Iх-bob. Mehnat resurslari, ularning bozori, ulardan foydalanish va mehnat unumdorligi
Kunning ish vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
9-BOB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat resurslaridan foydalanish darajasi
Kunning ish vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti (
) ish kunining o‗rtacha haqiqiy davomiyligi ning xo‗jalikda o‗rnatilgan normativ ish miqdorining ( ) nisbati sifatida aniqlanadi. . Har bir ishchining qishloq xo‗jaligida ishlagan kishi/kuni soni quyidagiga teng: bunda – hamma ishchilar tomonidan ishlangan kishi/kun. 218 Mehnat resurslaridan foydalanish darajasi – yil davomida ishchining haqiqiy ishlagan kishi/kunlarni sonining (M d ) mavjud ish vaqtining fondiga nisbati: bunda -ish vaqtining mavjud tutilgan fondi (290-320 kun). Agrar islohotlar o‗tkazish davrida qishloq xo‗jaligida mehnat unumdorligi oshdi. Qishloq xo‗jaligining bir ishchiga yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi deyarli 25 % ga ko‗paydi. Shunday bo‗lsa-da, qishloq xo‗jaligida mehnat unumdorligi bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlardagidan deyarli 2-3 marta kam. Qishloq xo‗jalik mahsulotlarining ayrim turlari ayniqsa, jun, chorva mollari tirik vaznning o‗sishi, sut, paxta va g‗alla yetishtirishda mehnat sig‗imi sezilarli o‗sdi. Bu mahsulotlar birligiga qilingan mehnat sarfi deyarli 2 martaga ko‗paydi. Mehnat sig‗imining sezilarli o‗sishiga, asosan chorva mollari mahsuldorligining va ekinlar hosildorligining past bo‗lishi sabab bo‗ladi. Mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini tasniflovchi asosiy iqtisodiy kategoriyalar mehnat unumdorligidir. U ishlab chiqarish hajmi va mehnat sarflari orasidagi aloqani ifodalaydi. Mehnat unumdorligi deganda, aniq jonli mehnatning birlik sifatida olingan vaqtning qandaydir davrida (soat, ish kuni, smena, yil) mahsulotning ma‘lum sonini ishlab chiqarishni tushuniladi. Ishlab chiqarish jarayonida hal qiluvchi rol jonli mehnatga taalluqli. Moddiylashgan mehnat sanoat ishchilarining mashinalarda, uskunalarda, mineral o‗g‗itlar va boshqalardagi mehnatini va qishloq xo‗jaligi ishchilarining urug‗larga, yem-xashak va boshqa qishloq xo‗jaligi mahsulotlariga aylangan mehnatlarini qamrab oladi. Jonli va moddiylashgan mehnat orasidagi taqqoslash texnik qurollanish ortgani sayin o‗zgarib boradi. Dehqonchilik mahsulotini ishlab chiqarish jarayonida moddiylashgan mehnat ulushiga 67% to‗g‗ri keladi, jonli mehnat esa 33%ni egallaydi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni joriy etish bilan moddiylashgan va jonli mehnat sarfi nisbati moddiylashgan mehnat sarfi ortishi va jonli mehnatning kamayishi tomon o‗zgarib boradi. Ish vaqtida mehnatning jami sarfi hisobi mahsulot hisoblash uchun asos bo‗ladi, chunki tovarning bahosi unga sarflangan ish vaqti bilan aniqlanadi. Mahsulotlarning alohida turlarini ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini aniqlash uchun oxirgisi natural birliklarda (kg.t) hisoblanadi. tabiiy holida summalanmaydigan turli xil mahsulotlar mehnat unumdorligini aniqlashda uni pul shaklida ifodalaydi. Qishloq xo‗jalik tashkilotlarida mahsulot ishlab chiqilganda mehnat unumdorligi (so‗m)ni ishchilarning o‗rtacha yillik soniga joriy narxlarda yalpi mahsulot ishlab chiqarish narxiga nisbati bilan aniqlanadi: 219 bunda: – yalpi mahsulotning joriy bahodagi qiymati, so‗m.; – ishchilarning o‗rtacha yillik soni, kishi. O‗simlikchilik va chorvachilik tarmoqlarida mehnat unumdorligini joriy baholardagi yalpi mahsulot qiymatini (yoki natural ifodadagi yalpi mahsulot) mehnatning to‗g‗ridan-to‗g‗ri sarfiga nisbati sifatida hisoblash mumkin: yoki bunda: – natural ifodadagi yalpi mahsulot (o‗simlikchilik yoki chorvachilik), kg, s, tonna; -to‗g‗ridan-to‗g‗ri mehnat sarfi, kishi/soat,kishi/kun. Mehnat unumdorligi, aks ko‗rsatkichi alohida turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi mehnat sig‗imi ya‘ni mehnat mahsulot birligi, kishi/soatiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri sarfi hisoblanadi: . Qayta ishlash tarmoqlarida mehnat unumdorligini baholash uchun xususiy va yordamchi ko‗rsatkichlarni umumlashtiruvchi tizimi qo‗llaniladi. Umumlatiruvchi ko‗rsatkichlarga bir ishchining o‗rtacha yillik, o‗rtacha kunlik va o‗rtacha soatlik mahsulot ishlab chiqarishi, shuningdek qiymat ifodasida bitta ishlovchiga o‗rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarishlari kiradi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling