Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
Tijorat qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalar
Download 309.98 Kb.
|
Банк иши Маърузалар курси 2 курс
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tijorat banklari qimmatbaщo qog‘ozlarini muomalaga chiqarish yo‘li bilan resurslar yig‘ish; Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish;
1. Tijorat qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalar.
2. Hukumatning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalar. Tijorat qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalarning daromadlilik darajasi juda yuqori, shu sababli, ularning risk darajasi yuqori. Hukumatning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalarning likvidlilik darajasi yuqori, shu sababli, ularning daromadlilik darajasi past. Korxona va tashkilotlar hamda shaxslarga ajratilgan kreditlar: Mubolag’asiz, bankning yirik aktivi bo‘lib kreditlar hisoblanadi. Mablag’larni turli kredit operatsiyalariga joylashtirayotgan bank boshqaruvi mijozning kreditga bo‘lgan talabini kondirish bilan birga daromad olish birinchi galdagi vazifa deb hisoblaydi. Ma’lum kredit bitimining likvidlilik darajasi ikkinchi darajali axamiyatga ega. Shuningdek, bank boshqaruvi mablag’larning “kredit portfeli” ichida taqsimlanish masalasini ham xal etishi lozim, ya’ni muddatli haridlarni, savdo sanoat kompaniyalarini, ko‘chmas mulk va boshqalarni kreditlash kabi turlar o‘rtasida. Bunday taqsimlanishning asosi bo‘lib kreditlarning nisbiy daromadliligi, shuningdek turli turdagi kreditlarga bo‘lgan talab hisoblanadi. Bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘lik bo‘lgan operatsiyalar banklarning- passiv operatsiyalar deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklarining passiv va aktiv-passiv schyotidagi pul mablag‘larining salmog‘i oshib boradi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol o‘ynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur bыlgan kredit resurslarini tashkil qiladi. Tijorat banklari passiv operatsiyalarining asosan to‘rtta shakli mavjud: Tijorat banklari qimmatbaщo qog‘ozlarini muomalaga chiqarish yo‘li bilan resurslar yig‘ish; Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish; Boshqa kreditlarning mablag‘larini jalb qilish; Depozit operatsiyalarni amalga oshirish. Tijorat banklarining resurslari bankning o‘z mablag‘lari jalb qilingan va emitentlashgan mablag‘lar hisobidan shakllanadi. Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida banklarning o‘z mablag‘lari yuzaga keladi va qolgan oxirgi ikki shaklida kredit resurslarining ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi. Banklarning o‘z mablag‘lariga — bankning ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fonddar va taqsimlanmagan foydasi kiradi. Banklarning o‘z mablao‘lari ichida asosiy o‘rinni bankning o‘z kapitali egallaydi.Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida ko‘rsatiladi va bank ishini boshlashning boshlangich nuqtasi hisoblanadi. Banklarning tashkil qilishning shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham xar hil tashkil topadi. Agar bank aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo‘lsa, ustav kapitali yoki fondi aksiyalar chiqarish va joylashtirish yo‘li orqali tashkil topadi. Banklarning ustav kapitali summasi qonun yo‘li bilan chegaralanmaydi. Banklarning barqaror faoliyatini taminlash maqsadida uning minimal miqdori belgilab beriladi. Bankning ustav kapitali uning balansining passivida ko‘rsatiladi. Ustav fondi summasining oshirilishi bank aksiyadorlik umumiy majlisida hal qilindi. Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatlarini bajarishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bank kreditlar hisobidan banklarning ustav kapitalini tashkil qilish mumkin emas. Banklar tashkil qilinganda ustav kapitalining tarkibi moddiy mablag‘lardan va pul mablag‘laridan tashkil topadi. Bank faoliyatining boshlangich boskichlarida bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birinchi navbatdagi bank xarajatlari (er, bino, asbob-uskuna, ish haqi) qoplanadi. Banklarning o‘z mablag‘lari uzoq muddatli aktivlarga quyilmalar qilishning asosiy manbasi hisoblanadi. Odatda Markaziy bank tijorat banklari uchun banklarning o‘z mablag‘lari bilan chetdan jalb kilingan resurslar o‘rtasida chegarani belgilab beradi. Banklarning aksiyador kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topishi mumkin. Bular: o‘z aksiyador kapitali – bu kapital oddiy va imtiyozli aksiyalar chiqarish va sotish hisobidan, taqsimlanmagan fondi hisobidan yuzaga keladi; xar xil ko‘zda tutilmagan holatlar uchun tashkil kilingan rezervlar. v) bankning uzoq muddatli majburiyatlari (uzok muddatli veksel va obligatsiyalar) bo‘lishi mumkin. Banklarning rezerv kapitali yoki rezerv fondi foydadan ajratmalar hisobiga hosil bo‘ladi va u ko‘zda tutilmagan zararlar hamda qimmatli qog‘ozlar kursining tushishi natijasidagi yo‘qotishlarni qoplash uchun mo‘ljallangan. Taqsimlanmagan foyda — rezerv fondiga ajratmalar va dividendlar tыlanganidan so‘ng qoladigan foydaning bir qismidir.Banklarning o‘z mablag‘lari tijorat banklari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Banklarning o‘z kapitali hissasining kamayishi ba’zi hollarda banklarning sinishiga olib keladi. Bank resurslari tarkibida aholining omonat qo‘yilmalari muhim rol tutadi. Ular to‘liq summaga yoki bo‘lib-bo‘lib qo‘yiladi va berilishi mumkin. Omonatchi va bank o‘rtasidagi mablag‘ ko‘yishi bilan bog‘lik munosabat omonat daftarchasini berish bilan tasdiqlanadi. Banklar to‘lovchilik asosida turli xil maqsadli qo‘yilmalarni, muddatli yoki talab qilish hamda olish mumkin bo‘lgan jamg‘armalar qabul qiladilar. Banklar mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, barcha mamlakatlarda bu jarayon Markaziy bank tomonidan tartibga solinib turiladi. Jalb qilingan mablag‘lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank kapitali bilan jalb qilingan mablag‘lar orasidagi nisbatni bir qator zaruriy me’yorlar yordamida tartibga soladi. Bu quyidagi normativlar: Download 309.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling