Ijtimoiy antropologiya va diniy munosabatlar reja


Din sotsiologiyasining predmeti va metodlari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana04.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1324032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2. Din sotsiologiyasining predmeti va metodlari
Sotsiolog dinni sotsial fenomen sifatida, ya’ni diniy xatti- 
harakatni guruhiy xatti-harakat 'tori' sifiitida o‘rganadi. Garchi 
sotsiologiya bevosita individlami ham o‘rgansada, uning asosiy 
o‘rganish predmeti inson jamoalari va guruhlarining o‘zaro 
munosabatlaridir.
Din sotsiologiyasining predmeti - diniy tashkilotlar, ulaming 
shakllanishi va faoliyati. Bunda dinni jamiyatning mustaqil sohasi 
sifatida o‘rganish barobarida diniy xatti-harakatlami, indivilar 
o‘rtasidagi munosabatlaming qaror topishi, ulaming diniy 
tashkilotlar faoliyatiga ta’siri, diniy tashkilotlaming inson 
faoliyatiga ta’siri, diniy tashkilotlar faoliyatining jamiyat sohala- 
riga ta’sir oqibatlari kabilar sotsiologik jihatdan tahlil qilinadi.
Din sotsial institut sifatida qator o‘zaro bog‘liq* bo‘lgan va 
boshqa sohalardan ajralib turuvchi diniy xatti-harakatlar va o‘zaro 
munosabatlar kompleksi sifatida sotsiologik jihatdan o‘rganiladi.
Individning xatti-harakatiga ta’sirlar unin^ e’tiqodi orqali 
amalga oshiriladi. Chunki e’tiqod individning hayot to‘g‘risidagi 
tasawurlari, kayfiyati hamda motivlarini belgilab beradi. Ammo
150


diniy tashkilot o‘z a’zolarining xatti-harakatiga dissiplinar usullar 
orqali ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Misol uchun total 
institutlarning ta’siri. Total institutlar deyilganida, a’zolariningn 
hayoti qat’iy nazorat ostiga olingan majburlov uyushmalari 
tushunilib, a’zolarining ehtiyojlari tashkilot tomonidan qat’iy 
belgilanadi, qilinishi mumkin bo‘lgan va ta’qiqlangan xatti- 
harakatlar tashkilot qoidalari tomonidan belgilab qo'yiladi. 
Maktab-internatlar, armiya kazarmalari. Qamoqlar, psixiatrik 
kasalxonalaming faoliyati total institutlarga ko‘p jihatdan yaqin. 
Tashkilot tomonidan shaxsning butkul ravishda tashkilotga 
qo‘shilishi ehtiyojiga individning o‘z irodasi va ijodkorligi xalal 
bermasligi uchun total institutlarning majburlov va qat’iy nazorat 
vazifalari shakllangan.
Din sohasida ham total institutlar mavjud bo‘lib, ular qat’iy 
belgilangan diniy normalar, qadriyat va e’tiqpdga o‘z a’zolarini 
bo‘ysundirish orqali birdamlikni ta’minlashni maqsad qiladi. 
Albatta inson xatti-harakati jamiyat hayotining iqtisod, siyosat 
kabi qator sohalari tomonidan ham nazorat qilinadi. Undan 
tashqari har bir din uni sotsial jihatdan aniqlasKtiruvchi qatlam- 
laming manfaatlarini inobatga oladi.
Din sotsilogiyaning predmeti sifatida kundalik hayotda 
namoyon boiuvchi madaniyat modelferi, belgili tizimlar sifatida 
namoyon bo‘ladi. Din sotsiologiyasining maqsadi individ uchun 
nafaqat emotsional jihatdan* taskin beruvchi, balki mohiyatga 
aloqador bo‘lgan muhim muammolami yechuvchi diniy-belgili 
.tizimlami aniqlashdan iborat. Shu o‘rinc3a aytib o‘tish kerakki, 
barcha insonlar uchun bir jjil ravishda diniy vazifalami bajaruvchi 
yagona belgi shakllari mavjud emas. Shuning uchun din sotsio- 
logiyasi mazkur belgilami aniqlab, ulami ma’lum turlarga ajrati- 
shi, ularga amal cylish qanday natijalarga olib kelishini aniqlashi 
lozim.
Din sotsiologniyasi sotsiologiya fanining strukturasiga nazar 
solsak, o‘rfefe darajadagi nazariyalar toifasidan o‘rin olgan. U 
empirik tadqiqotlar vositasida dinning jamiyatdagi shakllari, o‘rni, 
fimkitsiyasi, ta’sirlari va ta’sirlarining oqibatlari borasida amaliy 
ma’lumotlar olib, ular asosida dinning nazariy modelim 
umumsotsiologik nazariyalar doirasida ishlab chiqadi.
151


Din 
sotsiologiyasi 
doirasida 
umumiy 
sotsiologiyada 
qo‘llaniluvchi qator tushunchalar ishlatiladi: guruh, rol, hokimiyat, 
madaniyat va h.k. dinni tadqiq qilish davomida sotsiologik 
instrumentariy va metodlarni qo‘llash maqsadga muvoffiqligini va 
samarasini isbotladi. 0 ‘z navbatida din fenomenini o‘rganish 
orqali sotsiologiyaning asosiy tushunchalari ishlab chiqildi, qatorr 
yondashuv va usullar yaratilib, umumsotsiologik bilim sohasi 
boyitildi.
Ilmiy sotsiologiyaning asoschilari sifatida O.Kont, K.Marks 
din boraisda ham o‘z qarashlarini bildirishgan. Ulardan so‘ng 
E.Dyurkgeym, M.Veber, G.Zimmel kabi olimlar din sotsiologi- 
yasining nazariy va amaliy asoslarini shakllantirishdi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling