Ilhomov Z. A. Toshkent-2019
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Илхомов З Илмий тадқиқотларнинг назарий масалалари 2019
Fundamental va xususiy nazariyalar. 12 Fundamental nazariyalar bu ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga bog‟liq nazariyalar, sivilizatsiyalar nazariyasi, tarixiy jarayonlarning davriy (tsiklik) nazariyalari, modernizatsiya nazariyasi va boshqalardir. Xususiy nazariyalar esa o‟rta asrlar shaharlari nazariyasi, imperiyalar nazariyalari kabi bo‟lib, alohida hodisalarga yo‟naltirilgan bo‟ladi. Tadqiqotlar jarayonida aholi mobilligining sotsiologik nazariyasi, konfliktologiya va boshqa bir qancha nazariyalar ham qo‟llaniladi. Nazariyada uning predmetga bog‟liqligi, to‟liqligi va mukammalligi, aynan bir xillikka moslik va tenglik darajasi (adekvatnost), interpretatsiyaga moyilligining darajasi va uning tekshirilishi imkoniyati darajalari kabilar muhim ahamiyatga egadir. K.Popperning ko‟rsatib o‟tishicha, har qanday nazariyaning muallifi eng avvalo o‟z nazariyasini o‟zi inkor qilishga urinib ko‟rishi lozim (soxtalashtirish printsipi), qachonki u o‟z nazariyasining qo‟llanilishi uchun yaroqliligini aniqlay olgandan so‟nggina uni amalda qo‟llash maqsadga muvofiqdir. Nazariyaning aniq qoyilishi tadqiqotning natijasiga bevosita bog‟liq bo‟ladi, shuningdek bunda yo‟l qoyilishi mumkin bo‟lgan xatoliklar ham aynan nazariyaning mukammalligiga bog‟liqdir. Bunda tadqiqot jarayonida aniqlangan faktlar, dalillar, voqealar o‟rtasidagi bog‟liqliklar va boshqa shu kabi omillardan kelib chiqqan holda amalda qo‟llanilayotgan nazariya boshqasi bilan almashtirilishi yoki uni qaytadan takomillashtirish talab etiladi. Tushuntirishda tushuncha va kategoriyalarning o‟rni. Tushuncha bilishning nazariy darajasida shakllanadi. Tarixchilarda o‟ziga tushuncha-kategoriya apparati mavjud bo‟lib, bu tushuncha doimiy ravishda rivojlantirilib boriladi. Aniq fanlardan farqli ravishda tushuncha kuchsiz aniqlikda bo‟lib, uning belgilari va hajmi tarixchining o‟zi tomonidan aniqlanadi. Shuning uchun tushuncha ko‟p ma'noli bo‟lib, har bir tarixchi yoki tadqiqotchi tomonidan doimiy ravishda takomillashtirilib boriladi. G.Frege har qanday bilishning uch birligini ko‟rsatib beradi, ya'ni bular nom, predmetlik ahamiyati (denotat), ma'no, ilmiy qarashlar. Tarixiy tushuncha real voqelikning bir qismi yoki parchasi yoki oylab chiqilgan yoki to‟qima tushuncha emas, balki tarixchining bilish faoliyati natijasi bo‟lib, bir vaqtning o‟zida bilish vositasi sifatida ham tushuniladi. U tarixiy tadqiqot materialiga uyg‟unlashgan holda bo‟lib, mustaqil mantiqiy tahlil predmeti bo‟lishi ham mumkin, biroq bunda bilimning mazmun jihatiga ta'sir etuvchi mantiqiy tahlilni predmet tahlilidan ajratib olish maqsadga muvofiq emas. Tarixiy tushuncha (tasavvur) hech qachon xaqiqiy (real) voqelik bilan mos kelmaydi. Tarixiy tushunchada hodisalar (voqealar, jarayonlar) ning asosiy va ixchamlashgan mohiyati mavjud bo‟ladi. U o‟z tarkibida ob'yektning barcha xususiyatlarini emas, balki uning faqatgina eng muhim tomonlarini qamrab oladi. Tushuncha (tasavvur) ning haqiqiy (real) voqelik bilan mos kelmasligini tarixiy voqealar (hodisalar, jarayonlar) ning individualligida (aynan shu voqea (hodisa, 13 jarayon) ning o‟ziga xosligida) deb tushuntirish mumkin, ular kamdan-kam hollarda bir-biridan farqlanuvchi shakllarda takrorlanishi mumkin, biroq hech qachon “aynan o‟zi” dek takrorlanmaydi. Tarixiy reallikning turlichaligi va mukammalligi tushuncha (tasavvur) da to‟liq aks etmaydi. Tarixiy jarayonlarning nosinxronligi (bir xilda, aynan o‟xshash, baravar sodir bo‟lmasligi) ni ham tushuncha (tasavvur) va tarixiy reallikning bir-biriga mos kelmasligida anglash mumkin. Tushuncha (tasavvur) konkret-tarixiy reallikka nisbatan ancha zaif bo‟lib, voqelikni asosan umumiy mantiqiy nuqtai-nazardan qamrab oladi va tarixiy voqelikni bir tizim sifatida o‟rganadi. Tarixchi (tadqiqotchi) tushunchaning erishilgan bilim darajasiga mos kelmasligiga ishonch hosil qilsa, tushunchani aniqlashtirishga va konkretlashtirishga harakat qiladi. Aynan mana shu harakat tarixiy tadqiqotlarning eng asosiy vazifalaridan biridir. Tarixchi uchun tushuncha konkret tarixiy voqelikni tushunish va anglash uchun zarurdir. Tarixchilar uchun “yagona (aynan bir qolipdagi (andozadagi)) tushuncha” tushunchasi mavjud emas. Bunday aniqlashtirish yoki tushunchaning ta'rifini keltirish har doim ham to‟liq va mukammal bo‟lmagan. Xaqiqiy tarixiy voqelik har qanday tushunchadan kengroq mazmunga egadir. Tushuncha polisemantik bo‟lib, agar biz unga aniq va konkret ta'rif beradigan va ayni vaqtda shu ta'rifga bog‟liq qilib qoyadigan bo‟lsak, u holda tadqiqotning davom ettirilishini to‟xtatib, bilish jarayonining o‟zida to‟xtab qolgan bo‟lamiz. Tushuncha tadqiqot jarayonidagi keyingi aniqlashtirishlar va uning mazmunini kengaytirib borilishi uchun ochiq va rivojlanuvchi bo‟lishi lozim. Tushuncha aniq va mustahkam bo‟lishi lozim, lekin ayni vaqtda har qanday tadqiqot muammosini “ochib beruvchi” universal mazmunda bo‟lmasligi kerak. Tushunchani aniq davr va xaqiqiy tarixiy voqelikdan alohida ajratish mumkin emas, ya'ni tarixiylik tamoyiliga (printsipiga) qat'iy amal qilish talab etiladi, aks holda u mazmun kasb etmaydi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling