Ilhomov Z. A. Toshkent-2019
Tadqiqotning axborot-manbaviy asoslarini
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Илхомов З Илмий тадқиқотларнинг назарий масалалари 2019
Tadqiqotning axborot-manbaviy asoslarini
aniqlash va tadqiqot uslublarini tanlash. Har qanday tarixiy muammo bilish ob'yekti mazmuniga oid ma'lumotlarni o‟z tarkibiga olgan manbalardan foydalanmay turib o‟z yechimini topishi mumkin emas. Tarixchi o‟zidan avvalgi tarixchilar tomonidan foydalanilgan manbalarni yangi uslublardan foydalangan holda o‟z tadqiqotiga jalb etishi lozim, bunda tadqiqotchi ilmiy muammoning maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda yangi axborotlarni va ma'lumotlarni ham ajratib olishi mumkin. Odatda tarixchilar tomonidan yangi- yangi manbalar ilmiy muomalaga kiritilib, tarix fanining manbashunoslik sohasi 8 doimiy ravishda boyitib boriladi. Biroq buning uchun tarixchi o‟rganilayotgan davr tarixiga oid mavjud tarixiy asarlar va boshqa manbalar haqida to‟liq ma'lumotga ega bo‟lishi talab etiladi. Tadqiqotchi tomonidan manbashunoslik sohasidagi barcha bilim doirasini, ya'ni manbalarni qidirish, izlash, tanlab olish, haqiqiyligi va ishonchliligini aniqlash kabi bilimlarini tadqiqot jarayoniga jalb etilishi kerak. Tadqiqotchi tarixchilar tomonidan manbashunoslik sohasida to‟plangan tajribalardan keng foydalangan holda manbashunoslik sohasida yaratilgan adabiyotlar bilan tanishib chiqishi lozim. Qoyilgan ilmiy muammoni hal etilishida qancha manba zarur bo‟lsa tadqiqot uchun shuncha manbani to‟plash va ularning ma'lumotlari bilan tanishib chiqish, aniq va konkret ma'lumotlarni sifat-mazmuni jihatdan va miqdori jihatdan ta'minlash zarurdir. Bunda manbalarning rasmiy miqdori emas, balki ularning axborotga boyligi muhimdir. Ilmiy jihatdan katta ahamiyat kasb etmaydigan faktlar va dalillarni tadqiqotga keragidan ortiq jalb etilishi tavsiya etilmaydi. Keragidan ortiq manbalar va ulardagi ma'lumotlar keyingi tadqiqotlarda asqotishi mumkin, biroq ayni tadqiqot jarayonida ular muammoning hal etilishi hamda maqsadga erishida ortiqchalik qilishi mumkin. Ayni vaqtda manbalar qoyilgan muammoning yechimini hal etish uchun yetarli bo‟lishi kerak. Tarixchining ilmiy tadqiqot muammosi yuzasidan qanchalik darajada yetarli va atroflicha tasavvurga ega bo‟lishi tarixiy jarayonlarning va jarayonlar o‟rtasidagi bog‟liqlikning mohiyatini ko‟rsata bila olishida namoyon bo‟ladi. Tarixchi tadqiqot jarayonida bevosita tadqiqot ob'yekti yuzasidan avvalgi olgan bilimlariga tayanadi. Manbalardan foydalanish jarayonida agar ulardagi dalillar va tadqiqotning manbaviy asoslari yetarli bo‟lmagan holatda tadqiqot vazifalarini tahrir qilishi va unga o‟zgartirishlar kiritishi mumkin. Agar manbalar tadqiqotni amalga oshirish uchun yetarli bo‟lmagan holda esa tadqiqotni davom ettirish maqsadga muvofiq emas. Zamonaviy postmodernistlarning ta'kidlashicha, manbalar tarixiy voqelik haqida to‟la tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi, ayni vaqtda ta'kidlab o‟tish ham lozimki, manbalarsiz ilmiy tadqiqotni ham amalga oshirib bo‟lmaydi, bu esa doimiy ravishda manbalardan foydalanish va ularni ilmiy tadqiqotga jalb etish uslublarini takomillashtirib borishni talab etadi. Tadqiqotning bu bosqichida tadqiqot jarayonida qo‟llaniladigan uslublar tizimini shakllantirish va aniqlashtirib olish maqsadga muvofiqdir. Yuqorida aytib o‟tilganidek, tarixchining manbalardan tashqari bilimi, metodologik zahirasi tadqiqot uchun manbalarni tanlashda, ularni saralab olishda, uslublarni tanlashda hal etuvchi omil hisoblanadi. Umumfalsafiy, umumfan va umumtarixiy uslublar asosida tarixchi tadqiqotning aniq-muammoviy uslublarini aniqlaydi. Ular ko‟pchilikni tashkil qilib, 9 maqbullarini tanlab olish tadqiqot mavzusi hamda qoyilgan muammoning xususiyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Ayni vaqtda fanlararo yondashuv uslublari qo‟llaniladi, sotsiologiya va boshqa fanlarning tadqiqotni amalga oshirish jarayoniga mos keluvchi eng zarur uslublaridan foydalaniladi. Shuni e'tibordan chetda qoldirmaslik lozimki, bu jarayonda eng asosiy qo‟llaniladigan uslublar maxsus tarixiy uslublar hisoblanadi. Ko‟p hollarda miqdoriy uslublardan ham foydalanish talab etiladi, biroq manbalarda va tadqiqot materialarida miqdoriy ma'lumotlar yetarli bo‟lmasa, u holda tavsifiy uslublardan foydalanish tavsiya etiladi. Albatta, bu jarayon tadqiqotning eng asosiy va eng murakkab holati sanalib, bunda tarixchi tomonidan tadqiqotni amalga oshirish uchun eng maqbul bo‟lgan va samarali uslublarni tanlab olish talab etiladi. Bunda tarixchiga faqatgina uning ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshira olish malakasi va tajribasi, shuningdek uning bilimdonligi va aql-zakovatigina yordam beradi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling