servisni qisqartirish yo’li bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga
pasaytirishdan iborat.
Nosog’lom talab, sog’liq uchun zararii bo’lgan tovarlarga nisbatan paydo
bo’ladi. Bunda qarama-qarshi harakatlanuvchi marketing turidan foydalaniladi.
Noratsional ehtiyojlami qondiruvchi talab va xizmatlarga bo’lgan talabni
kamaytirish yoki butunlay yo’q qilishga xizmat qiladi. Bunga antireklama vositasida
erishiladi.
Qisqa xulosalar
Marketingning asosiy tamoyillari — bu bozomi bilish, unga moslashish va
bozorga ta’sir o’tkazishdan iborat.
Marketing konsepsiyasining mazmuni marketing funksiyalarini amalga
oshirish orqali ochib beriladi. Marketing funksiyalari quyidagi guruhlarga
bo’linadi: marketing tadqiqotlari, mahsulot assortimenti ishlab chiqarish
sohasini rivojlantirish, sotish va taqsimot funksiyasi, tovami siljitish, narxni
tashkil etish funksiyasi, marketing-menedjment funksiyasi va hokazolar.
Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potentsial imkoniyatlarini
baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish
maqsadida imkoniyatlami aniqlashdan iborat.
Talabning bozordagi holati va o’zgarishiga qarab marketingni quyidagi turiari
mavjud: konversion marketing, rag’batlantiruvchi marketing, rivojlanuvchi
marketing, remarketing, sinxromarketing, qo’llab-quvvatlovchi marketing,
demarketing, qarama-qarshi harakatlanuvchi marketing.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Marketingni asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
2.Marketingni asosiy vazifalari qanday ?
3.Marketingni funktsiyalarini tushuntirib bering.
4.Talabning holatiga ko’ra va bozomi rivojlanishiga ko’ra marketingni qanday
turlarini bilasiz?
5.Sinxromarketing mazmunini tushuntirib bering.
6.Rag’batlantiruvchi va rivojlanuvchi marketingni farqini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |