Iх-bob. Mehnat resurslari, ularning bozori, ulardan foydalanish va mehnat unumdorligi
Qishloq xo„jaligida mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
9-BOB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
9.4. Qishloq xo„jaligida mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish yo„llari Qishloq xo‗jaligida mehnat resurslaridan yil davomida to‗liq va samarali foydalanish hamda ularning mehnatlari unumdorligini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta‘minlash maqsadga muvofiqdir: qishloq xo‗jaligining rivojlanishini e‘tiborga olgan holda qo‗shimcha ish joylarini tashkil etish; qishloq xo‗jaligining ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish va moddiy- texnika ta‘minotini yuksaltirish; qishloq xo‗jaligida yangi texnikalarni, samarali, innovatsion texnologiyalarni izchillik bilan tatbiq etish; qishloqda tadbirkorlik shakllarini rivojlantirish; qishloqda ishlash va yashash uchun barcha sharoitlarni yaratish; mehnatni tashkil etishning samarali turlarini tashkil etish va rivojlantirish; kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish, ularni moddiy va ma‘naviy rag‗batlantirishni takomillashtirish va hokazo. Qishloq xo‗jaligida mehnat unumdorligini oshirish omillariga quyidagilar kiradi: tabiiy-iqlim sharoiti; yer maydonlariga ekinlarni oqilona joylashtirish, lalmi va sug‗oriladigan yerdan samarali foydalanish; ishlab chiqarishni jadallashtirish; 222 moddiy-texnik resurslar sifatini oshirish; ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish; ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash; kadrlar malakasini oshirish; mehnatni tashkil etish va moddiy rag‗batlantirishni takomillashtirish. Qishloq xo‗jaligida mehnatning intensivligini oshirish masalasi o‗ta muhim bo‗lib, u ushbu tarmoqning o‗ziga xosligi bilan asoslanadi: Birinchidan, qishloq xo‗jaligi uchun mavsumiylik va iqlim sharoitiga bog‗liqlik xarakterli, fasllarda mehnatning intensivligi bir xil emas. Ish davri yil bo‗yi davom etadi, ish vaqtidan intensiv va ekstensiv foydalanish shartli o‗zaro almashib turuvchi. Jadal mehnat davri past intensivlik bilan almashinib, ba‘zan uni to‗ldirib turadi. Ikkinchidan, qishloq xo‗jaligi hozirgi paytda iqtisodiyotning xo‗jalik yuritish shakllari bo‗lgan eng ko‗p ukladli sektor. Bu mehnatni intensivlashtirish muammosi har yerda, har xil hal qilinadi, demak: ayrim holatlarda rag‗bat sifatida o‗ziga-o‗zi mehnat qilinadi (fermerlik, o‗z hududida; bu yerlarda mulk egasi ko‗pincha tekinga ishlaydi) boshqa joylarda – yuqoriroq ish haqi. Uchinchidan, qishloq xo‗jaligini texnika bilan ta‘minlash bo‗yicha Rossiya jahonning rivojlangan mamlakatlaridan sezilarli darajada orqada qolmoqda. Masalan, 1000 ga haydaladigan yer 10 dona traktor bilan ta‘minlangan, shu vaqtning o‗zida AQSH da, bu ko‗rsatkich 36 donaga yetadi. Qishloq xo‗jaligining texnika bilan past ta‘minlanganligi sabab o‗simlikchilikda 250 dan ortiq texnologik operatsiyalar qo‗lda bajariladi. Shu bilan birga mehnat sarfi amerikalik fermerlarnikiga nisbatan 4 marta yuqori. AQSH qishloq xo‗jaligida qishloq xo‗jalik mahsulotlarining o‗sishi asosan, moddiy-texnik bazani o‗stirish, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish, qishloq xo‗jalik mehnatini intensivlashtirish hisobiga yuz beradi. Ana shu asosda keyingi 20 yilda qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishining alohida tarmoqlarida mehnat sarfi 2-3 martaga qisqardi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling