Konstruktiv (ijobiy) tip va konflikt birinchi o’rinda o’z qiziqishlari va maqsadlariga erishishga intiluvchi destruktiv tipdan farqlanadi. Bunday shaxs emotsional bosimni tushirishga va birinchi . Konstruktiv tip vaziyatga bog’liq holda opponent bilan konfliktga kirishishi mumkin, ba’zida esa hamma ishtirokchilar uchun maqbul yechimni topib, konfliktni bartaraf etishi mumkin imkoniyatning o’zida kelishuv jarayonini boshlaydi.
Konform tip va konflikt konfliktli vaziyatlarda kurashni davom ettirmasdan , yon berishga, bo’ysunishga moyil. Ko’pincha bunday holat boshqa ishitirokchilarning agressiv xulq-atvor va harakatlarini qo’zga’tadi. Lekin ba’zida, ular subyektlar o’rtasidagi qarama-qarshilik arzimgan narsa tufayli yuzga kelganida va prinsipial xarakterga ega bo’lmagan holatlarda pozitiv ro’l o’ynaydi.
Konflikt yuzaga kelishida fikriy to‘siqlar
Konflikt yuzaga kelishida emotsional to‘siqlar
Konflikt yuzaga kelishida axloqiy to‘siqlar
Konfliktli vaziyatlarning oldini olishda rozilik usuli Ushbu usulga muvofiq, muayyan harakatlar amalga oshiriladi, ularning maqsadi potentsial raqiblarni umumiy ishga jalb qilishdir. Umumiy faoliyat jarayonida ular nisbatan ko'p sonli umumiy manfaatlarni, bir-birini yaxshiroq tushunishni, hamkorlik qilish odatini va yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni birgalikda hal qilishni shakllantirishi mumkin.
Konfliktli vaziyatlarning oldini olishda hamdardlik va empatiya Boshqa odamlarga hamdardlik va empatiya, ularning ichki holatini tushunish qobiliyatini rivojlantirishning xayrixohlik yoki empatiya usuli hamkasbga, sherikga zarur hamdardlik, unga amaliy yordam ko'rsatishga tayyorlikni ifodalashni o'z ichiga oladi. Bu usul asossiz dushmanlik, tajovuzkorlik, qo'pollik munosabatlaridan chiqarib tashlashni talab qiladi. Ushbu usuldan foydalanish, ayniqsa, rahm-shafqat va hamdardlik ifodasi, sodir bo'layotgan voqealar haqida keng va dolzarb ma'lumotlar alohida ahamiyatga ega bo'lgan inqirozli vaziyatlarda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |