Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo’yicha asosiy vazifalami
shakllantirishga imkon beradi. Meffeit 1986 yilda uchta o’zaro bog’liq marketingni
kompleks vazifalarini ajratib ko’rsatadi:
1.Talabni tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan bozor faoliyatiga kiruvchi
vazifalar.
2.Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar.
3.Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog’liq masalalar.
Marketingning vazifalari 3-chizmada ko'rsatilgan.
Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha bosqichlariga
1
Багиев Г.Л.,Тарасевич В.М., Маркетинг: Учебник для ВУЗов. - СПб.: Питер,
2005.
2-chizm a. M arketingning vazifalari
mos keluvchi marketing funksiyalari shakllanadi va doimo tartibga solib boriladi.
Respublikamizda iqtisodiy islohotlami amalga oshirishdan asosiy maqsad —
bozor munosabatlarini tashkil etish, bozomi turli tuman zarur tovar va
xizmatlar bilan to’ldirib, iste’molchilarni saralab tovar xarid qilishiga keng
imkoniyatlar yaratib, pirovard natijada xalqning farovon turmush sharoitini
ta’minlashdan iborat.
Xalqimizning farovon turmushini yaratishda, keng iste’mol tovarlari bilan
bozomi to’kin sochin qilishda, aholiga turli-tuman xizmatlar ko’rsatishni tashkil
etishda tadbirkorlikning ham o’z o’mi bor. Chunki tadbirkorlik faoliyati qancha
rivojlansa, moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish ham shunchalik
rivojlanadi.
2.4. Talabning holati va rivojlanishfga ko’ra marketing turlari
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo’libgina qolmay, balki
talabga ta’sir ham qilishdir. Xo’sh, bu ta’sir qanday bo’lishi kerak, boshqa
mahsulotlar ishlab chiqarishga o’tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |