Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Download 309.98 Kb.
bet21/84
Sana29.03.2023
Hajmi309.98 Kb.
#1308518
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84
Bog'liq
Банк иши Маърузалар курси 2 курс

kapital etarliligi,
bir kredit oluvchiga to‘g‘ri keladigan maksimal risk miqdori,
aholidan jalb qilingan depozitlarning maksimal miqdori va boshqalar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yo‘riqnomasiga muvofiq, aholidan pul omonatlarini jalb qilish miqdori bankning o‘z kapitali miqdori bilan chegaralanadi.
Banklar jalb qiladigan mablag‘lar tarkibi turlicha bo‘ladi. Ularning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
bank mijozlar bilan ishlash jarayonida jalb qilgan mablag‘lar (depozitlar),
o‘z qarz majburiyatlarini chiqarish yo‘li bilan mablag‘larni to‘plash (depozit va jamg‘arma sertifikatlarini, veksellar, obligatsiyalar)
banklararo kredit vositasida boshqa kredit tashkilotlaridan olinadigan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olinadigan ssuda mablag‘lari va boshqalar kiradi.
Halqaro bank amaliyotida jalb qilingan resurslar ularni yig‘ish usuliga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
depozitlar;
nodepozit resurslar.

6.3.Tijorat banklarining kredit operatsiyalari.
Zamonaviy iqtisodiyotda kredit muhim moliyaviy element sifatida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Kredit va kredit munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanishining asosida tovar ishlab chiqarish, chuqurroq ma’noda aytadigan bo‘lsak, kapital muomalasi va aylanishi yotadi. Kreditning mohiyatiga bir qator olimlar o‘zlarining turli ta’riflarini berishgan. Jumladan, V. A Shegorsova: “Kredit – qaytarish va to‘lov sharti bilan qarzdorga vaqtinchalik foydalanish
maqsadida pul mablag’i yoki moddiy buyum ko‘rinishida berish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir”66.
Kreditning iqtisodiy mohiyatiga berilgan ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, bu borada olimlarning fikrlari har xil va turli yondashuv asosida yuzaga kelgan. Kreditning mohiyatini to‘liqroq ochib berishda uning subyektiv va obyektiv mohiyatiga alohida e’tibor berish lozim. Kreditning sub’yektiv mohiyati bir – biriga bog’liq bo‘lgan “kreditor” va qarz oluvchining munosabatlari namoyon bo‘ladi.

Download 309.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling