq meros qoldirgan. Katonning eng sevimli usuli masalani muxtasar, ixcham bayon qilish uslubini qo`llagan. U masalani g`oyat keskin tarzda qo`ygan. Fikrlarni stilistik jihatdan g`oyat go`zal konstruksiyada, ifodali va ta’sirchan shaklda bayon etishni xush ko`rgan. Har bir masala bilan tanishar ekan,uni atroflicha o`rganib chiqishga e’tibor bergan. Katon notiq sifatida shu qadar kuchli mahorat egasi ediki, bu borada unga Sitseron ham tan berib yozadi: "Hammasini yanada chiroyliroq, yanada nafisroq qilib aytish mumkin, ammo hech narsani undan kuchliroq va jonliroq qilib aytish mumkin emas". His-hayajon bilan so`zlash borasida Sitseron deyarli hech kimga shu qadar yuksak baho bermaydi.
Sitseron fikricha, "har qanday notiqning asosiy maqsadi – tinglovchining zavqini uyg`otib, o`ziga moyil qilishdan iborat". Buning uchun esa, zarur bo`lgan notiqlik uslublarining barcha imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Sitseron sud notiqligi bo`yicha shuhrat qozongan. U eramizdan oldingi 63-yilda oliy lavozimga – konsullikka saylanadi. Bu lavozimda turib u aristokratlarni himoya qiladi va demokratik guruhlarning ashaddiy dushmaniga aylanadi.
Tarixiy ma’lumotlarga ko`ra Sitserondan quyidagi asarlar qolgan:
1. Jami 150 nutq. Shundan 58 tasi bizgacha yetib kelgan.
2. Falsafa mavzularida yozilgan 12 ta asar.

  1. Notiqlik tarixi va nazariyasiga oid 7 ta risola.

  2. Jami 800 ga yaqin maktub.

Sitseronning notiqlik san’atiga bag`ishlangan asarlari orasida uch risola – "Notiq haqida", "Brut yoki mashhur notiqlar haqida" va "Notiq" nomli asarlari juda katta tarixiy, nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu risolalarda notiqlik san’ati deyarli barcha aspektlarda tahlil etilgan.
Sitseron notiqlik mahorati o`ziga xos xislatlarga ega. Masalan, u biror fikrni bayon etar ekan, nutqini shu fikr doirasi bilan cheklab qo`ymagan. Aksincha, uning nutqlarida fikr erkinligi hukmron bo`lgan va notiqning falsafiy, siyosiy, axloqiy qarashlari har doim uyg`un tarzda mujassamlashgan. Sitseron notiq sifatida o`z tinglovchisiga emotsional ta’sir etish masalasiga alohida e’tibor bergan. Shuning uchun ham uning nutqlarida balandparvoz so`z, ibora va jumlalar ko`p uchrar, nutqining umumiy yo`nalishi ulug`vor uslubga moyil edi. Biroq ana shu ulug`vorlik orasida u oddiylik, kulgi-mutoyiba, ritorik savollardan ham foydalanardi. Shu jihatdan qaraganda uning nutq uslubi qorishiq, umumiylashgan uslubga ham o`xshab ketardi.
Sitseron matnning ravonligi, go`zalligi, ifodaliligi va musiqiyligiga alohida ahamiyat bergan.
Sitseron o`z nutqiga katta tayyorgarlik ko`rgan. Shunday bir rivoyat bor, Sitseron bir kuni nutq so`zlashga tayyorlanib ulgura olmagani uchun nima qilishini bilmay turgan ekan. Xuddi shu paytda bir qul xizmatkor kirib, majlis qoldirilganini xabar qilibdi. Sitseron quvonganidan o`sha qulni shu zahotiyoq ozod qilib yuborgan ekan. Kishi shoir bo`lib tug`iladi, ammo notiq bo`lib yetishadi, degan hikmatni olg`a surgan Sitseron chindan ham notiqlik san’atini izlanish va mehnat tashkil etishini yaxshi tushungan va shu haqiqatga ishongan.
Sitseron nutq kompozitsiyasiga alohida e’tibor bergan. Ayniqsa, nutqning kishilar ongiga ta’sir etuvchi qismi - argumentatsiya, mantiqiy isbotlarga va kishilarning hissiyotiga ta’sir etuvchi qismiga alohida e’tibor qilgan.
Sitseron nutq jarayonida uch muhim omilga alohida e’tibor berishni ta’kidlagan. Bu nutqning kirish qismi, xotimasi va repetisiyasidir.
Sitseronning hayoti, ijodi, falsafiy va adabiy qarashlari, notiqlik mahorati va bu sohadagita’limoti hozirgi kunda ham amaliy va nazariy ahamiyatga molikdir.
Xullas, qadimgi Yunoniston va Rimda madaniy nutq, notiqlik nazariyasi rivojlantiriladi. Bu naza-riya keyinchalik Ovrupoda nutq madaniyatiga bag`ishlangan fanning maydonga kelishiga asos bо‘ldi.
Notiqlik san'ati musulmon Sharqida voizlik deb atalgan. «Va'z» so`zi arabcha targ`ib qilish, pand-nashat degan ma'nolarni anglatadi. «Voiz» so`zi esa va'z aytuvchi, nutq so`zlovchi shaxs ma'nosini bildiradi. Voizlik san'ati tinglovchining, jamoaning ongiga,his-tuyg`usiga ta'sir etish mahoratidan saboq bergan.
Garchi voizlik san'atining shakllanishi o`lkamizga Islom dinining kirib kelishi va "Qur'on"ni targ`ib etish bilan bog`liq bo`lsa-da, ritorika tarixi uzoq o`tmishdan boshlangan. Xususan, eramizdan avvalgi VII asrga mansub "Avesto" kitobi, qadimda shakllanib, bizning kungacha etib kelgan xalq og`zaki ijodi namu-nalari, V-VI asrlarga doir O`rxun-Enisey yodgorlik-lari nomini olgan tosh bitiklar va yana ko`plab man-balarda nutq odobi, bahs yuritish san'ati, da'vat etish mahorati, muomala madaniyatiga oid qimmatli fikr va namunalarni uchratish mumkin. Masalan, "Avesto"ning tarkibiga kirgan "Vandedod" asosan Axuramazda bilan Zardushtning savol-javoblari shaklida yozilgan bo`lib, suhbat, bahs yuritish san'a-tining namunasini ifodalasa, "Yaena". "Yasht" va bosh-qa kitoblarda xudolar madhiyasi - gotlarni o`z ichiga olgan va ularni "tantanali notiqlik" namunalari sifatida o`rganish mumkin. Umuman, zardushtiy ta'-limotining asosini uch axloqiy kategoriya: "gumantu" - ezgu o`y, "gutka" - ezgu so`z va "gvarshita" - ezgu amal tashkil etgan. Zardushtning "Madh etaman ezgu o`y, ezgu so`z, ezgu amalni. Jami ezgu o`y, ezgu so`z, ezgu amalga bag`ishlanaman, jumla yovuz o`y, yovuz so`z va yovuz amallardan yuz o`giraman", - degan so`zlari har qanday davrda notiq uchun amal qilishi lozim bo`lgan qoidani o`zida ifodalaydi.
IX asrgacha Sharqda voizlik vazifasini shohlar, xalifalar o`taganlar. Ular juma kunlari, hayit va boshqa bayramlarda jamoani yig`ib, davlat siyosati, fuqarolarning burchlari boshqa mamlakatlardagi va-ziyat, dushmanlarning kirdrgkorlari, mudofaa masa-lalari haruada va boshqa mavzularda va'z so`zlaganlar».
Vaqt o`tishi bilan va'z san'atiga qo`yiladigan talablar mukammallashib borgan, va'zxonlik esaalohida tayyorgarlikni, bilimlarni talab eta bosh-lagan. Shu tariqa asta-sekin notiqlik kasbga aylan-gan va davlat hukmdorlari bu tadbirni o`z ixtiyorla-ridagi maxsus so`z ustalariga yuklab, ularni voizlar deb atay boshlaganlar. «Voiz» so`zi hatto ularning ismi-shariflariga qo`shib aytilgan va yozilgan.
Dastlab Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Al Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg`ariy, Zamaxshariy kabi allo-malar o`zlarining turli mazmundagi asarlariga til, nutq, notiqlikka oid fikrlarini singdirganlar, xususan Beruniy yaxshi nutq tuzish qoidalari, so`z me'yori, to`g`ri fikrlash va so`zlash mezonlari xusu-sida fikr yuritar ekan, jumladan, shunday yozadi: "Yaxshi nutq tuzish uchun nahv (grammatika), aruz (she'r o`lchovi), mantiq fanlari hamkorligidan foydalanish zarur bo`ladi, Ularning birontasiga ahamiyat bermas-lik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan ikkitasiga ta'sir qilmay qolmaydi".
Abu Nasr Forobiy ham "qanday qilib ta'lim berish va ta'lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so`rash va qanday javob berishdan saboq berar ekan, buning uchun til haqidagi ilm, grammatika va mantiqning ahamiyati haqida batafsil to`xtaladi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy "Mafatih-ul-ulum" («Ilmlar kalitlari») asarida badiiy til, she'riyat masalalari bilan bir qatorda notiqlikning ayrim qirralari, ish yuritish qoidalari va ish qog`ozlari shakllari masalalariga ham alohida to`xtalib o`tadi. Kaykovus esa "Qobusnoma" asarida notiqlik va nutq odobi masalalariga alohida boblar ajratgan.
Markaziy Osiyoda voizlik: san'ati xazinasrgga dast-avval Bahovuddin Valad (XII asr), Jaloliddin Rumiy(XIII asr), Husayn Koshifiy, Muin voiz (XV asr), Ali-sher Navoiy kabi so`z ustalari g`oyat boy hissa qo`shganlar.
Shuningdek, tarixchi, shoir, hadisshunoslarning asarlarida ham voizlik san'atiga aloqador ba'zi fikrlar bayon etilgan. Jumladan, tarixnavis Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida, Navoiyniig «Majolis un-nafois», «Mantiq ut-tayr», «Mahbub ul-qulub», «Xamsa», «Chor devon» asarlarida, Zaynuddin Vosi-fiyning «Badoe ul-vaqoe», Xondamirning «Makorim ul-axloq» risolasida atoqli voizlarning mahorati, iste'dodi, va'zxonlik uslublari haqida mulohaza-lar yuritilgan.
Shu bilan birga Navoiy so`zi fasih, tili bilan dili boshqa va'zxonlar bilan o`z nutqlari orqali odamlarga madad bergan, ularni to`g`ri yo`lga boshla-gan voizlarni ajratgan. "Mahbub ul-qulub" asarida haqiqiy voizning fazilatlarini quxtadagicha ta'rif etadi: "Voiz Haq so`zni targ`iv qilishi, payg`ambarlar so`zidan chetga chiqmasligi kerak, eng avval uning o`zi Haq va payg`ambarlar yo`liga kirishi, so`ng esa nasi-hat bilan elni ham shu yo`lga solishi lozim". Yana bir erda u shunday deydi: "Va'zxon shunday bo`lishi kerakki, uning majlisiga kirgan odam to`lib chiqsin, to`la kirgan odam esa engil tortib. xoli qaytsin".
Bular qatorida Muhammad Rafiq Voizning «Av-bob ul-jinon», Voiz Qazvinining «Ziloli maqol», Voiz Shirvoniyning «Ahsan ul-axodis», Muhammad Voizning «Hidoyat ud-taqvim», Quraysh Saidiyning «Anis ul-voizin», Voiz Samarqandiyning «Ravozat ul-voizin», qozi O`shiyning «Miftah ul-najjoh», Voiz Koshifiyning «Dah majlis», «Mahzan ul-insho» kabi asarlarini keltirish mumkii. Albatta, hukm-dorlar ham va'z aytish sirlarini o`zlashtirganlar.
Tarixchilarning shohidlik berishlaricha, sohib-qiron Amir Temur, Mir Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro, Bobur, Mirzo Ulug`bek kabi davlat arboblari voizlik san'atini puxta egallaganlar va faoliyatlarida undan mohirona foydalanganlar.
O`rta asrlarda voizlik san'atining asosan uch shaklini ajratish mumkin dabirlik, xatiblik, muzakkirlik. Dabirlik davlat maqomidati yozishmalarni yozma bayon etish va qiroat bilan o`qib berish bilan bog`liq bo`lsa, juma kunlari peshin namozi oldidan xutba o`qish xatiblik deb yuritilgan, muzakkirlik esa juma kunlari, hayit va boshqa tantanali kunlardagi anjumanlarda xatibdan keyin diniy, axloqiy, huquqiy masalalarni sharhlab berishdan iborat bo`lgan.
Voiz murojaat etgan tinglovchilarning tabaqasi, ijtimoiy-siyosiy mavqei, lavozim:lari hamda boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib, va'z mazmunm, shakli, qo`llanilgan vosita va usullari bo`icha ham farqlangan. Shunga muvofiq va'zlarning uch turi ajratilgan va uch xil nomlangan: yuqori tabaqa a'yonlar va zodagonlar uchun mo`ljallangan va'zi sultoniyot deb atalgan. Sultoniyotda hukmdorlar sha'niga hamdu sanolar aytilgan, ular ko`klarga ko`tarib maqtalgan, madh etilgan.
Urush, jangdan oldin xalq yoki lashkarlarning jangovor ruhini ko`tarish, ularda fidoyilik, vatanparvarlik, qahramonlik, botirlik tuyg`ularini uyg`otish maqsadida so`zlangan nutk, jihodiya deb nomlangan. Tabiiyki, bundan nutqlarga da'vatkorlik. ko`tarinkilik xos bo`lgan. Oddiy fuqarolarga mo`ljallangan va'zlar g`aribona deb yuritilgan va ularda hukmdorlarga itoat etish, ularni hurmat qilish kabilarga da'vat etidgan.
O`rta asrlarda madrasalarda boshqa ilmlar qatori har bir so`z, tushuncha, ohangning ta'sirchanligiga erishish, muayyan bir fikr, mulohaza, hukm, g`oya, mafkura va xulosani o`z tinglovchilariga etkazish san'ati suxandonlikdan saboq berilgan. Hozir ham madrasalarda bu fan o`qitilmoqda. Bu davr voizlik san'atida jangovorlik, farmonbardorlik ohangi etakchi bo`lgan. Shu tufayli va'zlar ijtimoiy salmoq, siyosiy mazmun kasb etgan, ta'sirchan mafkuraviy qurolga aylangan. XX asr boshlarida yurt ozodligi orzusida harakat qilgan taraqqiyparvar ziyolilarimiz millatni isloh qilish yo`lida yomon illatlarga barham berish, xalqni ezgulik sari otlantirishda va'zning ahamiyatini yaxshi xis etganlar. Jumladan, Mahmudxo`ja Behbudiy shunday deydi: "Biz Turkiston musulmonlari orasinda xilofi shariat odatlarni ko`pligi har kimg`a ma'lumdir. Muning daf'i va islohini kim etar? Bizni fikrimizcha, muning daf'u islohig`a ulamo hazroti kamari himmat bog`lab, muqad-as mehrobu minbardan va'z so`ylab, aholig`a ahkomi shariatni bildurib, baytulloh hukmindaki masjid va jome'larda ertavu kech amri ba ma'ruf va nahi az munkir etib, xaloyiq anglayturgon bir til ilan pan-du nasihat etsalar ham muning hech qo`ymasdan har kun ba'd az namozi fajr va ba'd az huftan doim muxtalif mavzulardan bahs etsalar, albatta, ta'sirsiz qolmas. Xususan, muqaddas masjidg`a so`ylagan va'z har bir mo`'min qalbina du bolo ta'sir etar".
Sharq voizlik san'atining o`ziga xosligi shunda-ki, unda nutqning mazmunigagina emas, balki tasvir, qiyoslash, majoz va o`xshatishlarga alohida e'tibor berilgan. Shuning uchun ham, mashhur mutafakkirlarimiz voiz baland martabaga ega bo`lmog`i uchun boshqa ilmlar qatori, Qur'oni karimni, Hadislarni yaxshi bilishi, she'riyat ilmidan bohabar bo`lishi, badiiy usullardan mohirona foydalanishi zarurligini qayta-qayta ta'kidlaganlar. Xususan, bu borada Kaykovus shunday deydi: "Ey farzand, hamisha xat yozishga mashg`ul bo`lg`il, nomada ko`p arz yozishni odat qilg`il va nomani istioralar, ibratli hikoyalar, masalalar, she'rlar, ibratli fikrlar bila boyitg`il". Xondamir esa "Makorim ul-axloq" asarida so`z ustalari to`g`risida shunday deydi: "Donishmand munshi (yozuvchi)lar ilm va san'atni qo`lga kiritishda turli yo`llar bilan harakat qilib, porloq so`z gavharlarini ikki yo`sunda topganlar. Biri - nazm, bu she'riy tabiatdan tug`iladi. ikkinchisi - nasr, bu esa insho arboblari fikrlarining natijasidir. Insho fazl egalarining ta'rificha, ma'no qizlarining quloq va bo`yinlarini so`z durlari bezagi va yorqin ibora ziynati bilan yasatish, jumla eshitilishini ko`ngilni xira. qiladigan so`zlardan tozalash va hikoyani tilda jarayon qilish bilan og`izda hayot suviga aylanib ketadigan lug`atlar bilan bezashdan iboratdir".
O`ziga xos tasvir vositalarini qo`llagan turli voizlarning nutqi turlicha rang, ohang va mazmun kasb etgan. Bu haqda mavlono Navoiy bunday deganlar:
"Tutiyu shorik agar notiqdurur,
Har biriga o`zga bir mantiqdurur.
Naqlida oning tafovut bo`lg`usi, " Biri iloh o`lsa, biri but bo`lg`usi.
Birda shak bo`lsa, birida yakin,
Birida kufr bo`lsa, yana birda din".
O`tmishda islom dini davlat va jamiyat hayotida muhim o`rin tutganligi, Qur'on va hadislar davlat siyosatini, huquqiy tartibotni va hatto iqtisodiy munosabatlarni belgilab beruvchi omil vazifasini o`tagani uchun o`tkir, bilimdon voizlar o`z fikr va
g`oyalarini targ`ib etishda Qur'on oyatlariga, diniy ta'limot asoslariga tayanganlar.
Davlatlararo munosabatlarni tartibga solish, o`zaro muxolif davlatlar orasidagi muammolarni muzokara yo`li bilan hal etishda o`tmishda ham hozirgidek, elchilar, diplomatlar va vakillarning ishontirishga qodirligi, donoligi, zarur bo`lsa, ayyorligi, notiqlik san'atini puxta egallaganligi muhim o`rin tutgan.
Faxriddin Safiyning ta'birlariga qaraganda, voiz Irshodda diplomatlarga xos bo`lgan bu fazilatlarning barchasi zohir bo`lgan.
Bunday siymolardan biri taxminan XV-XVI asrlarda Farg`ona vodiysida yashagan mashhur notiq qozi O`shiy bo`lgan. u O`sh shahrida tugilib, bu erda qozi mansabida xizmat qilgani uchun shunday nom olgan.
Faxriddin Safiyning risolasida va tarixnavis Muhammad Majdiyning «Ziynat ul-majolis» asarida ta'kidlanishicha, O`shiy voizlik san'atida mislsiz mahorat sohibi sifatida dong taratgan va el nazariga gushgan.
Qozi O`shiyning «Miftah ul-najjoh» («So`z kali-ti») risolasida voizlik san'atining sirasrorini mohirona ochib berilgan. Bu esa uning o`tkir voizgina emas, balki nutq madaniyati bo`yicha etarli bilim sohibi ekanligidan ham dalolat beradi.
XIII asrda Xorazmshohlar sulolasi davrida yashab ijod qilgan zukko va iqtidorli voiz Bahovuddin Valad hamda uning o`g`li, ulug` adib, olim va faylasuf Jaloliddin Rumiy voizlik san'atining o`tkir nazariyotchisi edilar. Bu davrda, shuningdek, Muayyad Mehnagiy, Mavlono Riyoziy, Voiz Koshifiy, Abul-fayz Zunnun, Anas Junayd, Shibliy, Sirriy, Nisaviy, Sheroziy kabi bir qator suxandonlar, voizlik madaniyatining iqtidorli va iste'dodli namoyandalari ham yashaganlar. Ulardan har birining o`z xizmati, mahorati, uslubi mavjud bo`lib, asarlari arab tilida yozilgan.
Xo`ja Muayyad Mehnagiy o`z zamonasining alloma notiqlaridan biri bo`lib, dunyokarashi jihatidan oddiy mehnat ahliga juda yaqin bo`lgan. Mavlono Navoiyning shohidlik berishlaricha, u bir qabristonning bechorahol shayxi bo`lgan ekan. Bo`sh vaqtlarini ilmu donishga sarf qilgan Mehnagiy «zohir ulumin takmil qilib erdi», ya'ni yuzaga chiqqan o`ziga ma'lum bo`lgan ilmlarni o`zlashtiribgina qolmay, ularni takmil qilgan, ya'ni to`ldirgan, boyitgan ham edi.
E'tirof etishlaricha, Mehnagiyning voizligi uning donishmandligidan kam bo`lmagan. Navoiy hazratlari Mehnagiy haqida: «va'z majlisi bag`oyat garm va nursho`r voqe' bo`lur erdi», - deb, uning nutqlari jo`shqin, jozibali, tinglovchilar oldida maftunkor bo`lganligini ta'kidlagan.
Xo`ja Mehnagiyning mashhurligi yana shunda namoyon bo`lganki, u o`z mushtariylarining yuragiga qo`l sola bilgan. ularni passiv. tinglovchilik darajasidan faol fikr yurituvchi, va'z mazmuniga, talaffuziga, tiliga faol munosabatda bo`luvchi sinchkov, zukko tinglovchilar darajasiga ko`tara olgan. Buning uchun voizgagina emas, har qanday notiqqa ham zo`r iste'dod, behad shiddatkorlik darkor. Modomiki, Mehnagiy o`z nutqlarining ta'sirchan bo`lishiga erishgan ekan, demak, u o`z davrining otashnafas voizi bo`lgan. U va'z aytganda, anjumandagilarga hech bir zamondoshi u kabi kuchli ta'sir qila olmagan. Mehnagiy singari jo`shqin, nodir voizlar kam bo`lgan. Shu sababdan bo`lsa kerak, uning sharafli nomi tarix sahifasidan, voizlik san'ati zarvaraqlaridan nufuzli o`rin: olgan, u notiqlarning butun bir avlodi uchun ibrat xisoblangan,
Xo`ja Mehnagiy muvaffaqiyatlari va mahoratining kaliti bilim doirasining keng, mazmunan chuqur ekanligida edi. Navoi! iborasi bilan aytsak, u «zohir ulumin» bo`lgan, ya'ni o`sha davrda ajdodlarimiz to`plagan bilimlarning deyarli hammasini puxta o`zlashtirgan, buning ustiga ularni boyitgan ham.
Mavlono Navoiy nazariga tushgan, yuksak ta'rifu tavsiflariga muyassar bo`lgan voizlardan yana biri Mavlono Riyoziy bo`lgan. Bu voiz Zova viloyatining qozisi lavozimida ham ishlagan bo`lib, ba'zi noo`rin kirdikorlari uchun lavozimdan bo`shatilgan, kishanga solingan, pirovardida badarg`a qilingan edi.
Murosasiz kurash va dahanaki janglar, hujum va mudofa.alar girdobida chiniqqan Riyoziyning nutqlari jo`shqinligi, jasoratliligi, o`tkirligi bilan ajralib turgan. Navoiyning shohidlik berishicha, u «va'z aytib, minbarda o`z ash'orlarini o`qib, yig`lab, vajdi hol qilur erdi». Bu mahorat tinglovchilar nazarida e'tiborga, nufuzga sazovor bo`lgan voizlik namunasi edi. Tinglovchilar huzuriga chiqib, ularda hamdardlik kayfiyatini uyg`ota olish uchun voizlik san'atining ulkan sohibi bo`lish darkor edi. Riyoziy xuddi shunday san'at sohibi bo`lgan.
Madaniyatimiz tarixida o`chmas iz qoldirgan voizlaridan yana biri mavlono Koshifiy edi. O`z sohasida butun Markaziy Osiyoga mashhur va manzur bo`lgani bois uning nomi yoniga voiz taxallusi qo`shib aytilar va yozilar edi. Kamoli ehtirom ila «sohibi suxan» deb tavsiflangan siymo mavlono Navoiyning zamondoshi va do`sti bo`lgan. Ularning juda yaqin do`stona munosa-batda bo`lganliklarini tasdiqlaydigan tarixiy manbalar bor.
Voiz Koshifiyning hozirgi notiqlar uchun ham namuna bo`ladigan asosiy fazilati bilimining chuqurligi, kengligi, so`zining boyligi edi. U o`z zamonasida to`plangan juda. ko`p bilimlarni puxta egallagan, hatto ilmiy tadqiqotlar olib borgan zukko olim bo`lgan. «Majolis un-nafois»da yozilishicha, u olim «xususan, va'z va insho (nasriy she'r usulida yoziladigan xat) va nujumning (yulduzshunoslik) haqqi durur har qaysisida mutaayyin (ko`zga ko`rinarli) va mashhur ishlari bor».
Hirot viloyatining eng zabardast voizlaridan yana biri mavlono Muin Voiz edi. U xaqdagi eng ko`p ma'lumotlar Mir Alisherning tabarruk qalamlariga mansubdir. Bu zot uning tavsifiga maxsus va keng o`rin berganlar.
Muin Voizning akasi Nizomiddin davlat arbobi bo`lgan. U ukasini ikki marta Hirot shahrining qozisi lavozimiga tayinlamoqchi bo`lgan, ammo Muin har gal rad javobini berib, bu iltifotdan voz kechgan.
Masalaga yuzaki qaraganda, Muinning akasiga bu erkaligi o`rinsiz edi. U akasining soyai davlatida o`z davrida eng yirik bir shahar qozisi lavozimida viqor bilan mag`rurlanib yursa bo`lardi. Lekin u uzoqni ko`ra bilgani, amal go`yoki qo`lning kiri kabi o`tkinchi ekanli-gini oqilona anglagani bois bunday qilmagan. Mavlono Mir Alisher iborasi bilan aytganda, Muin darveshligi, ya'ni shakkokligining asosiy sababi uning voizlik san'atiga bo`lgan ishtiyoqi va fidoyiligi edi.
Muin Hirotning o`z zamonasidagi eng nufuzli, zukko notiqlaridan bo`lgan. Alisher hazratlarining ta'kidlashlaricha, u holo o`zidagi azim voiz durur va muridlari ko`pbo`lgan. Bu ta'rifdan payqash mumkinki, Muin faqat so`z ustasi emas, balki bunday suxandonlarning murabbiysi ham bo`lgan. Binobarin, uning pedagogik faoliyati g`oyat ibratlidir.
Mavlono Navoiyning bu voizga katta e'tibor berganligi shundan ham ma'lumki, uning tazkirasida Muinning nutq madaniyatiga taalluqli ko`pgiia qimmatli dalillar bor. Ulardan ayon bo`lishicha, Muin g`oyat jo`shqin, ehtirosli nutq so`zlash mahoratiga ega bo`lgan. U va'z qilayotganida shu qadar mahliyo bo`lib ketar ekanki, devonalik darajasiga etib borar hamda «baland va past so`zlardan aytur» ekan.
Voiz Muinning nutq paytidagi qo`l harakatlari, chehrasidagi imoishoralari, tanasining holati ham voiz nutq madaniyatining yordamchi, qo`shimcha vositalaridan o`z o`rnida mohirona foydalanganidan dalolat beradi. Demak, u tinglovchilarini kuchli haroratli so`zi va mo`l-ko`l iqtidori bilan qanoatlantirgan ekan; unda mantiqiy tafakkur, hayot muammolari bi-lan uzviy bog`lanish, dolzarblik barqaror ekan.
Tarixnavis Xondamirning ta'kidlashicha, voiz Muin o`z va'zlarida hech kimni yuzxotir qilmagan, murosasiz bo`lgan, hatto davlat arboblarini ham (odob doirasida bo`lsa kerak) ayovsiz tanqid kilavergan.
Voiz Muinga Xondamir bergan yuqori baholarga qaraganda, bu voiz zo`r suxandon bo`lish bilan birga keng va chuqur bilim sohibi ham bo`lgan.
Voizlik san'ati O`rta Osiyo xalqlarining, xususan, o`zbek millatining ma'naviyati tarixida zarhal harflar bilan yozilishga arzigulsh: sahifalarni bizga meros qilib qoldirgan. (Markaziy Osiyoda o`tgan va mashhur voizlar haqidagi ma'lumotlarning bir qismi Abdurahmon Ortiqov va Abdu G`affor Ortiqovlarning "Nutq madaniyati va notiqlik san'ati" kitobidan olindi).

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling