Iх-bob. Mehnat resurslari, ularning bozori, ulardan foydalanish va mehnat unumdorligi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana31.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1144977
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
9-BOB

Ishsizlikning davomiyligi – ishdagi o‗rtacha uzilish (tanaffus) vaqti ish 
joyini yo‗qotish va yangi ish joyiga joylashish orasidagi vaqt bilan aniqlanadi.
Mehnat resurslari tuzilmasi – bu turli toifadagi ishchilarning ularning 
umumiy miqdoriga foizli nisbatidir. 
Mehnat resurslarini qayta taqsimlash shakli – ishchi kuchi migratsiyasi, 
ya‘ni mehnatga qobiliyatli aholining yashash joyini o‗zgartirishi va ko‗chirish. 
Bunda mamlakat chegarasidan o‗tib ketilishi yoki o‗tmasligiga qarab, ichki va 
tashqi migratsiyani farqlaydilar. 
Mehnatning mavsumiylik asosiy ko„rsatkichlari - mavsumiylik faoliyat 
davri ko‗lami, mehnat resurslaridan foydalanishning mavsumiylik koeffitsiyenti, 
mehnat mavsumiyligining yillik koeffitsiyenti. 
Qishloq xo„jaligining mehnat resurslari bilan ta‟minlanganligi - 100 ga 
yoki 1 ga yer maydoniga to‗g‗ri keladigan ishchilar soni bilan izohlanadi. 
Mehnat bozori – bu qishloq xo‗jalik tarmoqlarida band bo‗lgan ishchi 
kuchlari harakatining ijtimoiy-iqtisodiy shaklidir. Mehnat bozori tovar ishlab 
chiqarish va muomala qonuniyatlari bo‗yicha ishchi kuchini qayta tashkil etish 
uchun zarur bo‗lgan hayotiy farovonligi uchun mehnatga individual 
xususiyatlarni almashlash bo‗yicha munosabatlar tizimini o‗zida aks ettiradi. 


224 
Mehnat unumdorligi – aniq mehnatning ish vaqti birligida ma‘lum 
miqdorda mahsulot ishlab chiqarish xususiyati. Mehnat unumdorligi – ish vaqti 
birligida yoki ma‘lum davrda (soat, smena, oy, yil) ishlab chiqilgan mahsulot 
hajmidir. 
Jonli mehnat sarfi to‗g‗ridan-to‗g‗ri va bilvositaga bo‗linadi. Mehnatning 
to„g„ridan-to„g„ri sarfi – bu ishchilarning (mexanizatorlar, chorvadorlar va 
boshqalar) ma‘lum turdagi mahsulot ishlab chiqish bilan bevosita bog‗liq 
mehnati. Mehnatning bilvosita sarflari tarmoqlarga xizmat ko‗rsatish va 
xo‗jalikni boshqarish bilan butunlay band bo‗lgan ishchilar mehnati. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling