Ii bob. Ona tili darslarida grammatik tahlilni tashkil etish metodikasi
Download 221.6 Kb.
|
Grammatik tahlil. kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gap bo’laklarini aniqlash: Shubhasiz, inson ilm va mehnat bilan baxtli bo‘ladi.
- Gap qurilishi tahlili
- II BOB. ONA TILI DARSLARIDA GRAMMATIK TAHLILNI TASHKIL ETISH METODIKASI 2.1. Ona tili darslarida grammatik tahlilni tashkil etish mazmuni
Tahlil namunasi
Shubhasiz, inson ilm va mehnat bilan baxtli bo‘ladi. Gapda so’zlarning bog’lanishi: Inson baxtli bo‘ladi-tobe bog’lanish, moslashuv, kesim va eganing shaxs-sonda mosligi (III shaxs, birlik); Ilm bilan va mehnat bilan-teng bog’lanish, boshqaruv, bilan ko‘makchisi orqali bog’langan; Mehnat bilan baxtli bo’ladi-tobe bog’lanish, boshqaruv, bilan ko’makchisi orqali bog’langan. Gap bo’laklarini aniqlash: Shubhasiz, inson ilm va mehnat bilan baxtli bo‘ladi. Uyushiq bo‘lagi bor: ilm bilan, mehnat bilan. Ajratilgan bo’lagi yo’q. Kiritma bor: shubhasiz. Undalma yo’q. Gap bo’laklarining joylashuvi- me’yoriy. Gap qurilishi tahlili: Ifoda maqsadiga ko’ra: darak gap; His-hayajonning ifodalanishiga ko‘ra: his-hayajonsiz gap; Tuzilishiga ko‘ra: soda gap, yoyiq soda gap, to‘liq gap, egali gap. II BOB. ONA TILI DARSLARIDA GRAMMATIK TAHLILNI TASHKIL ETISH METODIKASI 2.1. Ona tili darslarida grammatik tahlilni tashkil etish mazmuni Grammatika ko‘plab tilshunoslik atamasi kabi ikki ma’noli. Bir ma’nosida tilning grammatik qurilishi tushunilsa, ikkinchi ma’nosida tilshunoslikning shu grammatik qurilishni o'rganuvchi sohasi anglashiladi. Demak, u so'z va gapning formal-grammatik tomoni - so‘z o'zgarishi, sintaktik birliklar va ularning turli ko'rinishi, strukturasi va hosil qiluvchi vositalari, shuningdek, ifodalaydigan grammatik ma’nosini o‘rganadi. Tilning o'ziga xosligi - fonetik, leksik, grammatik strukturaning yaxlitligidan iboratligidir. Bu stmkturalar bir-biridan ajralgan holda emas, yaxlit sistema sifatida mavjud. Bu yaxlitlikni zohiriy va botiniy tushunish mumkin. Yaxlitlikning zohiriy alomati tovushning so'z va qo'shimchani, so'zning gap va so'z birikmalarini tashkil etishida namoyon bo'ladi. Yaxlitlikning botiniy idrokida fonetik omilning qo'shimcha, so'z, so'z birikmalari ma’nosini, leksik omilning shu tarzda fonetik, grammatik, grammatik omilning fonetik va leksik hodisalami farqlashi hamda nutqqa olib chiqishi kabi bir qarashda ko'zga tashlanmaydigan holat e’tiborga olinadi. Grammatika ongda nutqiy qo'llanishga shay turgan leksemani grammatik vosita bilan shakllantirib, so'zga aylantiradi, so'zlami o'zaro biriktiradi va fikr aimashish vositasi sifatidagi vazifasini yuzaga chiqaradi. Tillar o'zaro grammatik xususiyatiga ko'ra ham tasniflanadi. Masalan, o'zbek tilida kesimning gap markazi sifatida boshqa barcha bo'laklarni o'z atrofida uyushtirishi, eganing fakultativligi, sifatlovchining sifatlanmishdan oldin kelishi, bunda inversiyaning bo'lmasligi, ega va kesim, qaratuvchi va qaralmishning ikkiyoqlama aloqaga egaligi, to'ldiruvchi va to'ldirihnish, hoi va hollanmish, sifatlovchi va sifatlanmish, izohlovchi va izohlanmishning bir yoqlama aloqada ekanligi kabilar uning boshqa qarindosh tillar bilan birgalikda bir til oilasiga kirishini ta’minlaydi. Ammo bu bir til oilasiga kiruvchi barcha tillar orasidagi farqning mavjudligini inkor qilmaydi. Masalan, turkiy tillaming sintaktik qurilishida o'xshashlik, morfologik qurilishida esa farq ko'proq. Til hamisha taraqqiyotda. Bunda ustuvorlik, asosan, tilning leksik sathiga beriladi. Ijtimoiy hayotning o'zgarishi leksikada keskin o'zgarish yasaydi. Yangi so'zning vujudga kelishi, so'zlaming «tirilishi», iste’moldan chiqib ketishi kabilar bunga misol. Tilning fonetik va grammatik sathlari ijtimoiy o‘zgarishga befarq, unda faqat vaqt o'z izini qoldiradi. Chunki yaqin yillarda tubdan o'zgarishga uchragan ijtimoiy hayotning ta’siri natijasida, masalan, o'zbek tilining morfologik strukturasi, sintaktik qurilishida o‘zgarish kuzatilmaganligi buning yorqin dalili. Lekin asrlar davomida bunday o‘zgarish bo‘lib turadi. Masalan, eski o‘zbek tilida -gu affiksi yordami bilan yasalgan ish otiga -m, -ng affiksi qo'shilib. ushbu so'zning kesim ekanligini ko'rsatgan: Men ko'rgum tipida. Bu hozirgi o'zbek tilida kuzatilmaydi. Ul, alar, andin, anda, ko'zun ko'rub (ko‘zi bilan ko'rib) kabi qator so'zshakl fikrimiz dalili. Yoki eski o'zbek tilida Bu sening, Bu mening ko'rinishidagi sintaktik qurilma mavjud bo'lgan. U hozirgi kunda Bu seniki, Bu meniki ko'rinishiga ega. Bu vatan meningdir kabi qurilmalar uning «qoldig'i». Gram m atikaning tarkibiy qism lari, o'rganish obyekti. Grammatika deganda tor ma’noda morfologiya va sintaksis yaxlitligi, keng ma’noda tilning barcha qurilish sathi tushuniladi. Aytilganidek, grammatika tilning so'z o'zgartirish va so'z biriktirish qoidalari haqida bo'lib, bunda so'z o'zgartirish doirasida so'zshakllari, so'zshakllarini hosil qiluvchi grammatik kategoriya va o'zgarishi asosida farqlanuvchi so'zning grammatik guruhi - so'z turkumi hamda bu hodisalaming mahsuli bo'lmish so‘z birikmasi va gap bir vujudning ikki tomoni sifatida ajraladi. Bu o'z-o'zidan ularni o'rganuvchi ikki soha - morfologiya va sintaksisni farqlashni ham taqozo qiladi. Morfologiyaning obyekti so'zning o'zgarish bilan bog'liq. ya’ni morfologik strukturasi. So'zning morfologik strukturasi - grammatik morfema, grammatik morfema sistemasi - morfologik kategoriya, so'zning o'zgarish asosidagi sistemasi (masalan, kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan kitob leksemasining kelishik kategoriyasi asosidagi o'zgarish sistemasi), so'zshaklning hosil bo'lish yo'l va usuli, vositasi, bu vositalaming turlari. Download 221.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling