Ii. Amaliy mashg‘ulot materiallari


Bioetika – rahmdillik to‘g‘risidagi Yangi fan


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana24.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1063635
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1мавзу Семинар

Bioetika – rahmdillik to‘g‘risidagi Yangi fan. 
Bioetika amaliy etikaning eng rivojlangan va ishlab chiqilgan qismiga 
aylandi. Bioetika mustaqil fan maqomiga ham da’vogar bo‘lishi mumkin, degan 


93 
fikr ham ilgari surilmoqda. Darhaqiqat, bioetika ilgari surayotgan muammolar 
juda muhim va rang-barang, ularni tahlildan o‘tkazish darajasi juda katta, 
bioetika ko‘rib chiqib hal qilayotgan masalalar juda muhim va dolzarbdir.
Har 
qanday 
mamlakatda 
transplantatsiya, 
reanimatsiya, sun’iy 
urug‘lantirish, irsiy davolash zamonaviy vrach amaliyotining muayyan 
yo‘nalishlari hisoblanadi. Ilmiy bilim, Shu jumladan tibbiy-biologik bilimlar 
ham universaldir. Ilmiy bilimning universalligi Shunda namoyon bo‘ladiki, fan, 
avvalambor, ob’ektiv olam qonunlarini o‘rganuvchi tabiatShunoslik o‘z 
mazmuniga ko‘ra alohida millatlarning muayyan xususiyatlari bilan bog‘liq 
emas. Mamlakatlar va mintaqalar ilmiy bilimning rivojlanishiga har xil hissa 
qo‘shadi, xolos. Ilmiy bilimning umumiyligi fan natijalaridan umumiy 
foydalanishda va bilimni monopoliyalashtirishga yo‘l qo‘yilmasligida namoyon 
bo‘ladi. Ilmiy bilimdan umumiy foydalanish va uning natijalarini o‘rtoqlashish 
ilmiy bilimning mavjudligi va rivojlanishi shartlaridir. E. Pellegrino: «Bioetika 
muammolari milliy va madaniy chegaralarga ega emas», deb juda to‘g‘ri qayd 
etadi. Biotibbiyot bilimlarining universalligi va umumiyligi buning birinchi 
dalilidir. 
Bioetikaning aksariyat muammolari olis tarixga borib taqaladi. 
O‘tmishdan meros qolgan bu muammolar mohiyat e’tibori bilan hanuzgacha 
dolzarb va muhim bo‘lib qolayotir, ularning echimlarini Yangidan anglab 
etishga, Yangi yo‘llar qidirishga to‘g‘ri kelmoqda. O‘tgan asrning so‘nggi 
choragida kuzatilgan biotibbiyot fanlari va texnologiyalarining jadal rivojlanishi 
bioetikada ko‘rib chiqilayotgan muammolarning bevosita manbaidir. Mazkur 
muammolar jamiyatda jiddiy munozara va bahslarga sabab bo‘lmoqda. Ularni 
hal qilishda odamlar nafaqat oqilona dalillarga, balki an’analar, qadriyatlar va, 
nihoyat, emotsiyalarga tayanmoqdalar. Hozirgi zamon fanining Yangiliklari va 
yutuqlariga nisbatan ijtimoiy «ta’sirchanlik»ning o‘sishi olamShumul hodisa 
xususiyatini kasb etdi – fan-texnika amaliyoti salbiy oqibatlarining alohida 
insonga va butun jamiyatga ta’siri ilmiy faoliyatni eksperimental tadqiqotlar 
darajasida ham, amalga joriy etish va foydalanish darajasida ham ijtimoiy 
tartibga solish bo‘yicha bir qator amaliy vazifalarni kun tartibiga qo‘ymoqda. 
Ilmiy kashfiyotlarni ijtimoiy e’tirof etish, ijtimoiylashtirish hamda tadqiqotchi-
olimlarning ijtimoiy mas’uliyati muammolari hozirgi zamon madaniyati 
muammolari orasidan mustahkam o‘rin oldi.
Xalqaro harbiy tribunal natsistlar Germaniyasida insonda tibbiy tajribalar 
o‘tkazish materiallari va bayonnomalari asosida qabul qilgan Nyurnberg 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling