Iх-bob. Mehnat resurslari, ularning bozori, ulardan foydalanish va mehnat unumdorligi
Iqtisodiy faol aholi (ishchi kuchi) -
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
9-BOB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholining bandligi
Iqtisodiy faol aholi (ishchi kuchi) - moddiy qiymatliklar ishlab chiqish va
xizmat ko‗rsatishda ishtirok etishga imkoniyatli shaxslarning yig‗indisi. Band aholi - ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarish faoliyatiga jalb etilgan shaxsdir. Bandlarga yollanib ishlaydiganlar tadbirkorlar, erkin kasb egasi bo‗lgan shaxslar, harbiy xizmatchilar kiritiladi. Qishloq xo‗jaligida band aholi soni 15-16 mln kishini tashkil etadi. Qishloq xo‗jaligida 3,7 mln kishi yoki iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‗lganlarning 27,7% i band. Bandlik iqtisodiy kategoriya sifatida ish joyi bilan ta‘minlash va xo‗jalik faoliyatida ishtirok etish bo‗yicha odamlar orasidagi munosabatlar tizimini ifodalaydi. Aholining bandligi - odamlarning o‗zlarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirilishi bilan bog‗liq bo‗lgan va ularga mehnat daromadlari keltiruvchi, shuningdek, haq to‗laydigan ishlarni bajarishi bilan 209 bog‗liq bo‗lmagan (bola tarbiyasi, uy xo‗jaligini yuritish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‗qish, ijtimoiy faollik) faoliyatlardir. Bandlik odamlarning faoliyat turlari bo‗yicha taqismlashni izohlaydi. Aholining salmoqli qismi iqtisodiy faoliyat bilan bandlarni tashkil etadi. 9.1.1-rasm. О„zbekiston Respublikasi aholisi va mehnatga layoqatli aholi soni dinamikasi 46 Iqtisodiy faoliyat bilan bandlar tovar ishlab chiqarish va turli xil xizmatlar ko‗rsatishida qatnashib, shunga bog‗liq holda o‗z daromadlari borasida boshqa odamlar guruhi - shaxslar yoki jamiyat bilan munosabatga kirishuvchi shaxslar. Ularga quyidagi shaxslar kiradi: haq olish uchun yollanib to‗liq va to‗liq bo‗lmagan ish vaqtida ishlovchilar; kasallik, kasalni parvarishlaganlik, ta‘til, ish tashlash va shunga o‗xshash sabablar bilan vaqtincha ishga bora olmaydiganlar; tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanuvchilar; oilaviy korxonalarda ish bajaruvchilar (haq to‗lamasdan). ―Bandlik‖ atamasining ma‘nosi odamlarning jamiyat uchun foydali faoliyatning turli ko‗rinishlariga ehtiyoji va bu ehtiyojni qondirilish darajasi va ish joyi bilan ta‘minlanish sifatida anglanadi. Qishloq xo‗jaligida bandlikning ikki shakli mavjud: to„liq va to„liqsiz.To‗liq bandlikka odamlar yil davomida ish bilan ta‘minlangan bo‗ladilar. To‗liqsiz bandlik ish kuchidan to‗liq foydalanmaslik bilan aniqlanadi. To‗liqsiz bandlikda odamlar to‗liqsiz ish kuni, to‗liqsiz ish haftasi, to‗liqsiz ish yili tartibida ishlashga majburlar. Qishloq xo‗jaligida bandlikning miqdoriy ko‗rsatkichlari quyidagilar: bandlarning umumiy soni; to‗liq ish kuniga qayta sanalganda bandlar soni; 46 S.N.Xamrayevaning ilmiy tadqiqotlari natijalari asosida ishlab chiqilgan 210 ma‘lum davrda (qoidaga ko‗ra, yilda) ishlangan odam/kunlar yoki odam/soatlar. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling