Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
Reja: Tijorat banklarining asosiy operatsiyalari
Download 309.98 Kb.
|
Банк иши Маърузалар курси 2 курс
Reja:
Tijorat banklarining asosiy operatsiyalari. Tijorat banklarining aktiv-passiv operatsiyalari. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari. 6.1.Tijorat banklarining asosiy operatsiyalari. Tarixiy taraqqiyot davomida banklar mablag‘larni yig‘ish, saqlab berish, kredit-hisob va boshqa turli xil vositachilik operatsiyalarini bajarib kelganliklari sabab, banklar kredit muassasa bo‘lib, foyda olish maqsadida bank barcha risklarni o‘ziga qabul qilgan holda operatsiyalarini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrda yangi tahrirda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 5-moddasiga asosan tijorat banklari bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradi: pul mablag‘larini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish; to‘lovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank hisobvaraqlarini ochmasdan amalga oshirish; jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish; kreditlarni ularning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z nomidan o‘zining mablag‘lari hamda jalb etilgan mablag‘lar hisobidan berish; chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakllardagi operatsiyalar; jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha mol-mulkni ishonchli boshqarish; inkassatsiya va kassa xizmatlarini ko‘rsatish; uchinchi shaxslar nomidan ularning majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish va boshqa majburiyatlarni qabul qilish; uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish (faktoring); qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish; affinlangan qimmatbaho metallar sotib olish va sotish, shu jumladan metallarni mas’ul saqlash hisobvaraqlarini hamda metallarning egasizlantirilgan (jismoniy bo‘lmagan) hisobvaraqlarini yuritish; qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish; hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish; hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berish; lizing berish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda qarzlar berish; moliyaviy operatsiyalar bilan bog‘liq maslahat xizmatlari ko‘rsatish; aktivlar majmuini (portfelini) boshqarish; elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va to‘lash; bank kartalarini berish va to‘lovlarga ishlov berish, bank kartalariga boshqa tashkilotlar, jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat ko‘rsatish. Banklar mablag‘larni jalb qilish va joylashtirish yo‘li bilan barcha pul mablag‘lari harakatini boshqarib boradi. Bankning asosiy faoliyati vositachilik bilan bog‘liq bo‘lib, u pul mablag‘larni qarz beruvchidan qarz oluvchilarga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarishdan iborat. Banklar bilan bir qatorda pul mablag‘lari harakatini boshqa moliyaviy va kredit tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari ham amalga oshiradilar. Biroq, bankning moliyaviy risklarning sub’ekti sifatida yuqorida keltirilgan boshqa sub’ektlar faoliyatidan farq qiladigan ikkita o‘ziga xos xususiyati mavjud: -birinchidan, banklar faqat ular uchun xos bo‘lgan qarz majburiyatlarini (depozitlar, omonat sertifikatlari va boshqalar) chiqaradilar va bu yo‘l bilan yig‘ilgan mablag‘larni boshqa sub’ektlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar va qarz majburiyatlariga joylashtiradilar. Bankning bu xususiyati moliyaviy broker va dillerlar faoliyatidan farq qiladi, chunki ular moliya bozorida o‘z qarz majburiyatlarini chiqarmasdan faoliyat ko‘rsatadilar. -ikkinchidan, banklar jismoniy va yuridik shaxslar oldida mijozlarning pul mablag‘larini hisob varaqlariga qo‘yish va jamg‘arma o‘tkazish, depozit sertifikatlarini chiqarish va boshqalar orqali qat’iy belgilangan qarz majburiyatlarini oladilar. Qat’iy belgilangan qarz majburiyatlar bilan faoliyat ko‘rsatish banklar uchun riskli hisoblanadi, chunki banklar o‘z kreditorlari oldida olgan majburiyatlarini to‘liq bajarishlari lozim. Investitsion fondlar esa o‘z aktivlari va passivlarining qiymati o‘zgarishi bilan bog‘liq risklarni o‘z aksiyadorlari zimmasiga yuklaydilar. Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi. Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond iqtisodiyot tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi. Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish ularni kapitalga aylantirish funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan daromad qarz mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi. Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish borasida bank o‘z faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada bo‘lishi mumkin, ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish bilan bog‘liq risk darajasi oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga keladi. Bu muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir-birovi haqida etarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talabning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Tijorat banklari mablag‘larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‘z aktivlari bo‘yicha keng diversifikatsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik riski darajasini kamaytirishi mumkin. Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat bank moliya bozoriga kredit resurslariga talab bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni maksimal darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni shakllantirishda tijorat banklarni depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga yuqori foizlardan tashqari, bank kreditlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak. Omonatlarni qo‘yishda xavfsizlik bilan bir qatorda mijoz tijorat bank faoliyati etarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu bilan u bankni moliyaviy ahvoliga baho bera olishi mumkin. Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va turli sub’ektlarni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan mijozlarga vaqtincha foylanishiga beradi. Bank krediti hisobidan iqtisodiyotning muhim tarmoqlari-sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi. Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag‘larini depozit, kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa o‘zaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mablag‘ etishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish uchun Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin. Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo‘lishi lozim. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qimmatli qog‘ozlar bozorining yaxshi taraqqiy etmagan bosqichlarida iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy resurslar banklarga omonatlarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi. Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil sub’ektlararo to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha to‘lovlar bir davlat banki orqali amalga oshirilgan, hisob-kitoblarni bunday tizimida to‘lovlarni amalga oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat bank tizimini shakllantirish hisob-kitob tizimini ajralishiga olib keladi va banklar o‘z zimmalariga oladigan risk darajasini ko‘paytirdi. MFO hisob varaqalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan hisob-kitoblar o‘rniga banklararo hisobning korrespondent schetlarga o‘tishi ham risk darajasini ko‘payishiga olib keldi. Bunday sharoitda tijorat banklar, mijozlar hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishilishi bo‘yicha mas’uldir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklar iqtisodiyotining to‘lov mexanizmida etakchi o‘rin tutadi. Mamlakatimiz iqtisodiyot to‘lovlarni amalga oshirishni isloh qilish va rivojlantirish orqali mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarning o‘rni kengaymoqda. Undan tashqari tijorat banklar moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish, ya’ni qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni joylashtirish, sotib olish bilan shug‘ullanishi, mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi mumkin. Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi operatsiyalarni bajaradi: -passiv operatsiyalar; -aktiv operatsiyalar; -bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari; -bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalari va boshqa turdagi operatsiyalarni bajaradilar. Download 309.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling