Ii. Amaliy mashg‘ulot materiallari
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
1мавзу Семинар
kodeksi (1947) olimlarning ijtimoiy mas’uliyati muammosini umumbashariy
ijtimoiy muhim masalalar darajasiga ko‘targan birinchi xalqaro hujjat bo‘ldi. Bioetika tadqiqotlar sohasi, ijtimoiy munozaralar va axloqiy qarorlar qabul qilish maydoni sifatida mamlakatimizda o‘zining dastlabki qadamlarini tashlamoqda. Jahonning ko‘pgina atoqli mutafakkirlari insoniyat Yangi ming yillikda yashab qolishi uchun vayronkor an’analar va ajralishdan Yangi umumbashariy dunyoqarashga yo‘l topishi zarurligini ko‘rsatmoqda. Ularning mazkur qarashlari Xalqaro Insonparvarlik Akademiyasi tomonidan 2000 yilda 94 chiqarilgan insonparvarlik manifestida aks ettirildi. Unda quyidagi so‘zlar bor: «Yangi dunyoqarash inson huquqlarini himoya qilishi, insonning erkinligi va qadr-qimmatini yanada oshirishi, Shuningdek bizning butun insoniyat oldidagi majburiyatlarimizni qayd etishi lozim». Global bioetikaning tarkibiy qismi hisoblangan bioetika mazkur Yangi dunyoqarashning ajralmas qismiga aylanmoqda. Hozirgi zamon bioetikasi sinkretik xususiyatga ega, u demokratiya va insonparvarlik g‘oyalariga, Evropa madaniyatining an’anaviy qadriyatlariga, G‘arb va Sharq dinlariga asoslanadi. Bioetika turli xil qarashlarni muhokama qilish uchun ochiq va er kurrasida hayotni saqlab qolish uchun har bir inson shaxsan javobgar ekanligini ko‘rsatishga harakat qiladi. Turli dunyoqarashlarning teng huquqliligini e’tirof etish hozirgi zamon madaniyatidagi demokratik intilishlarning yutuqlaridan biridir. Bioetikaning ikki shakli – liberal va konservativ bioetikaning mavjudligi axloqiy dunyoqarash va an’analarning tipologik nomuvofiqligi bilan belgilanadi. Hayot va mamot masalalarida ularning qarama-qarshiligi mazkur nomuvofiqlikni yanada kuchaytiradi. Nafaqat tibbiyot, farmatsevtika, biologiya sohasida, balki sanoat va qishloq xo‘jaligida ham fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi bioetikada ko‘riladigan muammolarning bevosita manbaidir. Global bioetika bir insonning boshqa odamlarga, hayvonlarga, tabiatga va butun borliqqa hurmat bilan munosabatda bo‘lishi zarurligini e’tirof etadi. Ma’naviyatni o‘stirish, biotsentrizm nuqtai nazaridan dunyoqarash va madaniyatni shakllantirish, fanni rivojlantirishda antropotsentristik qarashlardan voz kechish bioetikaning asosiy maqsadlaridir. Fan-texnika taraqqiyoti sivilizatsiyaning ravnaq topishi manbai bo‘libgina qolmasdan, ba’zan inson yashaydigan tabiiy muhitni buzib, uning hayotiga tahdid ham soladi. Ta’limni ijtimoiylashtirish, uni dunyoni Yangicha tuShunishga, dunyoni, Yangi dunyoqarashlarni yaxlit ko‘rishga, insonparvarlik tafakkurini tarbiyalashga yo‘naltirish zamon talabiga aylanib bormoqda. Bu jatumanga bioetika ham o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda. Bugungi kunda inson global miqyosda fikrlashi, atrof olam uchun o‘z mas’uliyatini anglab etishi, tabiat bilan o‘z munosabatlarini uyg‘unlashtirishi, davlat, milliy, ijtimoiy, madaniy tafovutlarga qaramay, insoniyat yagona ekanligini, tabiat, madaniyat va hayotni saqlash va rivojlantirish uchun umumiy, yagona yashash konsepsiyasi va hamkorlik zarurligini tuShunib etishi lozim. Bo‘lajak farmatsevt mutaxassislarda dunyoqarash madaniyatini, boy ma’naviy olamni, umuminsoniy, ma’naviy qadriyatlarni, Shaxsiy mas’uliyat etikasini, mustaqil va ijodiy tafakkurni shakllantirish vazifasi birinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling