2.2. Ona tili darslarida grammatik tahlilni tashkil etish usullari
So'z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so'zlaming leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko'ra turli guruhlarga ajratilishi, ya’ni so'z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi. So'zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga: 1) leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni shaxs, narsa, harakat yoki holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma’nolari), 2) morfologik (so'zning turli shakllari tizimi) va 3) sintaktik (turli morfologik shakl- larning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslaniladi. Demak, so‘z turkumlari ustida ishlash o'quvchilaming muayyan guruhdagi so'zlaming umumlashtirilgan ma’nolarini, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur.
“KIM TEZ TOPADI?”
O’quvchilar guruhlarga ajratiladi.
O’yinning sharti: Shunday so’zlar topingki, ularning bosh harflari olib tashlansa ham, ma’lum ma’no bildirsin.
Birinchi guruh
|
Ikkinsi guruh
|
Uchinchi guruh
|
Ot bilan otga
|
Fe’l bilan fe’lga
|
Aralash so’z turkumi
|
Qasr – asr
Choy – oy
|
Sog’moq – og’moq
Sotmoq – otmoq
|
Sariq – ariq
Ahmoq – yamoq
|
Har bir guruh o’zlari yozgan so’zlardan foydalanib gaplar hosil qiladilar.
Masalan: Ko’k choy inson salomatligi uchun juda foydali.
“So’z birikmalari” mavzusini o’tishda “Bekinmachoq” o’yinidan foydalanish o’quvchilarni ijodkorlikka, izlanishga undaydi.
Parta, shkaf, stol, eshik kabi buyumlarga o’quvchilar yashirinadilar. Topdi, izladi, orqasi so’zlarini yozishadilar. So’ngra ularni biror so’z bilan bog’lash vazifasi beriladi:
Partaning osti,
Shkafning orqasi
Stolning yoki
Eshikdan tashqari
Orqasiga yashirindi
Epchil bola
Tez topdi
Ancha izladi.
Shu ko’rinishlar orqali so’z birikmasining moslashuv, boshqaruv, biriktiruv (otli, fe’lli birikmalarga ajratiladi) usullari tushuntiriladi.
Shu mavzuni mustahkamlash mashqida quyidagi to’rtliklardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |