Ii. Amaliy mashg‘ulot materiallari


A. Shveyserning universal etikasi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana24.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1063635
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
1мавзу Семинар

A. Shveyserning universal etikasi. Bioetika tafakkuri faqat XX asrga 
kelib, inson o‘zini qurshagan hamma narsalarga axloqiy munosabatda bo‘lishi 
zarurligi asoslab berilganidan keyingina teran mazmun kasb etdi. Mazkur 
g‘oyani XX asrning buyuk insonparvar olimi doktor Albert Shveyser (1875-
1965) asoslab berdi. U zamonaviy dunyoqarashning bir qismiga aylangan izchil 
etik-falsafiy tizim – universal etikani yaratdi. «Insonning insonga munosabatini 
ko‘rib chiqish kerak, degan g‘oya mavjud barcha etikalarning xatosi bo‘lgan. 
Vaholanki, amalda inson o‘zini qurshagan barcha narsalarga qanday 
munosabatda bo‘lishi haqida so‘z yuritish lozim», deb ko‘rsatdi u. 
1924 yilda Albert Shveyser qalamiga mansub «Madaniyat va etika» 
kitobining chop etilishi etikaning muqobil konsepsiyalarini yaratish sohasida 
muhim hodisa bo‘ldi. Mazkur kitobda olim yangi etika – universal etikani
«hayotni hurmat qilish etikasi»ni asoslab berdi. Barcha tirik mavjudotlarga 
axloqiy munosabatda bo‘lish talabi, insonning barcha tirik jonzotlar uchun 
ma’naviy mas’uliyati mazkur etika nazariyasining asosiy qoidasiga aylandi. A. 
Shveyserning universal etikasi «hayotni hurmat qilish» prinsipini asoslaydi. 
Insonning ma’naviyati qanchalik yuksak bo‘lsa, u har qanday hayotga 
Shunchalik mas’uliyat bilan munosabatda bo‘ladi, deb hisoblaydi A. Shveyser. 
Shveyser ishlab chiqqan hayotni hurmat qilish prinsipi uch holat bilan 
tavsiflanadi.
Birinchidan, mazkur prinsip umumiydir. Shveyser hayotni hurmat qilishni 
hatto eng muhim prinsiplardan biri deb ham hisoblamaydi. Uning fikricha, bu 
ma’naviyat zamirida yotuvchi birdan-bir prinsipdir. Hatto o‘ta muhim 
tuShunchalar - muhabbat va hamdardlik ham hayotni hurmat qilish 
tuShunchasining tarkibiy qismlaridir. Hayotni hurmat qilish etikasi tirik 
jonzotlarning sezgilari, yashash sharoitlari, quvonchi, yashashga va o‘zini o‘zi 
takomillashtirishga intilishlarini ham ko‘rib chiqadi.
Ikkinchidan, mazkur prinsip - universaldir. Shveyserning fikricha, hayotni 
hurmat qilish prinsipi hayotning barcha shakllariga: insonlarga, hayvonlarga, 
hasharotlarga, o‘simliklarga taalluqli. Odob-axloqli odam u yoki bu mavjudot 
qay darajada muhim yoki diqqatga sazovor yoxud u qay darajada sezishga qodir, 
deb so‘ramaydi. «Hayot uning uchun muqaddasdir», deb qayd etadi Shveyser. 
Odob-axloqli odam daraxtning po‘stlog‘ini ko‘chirmaydi, gulni behuda uzib 
olmaydi, hasharotlarni bosmaslikka harakat qiladi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling