Ona tili darslarida grammatik tahlil turlari
Grammatik tahlil sintaktik va morfologik tahlilni o‘z ichiga oladi. Morfologik tahlil umumta’lim maktablarining 6-7-sinflarida “Morfologiya” bo‘limi bilan birgalikda o‘rganilsa, sintaktik tahlil 8-9-sinflarda “Sintaksis” bo‘limi bilan birgalikda o‘rganiladi. Morfologik tahlilda so‘z turkumlari aniqlanadi va izohlanadi. Bunda gapda berilgan mustaqil va yordamchi so‘zlar aniqlanadi. Ularning ifodalanishi izohlanadi. Sintaktik tahlilda esa so’z birikmasi va gaolar sintaktik jihatdan tahlil qilinadi.
Quyida sintaktik tahlildan namuna keltiriladi.
So‘z birikmalarini tahlil qilish tartibi:
Berilgan gapdagi so‘z birikmalarini aniqlab, yozib chiqish;
Har bir so‘z birikmasini alohida-alohida tahlil qilish;
Hokim so’z bilan tobe so‘zning birikish turini ko’rsatish;
Hokim so’z va tobe do’zni aniqlash;
Hokim so’z va tobe so’zni bog’lovchi Grammatik vositani ko’rsatish;
Hokim so‘z va tobe so‘zning qaysi so’z turkumi bilan ifodalanganini izohlash.
So’z birikmasining hokim so’ziga ko’ra turini izohlash (otli so’z birikmasi, fe’lli so’z birikmasi)
Tahlil namunasi
Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi.
Gapda 4 ta so‘z birikmasi mavjud: yaxshi tasvirlab berdi, miqyosini tasvirlab berdi, ishlarning miqyosi, sahrodagi ishlar.
yaxshi tasvirlab berdi-bitishuv, hokim so’z-tasvirlab berdi, tobe so’z-yaxshi, ohang va ma’no vositasida birikkan; sifat (ravish vazifasida)+ fe’l;
miqyosini tasvirlab berdi-boshqaruv, hokim so’z-tasvirlab berdi, tobe so’z-miqyosini; tushum kelishigi qo’shimchasi vositasida birikkan, ot+fe’l, fe’lli so’z birikmasi.
ishlarning miqyosi-moslashuv; hokim so’z-miqyos; tobe so’z-ishlarning; qaratqich kelishigi va egalik qo’shimchalari vositasida birikkan; ot+ot; otli so’z birikmasi.
sahrodagi ishlar-bitishuv, hokim so’z-ishlar, tobe so’z-sahrodagi; ohang va ma’no vositasida birikkan; sifat+ot; otli so’z birikmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |