Jonli mehnat sarfi to‗g‗ridan-to‗g‗ri va bilvositaga bo‗linadi. Mehnatning
to„g„ridan-to„g„ri sarfi – bu ishchilarning (mexanizatorlar, chorvadorlar va
boshqalar) ma‘lum turdagi mahsulot ishlab chiqish bilan bevosita bog‗liq
mehnati. Ular turlicha mos keluvchi tarmoq mahsulotiga tegishli bo‗ladi.
Mehnatning bilvosita sarflari – tarmoqlarga xizmat ko‗rsatish va xo‗jalikni
boshqarish bilan butunlay band bo‗lgan ishchilarning (agronomlar, zootexniklar,
muhandis-texnik xodimlar va boshqalar) mehnati. Bilvosita xarajatlarni
mahsulot turlari bo‗yicha to‗g‗ridan-to‗g‗ri ish haqi summasiga proporsional
tarzda taqsimlanadi.
Mehnat sarfi ish vaqti bilan ifodalanib, kishi/soat va kishi/kun bilan
hisobga olinadi.
Faqat jonli mehnatning unumdorlik darajasini hisobga olish qabul qilingan.
Bevosita ish vaqtidagi moddiylik mehnat sarfi hisobga olinmaydi, ularning
hisobi mahsulot tannarxi hisoblanayotganda pul ifodasida bajariladi. Iqtisodchi
olimlar tomonidan qishloq xo‗jalik mahsuloti ishlab chiqarishga jami mehnat
sarfini hisobga olish (jonli va moddiy) metodi taklif etilgan. Metodning
mohiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalariga aylantirilgan (mashinalarga,
uskunalarga, qurilishlarga va boshqalar) va pul sifatida ifodalanuvchi avvalgi
mehnatni qishloq xo‗jaligiga xizmat qiluvchi tarmoqlarda ishchilarga o‗rtacha
ish haqiga taqqoslash bo‗yicha ish vaqtiga aylantiriladi (kishi/soat, kishi/kun).
Qishloq xo‗jaligida mahsulot ishlab chiqarishga jami mehnat sarfini
hisoblab chiqish davomida moddiylashgan mehnatga– 60,9 % va qolgan qismi
jonli mehnatga tegishlidir.
Jonli mehnat ulushiga 39,1 % to‗g‗ri keladi, shu jumladan, undan
to‗g‗ridan-to‗g‗ri mehnat sarfi 24,3 % dan iborat.
Qishloq xo‗jaligida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini
baholash uchun boshqa ko‗rsatkichlarni ham qo‗llash mumkin: kunning ish
vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti, bir ishchi tomonidan yil davomida ishlangan
kishi/soat soni, mehnat resurslaridan foydalanish darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |