Ilhomov Z. A. Toshkent-2019


Tarixiy voqelikni bilishning rekonstruktiv


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/32
Sana21.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1373420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Илхомов З Илмий тадқиқотларнинг назарий масалалари 2019

Tarixiy voqelikni bilishning rekonstruktiv 
va empirik darajasini aniqlash. 
Yuqorida ko‟rsatib o‟tilgan bosqichlardagi tadqiqot faoliyati amalga 
oshirilgandan so‟ng tadqiqotning asosiy bosqichlaridan biri, ya'ni tarixiy voqelikni 
voqealari va hodisalarini tadqiq etish boshlanadi. I.Kovalchenko bilishning ikki 
darajasini, ya'ni empirik bilish va nazariy bilish ni alohida ajratib ko‟rsatadi.
Empirik bilishda tarixiy hodisalarni bilish anglansa, nazariy bilishda tarixiy 
voqelikning mohiyati ochiladi va nazariy bilim shakllantiriladi. Bilishni bunday 
tarzda ajratilishi shartli ravishda bo‟lib,tarixchining tadqiqot amaliyotida ular 
aralashib ketadi, ya'ni birinchi holatda tarixchi nazariy bilimlarsiz tadqiqotga 
yondasha olmasa, ikkinchi holatda empirik materiallarsiz tadqiqotni amalga oshira 
olmaydi. Biroq shu narsa aniqki, ikki holatga ham me'yordan ortiq moyillik bildirish, 
ya'ni umumlashtirishga imkon bermaydigan va umumiy xulosalarning chiqarilishini 
to‟laqonli ta'minlay olmaydigan faktlar hamda dalillarni yig‟ish va ularni tadqiqotga 
jalb qilish sifatida empirik yo‟lni tanlash yoki aksincha, tarixiy dalillardan ajralib 
qolgan holda sotsiologik tahlil yo‟li bilan tadqiqotga yondashish tarixiy tadqiqotning 
ahamiyatini pasaytirib yuborishi mumkin.
Tadqiqotning maqsadidan hamda mavjud ilmiy farazlardan kelib chiqqan holda 
empirik darajada tarixiy voqelikning hodisalar ko‟lami, ilmiy dalillarni aniqlashtirish 
va tizimga solish aniqlanadi. Bunda tarixiy tadqiqotdagi faktlar va dalillar o‟ziga xos 
xususiyatga va mazmunga ega bo‟ladi, biroq keyingi jarayonlar uchun mos 
kelmasligi mumkin. Tarixchi o‟z ixtiyorida bo‟lgan ma'lumotlarni u yoki bu ilmiy 
kategoriyalarga yaqin keltirgan holda tasniflab chiqadi, tarixiy voqelik, hodisalar va
jarayonlarni ifoda etuvchi dalillar va faktlarni aniqlaydi. Empirik dallilar tizimga 
solinadi, taqqoslanadi, qiyosiy tahlil etiladi. Bilish ob'yektini o‟rganish uchun dalillar 


10 
tizimi zarur bo‟ladi va bunda dalillar tizimining taxminiy ta'minotini, manbalarini
shakllantirish zarur bo‟ladi. Bu jarayonda yashirin ma'lumotlarni mantiqiy ajratib 
olish, intuitsiya, tasavvur qilish, zakovat hamda tarixchining mavjud bilimlari muhim 
o‟rin tutadi va uni amalga oshirish uchun yordam beradi. Shu holatda ham dalillar 
tadqiqotni amalga oshirish uchun yetarli darajada bo‟lmasa, u holda tadqiqot 
vazifalarini qaytadan tahrir qilish yoki bu tadqiqotni amalga oshirishdan voz kechish 
kerak. Ayrim hollarda manbaviy asoslari yetarli bo‟lmagan tadqiqotlarni amalga 
oshirish jarayonida nazariy darajadagi abstraktlangan mantiqiy tahlil ham yordam 
berishi mumkin.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling