Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com kutubxonasi 71
Mas’ud: «Savolingni qaytadan ber, balki amir tushunmagandir?» dedilar. Savol va javob ayni yuqoridagi kabi takror bo‘ldi. Shunda Ibn Mas’ud: «Menimcha, o‘sha odam Alloh yo‘lida, haqni topgan holda o‘ldirilsa, o‘sha holdagina jannatdadir», deya o‘z fikrlarini aytadilar. Abu Muso (r.a.) Ibn Mas’udning (r.a.) ijtihodini yuksak baholab: «Haqiqat Ibn Mas’ud aytganidek», dedilar. Haq tolibining insofi shunday bo‘ladi. Agar yuqoridagi kabi savol darajasi juda past bo‘lgan faqihga aytilsa ham, u buni inkor qiladi va: «Haqni topgan holda, deb izoh berish shartmi? Bu narsa barchaga ma’lum-ku?» deya e’tiroz bildirishi tabiiy. Endi bugungi munozara sohiblarining holatiga boq! Agar raqib tomonidan haqiqat yuzaga chiqsa bormi, uning yuzlari xijolatdan qizarib, bor kuchini raqibga qarshi ishga soladi. Va umrining oxirigacha uni yomonlash bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ajablanarli tomoni shundaki, o‘zlarining yuqoridagi kabi o‘rinsiz tortishuvlarini hech uyalmasdan, haq ustida bir-biriga hamkor bo‘lgan sahobalar munozarasiga o‘xshatib yuborishadi. 7. Qarshisidagi munozarachi hamkorini bir dalildan boshqa dalilga, bir mushkuldan boshqa mushkulga o‘tishiga mone’lik qilmasligi lozim. Salaflarning munozara uslublari shunday edi. O‘z foydasi yoki zarariga bo‘lsa ham, tortishuvchi bid’at bo‘lgan tortishuv uslubining barcha tomonlaridan voz kechishi matlubdir. Sening bu so‘zing qabuli qilinmaydi, chunki oldingi so‘zinga zid, deya e’tiroz etilmaydi. Haqni qabul qilish, unga qaytish botilni yo‘qotuvchi bo‘lgani bois vojibdir. Holbuki, tortishuvchilarning barcha majlislari mudofaa va mujodala bilan to‘la bo‘ladi. Hatto dalil keltirgan bir kishi o‘zining gumoni ila illat deb, unga asoslangan holda aslga qiyosini zikr qilganida, hukm aynan mana shu illat bilan muallal (illatli) ekaniga daliling nima? deya darrov e’tiroz bildiriladi. Dalil keltiruvchi, menimcha illat mana shu, agar bundan ham to‘g‘riroq, ravshanroq biror fikring, raying bo‘lsa, ayta qol, birgalikda tadqiq qilamiz, deydi. Shunda uning raqibi, sen zikr qilgan ma’nolardan boshqa ko‘plab ma’nolar bor, men o‘sha ma’nolarni yaxshi bilaman, faqat ularni aytish mening majburiyatim emas, deb javob qiladi. Dalil keltiruvchi, bundan boshqa biror da’voying bo‘lsa, keltir, degan kabi taklif bilan mujodalani davom ettiradi. Raqibi, bu mening vazifam emas, deb o‘zini xalos qiladi va hokazo. Munozara majlislari shunday savol-javoblar bilan davom etaveradi. Bu miskin raqibining, men bilaman, faqat aytmayman, chunki bu mening vazifam emas, degan so‘zlari shariatga nisbatan tuhmat ekanini qaerdan bilsin. Agar mening vazifam emas, deb da’vo qiluvchi ma’nolarni bilmasa, faqat xasimini ojiz qoldirish uchun shunday da’vo qilayotgan bo‘lsa, u fosiq, kazzobdir. O‘zida bo‘lmagan narsani da’vo qilgani uchun Allohga osiy va Uning g‘azabiga duchor bo‘ladi. Mabodo, o‘zi aytgani kabi bilaturib, burchim emas, deya aytmasa, unda shar’iy amrni yashirgani uchun fosiqdir. Axir undan musulmon birodari tushunib olish va bilish uchun so‘ragan edi. Agar u kuchli dalil keltirsa, uni olishi, mabodo u dalil zaif bo‘lsa, u holda zaif jihatlarini tushuntirib berib, uni jaholat qorong‘uligidan ilm nuri sari eltishi kerak. Diniy ilmlar haqida so‘ralgan kishi, agar bilsa bilimini yashirmay, javob berishi vojib ekaniga hech qanday ixtilof yo‘q. Ashobi kiromning mashvarati va salafi solihlarning biror masala haqidagi muzokaralarini yaxshilab o‘rganib chiq. Ajabo, ular orasida yuqoridagi kabi munozaraning bo‘lib o‘tganini hech eshitganmisan? Ulardan biri-birini bir dalildan ikkinchi dalilga, qiyosdan asarga yoki xabardan oyatga o‘tishdan man’ qilganmi? Ularning barcha munozaralari boshqacha edi. Ular aqliga Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling