Ilhomov Z. A. Toshkent-2019


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/32
Sana21.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1373420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Илхомов З Илмий тадқиқотларнинг назарий масалалари 2019

 
 
 
 
 
 
 



 
 
 



TARIX FANI TADQIQOTLARINING NAZARIY MASALALARI 
 
Tadqiqot ob'yektining tanlanishi 
va tadqiqot vazifalarining qoyilishi. 
Tarix fani ilmiy tadqiqot ishlarini tashkillashtirish bir necha 
bosqichda amalga oshiriladi. 
1-bosqich. Tadqiqot ob'yektining tanlanishi va tadqiqot vazifalarining 
qoyilishi. 
2-bosqich. Tadqiqotning axborot-manbaviy asoslarini aniqlash va tadqiqot 
uslublarini tanlash. 
3-bosqich. Tarixiy voqelikni bilishning rekonstruktiv va empirik darajasini 
aniqlash. 
4-bosqich. Tushuntirish va nazariy bilishning darajasi. 
Har qanday tarixiy tadqiqot voqealar, jarayonlar, insonlar faoliyati kabilardan 
iborat o‟z tadqiqot ob'yektiga ega bo‟ladi. Tarixiy voqelikni to‟lig‟icha bir tarixchi 
tomonidan tadqiqot ob'yekti sifatida belgilab olinishi maqsadga muvofiq emas va bu 
bir tarixchi yoki bir necha tarixchilar tomonidan amalga oshirib bo‟lmaydigan ishdir. 
Shuning uchun ilmiy muammoning yechimiga yo‟naltirilgan tadqiqot vazifalarining 
belgilab olnishi muhim ahamiyatga egadir. Ilmiy muammo bilish ob'yektida savolar 
ko‟rinishida mavhumlikdan iborat bo‟lib, tarixchi tadqiqot jarayonida bu savollarning 
javobini topishi lozim. Tadqiqot vazifalari nafaqat jarayonlarning ko‟lamini, balki 
tadqiqotning maqsadi va nuqtai nazarlari hamda jihatlarini ham aniqlab berishi 
lozimdir. Tadqiqot jarayonida tadqiqotchi tomonidan tadqiqotning bu jihatlariga 
aniqliklar kiritilib borilishi mumkin.
U yoki bu ilmiy muammoning dolzarbligi fanning mantiqiy jihatlaridan kelib 
chiqib aniqlanadi va belgilanadi, shuningdek mazkur muammoning zamonaviy 
jamiyat talablaridan kelib chiqqan holdagi ahamiyati ham muhim o‟rin tutadi.
Tadqiqot dolzarbligini aniqlashda ikki holatga alohida e'tibor qaratish lozim. 
Birinchidan, mavzuning dolzarbligi bizga yaqin bo‟lgan davr nuqtai-nazaridan 
belgilanmaydi, balki qadimgi davr yoki o‟rta asrlar davri tarixi ham zavmonaviy 
tarixiy davrdan kam bo‟lmagan dolzarblik kasb etishi mumkin. Ikkinchidan, agar 
tadqiqot uchun tanlangan mavzu avval tadqiqot ob'yekti bo‟lmagan bo‟lsa, u holda 
shuning o‟ziyoq tadqiqot ob'yektining dolzarb ekanligi uchun yetarli bo‟lishi mumkin 
emas, balki bu mavzuning o‟rganilishi ham maqsadga muvofiq bo‟lmasligi mumkin. 
Tadqiqotchi tomonidan tanlangan tadqiqot mavzusining jiddiy ilmiy muammolarning 
yechimida yordam berishi mumkinligini isbotlab bera olishi talab etiladi.
Tadqiqotning boshlanish vaqtidagi mazkur masala yuzasidan tarix fanida 
erishilgan va qo‟lga kiritilgan yutuqlarni aniqlash tadqiqotning alohida muhim 



jihatidir. Bunda gap tadqiqotning yoki unga aloqador adabiyotlarning tarixshunoslik 
masalalari haqida bo‟lib, ular tadqiqotning vazifalarini ochib berish bilan birgalikda, 
ilmiy tadqiqot muammosining asosiy yo‟nalishlari va bosqichlarini aniqlab berishi, 
shuningdek tadqiqotning manbaviy asoslarini ochib berishi va ularning tadqiqot 
jarayonidagi ilmiy ahamiyatini ko‟rsatib berish uchun xizmat qilishi kerak. Bu 
tarzdagi tahlil bungacha hal etilmagan va tadqiqot doirasiga kiritilmagan 
muammolarni aniqlab berilishiga, shuningdek avvalgi amalga oshirilgan tadqiqotlar 
uslublarining qanchalik samara berganligi va tadqiqot jarayonida ularni tahlil qilish 
orqali eng maqbul tadqiqot uslublarini aniqlab berishga ham xizmat qiladi.
Shuningdek, bu tahlil ilmiy tadqiqot ishining maqsadi va vazifalarini ham 
aniqlab berishga xizmat qilib, tadqiqotning umumiy tadqiqotlar doirasidagi o‟rnini 
ham belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan ham bu jarayon ishning muvaffaqiyatini 
belgilab beradi. Shuningdek, muammoning tarixshunoslik masalalari yoritilishining 
mukammalligiga qarab, ishnga aloqador muammolar yuzasdan tadqiqotchining 
qanchalik bilimga ega ekanligi hamda muammoning to‟g‟ri qoyilganligi darajasini 
ham aniqlash mumkin. Bunda tadqiqotchilar tomonidan o‟zidan avval yozilgan 
adabiyotlar va ular mualliflarining fikrlari va ilmiy xulosalarining ob'yektiv tahlili 
talab etiladi. Bunda o‟tmish tarixchilari va avvalgi davrda yaratilgan adabiyotlar va 
ularning mualliflariga nisbatan noto‟g‟ri munosabatda bo‟lish, ularning fikrlarini 
(garchi ular ancha eskirgan bo‟lsa ham) mensimaslik va to‟g‟ridan-to‟g‟ri inkor etish 
maqbul emas. Tadqiqotchi tomonidan zamonaviy fanga qoyilgan talablardan kelib 
chiqqan holda avvalgi tarixchilarning ishlarida nima bor-u, nima yo‟q, qabilida emas, 
balki ulardagi fikrlar va xulosalarni to‟g‟rilash natijasida tarix fani nimaga erishadi, 
qanday yangi qarashlar va yangi ma'lumotlarga ega bo‟ladi, degan qarash asosida 
tarixiylik tamoyiliga rioya etgan yondashuv maqsadga muvofiqdir. Ayni vaqtda esa 
muammolarni turli holatlarda qoyilishiga, zamonaviy fan yutuqlaridan foydalangan 
holda muammoning yechimini topishda yangi uslublardan foydalanish va ularni 
tadqiqot jarayoniga jalb etish, fanlararo yondashuvdan keng foydalanish hamda yangi 
va yangi manbalarni ishga jalb etilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling