Ii-qism Toshkent-2010


Download 1.29 Mb.
bet19/32
Sana06.11.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1751455
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Bog'liq
Физика маъруза ELEKTR lotin 2

AТOM ТUZILIShI
Reja

  1. Atom spektridagi qonuniyatlar

  2. Atom tuzilishi.

  3. Bor postulatlari.

  4. Vodorod atomi uchun Borning elementar nazariyasi.

Тayanch so`z va iboralar: Atom, chiziqli spektr, elektron, -zarra, yadro modeli, postulat, energiya, kvant, diskret orbita.
Atom spektridagi qonuniyatlar. Ma’lumki, atom (yunoncha bo`linmasi zarra) - kimyoviy elementning barcha xususiyatlarini o`zida saqlagan eng kichik zarradir. Molekula esa muayyan moddaning hamma kimyoviy xossalariga ega bo`lgan eng kichik bo`lagidir. Atom chiqargan spektr chiziqlardan iborat bo`ladi. Shu munosabat bilan atomlar chiqargan spektr chiziqli spektr deb nom olgan. Atom spektrlaridagi chiziqlar tartibsiz joylashgan bo`lmay, balki ular gurux-gurux bo`ladi. Chiziqlar orasidagi orqali uzunroq to`lqindag qisqaro to`lqinga o`tgan sari ma’lum qonuniyat bilan kamaya boradi.
1885 yilda Shveysariyalik fizik I.Balmer vodorod spektrining ko`rinuvchan qismidagi chiziqlarga to`g`ri keluvchi tebranish chastotalari
(1)
formula bo`yicha hisoblash mumkinligini ko`rsatadi. Bunda R=2,071016 rad/s bo`lib Ridberg doimiysi deyiladi. Vodorod atomi spektridagi hamma chiziqlar chastotalarini quyidagi umumlashgan Balmer formulasi bilan ifodalasa bo`ladi.
(2)
m ning qiymati esa Layman seriyasi uchun 1. Balmer seriyasi uchun 2. Pashen seriyasi uchun 3. Breket seriyasi uchun 4. Pornud seriyasi uchun 5 ga teng.
Yakkalangan atom chiqararayotgan spektr xarakterini tushuntirish uchun nurlanayotgan atomdagi elektron garmonik tebranma harakat qiladi va demak, muvozanat holat atrofida f=-kr ko`rinishdagi kvazielastik kuch bilan tutib turiladi deb faraz qilish lozim edi (r-elektronni muvozanat holatdan chetlanishi).
Atom tuzilishi. 1903 yilda Тomson atomning shunday bir modelini taklif ildiki, unga asosan atom musbat elektron bilan bir tekis to`ldirilgan sferadan iborat bo`lib, ichida elektron joylashgan bo`ladi, sferaning yig`indi musbat zaryadi

elektron zaryadiga teng bo`lib, atom bir butun holatda neytraldir.
Keyingi o`tkazilgan tajribalar bu modelning yaroqsiz ekanligini ko`rsatadi. Hozirgi vaqtda bu model faqat atomlar tuzilishi xaqidagi tasavvurlarning taraqqiyoti zanjiridagi bo`laklardan biri sifatida tarixiy axamiyatga ega.




Atom tuzilishi xaqida aniq tasavvur beruvchi birinchi tajriba 1911 yilda ingliz fizigi E.Rezerford tomonidan amalga oshirildi.
Yetarlicha katta kinetik energiyali massiv zarralar bilan biror modda atomlarini bombardimon ilinsa, energiya xisobiga ular atom batsriga kirib, uni parchalashi mumkinligidan Rezerford atom tuzilishini aniqlashda foydalanadi. U atomlarni -zarralar bilan bombardimon qilish kerak degan xulosaga keldi.
Тajriba quyidagicha amalga oshirildi. Qo`rg`oshin parchasidagi kavak ichiga P radioaktiv modda kiritilgan bo`lib, u -zarralar

m anbai bo`lib xizmat qiladi. -zarralar o`rsoshinda kuchli tormozlanishi sababli ular tashariga faqat ingichka tirish orqali chiqa oladi. -zarralarining ingichka dastasi yo`liga yupa F metall zar uyilgan. -zarralar zardan o`tganlarida boshlangich harakat yo`nalishidan turli  burchakka og`gan. Sochilgan  zarralar rux sulfid surtilgan E ekranga borib urilib


hosil bo`lgan ssintillyatsiyalarni (yorug`lik chaqnashlarni) M mikroskop orqali kuzatiladi. Mikroskop bilan ekranni sochuvchi zar markazidan o`tuvchi o`q atrofida aylantirish va istalgan  burchak ostida o`rnatish mumkin edi.
Ma’lum miqdordagi -zarralar juda katta (deyarli 1800 gacha bo`lgan) burchaklarga sochilganligi ma’lum bo`ldi. Тajriba natijalarini analiz qilib. Rezerford 1911 yilda atomning yadro modelini taklif qildi.
Rezerford tasavvuri bo`yicha atom markaziga Ze musbat zaryadli, o`lchami 10-14m dan oshmaydigan, og`ir yadro joylashgan yadro atrofida atom egallagan butun xajmi bo`yicha taqsimlangan Z dona eletron bo`lgan zaryadlar sistemasidan iborat. Atomning deyarli hamma massasi yadroda mujassamlangan. Rezarford bu tasavvurlarga asoslanib, -zarralarning sochilishi nazariyasini ishlab chiqdi va sochilgan zarralarning  burchak qiymatlari bo`yicha taqsimlanish formulasini keltirib chiqaradi.

d-zarning qalinligi, n-birlik xajmdagi, atomlar soni, - -zarra boshlangich tezligi, m- -zarra massasi, d-fazoviy burchak, -sochilgan -zarralar nisbiy soni. Demak -zarralarning sochilishi bo`yicha o`tkazilgan tajribalarning natijasi Rezerford taklif etgan atomning yadro modeli foydasiga hal bo`ladi. Lekin yadro modeli klassik mexanika va elektrodinamika qonunlariga zid bo`lib chiqdi. Harakatsiz turgan zaryadlar sistemasi turg`un holatda bo`la olmagani uchun

Rezerford atomning statik modelidan voz kechib, elektronlar yadro atrofida berk trayektoriya qosil qilib harakat qiladi debtaxmin ilishga majbur bo`ldi. Lekin bu holda elektron tezlanish bilan harakatlanadi, shu munosabat bilan klassik elektrodinamikaga asosan u uzluksiz ravishda elektromagnit (yorug`lik) to`lqinlarini nurlab turishi lozim




. Nurlanish jarayoni energiya sarflash yo`li bilan sodir bo`ladi va demak, oxirida elektron yadroga tushishi kerak.
Bor postulatlari. Atomning yadro modeli klassik mexanika va elektrodinamika bilan birgalikda atomning turgun ekanligini ham atom spektrining xarakterini ham tushuntirib bera olmadi. Yuz bergan bu axvoldan qutilish yo`lini 1913 yilda Daniyalik fizik Nils Bor quyidagi ikki postulatda atomni yadro modelini tushuntirib berdi:
Klassik mexanika nuqtai nazardan mumkin bo`lgan cheksiz ko`p elektron orbitalaridan faqat ba’zi kvant shartlarni qanoatlantiruvchi diskret orbitalargina mavjud bo`la qoladi. Bu orbitalardan birida turgan elektron, u tezlanish bilan harakat qilishga qaramay, elektromagnit to`lqinlar (yorug`lik) chiqarmaydi.
Elektron bir turg`un (statsionar) holatdan ikkinchi bir turg`un holatga o`tganda, nurlanish h yorug`lik energiya kvanti shaklida yutiladi yoki chiqariladi. Yorug`lik kvantining kattaligi o`sha elektronning kvant sakrashi yuz bergan turg`un holatlarga tegishli energiyalarning ayirmasiga teng bo`ladi, ya’ni
h=En-Em
nurlanayotgan chiziq chastotasi ga teng bo`ladi.

Atomning diskret energiyaviy satxlarining mavjudligi Frank va Gers o`tkazgan tajribalari bilan tasdiqlangan. Uncha katta bo`lmagan bosim ( 1mm simob ustun) da simob bug`lari bilan to`ldirilgan trubkaga K katod, S to`r va A anod vazifasini o`taydigan elektrodlar joylashtirilgan. Тermoelektron emissiya natijasida katoddan uchib chiayotgan elektronlar katod va to`r orasiga o`yilgan U potensiallar fari bilan tezlashtiriladi. Bu potensiallar farini P potensiometr yordamida bir tekis o`zgartirish mimkin.
Тo`r va anod orasida kuchsiz elektr maydonini (0,5 V) hosil qilib, anodga qarab









ketayotgan elektronlarning haraktini tormozlantirilgan. Anod zanjiridagi o`lchayotgan I tok kuchining U kuchlanishga bog`liligi aniqlangan. Тok kuchi avval monoton o`sib borib U=4,9 Vda maksimumga erishadi, shundan keyin u ni yana orttirib borish bilan keskin kamayib, minimumga erishadi va yana yangidan o`sa boshlaydi. Тok kuchining maksimumlari U ning 8,86 va 14,7 V va x.k. qiymatlarida takrorlanadi.
Egri chizining bunday ko`rinishda bo`lishi energiyani faqat ma’lum porsiyalar tarzida qabul qila olishi bilan tushuntiriladi, ya’ni E1=E2-E1 yoki E2=E3-E1 va x.k.




Bu yerda E1, E2, E3, ........ 1,2,3 va x.k. statsionar holatlarning energiyalari.
Elektronning energiyasi E1, dan kichik bo`lguncha, elektron bilan simob atomi orasidagi urilish elastik xarakterda bo`ladi, elektronning massasi simob atomining massasidan juda kichik bo`lganligi sababli elektronining urilishi paytidagi energiya amalda o`zgarmaydi. Elektronning bir qismi to`rga kelib tushadi, olganlari esa to`rdan o`tib anodga yetib boradi va zanjirda tok hosil qiladi. Elektronlarning to`rga borib yetgandagi tezligi (u-kuchlanish) qanchalik katta bo`lsa, to`rdan o`tib ketuvchi elektronlarning soni va demak I tok kuchi shunchalik katta bo`ldadi.
Elektronning katod to`r oralitsidagi energiyasi E1, ga yetganda, yoki undan ortib ketganda urilish elastik bo`lmay, elektronlar atomlarga urilganida ularga E1 energiyani berib, keyin esa ancha kichik tezlik bilan harakatlanishi davom ettiradi. Shuning uchun anodga yetib keluvchi elektronlar soni kamayadi.
Elektronlar bilan to`qnashib E1 energiya olgan atomlar uyg`ongan holatga o`tadi va juda qisqa vaqt ichida (10-8s) chastotali yorug`lik kvanti (foton) chiqarib asosiy holatga qaytadi.
Shunday qilib, Frank va Gers tajribalaridan atomlarda diskrent energiyaviy satxlar mavjudligini bevosita ko`rish mumkin.
Vodorod atomi uchun Bor nazariyasi. Bor elektronning mumkin bo`lgan hamma orbitalardan faqat impuls momenti Plank doimiysi h ni 2 ga bo`linganiga karrali bo`lganlarigina mavjud bo`la oladi degan farazni ilgari surdi.
Mår=n (n=1,2,3,….....) (1)
bunda n-bosh kvant son, Z-elementni tartib nomeri. Atom yadrosi maydonida haraktlanayotgan Z zaryadli elektronni qarab chiaylik. Z-1 da bunday sistema vodorod atomiga tegishli bo`lib, Z ning boshqa qiymatlarida esa vodorodsimon ionga, ya’ni bitta elektronidan boshqa hamma elektroni tashqariga chiqarilgan Z tartib nomerli atomga tegishli bo`ladi. Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan må elektron massasining 2/r markazga intilma tezlinishga bo`lgan ko`paytmasi Kulon kuchiga tenglashishi lozim

(2)
va (2) dan  ni yo`otib
(3)




Demak atomdagi elektron orbitalarining radiusi faqat qator diskret qiymatlarni qabul qiladi Vodorod atomining birinchi orbitasi (Z=1, n=1) uchun
(4)
Atomning ichki energiyasi elektronning kinetik energiyasi (yadro xarakatsiz) va elektronning yadro bilan o`zaro ta’sir energiya (potensial energiya) larining yig`indisidan iborat
(5)
(2) dan
Demak (6)
r ning (3) dan olinadigan qiymatini nazarda tutib, atomning ichki energiyasining yo`l qo`yilgan qiymatlariga ega bo`lamiz
(7)
(7) bilan aniqlanadigan energiyaviy satxlar (2-rasm)
Vodorod atomi (Z=1)n holatdan m holatga o`tganda


kvant chiariladi.
Chiarilgan yorug`lik chastotasi
bo`ladi.



Shunday qilib, Balmerning umumlashgan formulasiga keldik. Ridberg doimiysi uchun
Hosil bo`ladi. Må, ý, h larni qiymatlarini qo`ysak Ridberg doimiysining eksperimental aniqlangan qiymati (R=2,071016rad/s) bilan to`g`ri kattalik kelib chiqadi.
Shunday qilib, Bor nazariyasidan kelib chiqadigan xulosalarning vodorod uchun tajribadan olingan natijalar bilan mos tushishi bundan yaxshi bo`lishi mumkin emas. Bor nazariyasi atom nazariyasi taraqqiyotida qo`yilgan katta qadam bo`ldi. Bu nazariya klassik fizika tushunchalarini atom ichida sodir bo`ladigan hodisalarga qo`llash mumkin emasligini va kvant qonunlarining mikrodunyoda asosiy kuch ekanligini yaqqol ko`rsatdi.
Bor nazariyasining birinchi muvaffaiyatlaridan so`ng uning kamchiliklari borgan sari aniq ko`rinib boradi. Atomlarning vodorod atomidan keyin turgan eng oddiy atom-Geliy atomining nazariyasini yaratish uchun qilingan hamma harakatlarining muvaffaiyatsizlikka uchradi. Bor nazariyasining eng bo`sh tomoni, uni keyingi muvaffaiyatsizliklarga olib kelgan ichki mantiqiy qarama-qarshiligidir: u na klassik va na kvant nazariyasiga tegishli edi.
Bor nazariyasi nemis olimi A. Zommerfeld tomonidan mukammalashtirligan. Bu nazariyada Bor orbitalari aylana emas, balki ellips shakliga ega ekanligi ko`rsatiladi. Bu esa Bor nazariyasi masalasini ko`p atomlar masalasiga aylantirishga imkon berdi.



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling