Ijtimoiy antropologiya va diniy munosabatlar reja
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
K. Marfa
(1818-1883). Germaniyada XIX o‘rtalari va XX asr boshlarida siyosiy manfaatlar va sotsial konflikt nazariyasi nuqtai nazaridan din mafkuraviy komponent sifatida qabul qilingan. “Jamiyatni o‘zgartirish maqsadida undagi asosiy g ‘oyalami, jumladan, dinni tanqid ostiga olish orqali muammoni yechib bo‘lmaydi. Chunki din mazkur jamiyatni yaratmagan, aksincha, u 145 mazkur jamiyatning ijod mahsuli sanaladi”. “Din yuraksiz (shafqatsiz) olamning yuragi sanaladi”. Marksning din borasidagi asosiy tushunchalaridan biri “diniy begonalashuv”. K. Marks dinni tanqid qilgan va illyuziyalarga to ‘la hosila sifatida baholagan. U inson mana shunday illyuziyalarga muhtojlik holatidan qochishi kerak, deb ta’kidlagan. Olimning fikricha, inson tabiatan buyuk mavjudot bo‘lgani uchun bo‘ysunish, kamsitilish kabi holatlami yomon ko‘radi va oxir oqibat, albatta, bosh ko‘taradi. K.Marks dinni sotsial institut sifatida o‘rganishda funksional yondashuvdan foydalangan. Diniy harakatlar tarixiga nazar tashlasak, azaldan jamiyatdagi sotsial o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Misol uchun ilk xristianlik Rim jamiyati quyi tabaqa- larining sotsial o‘zgarishlami amalga oshirgan harakatlantiruvchi kuch sanalgan. M. Veber (1864—1920) o‘zining “Protestantlik axloqi va kapitalizm ruhi” (1905); “Dunyoviy dinlaming xo‘jalik axloqi” (1916-1919); “Din sotsiologiyasi bo‘yicha tanlanma asar” (1920- 1921) dinni tadqiq qilishga bag‘ishlangan qator asarlarida jamiyat hayotining turli jabhalarida din va insgnning xatti-harakatlarini kuzatish natijalarini bay on qilgan. Veber insonni maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakatlarini ratsional harakat sifatida baholagan. Qadriyatlarga taqqoslash har doim tanlov vaziyatida amalga oshiriladi. Inson tirik mavjudot sifatida doimo qadriyatlarga amal qilish va ularga qarshilik qilish o‘rtasida tanlovni amalga oshiradi. “Qadriyatlaming axloqiy politeizmi” deganda, Veber, insonning bir narsani tanlashi, albatta biror narsadan voz kechishi bilan bog‘liqligini anglatadi. Misol uchun karera uchun muhabbatdan voz kechish. Veberning ratsional harakat nazariyasi ideal tip tushunchasi bilan bog‘liq. Olim dinlar, iqtisodiy va siyosiy manosabatlami o ‘rganishda ideal tiplardan foydalangan. Din sotsiologiyasidagi asketizm, mistika, magiya, cherkov, sekta kabi tushunchalar ideal tiplar sifatida turli hodisalami baholash uchjp kerak. Uning nazarida sotsiologiya ideal tiplar vositasida jamiyatdagi hodisalar va din kabi fenomenlami tushuntirishi kerak. Shu orqali nima 146 sababdan ma’lum madaniyatlarda fan taraqqiy etishi, boshqalarida esa rivojlanmasligi, nima sababdan kapitalizm G'arbiy Yevropa mamlakatlarida qaror topishi, Xitoy va Hindistonda esa amalag oshmasligi kabi savollarga javob topish mumkin. Veber “Protestantlik axloqi va kapitalizm ruhi” nomli asarida dinning institutlashuvi orqali sotsial o‘zgarisWarga, jumladan, kapitalizmning rivojlanishiga asos bo‘lganini ko‘rsatgan. Sanoatlashgan kapitalizmning diniy komponentini o'rganish davomida Veber lyuteranlikning dunyoviy burchlaming majburiyati borasidagi dogmaga chek qo‘yish orqali jamiyatdagi o‘zgarislilarga katta turtki bo‘lganini ta’kidlaydi. Uning fikricha, kalvinizm va puritansvo insonning “dunyoviy burchi va majburiyatlari” borasidagi dogmalarga tugal chek qo‘ya oldi hamda kapitalistik psixologiya va mafkuraning diniy asoslarini yarata oldi. Misol uchun kalvinizm har bir inson birinchi navbatda o ‘z ishi va kasbini yaxshi bajarishi kerak, degan g‘oyani ilgari surgan. Bu ishlab chiqarishning ijobiy rivojlanishiga olib keldi. “Kapitalizm ruhi” o‘z ifodasini “kapitalizm, axloqi”da topa boshladi. Puritanstvo boylik va xaddan tashqari dabdabani inkor qilgan, qoralagan. U ham insonning asosiy vazifasi jamiyat uchun foydali - bo‘lgan ishni bajarish, ya’ni vazifasini bajarishdan iborat, degan g‘oyani ilgari surgan. U insonning birovning haqqiga hiyonat qilmaslik, va’dasining ustidan chiqish, hisob-kitob bilan xatti- harakatlami amalga oshirish, ratsionallik? o‘z kasbiga hurmat bilan qarash kabi xususiyatlarini qadrlagan. Yaratguvchi tomonidan x^stian biriktirilgan ish ' sidqidildan amalga oshirilishi lozim. Ammo o ‘z kasbini tanlash va uni eng maqbul yo‘l bilan amalga oshirishni insonning o‘zi tanlaydi. Garchi Vebef' protestantlik asosida qaror topgan xo‘jalik va turmush shakli kapitalizm uchun asos bo‘lganligini ta’kidlagan bo‘lsada, bftni dokrina sifatida qabul qilishni rad etgan. Olim kapitalizmining - rivojlanishi uchun boshqa sabablar ham asos bo‘lishi mumkin, deb hisoblagan. Veber kapitalizm XVII asrda qaror topib bo‘lgach, “protestantlik ruhi”ga va diniy motivatsiyaga bo‘lgan ehtiyojini yo‘qotganligini ta’kidlaydi. 147 Veber dunyo dinlarining nafaqat iqtisodiy soha balki jamiyat hayotining boshqa sohalariga - intellektual, madaniy, siyosiy va h.klarga bo‘lgan ta’sirini o‘rgangan. Sharq dinlarini tahlil qilish oqibatida Veber mazkur dinolaming xususiyati va mohiyati ularning Sharq jamiyatlarini G ‘arb jamiyatlarinikiga o‘xshamagan rivojlanish yo‘lidan borganligini ko‘rstagan. Veber diniy motvatsiyaning sotsial hayotdagi o‘mini o‘rganish orqali dinning tarixiy rivojlanish jarayonidagi o‘mini aniqlagan. Olimning fikricha, insonlaming sotsial faolligi ular amal qilayotgan qadriyat, norma, madaniyatga borib taqaladi. Dunyoviy dinlami taqqoslash natijasida Veber dinlaming ratsionallik darajasiga baho berishga xarakat qilgan. Uning nazarida dinning ratsionallik darajasi undagi sehr elementiga teskari proporsional hisoblanadi. Shunga ko‘ra prtmitiv dinlarda sehr elementi asosiy o‘rinni egallasa, mukammal dunyoviy dinlarda uning asosiy qismini ratsionallik egallagan. Shu asosda Veber dinlaming hayotga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra uch turga ajratgan: - hayotga moslashuvchi dinlar - konfutsiylik, daosizm; - hayotdan qochuvchi dinlar - hinduizm va buddizm; ------- hayotai egallovchi (boshqaruvcH?) dinlar - hinduizm va xristianlik. Har bir din hayotga bo‘lgan ideal tip munosabatlarini ifodalaydi. Har birida turmush tarzining ma’lum usuli, ratsionallik tipi mavjud bo‘lib, ular dunyo haqidagi, hayot haqidagi tasawurlami, shuningdek, ma’lum ishonch va madaniy qadriyatlar tizimini shakllantiradi. Turli diniy ta’limotlaming har xil sotsiomadaniy asoslardagi faoliyati jamiyat uchun har xil sotsial oqibatlami vujudga keltiradi. Xristianlik dinining o‘zida ratsionallikning bir-biridan farqla- nuvchi turlari shakllangan. Katolitsizm - lyuteranlik - kalvinizm sotsial borliqning din tomonidan ratsionallashuvining bosqichlari sanaladi. Uning natijasida jamiyatning sekulyarizatsiyasi va diniy tasavvurlaming o‘mini dunyoviy qarashlarr egallashi sodir bo‘ldi. Veber zamonaviy davmi xudosizlik davri, dey%^p’riflagan. Uning fikricha, inson o‘zi yashayotgan mazkur davrda yaratguvchiga 148 ishonch uchun joy qolmaganligini o‘zidan yashirib yashashi kerakligini uqtirgan. “Qanchalik achinarli bo‘lmasin ratsiona- lizatsiya e’tiqodga teskari proporsinal jarayon sanaldi, deya ta’kidlagan olim. Bu davr fan qadriyatlari va din o‘rtasidagi kurashlar va qarama-qarshiliklar davri. Qanday qandriyatlar asosida yashash kerakligi to‘g‘risidagi savolga javobni Qutqaruvchi berishi kerak, ammo sehmi yo‘qotgan mazkur olamda ortiq Qutqaruvchi va payg‘ambarlar mavjud emas. Chunki payg‘ambar va vahiy kelishiga ortiq insoniyat ishonmaydi”. Endilikda insonning yerdagi hayoti va tabiiy hodisalar ilohiylik jihatidan emas, balki ilmiy jihatdan asoslanayotgan paytda haqiqiy e’tiqodli, “pozitiv-diniy” insonning asosiy xususiyati uning tomonidan “o‘z intellektini qurbonlik” qilishidir. Chunki hozirgi hayotda yagona yaratguvchiga bo‘lgan ishonch yo‘q. Monoteistik dinlaming o‘mini xudolar o‘rtasidagi doimiy kurash egallaydi. Shundan xulosa chiqargan holda Veber mazkur muammoning yagona yechimi insonning o ‘zj ekanligini ko‘rsatadi. Payg‘ambarlarga va yangi dinning yaralishiga ishonch yo‘qligi hamda fanlar jamiyatdagi mazkur qadriyatlarni asoslab bera olmaganliklari uchun insonning o‘zi bir qarorga kelishi va tanlovini amalga oshirishi kerak. T-T- Insonlar o'rtasidagi munosabatlami va insonlarning birdam- ligini diniy jihatdan talqin* qilish orqali yuksaklikka ko‘tarish holatiga Veber shubha bilan qaragan. U mazkur davming jatsionalligi va dinga bo‘lgan munosabatni tan olishga ju r’ati yetmagan insonlarga qadim cherkovlaming davridagi e ’tiqod bilan yashash keraligi to‘g‘ristdagi maslahatini bergan. Ular o‘sha dfvrlardagi tasawurlar dunyosida yashashi ari mumkin. Intellektning inson tomonidan shu tarzdagi qurbonligi e’tiqodlilik belgisi sanalib, Jhtellektual jihatdan insonning rostgo‘y bo‘lish holatidan qochishi sifatida baholanishi mumkin. Veber faol va axloqiy jihatdan mas’uliyatli hayotiy pozitsiyalarga ega bo‘]gan. U inson davrga mos bo‘lishi va uning talablariga javob berishi kerak, degan fikmi ilgari surgan. 0 ‘tmishdagi holatni qumsab yashash befoyda va samarasiz holat sifatida baholangan. Olmming fikricha, hyech bir insonni qanday yashash kerakligiga o ‘rgata olmaydi. 149 Vebeming ilmiy ijodi inson xatti-harakatitining mikroanalizini yagona tizimga birlashtirish, insoniyat tarixining to‘g‘risidagi tasawum i shakllantirish va zaraonaviy davming interpretatsiyasini yebrish imkonini berdi. Veber Marksning ko‘pgina fikrlariga qarshi chiqqan bo‘lsada, uning ishlarini o‘rgangan va tegishli xulosalar chiqargan. Vebeming fikricha, din inson faoliyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatuvchi vosita sanaladi va sotsial o‘zgarishlaming sababi bo'ladi. Ko‘p xollarda uning sotsial rivojlanish konsepsiyasi xarizma va payg‘ambarlik tushunchalariga asoslangan. U E. Trelch bilan hamkorlikda diniy tashkilotlaming tipoloiyasini yaratib, tushunchalar apparatini ishlab chiqqan. Mazkur apparatdan bugungi kunda ham sotsiologiyada keng foydalaniladi. E.Dyurkgeym, K.Marks, M.Vebeming din sotsiologiyasi doirasida yaratgan asarlari din sotsiologiyasida shakllangan ilmiy yo‘nalishlarga asos soldi: din va birdamlik, jamiyatning birlashuvi (Dyurkgeym); din va konflikt (Marks); din va sotsial o‘zgarish (Veber). Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling