Ii. Amaliy mashg‘ulot materiallari


Bioetikaning yuzaga kelish shart-sharoitlari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana24.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1063635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1мавзу Семинар

Bioetikaning yuzaga kelish shart-sharoitlari 
Axloq insonning xulq-atvorini va odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni 
tartibga soluvchi dastlabki mexanizmlardan biridir. Axloq alohida fan – etika 
o‘rganadigan sohani tashkil etadi. Mazkur fanga buyuk Yunon faylasufi 
Aristotel (Arastu) asos solgan. Odamlar jamoasida ijtimoiy munosabatlar 
murakkablashib borishi natijasida u yoki bu axloq normalari, qoidalarini 
insonning kundalik hayotidagi real sohalarga tatbiqan muayyanlashtirish ehtiyoji 
tug‘ildi. Shu tariqa etika sohasida amaliy tadqiqotlar paydo bo‘la boshladi, 
amaliy etikaning turli yo‘nalishlari: siyosiy etika, jurnalist etikasi, biznes etikasi 
va h.k. shakllandi. Etikaning eski muammolarini Yangidan tadqiq qilish, hayot 
(uning paydo bo‘lishi, uni quvvatlash va uzaytirish) va o‘lim bilan bog‘liq 
ko‘pgina an’anaviy muammolarni qayta ko‘rishga qattiq ehtiyoj tug‘ildi. Hozirgi 
zamon amaliy etikasi mana Shu masalalar bilan Shug‘ullanadi.
Bugungi kunda amaliy etika kasalxonalar va dorixonalarga, biznes va 
siyosat sohalariga kirib kelmoqda, tabiatga munosabat, hayvonlarning 
huquqlarini himoya qilish, ochlikka qarshi kurash muammolari bilan bevosita 
Shug‘ullanmoqda. 
Etika aynan amaliy muammolar sohasida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Asosiy sabablari – inson bilimlari texnologik imkoniyatlarining o‘sishida. 
Amaliy etika, so‘zning keng ma’nosida, etika tuShunchalari va nazariyalarini 
muayyan, murakkab va ko‘pincha juda dramatik vaziyatlarga tatbiq etish 
demakdir. Unga kazuistika («casus» - tasodif so‘zidan), ya’ni cheksiz tasodiflar 


88 
yoki pretsedentlarni ko‘rib chiqish deb qarash ham mumkin. Ammo unga 
yanada kengroq - chuqur falsafiy ma’noga ega bo‘lgan va inson haqida tubdan 
Yangicha tasavvurlarni shakllantiradigan Yangi yo‘nalish deb qarash uchun 
barcha asoslar mavjud. Amaliy etika deganda, tor ma’noda, amaliyot ta’sirida 
yuzaga kelgan va amaliy etikaning alohida turlari (siyosiy etika, ekoetika, 
bioetika, jurnalist etikasi va sh.k.) paydo bo‘lishiga olib kelgan hodisa 
tuShuniladi.
Bioetika, klassik tibbiyot etikasidan farq qiluvchi Yangi yo‘nalish sifatida, 
XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi va jadal rivojlana boshladi.
«Bioetika» atamasini amerikalik mashhur onkolog vrach, olim va 
insonparvar Van Ranseler Potter (1911-2001) ilmiy muomalaga kiritdi. Ikkinchi 
jahon urushi arafasida u Janubiy Dakota (Brukings sh.) universitetining 
biologiya fakultetini (bioximiya ixtisosligi bo‘yicha), so‘ng – Viskonsin 
universiteti (Madison sh.) da magistraturani tamomladi. Doktorlik ilmiy 
darajasini olganidan so‘ng Potter Stokgolm bioximiya institutida, prof. X.A. 
Krebs bilan hamkorlikda Sheffild universitetida, so‘ngra – Chikago 
universitetida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazdi. Potter uzoq yillar Viskonsin 
universitetida dastlab onkologiya professori, so‘ngra – Mak Ardel laboratoriyasi 
direktorining assistenti bo‘lib ishladi. 50-yillarda Potter saraton kasalligini 
davolashda 
hujayra 
o‘stirish 
ingibitorlari 
va 
kimyoviy 
davolash 
kombinatsiyasining musbat terapevtik samarasini birinchilardan bo‘lib namoyish 
etdi. Potter bioximiya hamda saraton kasalligini tadqiq qilish sohalarida 350 dan 
ortiq asarlarning va bioetika sohasida 50 dan ortiq maqola va kitoblarning 
muallifidir. «Bioetika – kelajakka ko‘prik» kitobini bugunda mumtoz asarlar 
qatoriga kiritish mumkin. O‘zining mashhur «Bioetika» atamasini Potter aynan 
Shu kitobida birinchi marta qo‘llagan, bioetika haqidagi zamonaviy 
qarashlarning asoslarini yaratgan. Bugungi kunda xalqaro amaliyotda keng 
quloch yoygan etika bo‘yicha fanlararo qo‘mitalar tashkil etish g‘oyasini 
muhokama qilgan.
Potterning asosiy g‘oyasi er yuzida hayotni saqlab qolish muammolarini 
hal qilish uchun gumanitar fanlar va biologiya fanining sa’y-harakatlarini 
birlashtirishni, (ayniqsa, biotibbiy texnologiyalar sohasidagi) fan-texnika 
taraqqiyotining uzoq muddatli oqibatlarini e’tiborga olishni nazarda tutadi. 
Normal va barqaror sivilizatsiyada insonning individ (turi) sifatida uzoq muddat 
yashab qolishi etika normalari tizimini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashni 
taqozo etadi. Etika normalarining mazkur tizimini V.R. Potter global bioetika 
deb nomladi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling