211
to‗g‗ri keladi. Tuzilma ko‗plab omillar bilan aniqlanadi: qishloq xo‗jalik
korxonasining o‗lchami va ixtisoslashganligi,
uning integratsiyalangan
jarayonlarida qatnashuvi, tabiiy sharoitlar va boshqalar. U yoshi, jinsi, ma‘lumot
darajasi, ish staji, malakasi kabi qator belgilar bilan hisoblanishi mumkin.
Ishchilarning ro„yxatga olingan o„rtacha miqdori yiliga ularning
ro‗yxatga olingan o‗rtacha miqdorining hamma oylar bo‗yicha
jamlab olingan
miqdorini 12 ga bo‗lish yo‗li bilan topiladi.
Ishchilarning bir oyga ro„yxatga olingan miqdori ro‗yxatdan
ishchilar
tarkibi, sonini oyning har bir kalendar kuniga jamlash va olingan miqdorini
oyning kalendar kunlari soniga bo‗lish bilan hisoblanadi.
Ishchilarning yillik o„rtacha miqdori xo‗jalik
ishchilarining bir yilda
ishlagan vaqtini (kishi/soat, kishi/kun) ish vaqtining yillik fondiga bo‗lish yo‗li
bilan aniqlanadi.
Mehnat resurslarini qayta taqsimlash shakli – ishchi kuchi migratsiyasi,
ya‘ni mehnatga qobiliyatli aholining yashash joyini o‗zgartirishi va ko‗chirish.
Bunda mamlakat chegarasidan o‗tib ketilishi yoki o‗tmasligiga qarab, ichki va
tashqi migratsiyani farqlaydilar. Ichki migratsiya (mamlakat
hududi ichida,
qishloqdan shaharga) – aholi tarkibining va joylashuvining o‗zgarishi, bu bilan
mamlakat aholisining soni o‗zgarmaydi albatta. Tashqi migratsiya esa mamlakat
aholi sonini kengaytirib yoki miqdoriy saldosi miqdorini ko‗paytirib unga ta‘sir
etadi. Oxirgisi mamlakatdan tashqariga doimiy
yashash uchun ketgan va
mamlakatga xorijdan yashash uchun kelgan odamlar soni orasidagi farqni o‗zida
aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: