Iii-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni
Download 63.29 Kb.
|
3-MAVZU (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- О‘z-о‘zini tekshirish savollari
Texnik shartlar - muayyan mahsulotlarga (modellarga, tovar belgilariga) talablarni belgilaydigan meyoriy va texnik hujjat.
Sertifikatlash - bu mahsulotning muayyan standartlarga (asosan xalqaro - ISO 9000 seriyasiga) yoki texnik shartlarga muvofiqligini aniqlash va tegishli hujjat (sertifikat) berish. Sertifikatlashtirish mahsulotni takomillashtirishning eng muhim omili, uning sifatini boshqarishning samarali mexanizmi bо‘lib, uning raqobatbardoshligini, yaroqliligini va atrof-muhitga zararli talablarga muvofiqligini xolisona baholashga imkon beradi. Sifat ustidan davlat nazorati standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish davlat qо‘mitasi va uning hududiy organlari - standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Korxonada ishlab chiqarish ichidagi texnik nazorat texnik nazorat bо‘limitomonidan amalga oshiriladi, uning asosiy vazifasi har bir mahsulotni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri tekshirish va uni tashkil etuvchi shart-sharoitlar va omillarga maqsadli ravishda ta’sir kо‘rsatish orqali meyoriy-texnik hujjatlarda belgilangan talab qilinadigan sifat darajasini ta’minlashdan iborat. Hozirgi bosqichda korxonada mahsulot sifatini boshqarishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - mahsulot sifati darajasini tizimli ravishda mavjud, vujudga keladigan yoki prognoz qilinayotgan bozor extiyojlariga, shuningdek extiyojlarning rivojlanishiga maqsadli ta’sir kо‘rsatish; - ichki va tashqi bozorlarda mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlash; - mahsulotlarni modernizatsiya qilish va yangi turdagi mahsulotlarni yaratish bо‘yicha vazifalarni aniqlash; - maqsadli dasturlarning tarkibini aniqlash va boshqalar. О‘z-о‘zini tekshirish savollari 1. Korxonanaing ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari nimalar kiradi? 2. Ishlab chiqarish jarayoni deb nimaga aytiladi? 3. Korxona ishlab chiqarish jarayonining eng muhim qismlariga nimalar kiradi? 4. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish deganda nimani tushunasiz. Avtomatlashtirish darajasi qanday aniqlanadi? 5. Ishlab chiqarish bosqichi deganda nimani tushunasiz? 6. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish tamoyillari nimalar kiradi? 7. Korxonada ishlab chiqarini tashkil etish prinsiplari, turlari, shakllari va usullarini tushuntirib bering? 8. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati deganda nimani tushunasiz? 9. Korxonaning ishlab chiqarish hajmi deganda nimani tushunasiz? 10. Korxonaning ishlab chiqarish hajmi qanday omillarga bog‘liq . Ulardan eng muhimlarini tushuntirib bering? 11. Ishlab chiqarish quvvatini hisoblashning qanday usullari mavjud? 12. Optimal ishlab chiqarish hajmi deganda nimani tushunasiz? 13. Mahsulot sifati nima va sifat belgilarini kо‘rsatib bering? 14. Korxonaning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini aniqlash uchun qanday kо‘rsatkichlar tizimi qо‘llaniladi? Download 63.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling