Ijtimoiy antropologiya va diniy munosabatlar reja
Kontning uch bosqich qonuni va dinning jamiyatdagi roli
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Kontning uch bosqich qonuni va dinning jamiyatdagi roli.
Sotsiologik jihatdan din turli mafkura va dogmalardan xoli ravishda dining funksiyalari, jamiyatdagi o‘rni jihatidan o ‘rganilgan. O.Kontning (1798-1857) fikricha, sotsial hayotni tabiiy fanlarda qo‘llanilayotgan bilishning induktiv usullari vositasida o‘rganish lozim. Sotsiologiya shu usullar vositasida jamiyatda ideal tartib yo‘llarini ko‘rsatib berishi kerak edi. Kont o‘z izlanishlari davomida sotsial tartibning asosini nima tashkil etadi va bunda dinning sotsial roli qanday? degan savolga javob berishga uringan. Kontning sotsial dinaqjikasi din tarixi asosida shakllangan tushunchalar asosida qurilgan jamiyat modelini nazarda tutadi. U jamiyatning taraqqiyoti jarayoni sifatida insonning hayoti kabi (bolalik, o‘smirlik, yetuklik) uch bosqichni qamrab oladi. Uch bosqich qonuni teologik, metofizik va pozitiv bosqichlardan iborat. Teologik bosqichda inson voqyealaming ichki mohiyati va kelib chiqish sabablarini aniqlashga intiladi. Bu bosqichda diniy qarashlar uchta tip bilap belgilangan: fetishizm, politeistik, monoteistik. • Metafizik bosqichda mavhum tushunchalaming o‘fni muhim bo‘lib, turli xudolar o‘rnini mavhum obrazlar egallaydi. Pozitiv bosqichda inson “tugal sabablar”ni emas, balkf hodisalar o ‘rtasidagi kuzatiladigan empirik aloqalami bilishni istaydi. Bu davrda boshqaruv ilmli insonlaming qo‘liga o‘tadi. Kontning mazkur ta’limotida din sotsiologiyasi uchun muhim sanalgan ikki holat mavjud: birinchidan, rivojlanishning birinchi 142 teologik bosqi chida din jamiyatning ajralmas va muhim elementi sanalgan; ikkinchidan, rivojlanishning har bir bosqichi ma’lum sotsial struktura va hokimiyat munosabatlari bilan bog‘liq. Teologik g‘oyalar ustunlik qilgan rivojlanishning birinchi bosqichi XIII asrgacha davom etgan va unda diniy rahnamolar va harbiylaming hukmronligi ustunlik qilgan. MetafTzik bosqichda byurokratiya, yuristlar, ya’ni pozitivizm nuqtai nazaridan ishlab chiqarishdan uzoq bo‘lgan sinflar hukmronligi o‘matilgan. Kontning fikricha, din deyaroli har doim jamiyatni birlashtrruvchi omil sifatida namoyon bo‘lgan. Ammo dindagi buzilish tufayli jamiyatdagi sotsial munosabatlaming tartibsizlanishi va uzilishi sodir bo‘ladi. Shuning uchun sotsial tizimni tutib turuvchi yangi asoslar kerak bo‘ladi. XlXasrda qaror topgan pozitiv bosqichda jamiyat hayotida fanning nufuzi ortadi va muhandislar, olimlaming ahamiyati ortadi. Din inqirozga yuz tutugan paytda jamiyatning birlashishini ta’minlovchi asosiy omil sotsiologiya tomonidan ishlab chiqiladigan pozitiv ilmiy bilimning sintezidir. Ammo o‘z izlanishlari davomida O.Kont insonlar ongini ma’rifat orqali yuksaltirish asosida jamiyatdagi tartibni o‘rnatish mumkinligiga shubha bilan qaray boshlaydi va sotsiat'aloqalarning asosi sifatida “ikkinchi teologik sintez”ni amalga oshirisbni ilgari suradi. U “pozitiv din” g‘oyasining o‘mini insoniyatning yirik bir butun “Buyuk mavjudot” sifatidagi kultini taklif qiladi. Mazkur dinning •diniy rahnamosi о‘mini sotsial hayot mexanzmlarini mukammal biluvchi va shu asosda jamiyatni boshgara oladigan sotsiolog eglllashi kerak edi. Kont din sotsiologiyasini ilmiy jihatdan yaratmagan bo‘lsada, uning yaralishi uphun asosni shakllantirdi. Kontning fikricha, an’anaviy jamiyatlarda din sotsial strukturaning bir qismi bo‘lib, jamiyatda mg,’lum, jumladan, ijobiy vazifalami bajaradi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling